Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet257/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Odoblilik
- Kundalik hayotda axloq qoidalariga rioya qilish - odobdir.
Odob axloqiy fazilatlarni insonning kundalik faoliyatiga singib 
borayotganini koʻrsatuvchi mezondir. (Odob) Hamda jamiyat qabul qilgan
axloq normalarini inson faoliyatida, hatti - harakatida, muomala va 
muloqotida namoyon boʻlishidir. Insoniyat paydo boʻlibdiki, muayyan odob 
doirasida boʻlishga, yaxshi nom qoldirishga intiladi. Insonning eng yaxshi
fazilatlari nasl-nasabi, bilimi bilan emas, balki odobi bilan belgilanadi. 
Bejizga mutafakkir Abu Mansur as Saolibiy : ―Har bir kishi oʻziga qarab 
ta‘rif qilinsa, ishiga qarab tavsiflanadi, maqtaladi. Fazilat nasl-nasab bilan 
emas, aql-adab bilandir‖ 
2
- deb bejiz aytmagan. 
Kundalik turmushda uchrab turadigan, oʻzimiz sezib-sezmaydigan, 
ammo bilishimiz va har qadamda qoʻllashimiz zarur boʻlgan odob qoidalari 
mavjud. Oddiy hatti - harakat, chiroyli xulq - atvor natijasida katta 
muvaffaqiyatlarga erishish mumkin. shuning uchun, odob qoidalariga 
(mayda-chuydalar sifatida) befarq qarab boʻlmaydi. (Inson yirik ishlarda 
xatoga yoʻl qoʻymaydi, balki mayda - chuydalarga e‘tibor bermasligi tufayli 
jiddiy kamchiliklarga yoʻl qoʻyadi.) shu bilan birgalikda insonning aql-idroki 
boʻlmasa, uning odobi yuzaki, sun‘iy chiqadi. Qilingan hatti-harakatdan 
uning 
insonligini 
bilib 
turamiz-u, 
lekin 
odamiyligi 
yoʻqligidan
nafratlanamiz. 
―Luqmon hakimdan: ―Odobni kimdan oʻrganding?‖ deb soʻradilar. 
Luqmon javob berdi: ―Odobni beodoblardan oʻrgandim, ularning 
harakatlaridagi menga maqbul boʻlmagan narsalardan oʻzimni saqladim!‖ 
Biror esli kishiga hatto xazil soʻz aytsang 
U shundan ham oʻziga chiqaradi xulosa. 
Ammo axmoq kishiga yuzlab hikmat oʻrgatsang 
1
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. T., ―Yangi avlod asri‖ B 96 
2
Sharq donishmandlari hikmatlari. T. ―Sharq‖ 2006. B 134. 


444 
Barchasi uning uchun tuyular xazil narsa.
1
Tarbiyalangan kishining har bir hatti-harakati boshqalarda unga 
nisbatan hurmat uygʻotadi. shunga koʻra, yaxshi tarbiya koʻrgan, odobli 
kishi boʻlishga intilish har bir insonga xos boʻlmogʻi lozim. 
Axloq - ma‘naviyatga nisbatan surat, tashqi jihat boʻlsa, odob - oʻz 
navbatida axloqiy fazilatlarning yuzaga chiqishidir. Inson odobi uning 
barcha axloqiy fazilatlarini namoyon eta olmaganidek, SHaxsning barcha 
axloqiy sifatlarini bir erga jam qilganda ham, uning ma‘naviy dunyosini 
toʻliq qamrab olib boʻlmaydi. Insonning hayot tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, 
odob-axloqi, hatti-harakati bilan oʻzining ma‘naviy olamini boyitib boradi. 
Inson aqlan va axloqan boyigan sari oʻz oldiga ulugʻvor vazifalarni qoʻyadi 
va unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa ma‘naviy poydevorni talab 
qiladi. Axloqiy qadriyatlarga rioya qilishni har bir SHaxs oʻzidan boshlashi 
kerak. Eng asosiy narsa axloqiy qadriyatlarni bilish emas, balki ularga amal 
qilishdir. SHaxsning faoliyatiga nisbatan axloqiy bahoni jamoatchilik beradi. 
Zero, axloqlilik - SHaxs faoliyatining jamoatchilik belgilagan ma‘naviy 
mezonlariga mos kelishidir. Barcha axloqiy hatti - harakatlarning ma‘naviy 
asosi boʻlgan iymon va vijdon tushunchalari inson hayotining ichki ruhiy 
qonunidir. Axloq muammolari tahlilida inson koʻproq shu ichki qonunga 
taya‘nib ish koʻradi.
Axloq va axloqiy normalar kishilar faoliyatining muayyan sohasigagina 
taalluqli boʻlmay, balki xalq hayotining hamma jabhalariga kirib boradi. 
Axlokiy xislatlar sohasi koʻplab masalalarni, Ya‘ni fuqarolik jamiyatining 
axloqiy mezonlariga, bozor iqtisodiyoti sharoitining axloqiy karashlariga 
boʻlgan munosabati va boshqalardan tortib to zamonaviy turmush qoidalari, 
SHaxsiy xulq-atvorgacha boʻlgan masalalarni oʻz ichiga oladi. Bu esa ongni 
qayta qurishda axloqiy tarbiya‘ning imkoniyatlarini kengaytiradi.
Ma‘lumki, insonning botiniy goʻzalligi bevosita axloqiy fazilatlar va 
axloqiy munosabatlar bilan bogʻliq holda namoyon boʻladi. CHunki, axloq, 
avvalo, ijtimoiy-ma‘naviy hodisa sifatida inson kamolotida muhim 
ahamiyatga ega. Bu xu¬susda akademik e.YUsupov : «Axloq insonning 
konkret sharoit¬larda boʻlayotgan voqea va hodisalarga mustaqil baho 
berishi, ularga nisbatan oʻz munosabatini bildirishi hamdir, - deydi. - 
Umuman, axloq ijtimoiy munosabatlar zaminida alohida SHaxs sifatida 
mavjud boʻlgan insonlarning oʻz-oʻzini idora qilish shakllari va me‘yori, 
oʻzaro muloqot va munosabatda ularga xos boʻlgan ma‘naviy kamolot 
darajasining namoyon boʻlishidir. Axloq yoʻq joyda inson ijtimoiy SHaxs 
sifatida shakllanmaydi. 
Faqat yetuk axloq zaminidagina kishilarda hayotning mazmuni va 
maqsadi, jamiyat oldidagi burchi va ma‘suliyati, baxt, diyonat, yaxshilik va 
1
Nishonova S. Ma‘naviyat darslari. T.‖O‗qituvchi‖ 1994. B 11 


445 
YOmonlik, yovuzlik, haqlilik va nohaqlikka nisbatan muayyan munosabat 
shakllanadi».
1
Ana shu jihatdan xulq tushunchasi axloqning tarkibiy qismi sifatida 
inson kamolotida muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq, xulq ikki koʻrinishda 
namoyon boʻladi. Birinchisi - yaxshi , chiroyli xulqlar. Bunga shirinsuxanlik, 
muloyimlik, ha‘lollik, iffat, diyonat, or-nomus, nafsni tiyish, vijdon, shijoat, 
sabr, ilmlilik, 
gʻayrat, riyozat, qanoat, sabr, intizom, munislik, 
haqiqatparvarlik, vatanparvarlik, insonparvarlik, adolatparvarlik va shu 
singari ijobiy tuygʻular kiradi. Bular oʻz navbatida insonda xulqiy goʻzallikni 
namoyon qiladi va insonni axloqiy jihatdan kamolotga etkazadi.
Ikkinchisi - yomon, xunuk xulqlar. Unga xudbinlik, hasadgoʻylik, 
ta‘ma¬girlik, ikkiyuzlamachilik, firibgarlik, igʻvogarlik, tuhmatchilik, 
badnafslik, badniyatlik, badjaxllik, bachkanalik, dilozorlik, andishasizlik, 
bevafolik, berahmlik, tovlamachilik, behayolik singari illatlar kiradi. Bular 
insonni tubanlik sari etaklaydi va ma‘naviyatini qashshoqlashtiradi. Mazkur 
illatlarni odat qilgan kishilar umum tasavvurida jirkanch taassurot qoldiradi. 
Axloq murakkab tuzilishga ega boʻlib, asosan uch tarkibiy qismdan 
iborat ular: axloqiy ong, axloqiy amaliyot va axloqiy munosabatlardan tashkil 
topadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish