Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Axloqiy ong
. Har bir insonning hatti-harakatlari uning ongi orqali 
boshqariladi. Chunki, ong insonlarning olamni, Ya‘ni jamiyatni, tabiatni aks 
ettiruvchi his-tuygʻulari va odatlarining yigʻindisi boʻlib, siyosiy, huquqiy, 
axloqiy, falsafiy, diniy, estetik qarashlar va kechinmalar shaklida namoyon 
boʻladi. Axloqiy ong ijtimoiy ongning shakllaridir biridir. 
Axloqiy amaliyot
. Inson oʻzining har bir faoliyatida aniq bir maqsadni 
koʻzlab, tegishli vosita va usullar orqali harakat qiladi hamda ma‘lum 
natijalarga erishadi. Demak, maqsad, vosita va natijalar inson faoliyatining, 
jumladan axloqiy amaliyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Oxirgi 
natijalarning axloqiy mazmunida kishilar orzu-umidlarining roʻyobga 
chiqishiga yordam beruvchi yaxshi yoki YOmon amallar, qulay yoki 
noqulay harakatlar aks etadi. Mana shu tomonning oʻzaro birligi axloqiy 
amaliyotning mazmunini tashkil qiladi.
Axloqiy munosabatlar
ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismlaridan 
biri sifatida jamiyat hayotida oʻziga xos oʻrinlardan birini egallaydi. Axloqiy 
munosabatlar insonlar tomonidan axoli guruhlari orasida, mehnat 
jamoalarida amal qiladigan axloq normalari bilan chegaralangan aloqalari, 
bogʻlanishlari, ta‘sir va aks ta‘sirlariga aytiladi. 
Bular esa axloqning asosiy xususiyatlarini bilishni talab qiladi. 
Faylasuf olim Abdulla She‘r axloqning asosiy xususiyatlarini quyidagicha 
ta‘riflaydi: ―Axloqning oʻziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat‘iy 
1
Yusupov E. Inson kamolotining ma‘naviy asoslari. T. Yangi asr avlodi. 1998. В.116. 


446 
amrlik, me‘yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat‘iy amr oʻzini 
tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalarni bajarishini taqozo 
etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va 
jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta‘minlaydi, ayni paytda SHaxs erkinligini 
cheklamaydi, faqat oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻymaydi. Unga koʻra, biror 
inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat‘iy amr tugʻma 
axloqiy hodisa, uning talabi soʻzsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u 
ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi. 
Ikkinchi xususiyat - axloqning me‘yoriylik jihati bilan bogʻliq. 
Me‘yorlar, qonun-qoidalar, pand-oʻgitlar v.b. shakllar vositasida axloq 
boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yoʻlga solinadi, 
fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning 
axloqiy sifatlari jamiyat talabalariga moslashtiriladi, tashqi da‘vat ichki 
yoʻnalmaga, shaxs ma‘naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzot 
avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy me‘yorlarning ikki 
turi mavjud: xatta-harakatning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan shakllarini 
anglatuvchi taqiqlar (odam oʻldirma, yolgʻon gapirma, oʻgʻirlik qilma v.h.) 
va oʻzni tutishning eng yaxshi koʻrinishlariga da‘vat (ha‘lol boʻl, rostgoʻy 
boʻl, ezgu ishlar qil v.h). 
Axloqning oʻziga xos uchinchi xususiyati esa insonning oʻz hatti-
harakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson hatti-
harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tomonidan umum qabul 
qilingan axloqiy me‘yorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil 
topadi. shunga koʻra, baholash koʻrinishlari ham ikki xil boʻladi. Birinchisi - 
ijobiy: ma‘qulash, rozilik, ikkinchisi - salbiy: tanbeh va norozilik. Bu 
xususiyatlar faqat axloqqa xos.‖
1
Axloq umuminsoniy hisoblanib, uning 
milliy, mintaqaviy xususiyatlari ham mavjud. Ular axloqning - xulqiy hatti-
harakatlar, odob va etiketda yaqqol koʻzga tashlanadi. Evropada huquq 
ustuvor boʻlsa, bizda axloq birinchi oʻrinda turadi. Qonun ustuvorligi, qonun 
oldida barchaning tengligi - demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan 
biri sanaladi. Shu sababli, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan rahbar 
shaxs ma‘naviyatiga uning axloqiy hatti-harakatlariga doir oʻz konseptual 
qarashlarini tadrijiy ravishda, izchil bayon qilib:―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-
intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning 
oʻrinbosarlari boʻladimi, hukumat a‘zosi yoki hududlar hokimi boʻladimi, 
ular faoliyatining kundalik qoidasi boʻlib qolishi kerak,‖
2
- deb bejiz 
ta‘kidlanmagan. 
1
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: «O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.B.173 
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‗nalishlari‖ga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi. www.gov.uz 


447 
Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun qonunlarga rioya etish 
majburiyatga emas, fazilatga aylanmogʻi lozim. Buning uchun odamlarni 
demokratiyaga oʻrgatish zarur, toki kishi shaxsiy javobgarlik hissini tuysin, 
axloq me‘yorlariga rioya etish uning uchun ichki zaruratga aylansin. Bu 
haqda nemis faylasufi Nisshe shunday degan edi: ―Axloqiylik avval qat‘i 
talab shaklida qoʻyiladi. Unga rioya qilish shartligi uchun boʻysuna 
boshlaydilar. Biroz oʻtgach bu ixtiyoriy odatga aylanadi va oxiri u instinkt 
darajasida oddiy va tabiiy, odamga huzur beruvchi fazilatga aylanadi‖
1
.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va oʻzgarmas axloq yoʻq. Axloq tarixan 
oʻzgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega boʻlgan ijtimoiy hodisadir. 
Etika fani rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, gedonizm va 
evdemonizm kabi ta‘limotlar inson uchun zarur boʻlgan ehtiyojlari, moddiy 
qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bogʻliq gʻoyalarni ilgari suradi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish