Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Korrupsiya shakllanishining tarixi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet168/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Korrupsiya shakllanishining tarixi. 
Korrupsiya‘ning tarixiy oʻzaklari 
juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma‘lum mavqega ega boʻlish 
uchun qabila sardorlariga sovgʻalar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin 
qilinadi. Oʻsha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq 
davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiya‘ning 
davlat rivojlanishiga katta toʻsiq ekanligini koʻrsatdi. Korrupsiyaga qarshi 
kurashgan birinchi davlat sifatida qadimgi SHumer davlati tan olinadi. 
Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning 
poraxoʻrligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan 
manba‘lardan ma‘lum. CHunki bu holat davlatning obroʻsiga juda qattiq 
putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni 
muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, 
Injilda ―Sovgʻalarni qabul qilma, chunki sovgʻa koʻrni koʻradigan qiladi va 
haqiqatni oʻzgartiradi‖ deyilgan boʻlsa, Qur‘oni Karimda ―Boshqalarning 
mulkini nohaq yoʻl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʻlgan narsalarni 
olish uchun oʻz mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar‖ 
deyilgan. 
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv 
apparatining ish sifatiga toboro koʻproq ta‘sir koʻrsata boshladi. Bu oʻsha 
davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida oʻz aksini topgan. 
Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish 
AQSH prezidenti impechmentiga tortish mumkin boʻlgan ikki jinoyatning 
biri sifatida koʻrsatib oʻtilgan. Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va 
ularning mamlakat hayotidagi oʻrnining oshib borishi XIX-XX asrlarda 
rivojlangan davlatlarda korrupsiya‘ning dunyoning boshqa mamlakatlariga 
nisbatan ancha kamayishiga olib keldi. Ushbu illatni tadqiq qilgan bir qator 
yirik mutaxassislar quyidagi faktorlarni korrupsiya‘ni yuzaga keltiruvchi 
omillar sifatida koʻrsatadi. 


343 
Ikki xil ma‘noni anglatuvchi qonunlar — ushbu vaziyat huquqni 
qoʻllovchi mansabdor shaxs tomonidan qonunlarni turlicha qoʻllash imkonini 
yaratadi. Sh 
uningdek, ayrim mutaxassislar jinoyat, mamuriy qonunchilikdagi 
―vilka‖ sanksiyalarni ham korrupsiyaga qulay sharoit yaratishi mumkinligi 
haqida fikr yuritishgan. Ya‘ni, sanksiya‘ning aniq miqdori yoʻqligi sudyada 
uni oʻz xohishiga qarab qoʻllashga sharoit yaratib beradi. 
Axoli huquqiy savodxonligining pastligi — axoli tomonidan qonunlarni 
bilmaslik yoki tushunmaslik mansabdor shaxsga oʻzining shaxsiy manfaati 
yoʻlida qonunlardan foydanishga qulay sharoit yaratadi. 
Mamlakatdagi siyosiy vaziyatning notinchligi — mamlakatdagi 
notinchlik birinchi navbatda axoli ongida hayotda yuksak turmush darajasiga 
erishishning asosiy usuli qonunga xilof faoliyat bilan bogʻliq, degan mutlaqo 
axloqqa zid nuqtayi nazar shakllanishiga olib keladi. Bu esa oʻz navbatida 
korrupsiyaga qulay sharoit yaratadi. 
Ijro hokimiyatining birligi tamoyilinining buzilishi — aynan bitta 
faoliyatning turli instansiyalar tomonidan tartibga solinishi: 
axolining davlatni na‘zorat qilishdagi sust ishtiroki; 
davlat sektoridagi xizmat qilayotgan xizmatchilar daromadlarining 
xususiy sektorda topish mumkin boʻlgan daromadlardan kamligi; 
iqtisodiyotning davlat tomonidan tartibga solinishi; 
inflyasiya‘ning yuqori darajasi; 
mamlakat yuqori boshqaruv organlarining axolidan uzilib qolganligi; 
mamlakatdagi diniy va axloq qoidalari. 
Jahon mamlakatlarida korrupsiyaga qarshi kurashning quyidagi usullari 
mavjud. 
Ichki na‘zorat —bu usul boshqaruv apparatining oʻzida na‘zoratni 
kuchaytiruvchi tuzilmalar (har xil ichki inspeksiyalar va boshqa na‘zorat 
organlari tuzish orqali) yaratishni taqa‘zo etadi. Bu tuzilmaning asosiy 
vazifasi xodimlarning ichki etiket qoidalariga rioya qilishini na‘zorat 
qilishdir. Hozirgi kunda bizning yurtimizda ham bir qator huquqni muhofaza 
qilish organlarida aynan shu vazifani bajaruvchi ichki tuzilmalar yaratilgan. 
Tashqi na‘zorat — bu usulda ijro apparatidan mustaqil tuzilmalarning 
mustaqilligini oshirish nazarda tutilib, aynan ushbu tuzilmalar orqali 
korrupsiyaga qarshi samarali kurash olib boriladi. Ya‘ni, sud hokimiyatining 
maksimal darajada mustaqilligiga erishish ommaviy axborot vositalariga 
koʻproq erkinlik berish va h.k. 
Sa‘ylov tizimi orqali kurashish —demokratik davlatlarda sa‘ylangan 
vakillarni korrupsiya uchun ja‘zolashning asosiy usullaridan biri keyingi 
sa‘ylovlarda unga ovoz bermaslik hisoblanadi. Korrupsiyaga sa‘ylovlar orqali 
ta‘sir oʻtkazish eng samarali usul hisoblanadi. 


344 
Korrupsiyaga qarshi kurashda yuqori natijalarga erishgan SHvetsiya, 
Singapur, Gonkong, Portugaliya kabi davlatlarning tajribasini oʻrganish shuni 
koʻrsatadiki, korrupsiya‘ni yuzaga keltiruvchi omillarni bartaraf etish 
korrupsiyaga qarshi kurashda muhim oʻrin egallaydi. 
Bunda Konstitutsiyaviy na‘zorat organlari, huquq-tartibot organlarining 
ahamiyati ortadi. Ya‘ni, korrupsiyaga olib kelishi mumkin boʻlgan 
normalarni konstitutsiyaviy na‘zorat organi tomonidan konstitutsiyaga zid 
deb topish, axolining huquqiy savodxonligini oshirish kabi metodlardan 
unumli foydalanish ushbu davlatlarni korrupsiya darajasi juda past boʻlgan 
davlatlar qatoriga olib chiqqan. Biz quyida Singapur davlatida korrupsiyaga 
qarshi kurashda qoʻllanilgan usullar haqida batafsil toʻxtalib oʻta‘miz. 
Singapur davlati 1965 yil mustaqillikka erishgach korrupsiya darajasi 
eng yuqori boʻlgan davlatlar qatorida turar edi. Lekin bu illatga qarshi 
oʻtkazilgan bir qator tadbirlar bu davlatda korrupsiya‘ning minimal darajaga 
tushishiga olib keldi. Birinchi navbatda bu erda byurokratik jarayonlar 
engillashtirilib 
sud 
tizimining 
mustaqilligi 
oshirildi 
(sudyalarning 
daromadlari va imtiyozlarini oshirish evaziga). SHu bilan birga korrupsiya 
jinoyatlari uchun sanksiyalar ogʻirlashtirilib, fuqarolarga korrupsiyaga qarshi 
jinoyatlarni tergov qilishda hamkorlik qilishda bosh tortganligi uchun juda 
katta moliyaviy sanksiyalar belgilandi. Bir qator davlat idoralarida ommaviy 
―tozalashlar‖ oʻtkazilib bu jarayonlar telekanallar orqali butun mamlakatga 
namoyish qilindi. YUqorida sanab oʻtilgan omillarning hammasi Singapurni 
Qisqa muddatlarda korrupsiya darajasi eng past mamlakatlar roʻyxatida ilgʻor 
davlatlar qatoriga olib chiqdi. SHuningdek, davlat xizmatchisining axloq 
standartlariga rioya etishini qattiq na‘zorat ostiga olish ham Singapur 
davlatida korrupsiyaga qarshi kurashda muhim dastaklardan biri boʻlib 
xizmat qiladi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish