Materialistik monizm
deb tavsiflanadigan birinchi yondashuv
dunyo
yagona va uzviy, u azaldan moddiy va dunyoning birligi zamirida ayni shu
moddiylik yotadi
, deb hisoblaydi. Bu konsepsiyalarda ruh, ong va ideallikdan
emas, balki moddiylikdan keltirib chiqariladi. Bunday yondashuvlarning oʻta
rivojlangan koʻrinishlariga biz Fales, Geraklit, Spinoza, va uning izdoshlari
asarlarida duch kelamiz. Shuningdek, Zardoʻshtiylik dinining muqaddas
kitobi boʻlmish ―Avesto‖ning ―Yushtlar‖ qismidagi koʻpxudolik aqidalariga
zid oʻlaroq ―Gohlar‖ qismida yakkaxudolik gʻoyalari targʻib qilingan.
Idealistik monizm
materiya‘ni har qanday borliqning boqiy mavjudligi,
yoʻq boʻlmasligi va birinchi asosiga ega boʻlgan qandaydir ideal narsaning
mahsuli
deb hisoblaydi. Bunda obyektiv-idealistik monizmni (masalan,
Platonda – bu oʻlmas gʻoyalar, zardoʻshtiylikda olov, oʻrta asr falsafasida –
Xudo, Gegelda – yaratilmaydigan va oʻz-oʻzidan rivojlanadigan «mutlaq
gʻoya») va subyektiv-idealistik monizmni (masalan, borliqning barcha
jismoniy va ruhiy holatlarini «neytral» asosdan – dunyoning qandaydir
mavhum konstruksiyalari, «elementlari»dan keltirib chiqargan Max) farqlash
mumkin.
Dualizm
.
Birinchi asos sifatida ikkita substansiya olingan falsafiy
yondashuv dualizm
(lot. dualis – ikki yoqlama) deb ataladi. Nemis faylasufi
X.Volf XVIII asr boshida «dualizm» ata‘masini falsafiy muomalaga kiritgan.
X.Volf dunyoda barqaror tartibning shakllanishida tafakkur, gʻoyalar va aql-
idrokning alohida oʻrnini aniqlash hamda ta‘kidlashga harakat qilgan. Uning
zamondoshlari – ma‘rifatli absolyutizm gʻoyalarining tarafdorlariga ta‘siri
juda katta boʻlgan. X.Volfning falsafaga oid qoʻllanmalari barcha oʻquv
yurtlarida oʻqitilgan va eskirgan (sxolastik) jihatlarni siqib chiqargan. Ular
163
universitet ta‘limiining asosiy manba‘lari sifatida amal qila boshlagan. Rene
Dekart falsafa tarixidan dualizmning yorqin vakili sifatida oʻrin oldi.
R.Dekartning radikal mexanitsizmi uni materiya‘ning butunlay ruhsizligi
haqidagi yondashuvga olib keldi. R.Dekart nazarida, moddiy jismoniy
substansiya oʻz atributi sifatida uzunlik, kenglik va chuqurlik koʻlamigagina
ega. U mutlaq boʻshliqni istisno etadi, harakatlanish, ya‘ni jismoniy
zarralarni boʻlish, joydan-joyga koʻchirish va oʻzgartirish qobiliyatiga ega.
Ma‘naviy hayot faylasuf nazarida moddiy hayotdan alohida, oʻzining
bilish va fikrlash faoliyati, intellektual intuitsiya va deduksiya kabi oʻziga xos
koʻrinishlarida namoyon boʻladi. U ruhiy substansiya‘ning butunlay
jismsizligini e‘tirof etdi. Garchi R.Dekart yangi falsafa va fan asoschilaridan
biri boʻlsa-da, uning gʻoyalarida oʻrta asr falsafasidan meros qolgan
«substansiya» ata‘masining alohida narsani tushunish uchun qoʻllanilishiga,
shuningdek, u ikki muhim - universal va Cheksiz substansiya – fikrlash va
koʻlamni alohida erkin maqomga ega, deb e‘lon qilganiga duch kelish
mumkin. R.Dekartning «cogio ergo sum» – «men fikrlayapman, demak,
mavjudman», degan iborasi falsafiy tafakkurni barcha narsalarning negizi
sifatida tan olganligidan da‘lolat beradi. R.Dekart fikrlovchi substansiya‘ning
uzviyligini va har bir «Men», ya‘ni aqlli jonzotga bevosita, koʻlamli
substansiya esa – bilvosita ochiqligini isbotladi. Ajralmas substansiya (aql)
metafizikaning oʻrganish predmetini, ajraluvchi substansiya (koʻlam) esa
fizika predmetini tashkil etadi.
Biroq, ikki substansiya – ma‘naviy va moddiy substansiyalarni
farqlash, bu mantiqiy nuqtayi nazardan notoʻgʻri va ratsional ma‘noda juda
koʻp qiyinchiliklarga sabab boʻlishi mumkin. Fikrlash va koʻlamga ikki
substansiya tarzida, ya‘ni bir-biriga bogʻliq boʻlmagan mustaqil asoslar
sifatida yondasxilganida, «ruh» va «tana» oʻz harakatlarida qanday
uygʻunlashishi, umuman, «tana» qanday qilib fikrlash qobiliyatini kasb etishi
mumkinligini tushunish qiyin. Mohiyat-e‘tiboriga koʻra, substansiya butun
mavjudot asosi, hamma narsani oʻz ichiga oluvchi va oʻzini namoyon qilish
uchun hech narsaga muhtoj boʻlmagan yagona birinchi asos sifatida namoyon
boʻlgan.
Fransuz faylasufi J.Lametri oʻzining «Ruhning tabiiy tarixi» deb
nomlangan asarida dualizmni inkor qiladi. U oʻzida tajriba oʻtkazgan –
bezgak kasalligiga chalingach, uning kechishini kuzatgan, pirovardida,
insonning ruhiy holati uning jismoniy vujudiga bogʻliq, degan xulosaga
kelgan.
J.Lametri
monistik-materializmni
himoya
qilib,
Cheksiz
takomillashuvchi yagona moddiy substansiya mavjud, degan gʻoya‘ni ilgari
surgan. Substansiyaga xos sezish va fikrlash qobiliyati vujudli jismlarda
mavjud boʻladi. Sezish va fikrlash qobiliyatining oʻzi tashqi jismlarning
miyaga ta‘siri bilan bogʻliq. Shu sababli aynan tashqi dunyo insonning «miya
164
ekrani»da aks etadi, tana ehtiyojlari esa, J.Lametrining fikriga koʻra, «aql
mezoni» sifatida amal qiladi.
Ikki asos, muhabbat va nafrat, yaxshilik va yomonlik, erkinlik va
zaruriyatning teng huquqliligi gʻoyasi ilgari surilgan har qanday falsafiy
nazariya dualistik nazariya sifatida amal qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |