Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet261/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Soxibqiron Amir Temur
ning «Tuzuklari»da vazirning mansab 
darajasi amirlik mansabi bilan barobar va hatto ba‘zan undan yuqori roq 
olinib ta‘riflanadi. «Tuzuklar»ning ikki bobi maxsus vazirlik vazifalarini 
belgilashga bagʻishlangan. Bu boblarning biri 
«Vazir tutish tuzugi», 
ikkinchisi «Vazirning xizmat qilish tuzugi» 
deb nomlanadi
.
2
Asarning boshqa 
boblarida ham beklar, amirlar, qozi, mufti, muhtasib, sadr, qozika‘lon 
mansablari bilan birga vazir haqida ularning axloqiy hatti harakatlari haqida 
fikrlar bayon etilgan. 
1
Farobiy. Fozil odamlar shahri. T.1993. B.186 - 187. 
2
Amir Temur. ―Temur tuzuklari‖. Forschadan Alixon Sog‗uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi. -T.: G‗afur 
G‗ulom nomidagi ―Adabiyot va san‘at‖ nashriyoti, 1991, -B 74-85 


455 
Amir Temur, ma‘lumki, barcha davlat xizmatchilarini, jumladan, 
vazirlarni ham «xavfu rajo» (qoʻrquv va umidvorlik) orasida saqlab yurgan. 
Sohibqironning bu usuli uning «Tuzuklar»da yaxshi yoritilgan. «YAxshi 
larning boshini siladim, , munofiqlarni ja‘zoladim», - deydi Temur. Bu usul 
keyingi temuriy podsholar tomonidan ham davom ettirilgan. Husa‘yn Voiz 
Koshifiy «Axloqi Muhsiniy» asarida bu usulni «lutf va qahr» deb ataydi: 
«Bahiman podsho bir hakimdan: «Mulozimlar tarbiyasining asosini nimaga 
qurish kerak? - deb soʻradi. Hakim javob berib dedikim, ikki narsa (asosiga) 
qurish kerak: biri lutf va biri qahr. Sulton qahrining asari va lutfi hamisha 
xodimlariga qaratilgan boʻlsin. Qahr ostida tutsin, tokim, hovliqib kuchayib 
ketmasinlar va lutf koʻrsatib tursinkim, noumid boʻlmasinlar».
1
Xulosa qilib aytganda, axloqning kelib chiqishi haqidagi hamda har bir 
davrda axloqiy tafakkur taraqqiyoti rivojiga hissa qoʻshgan mutaffakirlar 
fikrlari hanuzgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotgani yoʻq. 
XXI asr globallashuv asri boʻlib, insoniyat tarixiy taraqqiyoti, madaniy 
merosi, ijtimoiy tuzumi va axloqiy qarashlarida jiddiy oʻzgarishlar sodir 
boʻlmoqda. Bu jarayon shaxs axloqiy madaniyatining shakllanishida ham 
namoyon boʻlmoqda. ayniiqsa, oilada voyaga etadigan yosh avlodni yuksak
axloqiy ideallar asosida tarbiyalash, uni har tomonlama etuk shaxs boʻlib 
etishishini ta‘minlash masalalari dolzarb muammoga aylanib bormoqda. 
Ijtimoiy taraqqiyot jarayonining jadal suratlar bilan borishida alohida 
ahamiyat kasb etayotgan globallashuv har bir davlat, xalq, millat yoki shaxs 
axloqiga ham yangicha talablarni qoʻymoqda. Oʻzbek millatining urf-
odatlari, axloqiy madaniyati va ma‘naviyatiga kirib kelayotgan «goʻzal 
mahsulotlardan» ehtiyot boʻlmoq kerak. Chunki, chiroyli koʻringan biror 
buyum, multfilm yoki «ommaviy mahsulot» odamlar qalbi va ongiga ta‘sir 
etishi, milliy-estetik va axloqiy madaniyatiga putur etkazishi mumkin. 
Inson tabiatning bir qismi, demak odamlarning oʻzlari, ularning oʻzaro 
munosabatlari ham atrof-muhitning bir qismi hisoblanganligi uchun inson 
sa‘lomatligining 
ijtimoiy 
ekologik 
muammosi 
yuzaga 
keldi.
XX va XXI asrda erisxilgan fan-texnika yutuqlari hozirgi paytda inson va u 
yashayotgan sa‘yyoraning kelajagiga tahdid solmoqda. Atom, vodorod, 
neytron bombalari, ballistik raketalar, eng yangi texnikaviy koʻrsatkichlarga 
ega qiruvchi, bombardimon harbiy uchoqlar, suv osti va suv usti kemalari, 
eng yangi rusmdagi tanklar hamda turli-tuman qurollar hammasi insonni 
yoʻq qilishga qaratilgan. Ularni ishlab chiqarish korxonalari va sinov 
maydonlari ekologik buhronlarning manbaidir. Bular bir yoki bir necha 
mamlakat uchun emas, balki global, umumsa‘yyoraviy fa‘lokat hisoblanadi. 
Ularning oldini olishni faqat bir yoʻl bilan biz yashayotgan texnikaviy 
muhitda (noosferada) axloqiy muhitni (etosferani) barqaror etish orqali hal 
1
Amir Temur. ―Temur tuzuklari‖. Forschadan Alixon Sog‗uniy va Habibullo Karomatov tarjimasi. -T.: G‗afur 
G‗ulom nomidagi ―Adabiyot va san‘at‖ nashriyoti, 1991,-Б 86 


456 
qilish mumkin. Сhuningdek, biologik axloq, ekologik axloq, oʻlim ja‘zosini 
bekor 
qilish 
muammolari 
ham 
global 
tabiatga 
ega. 
Akademik 
A.Pokrovskiyning fikriga koʻra: «Hozirgi zamon kishisi hamma vaqt tabiatga 
nisbatan urush holatida boʻlib kelgan. Uning ha‘lokatli oqibatlari yildan-yilga 
kuchliroq sezilmoqda. Agar insonning tabiatga munosabat madaniyatini 
tarbiyalamasak, fojiali oqibatlarga olib kelishi mumkin».
1
«Ma‘lum ma‘noda, 
ekologik inqiroz, nafaqat energoresurslar kamyobligi, atrof-muhit ifloslanishi 
emas, balki, eng avvalo, insonning uygʻonish davridan boshlab, ongli 
ravishda shakllangan, dunyoga va tabiatga munosabatlari tizimi inqirozidir».

Bizningcha, noosferada, yuqori da aytganimizdek, inson fikri 
narsalashadi, oʻz intellektimiz narsalarga aylanib, bizni oʻrab oladi. 
Insonning ichki tabiati muhit mavqeini egallab, tashqi tabiatga ta‘sir koʻrsata 
boshlaydi va koʻp hollarda bundan eng avvalo insonning oʻzi ozor chekadi. 
Tafakkur biologik xususiyatga ega boʻlmagani uchun biologik muhitning 
oʻrnini egallashga, uni asta-sekin siqib chiqarishga harakat qiladi. Bu harakat 
ma‘lum nuqtadan oʻtganidan soʻng esa oʻz ijobiy xususiyatini yoʻqota boradi 
va insoniyat uchun salbiy hodisaga aylana boshlaydi. Atom, vodorod, neytron 
bombalarining kashf etilishi, yadro kallakli ballistik raketalarning yaratilishi 
ana shunday salbiy hodisalardandir. Bundan tashqari, noosferaning paydo 
boʻlishi atmosferani, olamiy okeanni, yer osti va yer usti suvlarini, nabototni, 
hayvonotni, hatto insonni ich-ichidan kimyoviy zaharlanishga olib kelmoqda. 
Hozirgi kunda tirik organizmlarning, oʻsimliklarning, hayvonlarning 
koʻpgina turlari jisman yoʻq boʻlib ketish arafasida turibdi. ayniiqsa, joy 
topolmay, okean boʻylab kemalarda suzib yurgan radioaktiv chiqindilar yoki 
ularning kimsasiz goʻzal orollarga koʻmib tashlanishi, kislota yomgʻirlarining 
koʻpayib borishi singari hodisalar bagʻoyat xatarli. Afsuski, inson koʻra-bila 
turib, oʻzi oʻtirgan shohga bolta urishni toʻxtatmayotir.
Nemis olimi V.Derngols kishilarda umuman tabiatga, xususan, suvga
nisbatan ekologik va gigienik munosabat madaniyatni shakllantirishni 
hayotiy zaruriyat tarzida qarab: «Erda suvning tozaligini saqlash - inson 
qonining sofligini ta‘minlashning zaruriy shartidir...Inson suvni ifloslantirishi 
bilan oʻz umrini Qisqartiradi»,
1
- degan edi.
Bu muammolarning hal etilishi faqat atrof-muhitni kimyoviy zahardan 
ekologik tozalashnigina emas, balki, eng avvalo, global ma‘noda, XXI asr 
kishisi ongini texnokratiya zaharidan forigʻlantirishni taqozo etadi. Ya‘ni, 
ular insoniyat oldida endilikda ekologik hodisa emas, balki tom ma‘nodagi 
axloqiy muammolar sifatida koʻndalang boʻlib turibdi. Mashhur avstriyalik 
etolog olim, Nobel mukofoti laureati Konrad Lorensning: «Yoppasiga va tez 
yoyilib borayotgan jonli tabiatga begonalashish hodisasi uchun asosan 
1
Pokrovskiy A. Ekologicheskiye problemi Zemli. - M.: Nauka, 1975.S-117. 
2
Palenko A.N. «Ekologicheskiy krizis» kak psevdoproblema.- M.: // Voprosi filosofii. 2002. №7. S-71. 
1
Dernqoltsv. Berlin. 1975. WWW. Neture. P. 213. 


457 
sivilizatsiyamiz kishisidagi estetik va axloqiy toʻposlik aybdordir»
1
- degan 
soʻzlari shu nuqtayi nazardan diqqatga sa‘zovordir.
Yuqori da aytilganlardan chiqadigan xulosa bitta: kelajakda inson 
oʻzini va oʻz sa‘yyorasini muqarrar ha‘lokatdan qutqaraman desa – XXI 
asrdan boshlab etosfera davriga oʻtishi kerak; axloqiylik har birimiz uchun 
har qadamda bugungi texnikaviy muhit kabi zaruratga aylangandagina bunga 
erishish mumkin. 
Etikaning mezonlari, asosiy tushunchalari va me‘yorlari jamiyat 
taraqqiyotining umumiy imkoniyatlari va ehtiyojlari, alohida etnik guruhlar 
yashayotgan, mehnat qilayotgan joylardagi sharoitlar, ularning oʻziga xos 
xususiyatlari bilan belgilanadi. Ularni biron-bir shaxs yaratmagan, u 
muayyan ijtimoiy munosabatlarga muvofiq, moddiy va ma‘naviy hayot 
jarayonida kishilar ijtimoiy turmushining, axloqiy munosabatlarining 
talablarini birmuncha umumlashgan holda aks ettiradigan axloqiy ong 
shakllari sifatida vujudga kelgan qonun–qoidalar hisoblanadi. Bular orasida 
axloqiy tamoyillarning muhim oʻrni bor. Ta‘moyil ―prinsip‖ lotincha soʻz 
boʻlib, ―nazariya‖, ―ta‘limot‖, fan uchun asosiy qonun- qoida, inson uchun 
oʻzi ogʻishmay amal qiladigan qoida, nuqtayi nazar, maslak degan ma‘noni 
anglatadi. Axloqiy kategoriyalar singari axloqiy tamoyillar ham axloqiy 
anglash shakllaridan hisoblanadi. Ularda axloqiy talab nisbatan umumiy 
tarzda koʻzga tashlanadi. Ular jamiyat tomonidan shaxsga qoʻyiladigan talab 
tarzida namoyon boʻlib, insonning axloqiy mohiyatini, uning hayoti 
mazmunini, odamlar bilan oʻzaro aloqalaridagi asosiy jihatlarni belgilab 
beradi. Natijada, tamoyillar inson hatti-harakatining umumiy yoʻnalishini 
koʻrsatgan holda, koʻpgina axloqiy me‘yorlar uchun asos boʻlib xizmat 
qiladi. Quyida biz ana shulardan ayrimlarini koʻrib oʻta‘miz. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish