Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Entropiya – xaoslashuv oʻlchovi
. Sadi Karno 1829-yilda 
ta‘riflagan termodinamikaning ikkinchi qonuni berk tizim yuz berish ehtimoli 
oz boʻlgan holatdan oʻzining eng koʻp ehtimol tutilgan holatiga intilishini 
koʻrsatadi. 
Buni tushunishga kundalik hayotdan olingan quyidagi misol 
yordam berishi mumkin. Agar suvi qaynab turgan choynakni olovdan olsak, 
uning qizishi davom etmaydi, (yuz berish ehtimoli oz boʻlgan holat), balki 
soviydi (eng koʻp ehtimol tutilgan holat). Ammo qonun berk tizimlarga, ya‘ni 
oʻzini qurshagan muhit bilan energiya almashmaydigan tizimlarga 
moʻljallangan, bu esa ulkan kuchga ega abstraksiyadir, chunki dunyoda 
aksariyat tizimlar berk emas. Termodinamikaning ikkinchi asosi berk tizim 
sifatida talqin qilingan Olamga nisbatan tatbiq etilganida, hisob-kitoblar 
barcha energetik jarayonlar bir yoʻnalishda yuz berishi lozimligini koʻrsatdi. 
Energiya‘ning oʻzgarish jarayonlarini tavsiflovchi fizik kattalik sifatidagi 
entropiya oʻsib bordi. Boshqacha aytganda, aql bovar qilmas xaos yuzaga 
keladi. Energiya‘ning barcha turlari issiqlik energiyasiga aylanadi va soʻngra 
makon boʻylab tarqalib ketadi. Olam soviy boshladi. Mutlaq issiqlik 
muvozanatining yuzaga kelishi Olamning issiqlikdan oʻlishini anglatadi.
Bu qoidalarning mohiyati harakat shakllarining sifat rang-barangligi 
yoʻq boʻlishiga yoʻl qoʻyib boʻlmasligini, ya‘ni energiya‘ning rang-barang 
turlari issiqlik energiyasiga aylanishi mumkin emasligini koʻrsatishdan iborat 
edi. Aslida Olamning issiqlikdan oʻlishi konsepsiyasi tabiiy ilmiy nuqtayi 
nazardan ham asossiz edi. Termodinamikaning ikkinchi asosini butun 


159 
Olamga nisbatan tatbiq etish imkoniyati uning tuzilishini erkin faraz qilishni, 
xususan, uni berk deb tasavvur qilishni nazarda tutadi. Lekin Olam berk tizim 
emas, u zarralar va elementlarning Cheksiz miqdoridan tashkil topgan, shu 
bois mutlaq termodinamik muvozanat holati unga mos kelmaydi.
Energiya turlarining hozirgi tipologiyasi yo moddiy tashuvchilar – 
mexanik, issiqlik, kimyoviy tashuvchilarni hisobga olgan holda, yo ularning 
oʻzaro ta‘sirlari turi – elektromagnit yoki gravitatsion oʻzaro ta‘sirga koʻra 
tuziladi. Mexanik energiya kinetik (harakatlanuvchi jismlar tezligiga bogʻliq) 
va 
potensial 
(jismlar 
holatiga 
bogʻliq) 
energiyaga 
boʻlinadi. 
Termodinamikada erkin va bogʻliq energiya farqlanadi. Ba‘zan tashqi va 
ichki energiya toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Tashqi energiya deganda mexanik 
energiya, ichki energiya deganda esa toʻliq energiya‘ning butun qoldigʻi
tushuniladi. 
Fandaruhiy energiya tushunchasi qoʻllanilib, ruhiy energiya inson 
tanasining barcha hujayra va a‘zolariga singib, u erda muayyan tartib
garmoniya yoki disgarmoniya oʻrnatadi, degan ta‘limotga asoslanadi. Bunda 
inson toliqish his etib, hattoki depressiya holatiga ham tushadi. Insonning 
ruhlanishi, hattoki, goʻzalligi ham ruhiy energiya bilan bogʻlanadi. German 
Gesse «Sharqqa sa‘yohat» asarida agar odam ahamiyatsiz ishlar bilan uzoq 
vaqt shugʻullansa, bu uni qoʻzgʻatishi va unga kuch berishini qayd etgan. 
Binobarin, ahamiyatsiz ishlar bilan shugʻullanganda hayot energiyasi 
tiklanadi. Fanda ba‘zilar buni relaksiyalash qonuni deb nomlaganlar. Ammo 
ruhiy energiya sohasi hozirgacha fanda yaxshi oʻrganilmagan. Ruhiy energiya 
dunyo va hayotning barcha holatlaridan ta‘sirlanadi yoki tebranadi.
Ezoterika anʻanasida ruhiy energiya‘ning boshqa muhim xossasiga
xususan, u makonda qatlam hosil qilishi, insonni qurshagan hamma 
narsalarga oʻtirib, choʻkindi hosil qilishiga e‘tibor qaratiladi.
Inson nafaqat 
kosmik energiya‘ni toʻplovchi, balki uning kuchli tarqatuvchisi hamdir. Shu 
bois ruhiy energiya tashuvchisi inson qanday boʻlsa, uning narsalari ham 
shunday boʻladi. Ruhiy energiya qatlamlarining saqlanish yoshi muammoli 
hisoblanadi. Uni asrlar ham, masofa ham yoʻq qila olmaydi, u ming yilliklar 
osha yashaydi. Rivoyatlarga qaraganda, atlantlar, misrliklar, xaldeylar ruhiy 
energiya‘ning mazkur xossasidan foydalanishgan. Ular muayyan sifatli 
narsalarga ruhiy energiya‘ni qavat-qavat qilib toʻplaganlar, bu energiya 
boshqalarga kerakli darajada ta‘sir koʻrsatishi lozim boʻlgan. Bunday narsalar 
terafimalar yoki dam solingan narsalar deb atalgan, ularda energiya qatlamlari 
toʻplanishi jarayonida muayyan duo oʻqilgan.
Bugungi kunda fikr va tasavvur energiyasini hech kim inkor etmasa 
kerak. Aksincha, zamondoshimiz bu hodisani oʻz hayot tajribasidan olingan 
misol bilan tasdiqlashga harakat qiladi. Shunga qaramay, «nozik daraja»dagi 
rang-barang 
energiya 
hodisalarining 
amal 
qilish 
mexanizmlarini 
tushuntirishga urinishlar, asosan, ezoterikaga oid adabiyotlarda uchraydi.


160 
Ruh va materiya, hayot va oʻlim, yaxshilik va yomonlik kabi mutlaqo 
qarama-qarshi sohalar (oliy ziddiyatlar)ga duch kelinganida, ularni 
neytrallashtirish, ya‘ni uchinchi bogʻlovchi narsani yaratish imkoniyati 
nazarda tutiladi. SHu tariqa «energiya» tushunchasi qadimgi germetizm 
ta‘limotida ruh – materiya ziddiyatida oʻrtadagi bogʻlovchi sifatida namoyon 
boʻladi. 
Shu asosda butun oraliqdagi narsalar astral, birinchi va uchinchisi 
esa mental va fizik deb ataladi.Shunday qilib, germetizm ta‘limotiga koʻra, 
energiya‘ni oʻrganish astrallik holatini oʻrganish va bilish demakdir.
Ma‘naviy rivojlanish ichki ma‘naviyat, inson ma‘naviyatini bilish, 
anglash va namoyon etishni anglatadi. Ruhiy energiya‘ni sinovchi sabr-
toqatli va ezgu niyatli boʻlishi kerak. U shikoyat qilishi va tushkunlikka 
tushishi mumkin emas.
Ezoterika namoyandalari ruhiy energiya oʻta nozik boʻlgani uchun u 
bilan oʻta nozik darajada muomala qilish lozimligini ta‘kidlaydi. Oliy 
energiya bilan muomala qilish ancha jiddiy muammodir. Ruhiy energiya 
kuchi olov qudrati bilan barobar ekanligini unutmaslik kerak. Birinchidan, 
bunday qudratli energiya‘ni asrash lozim. Ikkinchidan, oʻz tafakkurini nafaqat 
harakatga keltirish, balki harakatdan tiyish uchun ham boshqara olish zarur. 
Uchinchidan, oqilona sarflangan ruhiy energiya oʻrni darhol toʻldirilishini 
e‘tiborga olish lozim.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish