Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet259/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Gedonizm
(grech. hendone – lazzatlanish) – qadimgi davr falsafiy 
tushunchalaridan biri sifatida koʻngilocharlik, huzurlanish ma‘nolarini beradi. 
Qadimgi davr axloqshunos ligida gedonizm (huzurbaxshlik ta‘limoti) 
hayotning ma‘nosini nafaqat jismoniy, balki ruhiy huzurbaxshlikdan ham 
iborat degan ta‘limotni ilgari surar edi. Hozirgi davrga kelib esa bu tushuncha 
akasariyat holda oʻzida xudbinlik, «nafs quliga aylanish», «boylik, shuhrat 
ketidan quvish» kabi ma‘nolarini ham anglatmoqda.
Gedonizm (huzurbaxshlik ta‘limoti) – bu oʻziga xos hayotga boʻlgan 
yondashuv boʻlib, hayotda asosiy maqsadning birinchi pogʻonasiga 
lazzatlanish va huzurbahshlik qoʻyiladi. Bunday qarashlarning ibtidosi 
qadimgi yunon faylasufi Aristipp Kirenskiyning ta‘limotlariga borib taqaladi. 
Faylasuf axloqshunos likning yaxshilik tushunchasiga nisbat berar ekan, uni 
huzurbaxshlik bilan bogʻlaydi. Ya‘ni, nima insonga huzur baxsh etsa shu 
yaxshi likdir, degan xulosaga keladi. Bunday xulosa oʻsha davrning aksariyat 
olimlarining bu yondashuv ketidan ergashishiga va gedonchilar yoʻnalishini 
paydo qilishiga asos boʻlib xizmat qildi. shu tariqa ijtimoiy tartiblar erkinlik 
va oʻzini toʻliq namoyon qilishni cheklaydigan shartlar sifatida qarala 
boshlandi. Falsafa qomusiy lugʻatida Gedonizmga shunday ta‘rif berilgan: 
―Gedonizm - yunoncha lazzatlanib umr kechirish inson hayotining asl 
mazmunini tashkil etish lozim, degan qarashga asos boʻlgan gʻoya va 
turmush tarziga intilish. Qadimgi yunonistonda Aristin va elinur 
gedonizmning asoschilari hisoblanadi. Yangi davr falsafasida bu gʻoya‘ni 
Mill va Benta‘m tomonidan qaytadan tiklashga harakat qilingan. Falsafada 
gedonizmga koʻproq moddiy boyliklarga e‘tibor berish asosida hayot 
kechirish, deb qaraladi. Bu hol gedonizm gʻoyalarini mutloqlashtirish 
sharoitida hosil boʻladi. Aslida esa, koʻpincha gedonistlar inson uchun eng 
yaxshi jamiyat - farovon va moddiy boyliklar moʻl-koʻl boʻlgan davr, deb 
1
Nisshe F. Sochineniya v 2 t. t. 1. - M., Misl, 1990. - S.735. 


448 
hisoblaydilar. Ammo bu qarash ayrim hollarda, ma‘naviy qadriyatlarga 
e‘tiborni susa‘ytiradi, ular ahamiyatini toʻgʻri anglashga xalaqit beradi.‖
1
Yillar osha bu qadimgi tushuncha global ahamiyatga molik axloqiy 
masala sirasiga kira boshladi. Dunyo miqyosida hozirgi kunda huzurbaxshlik 
ta‘limotining ta‘siri kun sa‘yin kuchayib bormoqda. Yashashga boʻlgan 
intilish ashyoviylik, moddiylik bilan yoʻgʻrilib, insonlarni elkasiga yanada 
ogʻirroq boʻlgan yuk lamani ortmoqda. Natijada zamonaviylik «hayotdan 
toʻliq zavq olish» shiori ostida uni yanada yorqinroq, chiroyli va dabdabali 
kunga aylantirishga intilish kuchaydi. «Sabr», «shukr», «minnatdorchilik», 
«kelajakka umid» degan tushunchalar nozamonaviylik, noreallik tarzida 
qabul qilinyapti. Bunda eng yaxshi hayot tarziga ega boʻlish eng yaxshi
narsalarga ega boʻlish bilan belgilanadi. Qimmatbaho buyumlar, mazali 
taomlar, eng yaxshi moddiy ta‘minot baxtning belgisi sifatida namoyon 
boʻlar ekan, axloqiy anglash muammosi bu borada qay darajada muhim 
ekanligini belgilaydi. 
Shu jihatdan ham, hozir ushbu ta‘limot sogʻlom va nosogʻlom turlariga 
ajrala boshladi. Nosogʻlom turi nafaqat oʻzini, balki boshqalarning ham 
hayoti, ya‘ni yashash tarziga «halaqit» beradi. Aynan moddiy etishmovchilik 
tufayligina boshqa insonlarning qadrini, oriyatini, izzatini oyoq-osti qiladi. 
Ularni tahqirlaydi. Insonning mohiyati emas, uning tashqi koʻrinishi, u 
bogʻlangan va foydalanayotgan narsalariga boʻlgan qiziqishning kuchliligi, 
Kamyu tili bilan aytganda obyektni sizdan «begonalashuviga» olib keladi. 
Biz oʻzimiz bilmagan holda uni nafratiga sabab boʻlamiz. Unda oʻzini yoki 
boshqalarni oʻlimiga intilish hissini uygʻota‘miz. 
Gedonizm ta‘limotining sogʻlom turi boshqalarning hayotini ham 
yaxshi oʻtishiga toʻsqinlik paydo qilmaslikdir. Misol uchun, siz jamoat 
transportida ketyapsiz. Qulogʻingizga uyali aloqa vositasining quloqqa 
taqadigan jihozini (quloqchin) taqib musiqa eshitib ketyapsiz. Ammo bu 
jihozdan aksariyat holda ya‘ni, siz eshitayotgan musiqani shovqinli, asabga 
qattiq tegadigan ovoz chiqaradi. Siz ertalabki tiqilinchni sezmaslik, 
oʻzingizda yaxshi kayfiyatni uygʻotish uchun qoʻshiqdan huzur qilsangiz, 
atrofdagilarning asabi buziladi. shundoq ham qiyinchilik tugʻdirayotgan bu 
sharoit yanada ogʻirlashadi. Sizni bekatdan tushib qolishingizni istaydilar. 
Huzurbaxshlik ta‘limotini sogʻlom turi insonning oʻz burchini his qilishi, 
boshqalarni erkiga, izzat-nafsiga tegmaslikni talab qiladi. Bu zamonaviylikni 
faqat yaxshilik bilan bogʻliq xususiyatlarini oʻzida mujassam qilishni, 
turmush goʻzalligini, inson goʻzalligini, atrof-muhitni goʻzallashtirish, 
hayotni ma‘nosini toʻlaqonli boʻlishiga intilishda koʻrinadi. 
Gedonizm axloqshunos likning huzurbaxshlik yoʻnalishi boʻlib, unda 
hayotning maqsadi hayotning yuksak ne‘matlariga intilish va undan 
1
Falsafa qomusiy lug‗ati. O‗zbekiston Faylasuflari Milliy jamiyati nashriyoti. ―Sharq‖ Matbaa nashriyot 
aksiyadorlik kompaniyasi. T., 2004. B.83 


449 
lazzatlanib, zavqlanib yashash bilan belgilanadi. shu jihatdan ham qadimgi 
davr faylasuflaridan bejizdan Antisfen: «Mehnat orqasidan keladigan 
farogʻatni talab qilish kerak, undan oldin keladiganini emas», - degan fikrni 
aytgan emas. 
Aslida huzurbaxshlik ta‘limotiga ergashish salbiy xususiyat kasb 
etmaydi. Insonni hayot qiyinchiliklaridan oʻtishda uning mehnati samarasi 
katta ahamiyat kasb etadi. Turli ruhiy, jismoniy zoʻriqishlarga uchragan 
insonga ruh bagʻishlaydi. Mehnat estetikasi inson mehnat jarayonida 
zavqlangani uchun ham mehnatga intiladi, unda oʻzini erkin va komil his 
qiladi, degan fikrni ilgari suradi. Zotan mehnatda inson oʻzining asosiy 
mohiyatini topadi: u yaratish imkoniga ega boʻladi. Bu esa estetik zavq baxsh 
etadi.
Qadimgi davrda gedonizmga qarshi gʻoyalarni ilgari surgan kiniklar 
edi. Kiniklarning asoschisi Antisfen (e.a. 435-375 yy.) lazzatlanishning har 
qanday turini, inson ehtiyoji uchun kerakli boʻlgan oddiy qulayliklarga 
nisbatan ham qarshi chiqadilar. Misol uchun, Diogen Sinopskiy (e.a. 330 y. 
— 320 y), bochkada yashab, faqatgina yopinchiq bilan cheklangan. Bundan 
maqsad - moddiy imkoniyatlardan voz kechib haqiqiy erkinlikka erishish edi. 
Ammo bunday cheklashlar oʻzida jamiyat talablarini ham inkor etardi. 
Natijada oddiy axloqiy me‘yorlardan ham voz kechishga toʻgʻri kelardi. 
Zotan axloqiy anglashning eng muhim xususiyatlaridan botiniy ozodlik va 
ma‘naviy qadriyatlarning ustuvorligi ular tomonidan mutlaqlashtiriladi. 
Boshqa tomondan, huzurbaxshlik ta‘limoti ham etikaning muhim 
gʻoyalaridan - inson uchun zarur boʻlgan ehtiyojlari, moddiy qadriyatlar 
uning qadr-qimmati bilan bogʻliq gʻoyalarni ilgari suradi. Bu ikki ta‘limot 
asosida boshqa mashhur ta‘limotlarni vujudga keltirdi. 
Bu falsafiy yoʻnalish asoschisi Suqrotning zamondoshi Aristipp (435—
355 yy.) inson ruhini ikki holati haqida gapiradi: huzurlanish mayinlik va 
nafislik sifatida, iztirob esa qoʻpol va ruhiy qoʻzgʻalish xususiyatlariga 
ajratadi. Aristipp fikricha baxtga erishuv hushurbaxlikning yuksak
choʻqqisiga iztirobga tushmasdan amalga oshishi kerak. Hayotning ma‘nosi 
uningcha aynan shunday natijaga erishish bilan bogʻliq. Epikur esa lazzatni 
hayotni yoʻlga qoʻyishning tamoyili sifatida koʻradi. Huzurbaxshlikni epikur 
nafrat va yoqimsiz narsalardan ozod boʻlish deb tushunadi. Unda asosiy 
maqsad huzurbaxshlikning oʻzi emas, balki baxtsizlik va iztiroblarlardan 
qutulishdir. Epikurning baxt falsafasida unga erishuv bezovtalik (ataraksiya) 
hamda iztirobdan erkinlik vositasida amalga oshishi bilan belgilanadi. 
Bunday erkinlik epikur fikricha dunyoviy ehtiyojlar yordamida emas, balki 
haqiqiy ehtiyojlarga boʻlgan, misol uchun, doʻstlikka boʻlgan ehtiyojga 
sinchkov e‘tibor orqali erisxiladi. Utilitarchilardan Djeremi Benta‘m bunday 
yondashuvni «hisobli huzurbaxshlik» deb nomlaydi. Henri Sidgvik (Henry 
Sidgwick) XIX asr utilitarizmini ta‘riflar ekan, huzurbaxshlik ta‘limotini 


450 
axloqiy va ruhiy huzurbaxshlik ta‘limotiga ajratadi. Bunda ruhiy
huzurbaxshlik ta‘limoti insonning oʻz quvonchlarini koʻpaytirishga intilish 
bilan belgilanadi. shu tariqa tushkunlikka tushishdan saqlanishga yoki 
zavqlanishni kuchaytirishga intilish inson harakatlarining asosiy sababchisiga 
aylanadi. Axloqqa taalluqli huzurbaxshlik esa bir necha nazariy turlarga 
ajralib ketadi. Inson oʻzinigina qoniqishi uchun intilishi (xudbinlik 
gedonizmi), yoinki jamiyatni farogʻati uchun harakat qilishi lozim (universal 
gedonizm yoki utilitarizm). Sidgvikdan farqli oʻlaroq Benta‘m: «Tabiat 
insonni ikki hukmdor - iztirob va quvonchning qoʻliga topshirib qoʻygan. 
Ular bizga bugun va ertaga nima qilishimiz kerakligini aytib turadilar»
1
, deb 
yozadi.
«Katta farogʻat egasi boʻlish uchun inson oʻzini cheklay bilishi lozim», 
degan fikrni, garchi huzurbaxshlik ta‘limoti namoyondasi boʻlmasa-da, 
epikur hayotning tenglamasi qilib qoʻydi.
Keyinchalik bu axloqiy yondashuvlar estetika sohasi bilan uygʻun 
tarzda shakllana boshlandi. Misol uchun, turmush estetikasi, texnika 
estetikasi, dizayn va intererlarning goʻzalligi. Teatr, musiqa, umuman, san‘at 
turlari va koʻngilochar sa‘yllardan olinadigan huzurbaxshlik va h.k. shu 
tariqa huzurbaxshlik ta‘limoti bir necha yoʻnalishga ajraladi.
Keyinchalik insonni doimo huzurbaxshlikka intilishi «libido (nafs)» 
tushunchalari bilan bogʻliq boʻlib, ruhiy tahlil etikasi asoschisi Zigmund 
Froyd uning insonni oʻlim bilan bogʻlaydigan, unga tayyorlaydigan, insonni 
doimo qoʻrquv, oʻzidan qoniqmaslik, vijdon a‘zobi, va boshqa ruhiy 
iztiroblarning ibtidosi sifatida qarasa, yangi ruhiy tahlil yoʻnalishi 
namoyondasi Karl Gustav Yung huzurbaxshlikka intilish insonni ruhiy 
xastalikka uchrashini «osonlashtiradi». Bunga qarshi insonni tabiatga 
yaqinlashishi qoʻl keladi. Karl Yung fikriga koʻra, inson tabiat bilan 
uygʻunlashgandagina oʻz tabiiy insoniy mohiyatini topadi va uning 
huzurbaxshlikka intilishi moddiylikdan ma‘naviylikka «oʻtish» bilan amalga 
oshadi. 
Gedonizmning qaysidir ma‘noda davomchisi sanalgan yana bir 
yoʻnalishlardan biri evdemonizmdir. E

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   255   256   257   258   259   260   261   262   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish