Axloqiy ong
. Har bir insonning hatti-harakatlari uning ongi orqali
boshqariladi. Chunki, ong insonlarning olamni, Ya‘ni jamiyatni, tabiatni aks
ettiruvchi his-tuygʻulari va odatlarining yigʻindisi boʻlib, siyosiy, huquqiy,
axloqiy, falsafiy, diniy, estetik qarashlar va kechinmalar shaklida namoyon
boʻladi. Axloqiy ong ijtimoiy ongning shakllaridir biridir.
Axloqiy amaliyot
. Inson oʻzining har bir faoliyatida aniq bir maqsadni
koʻzlab, tegishli vosita va usullar orqali harakat qiladi hamda ma‘lum
natijalarga erishadi. Demak, maqsad, vosita va natijalar inson faoliyatining,
jumladan axloqiy amaliyotining tarkibiy qismlari hisoblanadi. Oxirgi
natijalarning axloqiy mazmunida kishilar orzu-umidlarining roʻyobga
chiqishiga yordam beruvchi yaxshi yoki YOmon amallar, qulay yoki
noqulay harakatlar aks etadi. Mana shu tomonning oʻzaro birligi axloqiy
amaliyotning mazmunini tashkil qiladi.
Axloqiy munosabatlar
ijtimoiy munosabatlarning tarkibiy qismlaridan
biri sifatida jamiyat hayotida oʻziga xos oʻrinlardan birini egallaydi. Axloqiy
munosabatlar insonlar tomonidan axoli guruhlari orasida, mehnat
jamoalarida amal qiladigan axloq normalari bilan chegaralangan aloqalari,
bogʻlanishlari, ta‘sir va aks ta‘sirlariga aytiladi.
Bular esa axloqning asosiy xususiyatlarini bilishni talab qiladi.
Faylasuf olim Abdulla She‘r axloqning asosiy xususiyatlarini quyidagicha
ta‘riflaydi: ―Axloqning oʻziga xos xususiyatlari deganda biz uning qat‘iy
1
Yusupov E. Inson kamolotining ma‘naviy asoslari. T. Yangi asr avlodi. 1998. В.116.
446
amrlik, me‘yoriylik va baholash jihatlarini tushunamiz. Qat‘iy amr oʻzini
tutishdagi muayyan talabni, axloqiy qonun-qoidalarni bajarishini taqozo
etadi. U shaxs manfaatlarini jamiyat manfaatlari bilan muvofiqlashtiradi va
jamiyat manfaatlari ustuvorligini ta‘minlaydi, ayni paytda SHaxs erkinligini
cheklamaydi, faqat oʻzboshimchalikka yoʻl qoʻymaydi. Unga koʻra, biror
inson ikkinchi insonga vosita deb qaramasligi lozim. Qat‘iy amr tugʻma
axloqiy hodisa, uning talabi soʻzsiz va ixtiyoriy tarzda bajarilishi kerak; u
ixtiyor erkinligi bilan zaruriyatning mutanosibligini ifoda etadi.
Ikkinchi xususiyat - axloqning me‘yoriylik jihati bilan bogʻliq.
Me‘yorlar, qonun-qoidalar, pand-oʻgitlar v.b. shakllar vositasida axloq
boshqarish vazifasini bajaradi. Ular orqali kishilar faoliyati yoʻlga solinadi,
fazilatlar asosida ijtimoiy munosabatlar amalga oshiriladi, individning
axloqiy sifatlari jamiyat talabalariga moslashtiriladi, tashqi da‘vat ichki
yoʻnalmaga, shaxs ma‘naviy dunyosining bir qismiga aylanadi, odamzot
avlodlarining axloqiy aloqalari davom ettiriladi. Axloqiy me‘yorlarning ikki
turi mavjud: xatta-harakatning yoʻl qoʻyib boʻlmaydigan shakllarini
anglatuvchi taqiqlar (odam oʻldirma, yolgʻon gapirma, oʻgʻirlik qilma v.h.)
va oʻzni tutishning eng yaxshi koʻrinishlariga da‘vat (ha‘lol boʻl, rostgoʻy
boʻl, ezgu ishlar qil v.h).
Axloqning oʻziga xos uchinchi xususiyati esa insonning oʻz hatti-
harakatlariga munosabatini ichiga oladigan ichki baholashdan va inson hatti-
harakatlarining boshqa kishilar hamda jamiyat tomonidan umum qabul
qilingan axloqiy me‘yorlar asosida baholaydigan tashqi baholashdan tashkil
topadi. shunga koʻra, baholash koʻrinishlari ham ikki xil boʻladi. Birinchisi -
ijobiy: ma‘qulash, rozilik, ikkinchisi - salbiy: tanbeh va norozilik. Bu
xususiyatlar faqat axloqqa xos.‖
1
Axloq umuminsoniy hisoblanib, uning
milliy, mintaqaviy xususiyatlari ham mavjud. Ular axloqning - xulqiy hatti-
harakatlar, odob va etiketda yaqqol koʻzga tashlanadi. Evropada huquq
ustuvor boʻlsa, bizda axloq birinchi oʻrinda turadi. Qonun ustuvorligi, qonun
oldida barchaning tengligi - demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan
biri sanaladi. Shu sababli, Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan rahbar
shaxs ma‘naviyatiga uning axloqiy hatti-harakatlariga doir oʻz konseptual
qarashlarini tadrijiy ravishda, izchil bayon qilib:―Tanqidiy tahlil, qat‘iy tartib-
intizom va shaxsiy javobgarlik har bir rahbarni - bu Bosh vazir yoki uning
oʻrinbosarlari boʻladimi, hukumat a‘zosi yoki hududlar hokimi boʻladimi,
ular faoliyatining kundalik qoidasi boʻlib qolishi kerak,‖
2
- deb bejiz
ta‘kidlanmagan.
1
Abdulla Sher. Axloqshunoslik. Darslik. -T.: «O‗zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2010.B.173
2
O‗zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ―Mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‗ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor
yo‗nalishlari‖ga bag‗ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma‘ruzasi. www.gov.uz
447
Jamiyatda qonun ustuvorligiga erishish uchun qonunlarga rioya etish
majburiyatga emas, fazilatga aylanmogʻi lozim. Buning uchun odamlarni
demokratiyaga oʻrgatish zarur, toki kishi shaxsiy javobgarlik hissini tuysin,
axloq me‘yorlariga rioya etish uning uchun ichki zaruratga aylansin. Bu
haqda nemis faylasufi Nisshe shunday degan edi: ―Axloqiylik avval qat‘i
talab shaklida qoʻyiladi. Unga rioya qilish shartligi uchun boʻysuna
boshlaydilar. Biroz oʻtgach bu ixtiyoriy odatga aylanadi va oxiri u instinkt
darajasida oddiy va tabiiy, odamga huzur beruvchi fazilatga aylanadi‖
1
.
Jamiyatda mutlaq, abadiy va oʻzgarmas axloq yoʻq. Axloq tarixan
oʻzgaruvchan va nisbiy mustaqillikka ega boʻlgan ijtimoiy hodisadir.
Etika fani rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, gedonizm va
evdemonizm kabi ta‘limotlar inson uchun zarur boʻlgan ehtiyojlari, moddiy
qadriyatlar uning qadr-qimmati bilan bogʻliq gʻoyalarni ilgari suradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |