Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


-mavzu. ―Etika‖ fanining predmeti va jamiyat hayotidagi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet255/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

13-mavzu. ―Etika‖ fanining predmeti va jamiyat hayotidagi 
ahamiyati 
Axloq 
inson va jamiyat oʻrtasidagi obyektiv aloqadorlik tufayli kelib 
chiqadigan, SHaxsiy va umumiy manfaatlarni muvofiqlashtirib turish asosida 
har bir SHaxsning hayoti va faoliyatini boshqaradigan, tartibga soladigan 


441 
muayyan xulq atvor, odob, hatti-harakat prinsip va normalarning majmuidir. 
Inson hech qachon jamiyatdan tashqa‘rida, yakka holda yashamaydi. U 
odamlar orasida oʻsadi, ulgʻayadi, hayot kechiradi, oʻzining butun hayoti va 
faoliyati davomida boshqa koʻplab insonlar bilan muloqotda boʻladi. Bu 
insonning oʻz kundalik hayotiy ehtiyojlarini qondirishi zaruriyati bilan 
bogʻliq. Sharq xalqlarida, asosan oʻzbeklarda insoniy munosabatlar zaminida
birinchi navbatda axloq yotadi. Siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar 
zaminida ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi. 
Axloq - ma‘naviyatning amalda namoyon boʻlishi. Ilm, bilim, 
dunyoqarash, idrok va iymon insonning xulq-atvorida oʻziga xos tarzda aks 
etadi. Inson ma‘naviyati esa axloqiy fazilatlar orqali namoyon boʻladi. 
Ma‘naviyat - his etiladigan, anglanadigan, oqilonalikka asoslangan botiniy 
qudrat boʻlsa, axloq bevosita har bir SHaxsning oʻzgalarga nisbatan 
ma‘naviy munosabatini anglatadi. shu sababli axloqiy tushunchalar ayni 
paytda ma‘naviy tushunchalar sifatida e‘tirof etiladi. Zotan, axloq insof va 
adolat, iymoniylik va ha‘lollik, mehr va muruvvat, saxovatpeshalik va 
bagʻrikenglik, rahmdillik va muruvvatlilik, mehribonlik va gʻamxoʻrlik 
singari ma‘naviy tushunchalarni insonning hayotiy faoliyatida yuzaga 
chiqaradigan ma‘naviy hodisadir. Zero, «Axloq ijtimoiy munosabatlar 
zaminida alohida SHaxs sifatida mavjud boʻlgan insonlarning oʻz-oʻzini 
idora qilish shakllari va me‘yori, oʻzaro muloqot va munosabatlarda ularga 
xos boʻlgan ma‘naviy kamolot darajasining namoyon boʻlishidir» 
1
Barcha davrlarda inson va jamiyat oʻrtasidagi axloqiy munosabatlar 
siyosiy, huquqiy, iqtisodiy mezonlar asosida boshqarilgan. ayniiqsa, Sharq 
xalqlarida, xususan, xalqimizning insoniy munosabatlar asosini axloq va 
axloqiylik tashkil etgan: siyosiy, huquqiy, iqtisodiy munosabatlar zaminida 
ham axloqiy mezonlar ustunlik qiladi. 
Inson shaxs boʻlib tugʻilmaydi, balki jamiyat, oila va turli munosabatlar 
natijasida shaxs sifatida shakllanadi. Uning barkamol darajaga koʻtarilishi 
ham jamiyatda amalga oshadi. Inson barkamolligining eng muhim 
koʻrsatkichlaridan biri oʻzini oʻzi anglashi hisoblanadi, chunki oʻzini oʻzi 
anglamagan inson barkamol shaxs darajasiga etib kelmaydi. U oʻzini 
anglagandagina oʻzgalarni anglashda va turli munosabatlarda «men»ligini 
namoyon etadi. 
«Axloq»
- arabcha soʻz boʻlib, kishining tabiati, muomala, xulq- atvor, 
yurish-turish, tarbiya, adab, hatti-harakat odobi degan ma‘nolarni anglatadi
2

Ushbu tushuncha jamiyatning axloqiy hayotida yuz beradigan barcha 
jarayonlarni oʻzida mujassam etadi. 
Axloq boʻlmagan joyda inson ijtimoiy shaxs sifatida shakllanmaydi.
Faqat axloq zaminidagina insonlarda hayotning mazmuni va maqsadi;
1
Yusupov E. Inson kamolotining ma‘naviy asoslari. T.: «Universitet», 1998. B38. 
2
O‗zbek tilining izohli lug‗ati. J.1. - T.: O‗zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2006. - B.120. 


442 
jamiyat oldidagi burchi va ma‘suliyati; boshqa axloqiy tushunchalar va
me‘yorlarga muayyan munosabat shakllanadi. 
Axloqshunos olim, A.She‘r axloqqa oʻzgacha ta‘rif beradi: ―Axloqni 
umumiy tushuncha sifatida olib, uni doira shaklida aks ettiradigan boʻlsak, 
doiraning eng kichik qismini odob, undan kattaroq qismini - xulq, eng 
qamrovli qismini axloq egallaydi. 
Odob
- inson haqida yoqimli taassurot uygʻotadigan, lekin jamoa, 
jamiyat va insoniyat hayotida burilish yasa‘ydigan darajada muhim 
ahamiyatga ega boʻlmaydigan, milliy urf-odatlarga asoslangan chiroyli hatti-
harakatlarni oʻz ichiga oladi. 
Xulq
- oila, jamoa, mahalla-koʻy miqyosida ahamiyatli boʻlgan, ammo 
jamiyat va insoniyat hayotiga sezilarli ta‘sir koʻrsatmaydigan yoqimli insoniy 
hatti-harakatlarning majmui. 
Axloq
- jamiyat, zamon, ba‘zan umumbashariy ahamiyatga ega, 
insoniyat tarixi uchun namuna boʻla oladigan ijobiy hatti-harakatlar 
yigʻindisi, insoniy kamolot darajasini belgilovchi ma‘naviy hodisa.‖
1
Etika fan sifatida axloqning kelib chiqishi, mohiyati, xususiyatlari, 
jamiyat rivojidagi oʻrni, taraqqiyot qonuniyatlarini oʻrganuvchi va haqiqatligi 
amalda isbotlangan bilimlar majmuidir. Etika fani umumiy etika nazariyasi, 
tarixiy etika, qadriyatlar etikasi, kasb etikasi va axloqiy tarbiya nazariyasi 
kabi tarkibiy qismlardan tashkil topgan. 
Jumladan, etika nazariyasi axloqning tabiati, mohiyati, xususiyati, 
tarkibiy qismlari, jamiyat taraqqiyotida tutgan oʻrnini oʻrganadi. 
Tarixiy etika axloqning kelib chiqishini, uning tarixiy taraqqiyot 
qonunlarini, har xil nazariyalarning tarixdagi oʻrni, rivojlanish bosqichlari va 
tamoyillarini tadqiq etadi. 
Qadriyatlar etikasi axloqiy me‘yorlarni axloqiy meros sifatida 
shakllanishi hamda avloddan-avlodga oʻtib kelayotgan axloqiy qadriyatlar 
tizimini oʻrganadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish