Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet166/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Bashoratning 
turlari 
va 
metodlari. 
Oʻzbekiston 
Milliy 
ensiklopediyasida bashorat (arab - xushxabar)- ilmiy bilishning bir shakli, 
hali toʻla ma‘lum boʻlmagan imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar 
toʻgʻrisida oldindan fikr aytish
1
deya ta‘rif beriladi. Bashoratning dastlabki 
shakli sifatida sezgi, ishora, kundalik tajribaga asoslangan intuitiv bashorat 
hisoblanadi. Masalan, koʻp asrlik hayotiy tajriba asosida odamlar u yoki bu 
hodisalarni kundalik hayotda qonuniy takrorlanishini anglab etadilar, hamda 
ularni bir-biriga taqqoslashni oʻrganadilar. Jumladan qaldirgʻochlar Yer 
bagʻirlab uchsa, ob- havo tez orada yomonlashishini kutish ma‘lum. Oddiy 
1
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси.


340 
odamlarning kuzatuvchanligi, ijodiy zehni kelajakni prognoz qilishning 
oʻziga xos shakli – xalq a‘lomatlarida oʻz ifodasini topadi. Odamlar ob- 
havodagi oʻzgarishlarni va ularning hosilga ta‘sirini asrlar osha kuzatib 
keladilar, hayvonlar, qushlar, qurt-qumursqalarning ma‘lum xulq atvoriga, 
kunchiqar va kunbotar mahallarda quyoshning tusiga,bulutlarning shakliga 
qarab ob- havoni bashorat qilishga odatlangan. Diniy bashorat ―vahiy 
kelishi‖, oldindan aytish shaklida nomoyon boʻladi. Islomda hamma narsa 
oldindan belgilanganligi haqidagi aqida bashoratning muhim jihatlaridan 
biridir. Muhammad alayhissa‘lom ta‘limotiga koʻra, dunyoda hech narsa 
Olloh irodasidan tashqa‘rida mavjud boʻlmagan va mavjud boʻlishi mumkin 
emas. ―Har bir jon Ollohning izmi bilan va aniq belgilab qoʻyilgan muddatda 
oʻladi‖ (Qur‘oni karim. 3-145). 
Ilmiy bashorat haqidagi mumtoz nazariya kelajak haqida aniq bilimga 
ega boʻlish imtiyoziga da‘vogarlik qiladi. Shuning uchun ham unga qat‘iylik 
va bir xil aniqlovchi parametrga ega chiziqli rivojlanish xos. Unga koʻra 
hozirgi kun kelajakni qanday belgilasa, oʻtmish ham hozirgi kunni shunday 
belgilaydi. Ya‘ni, dunyoning barcha holatlarini – oʻtmishdan to olis 
kelajakkacha – hisoblab chiqish va bashorat qilish mumkin.
Ilmiy bashorat nomumtoz nazariyaga koʻra kelajakni tahlil qilishda 
grafik modelli rivojlanishning bosh yoʻnalishini oʻz ichiga qamrab olgan 
sinusoid obraziga suyanadi. Uni chiziqli jarayonga taqqoslaganda kelajakni 
tahlil qilishda aniqlovchining nisbatan moslashuvchan sxemasi yuzaga keladi 
va yangi omil – tasodifning roli alohida e‘tiborga olinadi. Kelajakdagi 
oʻzgarishlarning tasodiflarga asoslanishi izchil tushuniladi. Kelajakni 
aniqlashdagi taxminiy oʻzgarishlar ehtimollik va katta sonlar qonuniga 
binoan amalga oshiriladi. Unga koʻra kelajakda oʻzgarish qancha katta 
boʻlsa, uning ehtimolligi shuncha kam boʻladi, zero, har safar real hodisa 
bosh yoʻnalish – «oʻrtacha kattalik qonuni»ga yaqinlashadi. SHuningdek, 
kelajakni individual tasavvur qilish muhim metodologik qiymatga ega 
boʻladi.
Ilmiy bashorat postmumtoz nazariyaga koʻra avvalboshdan va 
zamonning istalgan davrida kelajak noma‘lumligicha qolaveradi. Bunda 
kelajakdagi oʻzgarishlar va taraqqiyot bosqichlari bir necha yoʻnalishning 
biridan borishi mumkin boʻlib, bu koʻpincha biron-bir ahamiyatsiz boʻlib 
koʻringan omil bilan belgilanadi. Ya‘ni tizim oʻzini qayta qurib, yangi 
tashkillashtirish darajasi vujudga kelishi uchun oz miqdorda energiya bilan 
ta‘sir koʻrsatishining oʻzi kifoya boʻladi. Arzimagan va kuchsiz boʻlib 
koʻringan kichik bir oʻzgarish nafaqat kelajak haqidagi tasavvurlarni balki 
uning manzarasini ham tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin. ayniiqsa 
muvozanatdan uzoq sharoitlarda bifurkatsiya mexanizmlari faoliyat koʻrsatib, 
ular ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomiyligining 
xilma-xilligini namoyon etadi. Shuning uchun ham ularning faoliyati 


341 
natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin hisoblanadi. Bu haqida fikr yuritib 
I.Prigojin ―Bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan da‘lolat 
beradi‖ degan boʻlsa, N.Moiseev esa, «ijtimoiy tizimning har bir holati 
bifurkatsiya holatidir»
3
deb ta‘kidlaydi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish