Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet176/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

 
В.В.Ванчугов
 


354 
koʻp masalalar. Shuning uchun bu kitoblar juda keng gumanitar va tabiiy 
fanlar mutaxassislarining ham, keng kitobxon ommasining ham katta 
qiziqishini uygʻotdi. Mazkur muammo boʻyicha Penrouz ―men ong 
hodisasini hozirgi davr nazariy fizikasi doirasida tafsirlab boʻlmaydi deb 
hisoblayman‖ degan xulosani chiqarib, SI yaratish mumkin emasligi va kerak 
emasligi haqidagi fikrni oldinga suradi. SI yaratib boʻlmasligi, uning 
tushuntirishicha, ―intellektuallik‖ni modellash uchun muhim boʻlgan 
―tushunish‖ jarayoni boʻlishini taqozo etadi. Vaholanki, tushunish jarayonini 
modellash, ya‘ni hisoblash mumkin emas. Chunki, tushunish ong, onglash 
kabi fan bilmaydigan mistik jarayon bilan bogʻliqdir.
Boshqa olim Gordon Mur esa 1965 y. oʻz kuzatishlarida 
kompyuter mikrosxemalari yangilanishi grafikidagi oʻsishini oʻrganib, 
ulardagi xotira xajmi har 18-24 oyda ikki baravar (eksponensial) oʻsishi 
qonunini kashf etdi. Stiven Xokingning
1
fikriga koʻra, bu oʻsish kompyuter 
tuzilmasidagi murakkablashuv inson miyasi bilan tenglashmagunichi davom 
etadi. Shunga koʻra kompter inlellekti ish tezligi inson tafakkuridan ilgariga 
oʻtib olmagunicha inson uning faoliyatini na‘zorat qila oladi. SHu marradan 
oʻtilganidan keyin, ya‘ni noosfera (fikr sohasi) katta quvvatga ega boʻlgan va
energiya, transport, mudofaa hamda planetadagi hayotning boshqa muhim 
tizimlarini oʻzining bevosita na‘zorati ostiga oladigan va, ravsha‘nki, oʻz 
oʻzini rivojlantirib va takomillashtirib boradigan mexanizmlar bilan 
toʻlganidan keyin ―insoniyat‖ biosistemasi vaziyatida keskin oʻzgarish sodir 
boʻlishi mumkin. ―Kompyuterlar jamiyati‖ har qanday rivojlanuvchi tizim 
kabi oʻzini takror ishlab chiqarishga intiladi, bu esa energiya ishlab chiqishda 
va iste‘molida u bilan insoniyat jamiyati orasida raqobat vujudga kelishiga 
olib keladi. Insoniyatning undan keyingi yoʻli qanday boʻlishini tasavvur 
etish qiyin. Chunki, intellekti insonnikidan yuqori boʻlgan ―kompyuter 
jamiyati‖ instalgan hajmdagi inson na‘zorat qila olmaydigan informatsiya 
zonalarini yarata oladi.
Shunday qilib, S.Xokingning xulosasidan yaqin asrlar ichida 
yuqori intellektga ega boʻladigan mashinalar yaratilishi va buning oqibatida 
insoniyatga yana bir xavf - informatsiya oqimini na‘zorat qila olmaslik xavfi 
kelib chiqishi koʻrinadi. 
Bizningcha ham, SI yaratish mumkin boʻlgan holda ham uning 
fan va texnika yaratgan barcha boshqa narsalar kabi katta foydalari ham, 
katta zararlari boʻlishi tabiiy. Uni yaratishga qarshi eng muhim e‘tirozlardan 
yana biri shundaki, inson butun e‘tiborini oʻzligini bilishga, oʻzligini 
rivojlantirishga qaratish oʻrniga nuqul oʻz faoliyat va vazifalarini 
engillashtiradigan texnologiya‘ni yaratish yoʻlidan bordi. Bu esa uning 
1
Махнач М. М. Языковые информационные взаимоотношения в биологических системах высших ступеней 
иерархии. 2000 .  http://www.smolensk.ru/user/sgma/MMORPH/N-6-html/MAKHNACH/makhnach.html
 


355 
inqirozini muqarrar qiladi. Zero, u faqat tuban nafsini qondirishga intilarkan 
va oʻz tabiiy qobiliyatlari (sezgi organlari, jismoniy kuchi, tafakkuri) oʻrnini 
bosishga xizmat qiladigan texnoloniyalarni rivojlantirarkan, buning evaziga 
oʻzidagi bor tabiiy jismoniy va aqliy qobiliyatlarni ham yoʻqotadi. Chunki 
ishlatilmaydigan a‘zo ishdan chiqadi. 
Endi hozirgi davr rivojlangan ilmiy tafakkurining oliy marralari va 
yutuqlaridan biri boʻlgan informatikaning insoniyat hayotidagi oʻrni va roli 
masalasiga ham e‘tibor berib oʻtaylik. Bilamizki, hozirgi davrda Gʻarb 
texnogen sivilizatsiyalarini vujudga keltirgan, planetani ―tirik qolmoq yo 
oʻlmoq‖ imkoniyatidan birini tanlash darajasiga olib kelib qoʻygan 
ratsionallashuv jarayoni hamon oʻz taraqqiyotida davom etmoqda. Bu 
jarayon endilikda ―ommaviy aql‖kabi noosferaviy jarayonlarni, ya‘ni 
informatsion jamiyat elementlarini shakllantira boshladi. aynii shu jarayonlar 
ham koʻpchilik mutafakkir va olimlarni chuqur oʻylantirib qoʻydi va hatto 
madaniyat mazmunida ilmiy bilimlar taraqqiyotining chegarasi muammosini 
qoʻyish vaqti kelmadimikin, degan xulosalarga kelmoqdalar.
Zero, ularning fikrlaricha, hozirgi davrda inson mislsiz kuchayib 
borayotgan ―informatsiya toʻfoni‖ ichida qolmoqda. Bu toʻfon ichidan eng 
asosiy, eng muhim informatsiya‘ni ajratib olish muammosi tobora keskin 
yuzaga chiqmoqda. Bu ayniqsa insonning dunyoga, borliqqa munosabati kabi 
poydevoriy ma‘naviy muammoni echishini behad murakkablashtirmoqda. 
Shu munosabat bilan faylasuf olimlar endilikda informatika yutuqlarini 
kibernetika, sinergetika, genetika va sotsiodinamika bilan qoʻshgan holda 
falsafiy yondashuvni ishlab chiqish, Shuning asosida dunyoga yangicha 
qarashni shakllantirish zarurati vujudga kelgani haqidagi fikrni ham oldinga 
sura boshladilar.
1
Chindan ham informatsiyalashuv texnikasi taraqqiyoti munosabati 
bilan hozirgi davr insoniyati informatsiya xaosi ichiga ham kirib bormoqda. 
Bu jarayon, oʻz navbatida, kishi tafakkurida real borliqning soxtalashtirilgan 
obrazlari bilan qoʻsxilib ketib, kishilar orasida, ijtimoiy, iqtisodiy 
munosabatlarda, ichki va tashqi siyosatda va h.k. global ziddiyat va 
tartibsizliklarni (xaos) keltirib chiqarmoqda. Bu jarayon hozirgi davr fani 
tilida tafakkur entropiyasi
2
deb atalishi joiz. Shunga koʻra rus faylasufi 
M.I.Belyaev hozirgi kunda ―Tafakkur Entropiyasi oʻz chegaraviy nuqtasiga 
etib keldi... Yaxlit (Umumolamiy, noosferaviy) Aql noyob oʻziga xosligiga 
ega boʻlgan cheksiz koʻp kichkina (atomar) ayni paytda oʻz ong osti sohasi 
tomonidan zombiga aylantirilgan xudbinona ―aqlchalar‖ga ajralib ketishi
egoaqllarning broun harakatidan iborat xaosini yaratarkan Yer aqlining 
1
Павлов Ю.М. Круглый стол кафедры ЮНЕСКО «Философия мира»// Вестник Московского университета. 
Серия 7. Философия. №4. 2006. С. 106-109. 
2
Энтропиятушунчасифандатартибсизланиши даражасимаъносинибилдиради. 


356 
―issiqlik oʻlimini‖ muqarrar hodisaga aylantirmoqda. -‖
1
degan xulosaga 
keladi.Vaholanki, aqlning oʻlimi ekologik oʻlimdan behad ortiq. Shunga 
qaramay, ma‘naviyatda aqlning oʻrni masalasini tushkun emas, balki 
koʻtarinki, umidvorlik ruhida yakunlashni istar edik. Buning uchun muayyan 
asoslar, yoʻq emas. Bu asoslar, bizningcha, avvalo hozirgi davr olimlari va 
faylasuflaridan katta qismi fan texnika taraqqiyoti yutuqlarigagina taya‘nish 
insoniyatni boshi ber koʻchaga olib kirib qoʻyganini, Shuning uchun 
insoniyat tafakkurini ham ―ekologiyalashtirish‖, reallikni ayrim-ayrim emas, 
balki yaxlik bilish zarurligini, tabiiy fanlar taraqqiyoti reallikni tushunishda 
cheklanishga olib kelganini, gumanitarlashuv va axloqiylik tamoyillari 
taraqqiyotiga e‘tiborni kuchaytirish zarurligi kabi gʻoyalarni tobora keskinroq 
oldinga surayotganlarida koʻrinadi. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   172   173   174   175   176   177   178   179   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish