Kamtarlik
bu – avvalo oʻz-oʻziga talabchanlik, oʻz harakatlariga,
ishiga, bilimiga tanqidiy qarash, oʻziga, kuch–quvvatiga ortiqcha baho
bermaslikdir. Kamtarlik kishilarga boʻlgan munosabatda namoyon boʻladi.
Inson odobli boʻlsa, kishilar bilan shunchalik sodda va kamtarlik bilan
muomala qiladi, oʻz ishlariga va harakatlariga kamtarlik bilan baho beradi.
Oʻzgalarga shirinsoʻz boʻladi, boshqalardan oʻzini ustun qoʻymaydi, soxta
shuhrat ketidan quvmaydi, yutuqlaridan esankiramaydi.
Kamtarinlik Arastuning fikricha: ―– uyatsizlik va tortinchoqlik
oʻrtasidagi xislatdir. Bu xislat odamlarning qilmishlarida va gap - soʻzlarida
koʻrinadi. Uyatsiz, sha‘loq odam hammaga, har qanday vaziyatda har narsani
gapiraveradi. Tortinchoq odam esa zarur gapni zarur vaqtida aytmaydi, zarur
ishni bajarishga ham jur‘ati etishmaydi. Kamtarin odam esa, uyatsiz odam
kabi, har vaqt, har erda, har qanday gapni aytavermaydi; va oʻta tortinchoq
odam kabi, zarur vaqtda zarur gapni aytishga jur‘atsizlik ham qilmaydi.‖
1
Kamtarinlik tortinchoqlik va andishalilikdan farq qiladiki, ular
insonning qadr-qimmatini tushirib qoʻyish ehtimoli bor. Kamtarlik хokisorlik
va samimiylikdan kelib chiqadi. U kishilarga boʻlgan munosabatda ham
yaqqol koʻrinadi. Kamtarlik inson ichki ma‘naviy dunyosining tashqi ifodasi
hisoblanadi. Tarbiya koʻrgan, odobli kishini uning kamtarligidan ham bilib
olish mumkin. Barcha insoniy fazilatlar ichida eng e‘zozlisi kamtarlikdir.
Kamtarlikning qarama-qarshi tomoni takabburlikdir. Ularning biri, insonni
insonga yaqinlashtiradi, ikkinchisi esa, uni odamlardan uzoqlashtiradi. Xitoy
maqoliga koʻra ―dono boʻlmay turib, kamtar boʻlish mumkin, ammo kamtar
boʻlmay turib dono boʻlish qiyin‖.
Adolat.
Bu axloqiy, siyosiy-huquqiy kategoriya. Adolat jamiyat
barqarorligini ta‘minlovchi eng muhim axloqiy tushuncha. Adolat
insonlarning bir-biriga, davlatni fuqarolarga boʻlgan munosabatida oʻzaro
muvofiqlikni ifodalaydi, qonunlarga rioya qilishni bildiradi. Manba‘larda
adolat deyilganda, ijtimoiy munosabatlarning faqat me‘yor-oʻlchovi, tosh-
tarozusi tushunilmaydi, balki adolat va adolat mezoni tushunchalari orqali
axloqiy mehr-muruvvat, kishilar oʻrtasidagi munosabatlardan kelib
chiqadigan qadriyat, deb qaralib, bu tushunchaning ijtimoiy mohiyati
belgilanadi. Adolatning ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlikdan
asosiy farqi shundaki, adolatning oʻzi biror-bir qadriyatni anglatmaydi, lekin
1
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. - B128
463
qadriyatlar orasidagi nisbatni belgilaydi, ularni baholash maqomiga ega.
Adolat jamiyatni tartibga soluvchilik xususiyatiga ega boʻlib, unda ham
axloqiy, ham huquqiy talablar mujassamlashgan. Adolatni ma‘lum ma‘noda
axloq sohasidagi miqdor oʻlchovchi, ham deyish mumkin: u talab bilan
taqdirlashni oʻlchab turadigan tarozidir. Adolat bor joyda zulm va
zoʻravonlikka, oʻzboshimchalik va beboshlikka yoʻl qoʻyilmaydi. Shu bois,
ma‘naviy etuk likning eng yuksak belgisi adolatlilik, desak yanglishmagan
boʻlamiz. Bejiz davlatimiz rahbari parlamentga qilgan murojaatlarida
adolatga quyidagi bahoni bermaganlar: ―Men bir fikrni takrorlashdan
charchamayman: xalqimiz hamma narsadan ustun qoʻyadigan adolatni
hayotimizda tom ma‘noda qaror toptirish eng asosiy vazifamizga aylanishi
shart.‖
1
Adolat axloq va huquq tushunchasi sifatida axloqiy va huquqiy
munosabatlarni na‘zorat qilib turuvchi, insonlarning faoliyatiga baho
beruvchi zaruriy oʻlchov hisoblanadi.
Adolatning aniq me‘yorlaridan biri – bu birinchi navbatda
demokratiya‘ning mavjudligidir. Demokratiya nafaqat hokimiyatni tashkil
etish tamoyili boʻlib qolmasdan, balki jamiyat hayotini xalq manfaatlari
asosida tashkil etish qoidalari hamdir. shu ma‘noda demokratiya jamiyatda
iloji boricha koʻpchilik uchun oʻz imkoniyatlarini roʻyoga chiqarish
sharoitlarini yaratadi. Bu esa ijtimoiy adolat tamoyillari uchun katta
imkoniyatlarni ta‘minlaydi.
Arastu adolat xususida shunday deydi: ―Endi adolat nima va u qanday
hollarda namoyon boʻladi, nimaga ekanligini koʻrib chiqishimiz qoldi.
Avva‘lo, adolatlilik nimaligini bilib olaylik. Ikki xil adolatlilik bor. Biri
qonunga muvofiqlilikdir. Qonun buyurganini qilish adolatli hisoblanadi.
Qonun odamlardan mard, oqil va fozil boʻlishni talab qiladi. Shuning uchun
ham odillik – eng mukammal fazilat, deyiladi. Modomiki, adolatlilik
qonunlarga muvofiq yashash ekan, qonun esa barchadan fazilatlar bilan
yashashni talab qilar ekan, qonunlarga muvofiq, adolatli ish tutuvchi odam
eng fozil odamdir. Adolatlilik eng yaxshi fazilatdir‖.
2
Adolatning axloqiy tushuncha sifatidagi oʻziga xosligi ayniqsa,
huquqda yaqqol koʻzga tashlanadi. Huquq vazirligining hatto adliya vazirligi
deb atalishi, jinoyatga yarasha ja‘zoni belgilovchi, hukm chiqaruvchi
idoralarning ―Odil sud‖ degan nomlar bilan yuritilishi buning dalilidir. Lekin,
adolatni faqat huquqiy tushuncha sifatida talqin etish toʻgʻri emas. U, yuqori
da aytganimizdek, keng qamrovli axloqiy tushuncha. U nafaqat fuqarolar
orasidagi munosabatlarni, balki davlat bilan xalq, jamiyat bilan shaxs
1
http://www.president.uz.O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga
Murojaatnomasi. O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTININGRASMIY VEB-SAYTI
2
Arastu. Poetika. Axloqi Kabir. -Toshkent: Yangi asr avlodi, 2004. - B133.
464
oʻrtasidagi aloqalar mezonini ham oʻz ichiga oladi. Shu bois xalq orasida
ming yillar mobaynida odil podsho idealining yashab kelgani bejiz emas.
Hozirda ijtimoiy adolat muammolari inson huquqlari va
demokratiya gʻoyalari bilan uzviy bogʻliq holda talqin etiladi. Xalqaro
huquq sohasidagi hujjatlarda ham bu tushunchaga jiddiy e‘tibor
berilmoqda. Jumladan, BMT hujjatlarida ijtimoiy adolatga shunday ta‘rif
beriladi: «Ijtimoiy adolat insonning hayotiy ehtiyojlarini qondirishni va
moddiy resurslarni adolatli taqsimlashni anglatadi. Bu sohadagi faoliyat
sogʻliqni saqlash va ta‘limi kabi muhim xizmatlarga umumiy daxldorlikni
ta‘minlash, dastlabki bosqichida teng imkoniyatlarni yaratish, noqulay
(nochor) vaziyatdagi shaxslarni himoya qilish, iste‘mol hamda
daromadlar
olish
kabi
sohalarda
muvozanatni
(mutanosiblikni)
ta‘minlashga qaratilgandir».
1
Adolatga ijtimoiy munosabat sifatida qaralar ekan, shu oʻrinda uning
siyosiy-huquqiy kategoriya sifatidagi oʻziga xosligi ham masalaning
mohiyatini yoritishda muhimdir.
Burch –
ado etilishi, bajarilishi majburiy boʻlgan vazifa, majburiyatdir.
Demak, burch – qilinishi shart boʻlgan ish, vazifa. Burch - biror hatti-harakat
uchun javobgarlik hissidir. Avva‘lo, bu tushunchalar axloqiy va shu bilan
birga huquqiy tushuncha hamdir.
Axloqiy nuqtayi nazardan qaraganda burch ijtimoiy-insoniy vazifalarni
bajarishda keng namoyon boʻladi. Burch eng avvalo oilaviy munosabatlarda
mujassamlashadi; ota-onalik burchi; siyosiy va huquqiy burch; vatan oldidagi
burch shular jumlasidandir. Davlat, jamiyat va xalq oldidagi burch aytish joiz
boʻlsa, har bir inson – fuqaro hayot mazmun-maqsadi boʻlishi kerak. Bugungi
kunda Vatan oldidagi burch millat oldidagi burch bilan chambarchas
bogʻlanib ketadi.
Burch manbaini, asosini ijtioiy manfaatlar tashkil etadi. Burchda
manfaat buyruq shaklida namoyon boʻladi. Burch va ma‘suliyat muhim
axloqiy fazilatlardir. ayniiqsa, vatan va xalq oldidagi burch va ma‘suliyatni
chuqur tushunib, unga amal qilish kishidan katta iroda talab qiladi.
Baxt -
hayotning ma‘nosi boʻlmasa, haqiqiy baxtning boʻlishi mumkin
emas. Baxt inson hayotining umumiy bahosidir. Baxt inson oʻz hayoti
ma‘nosini qay darajada tushungani va shu ma‘nodan umri mobaynida
qoniqish hosil qilib borishidan iboratdir. Har bir insonda qoniqish hissi
undagi maqsadlarning takomilga etganidagina roʻy beradi. Faqat bu
takomilga etish jarayoni bir umr davom etadi. shu ma‘noda, buyuk
ajdodimiz Abu Nasr Farobiy: «Baxt - har bir inson intiladigan maqsad, zotan
u muayyan komillikdir», – deganida koʻp jihatdan haq edi.
1
Prava cheloveka i rabota v sosialnoy sfere. Tsentr po pravam cheloveka OON. - Jeneva, 1995.S- 15
465
Baxt – insonning yurish – turishi, turmush sharoitlari, jamiyatdagi
oʻrniga berilgan axloqiy bahodir. Baxtning mazmuni insonning shaxsiy
hayoti doirasi bilangina belgilanmaydi. Oʻz shaxsiy manfaatini oʻylagan,
boshqalar bilan iymon, insof, adolat, asosida munosabatda boʻla olmaydigan
odamni baxtli, deb boʻlmaydi. Baxt insonlar oʻrtasidagi munosabatlar
asosida belgilanadi. Kimki jamiyatda, insonlar orasida oʻzining ha‘lol
mehnati, axloq – odobi, boshqalar bilan odilona, ha‘lol munosabati asosida
obroʻ, e‘tibor ortirsa – oʻsha baxtli odamdir. Baxt har bir insonning shaxsiy
hayotiga bevosita daxldor boʻlsa ham, uning mezonlarini jamiyat,
jamoatchilik belgilaydi. Inson oʻzining qay darajada baxtli ekanini
anglamoqchi boʻlsa, oʻzining mol – dunyosi, oilaviy hayotigagina emas, balki
boshqalarning unga boʻlgan munosabatiga ham tayanmogʻi lozim. Oilasi
totuv, farzandlari axloqli, odobli, e‘tiqodi mustahkam insonlar ham oʻzlarini
baxtli, deb hisoblaydilar. Lekin, inson oʻzining oilaviy baxtiga,
farzandlarining yurish – turishiga, e‘tiqodi qay darajada mustahkamligiga
boshqalarning nuqtayi nazaridan ham qaray bilishlari shart. Bu ham
insonning axloqiy kamoloti darajasiga bogʻliqdir.
Biz jamiyatimizda ba‘zida behissob boylikka ega yoki mansabning
yuqori chuqqisida oʻtirgan insonlarni ham baxtsiz ekanliklariga guvohmiz.
Baxt ma‘naviy ehtiyoj bilan bogʻliq, unda maqsadlarga birin-ketin
erisha borish, qoniqish jarayoni, boya aytganimizdek, bir umr toʻxta‘maydi
va doimo lazzat va zavqni oʻz ichiga oladi.
Baxt garchand, orzu kabi idealning hissiy-ehtirosli shakli sifatida
koʻzga tashlansada, aslida undan farqli oʻlaroq, shaxsning intilishini emas,
shu intilishning roʻyobini anglatadi. Har bir intilishning roʻyobga chiqishi esa
muayyan tayyorgarlikni va kurashni taqozo etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |