Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet264/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Muhabbat
hisoblanadi. Barcha 
kategoriyalar, tamoyillar va me‘yorlar zamirida ham muhabbat tushunchasi 
yotadi. Faylasuf olim Abdulla She‘r muhabbat kategoriyasini shunday 
izohlaydi: ―Muhabbatning obyekti doimo goʻzallik, manfaatsiz goʻzallik. U - 
Allohmi, Vatanmi, yormi - muhabbat egasiga undan-da goʻzalroq narsa yoʻq. 
aynii paytda bir obyektni sevgan kishi boshqa obyektlarni ham sevishi tabiiy. 
Deylik, yorga boʻlgan haqiqiy muhabbat Vatanga, insoniyatga muhabbatni 
inkor etmaydi, aksincha, barqaror qiladi. Zero, «oʻz-oʻzicha», «yakka», 
«xudbin» muhabbatning boʻlishi mumkin emas. Inson oʻzi oʻzgaga 
aylanganida, oʻzgani oʻziga aylantira olganida haqiqiy muhabbat egasi 
hisoblanadi. Mana shu obyekt bilan subyekt orasidagi farqning «yoʻqolishi» 
eng buyuk , eng mukammal lazzatdir.‖
1
Yaxshilik va yomonlik
e
tikaning inson faoliyatini axloqiy jihatdan 
baholovchi markaziy kategoriyalardan hisoblanadi. Yaxshilik kategoriyasi 
odatda, kishining biror talabiga toʻla javob beradigan, unga yoqadigan, 
ma‘lum boʻlgan hatti-harakatlar narsalarning ijobiy sifatlari, biror kishining 
manfaatini koʻzlab ish tutish, unga manfaat etkazish, xayrli, ezgu ishlarni 
amalga oshirish tushuniladi. 
Уaxshilik deb, tevarak atrofda sodir boʻlayotgan voqea va hodisa 
vujudga kelayotgan narsalarning insonni e‘zozlaydigan, uning manfaat va 
ehtiyojlarini 
qondiradigan, 
axloqiy 
ideallariga 
mos 
keladigan, 
odamgarchilikning oʻsishini har tomonlama ta‘minlaydigan, pirovardida 
baxtli hayot kechirishga xizmat qiladigan barcha ijobiy tomonlarning 
yigʻindisiga aytiladi.
Уaxshilik kategoriyasi oʻzining koʻp qirraligi, keng qamrovligi, axloqiy 
munosabatlarning universalligi, ya‘ni kishilar hayotining barcha jabhalarini 
qamrab olganligi bilan harakterlanadi. Shuning uchun ham, u mehnat 
sohasida – jamiyat manfaati yoʻlida qilingan ha‘lol ijodiy mehnat, siyosiy va 
huquqiy sohadai – insonparvarlik, adolatparvarlik va boshqa shakllarda 
namoyon boʻladi. yaxshilik yaxshi xulqlardan tashkil topadi: poklik, aql 
qadrini bilmoq, ota-onaga itoat qilmoq, qarindoshlarni izzat-hurmat qilmoq, 
toʻgʻri soʻzlamoq, muhtojlarga yordam bermoq, saхovat, yumshoqlik, 
ochiqyuzlik, tavozе, shavqat, muruvvat va boshqalar.
Sahih hadislarda yozilishicha: ―Yaxshilik – nafsingiz taskin topib, 
dilingiz orom oladigan ishdir. Yomonlik yoki gunoh esa uning aksidir, garchi 
1
Абдулла Шер. Ахлоқшунослик. Дарслик. –Т.: «Ўзбекистон файласуфлари миллий жамияти» нашриѐти, 2010.Б.191


461 
muftiylar fatvo bersalar ham oʻz qalbingizga qarab ish tuting.‖ yoki ―Barcha 
yaxshilik – hushxulqlikdadir. Barcha gunoh va yomonlik - dildagi gʻashlik va 
uyatli ishdadir.‖
1
Yomonlik deb, jamiyatning rivojlanishiga toʻsqinlik qiluvchi, 
kishilarning axloqiy ideallariga, uning e‘zozlaydigan qadriyatlariga zid 
keladigan, baxtga erishishga, odamlar orasidagi munosabatlarda axloqiy 
taraqqiyotning qaror topishiga va insoniylikning oʻsishiga zid keladigan hatti-
harakatlarni oʻzida mujassamlashtirgan tushunchalar yigʻindisiga aytiladi. 
Yomonlikning asosiy shakllari quyidagilardan iborat: kosmopolitizm, 
millatchilik, oshna-ogʻaynichilik, odam oʻldirish, oʻgʻrilik, zoʻravonlik, 
mansabparastlik, 
poraxoʻrlik, 
ta‘magirlik, 
bezorilik, 
bosqinchilik, 
giyohvandlik, fohishabozlik va boshqalar. Yomonlikni borliqni aks ettirishiga 
qarab, ijtimoiy, tabiiy va axloqiy yomonliklarga boʻlish mumkin. 
Alisher Navoiy ―Mahbub-ul-qulb‖ asarida ―Yaxshi boʻl, yomon boʻl, 
ikkalasi boʻlaman deganning oʻzi yomon. Kimlar bilan boʻlsang 
shulardeksan. Ular yomon boʻlsa, sen ham yomon , ular yaxshi boʻlsa sen 
ham yaxshi. yomondan yaxshilik kutmoq behuda hayoldir. Itdan kiyikka, 
mushukdan kabutarga rahm-shavqat boʻlishi maholdir‖
2
. Demak, odamda 
yaxshi likka nisbatan beqiyos muhabbat, yomonlikka nisbatan nafrat 
boʻlmogʻi lozim. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   260   261   262   263   264   265   266   267   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish