Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Ijtimoiy borliqayrim insonning jamiyatdagi borligʻi va jamiyatning 
borligʻiga boʻlinadi
. Har bir inson boshqa odamlar bilan muttasil aloqa 
qiladi, turli ijtimoiy guruhlar: oila, ishlab chiqarish jamoasi, millatning a‘zosi 
hisoblanadi. U boshqa individlar bilan yaqin aloqa qilib yashaydi. 
Odamlarning barcha faoliyati mazkur sotsiumga xos boʻlgan ijtimoiy 
munosabatlar, chunonchi: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, axloqiy va boshqa 
munosabatlar doirasida amalga oshiriladi.
Virtual borliq (lotincha Virtualis – mumkin boʻlgan) narsalar va 
hodisalarning vaqt va makonda moddiy mavjudligiga qarama-qarshi oʻlaroq, 
obyektiv narsalar yoki subyektiv obrazlar mavjudligining nomoddiy turi. 
Uning zamirida Birinchi marta XX asr 60-yillarining oʻrtalarida paydo 


156 
boʻlgan kompyuterlar yordamida dunyolar modelini yaratish mumkin
, degan 
gʻoya yotadi.
«Virtual borliq» ata‘masi 1970 yillarning oxirida Massachuset 
texnologiya institutida Jeron Lener tomonidan oʻylab topilgan. U 1984 yilda 
dunyoda birinchi virtual borliq firmasini tashkil etdi. Bu ata‘ma kompyuterda 
yaratiladigan muhitda insonning mavjudligi gʻoyasini ifoda etadi, amerikalik 
kine‘matografchilar tomonidan muomalaga kiritilgan.
Virtual borliq - inson real borliqda harakat qilayotgani illyuziyasini 
kompyuterda yaratish imkonini beruvchi interfaol texnologiya
. Bunda 
obyektiv borliqni tabiiy sezgi organlari yordamida idrok etish oʻrnini maxsus 
interfeys, kompyuter grafikasi va ovoz vositasida sun‘iy yaratilgan 
kompyuter axboroti egallaydi. Virtual borliq amalda yoʻq narsa, uni qoʻl 
bilan tutish, uning ta‘mi va hidini his qilish mumkin emas. Shunga qaramay, 
u mavjud va inson bu hayoliy olamga kirib, uni nafaqat kuzatadi va boshdan 
kechiradi, balki unga ta‘sir koʻrsatish imkoniyatiga ham ega boʻladi, ushbu 
olamda mustaqil harakat qiladi, uni oʻzgartira oladi. 
Virtual olam – inson 
borligʻining oʻziga xos shakli va odamlar ma‘naviy aloqasining alohida 
madaniy ifodasidir.
Ammo virtual borliq real fizik borliqdek lazzat baxsh eta olmaydi
chunki bu borliq ta‘sirida vujudga keluvchi his-tuygʻular koʻp jihatdan uning 
oʻzi bilan emas, balki uni biz qanday idrok etishimiz bilan belgilanadi. Biz 
virtual dengizda choʻmilishimiz mumkin, ammo bunda paydo boʻluvchi his-
tuygʻularimiz bu dengizni biz qanday idrok etishimizga bogʻliq boʻladi. 
Virtual tarvuz haqiqiy tarvuzdan shirin emas, virtual kolbasa haqiqiy kolbasa 
oʻrnini bosa olmaydi va h.k.
Virtual borliqni odamlar yaratadi. Shu bois, virtual borliqda mavjud 
barcha narsalarning manbai inson ongidir. Binobarin, virtual borliq ong, ong 
osti sohasi va fantaziya chigʻirigʻidan oʻtuvchi fizik borliqdan shakllanadi. 
Virtual borliq obyektiv tarzda, ya‘ni inson miyasida emas, balki kompyuterda 
mavjud boʻladi. aynii vaqtda, u inson ongining mahsulidir. Inson tomonidan 
yaratilganidan keyin u inson ongidan qat‘iy nazar yashashda davom etadi, bu 
ongga har xil ta‘sir koʻrsatadi, mazkur ongning mazmuniga – bilimlar, 
emotsiyalar, kayfiyat hamda ongning boshqa unsurlariga qarab, har xil idrok 
etiladi.
Bugungi kunda virtual borliq inson madaniy faoliyatining turli 
sohalarida qoʻllanilmoqda. Virtual borliqdan eng avvalo u vujudga kelgan 
sohada, fanda – fizikada suyuqlik va gazlar dinamikasini modellashtirishda
kimyoda kimyoviy reaksiyalar modelini tuzishda, geologiya va geografiya 
fanlarida 
foydalanilmoqda. 
Muhandislik 
sohasida, 
ayniqsa, 
xavfli 
sharoitlarda: ochiq kosmosda, dengiz va okeanlarning chuqur joylarida, yadro 
muhandisligida robotlarni masofadan turib boshqarishda virtual borliq keng 
qoʻllanilmoqda. Muhandislik dizaynini avtomatlashtirish jarayonida virtual 


157 
borliq texnologiyasi ayniqsa qoʻl kelmoqda. Kompyuter dizayni va uning 
ajralmas hamrohi – kompyuter ishlab chiqarishi raketalar va samolyotlar, 
avtomobillar katta binolar konstruksiyalarini sinovdan oʻtkazishda yagona 
jarayonga birlashtirildi. Virtual borliq texnologiyasidan harbiylar ham keng 
foydalanmoqdalar. Masalan, AQSh armiyasida harbiy xizmatchilarda 
merganlik koʻnikmalarini shakllantirishda imitatorlardan, jang sharoitida tez 
va toʻgʻri qarorlar qabul qilish koʻnikmasini shakllantirish uchun esa harbiy 
doktorlardan foydalaniladi. Juda qimmatga tushadigan va atrof muhitga katta 
zarar etkazadigan harbiy mashqlar imitatsiya qilinmoqda. Tank qismlarida 
tankdan oʻq uzishni hamda tank jangida askarlar va ofitserlarning shaxsiy 
ishtirokini imitatsiya qiluvchi harbiy oʻyinlardan foydalanilmoqda. 
Loyihalashtirilgan, lekin hali yasalmagan qurol-aslaha turlari sinovdan 
oʻtkazilmoqda. Harbiylar olingan ma‘lumotlarni tahlil qilish va ularga baho 
berish uchun ham kompyuter imitatsiyasidan foydalanmoqdalar.
Ta‘lim sohasida mashq trenajyorlarini yaratishda virtual borliq 
texnologiyasidan foydalanilmoqda. Virtual kutubxonalar va muzeylar tashkil 
etish jarayoni boshlandi. Masalan, virtual kutubxonalarda foydalanuvchi 
kompyuter 
yordamida 
kitob 
javonlarining 
vizual 
tasviri 
boʻylab 
harakatlanishi, kerakli adabiyotlarni topishi va olib koʻzdan kechirishi, zarur 
holda esa ulardan nusxa koʻchirishi mumkin.
Virtual muzey konsepsiyasi bir qadar boshqacha. Virtual muzey 
foydalanuvchilarga kolleksiyadagi istalgan eksponatni uning tabiiy, uch 
oʻlchovli koʻrinishida koʻrish imkonini beradi. Ammo bu tasviriy echish 
qobiliyati ancha yuqori boʻlgan displeylarni taqozo etadi.
Shunday qilib, virtual borliq nazariy izlanishlardan ommaviy axborot 
vositalari va telekommunikatsiyalar ajralmas qismi boʻlgan hozirgi zamon 
madaniyatining tarkibiy qismiga aylandi.
Energiya borliq shakli.
Fanning fundamental qonunlaridan biri – 
energiya‘ning saqlanish va oʻzgarish qonunidir
. Energiya moddiy jismlarning 
oʻz holatini oʻzgartirish orqali muayyan vazifani bajarish qobiliyati boʻlib, u 
yoʻq qilib boʻlmaydigan, rang-barang oʻzgarishlarga qodir substansiya 
sifatida, materiya atributi sifatida talqin qilinadi
.
Qadimda suv, shamol va hayvonlarning muskul kuchi ham energiya 
sifatida tan olingan. Qadimgi misrliklar elkanni yaratib, shamol kuchi va 
energiyasidan foydalanganlar, uni namoyish etganlar. Evolyusiya qonunlari 
hamma narsa va jarayonlar nafaqat muskul kuchi bilan yoki fizik energiya 
ta‘sirida, balki inson miyasi – tafakkur energiyasi yordamida ham amalga 
oshirilishini talab qiladi.
Yunon tiliga mansub «energiya» tushunchasi Aristotel tomonidan koʻp 
qoʻllanilgan. Dunyoning tabiiy ilmiy manzarasi doirasida energiya haqidagi 
tasavvurlar mexanikada shakllangan va bu ata‘ma fanda birinchi marta 1807-
yilda qoʻllanilgan. U bilan bir vaqtda «kuch» ata‘masidan ham foydalanilgan. 


158 
G.Leybnits energiya hodisasini «jonli kuch» deb tavsiflagan. G.Gelmgols 
ilmiy muomalaga kiritgan potensial energiya haqidagi tasavvurni «kuchlanish 
kuchi» deb nomlagan.
XIX–XX asrlar chegarasida fizikaning rivojlanishi harakatning yangi 
turlari kashf etilishiga olib keldi, lekin ularda aynan nima harakatlanishi 
noma‘lum boʻlib qoldi. Ayrim olimlar bu holatdan foydalanib, materiyasiz 
harakat mumkin emasligini isbotlashga urindilar. Elektron tabiat hali yaxshi 
oʻrganilmagani tufayli, elektron muayyan «nomoddiy kuch», moddiy 
tashuvchisiz sof harakat, deb e‘lon qilindi. Energiya‘ni barcha hodisalarning 
birinchi negizi deb biluvchi falsafiy yoʻnalish – energetizm deb nomlanadi. 
Energetizmning asosiy tezisi «materiya» tushunchasini ma‘lum energiyalar 
kompleksi bilan almashtirishdan iborat.
Materiya moddaga tenglashtirilgan. 
Energiya deganda, aksariyat hollarda moddiy harakat tushunilgan.
Materiya va harakatni nafaqat miqdor, balki sifat jihatidan ham yoʻq 
qilib boʻlmasligini tan olish muhimdir. Harakatni sifat jihatidan yoʻq qilish 
mumkinligini faraz etgan holda, uning faqat miqdor jihatidan saqlanishini tan 
olish Olamning issiqlikdan oʻlishi konsepsiyasiga olib kelgan edi. Bu gʻoya 
klassik elektrodinamika asoschilari V.Tompson va R.Klauzius tomonidan 
ilgari surilgan. Ushbu nazariya zamirida termodinamikaning ikkinchi asosi 
yoki entropiya‘ning oʻsishi qonunini butun Olamga nisbatan tatbiq etishga 
urinish yotadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish