zombilashuvi yoki
insonning
biorobotga
aylanishini
bildiradi. Barcha kutilmagan jinoyatlar shu holatdan kelib chiqadi. Xaos
holati esa tizimda sinergetik tadqiqotlardan kelib chiquvchi xulosaga koʻra
―kapalak effekti‖ni sodir etadi. Ya‘ni xaos holatidagi tizimga tashqa‘ridan
juda kichik birgina ta‘sir (turki) boʻlsa hamki, butun tizim oʻz barqarorligini
yoʻqotib, vayron boʻladi.
Hozirgi davr fan-texnikasi taraqqiyotining oliy gʻoyalaridan biri
boʻlgan ―sun‘iy intellekt‖ (SI) yaratish muammosi ham koʻpdan buyon juda
koʻpchilikni diqqat‘ini oʻziga tortayotgan va ratsionallashuv jarayonining
insoniyatga, jamiyatga ta‘siri masalasini yanada keskinroq qilishi mumkin
boʻlgan muammolardan biridir. Gap shundaki, taqdir kinoyali hazil qilib
biorobot qiyofasidagi sun‘iy intellektni yaratib boʻldi. Zero, ―non va
tomosha‖ bilan qanoatlanuvchi va shungagina intiluvchi biorobotga
aylangan kishilar farosatining programma bilan ishlaydigan sun‘iy
intellektdan farqi yoʻq. Chin ma‘nodagi aqlli inson esa oʻz hayotining
ma‘nosi bilan qiziquvchi, uni topishga intiluvchi kishidir.
Shunga qaramay fan SI yaratish boʻyicha tinimsiz izlanishlar olib
bormoqda. Shu ma‘noda SIni yaratish mumkin va kerakligini yoki buning
aksi boʻlgan fikrlarlarni oldinga suruvchilar orasida juda koʻp tortishuvlar
ketmoqda. Biz bu borada avvalo matematika, umumiy nisbiylik nazariyasi va
kvantlar nazariyasi kabi sohalarida faol ish olib borgan hozirgi davrning eng
taniqli olimlaridan biri, Oksford universiteti matematika kafedrasining
rahbari, shuningdek, koʻpgina chet el universitetlari va akademiyalarining
faxriy professori va oʻzi kabi mashhur olim Kembrij universiteti professori
Stiven Xokingning doʻsti va hamfikri Rodjer Penrouzning qarashlariga
toʻxtalamiz. Uning ―Teni uma: V poiskax poteryannoy nauki o
soznanii‖nomli kitobi hamda 1995 y. oʻqigan Tenner ma‘ruzalari asosida
yozilgan "Qirolning yangi aqli. Kompyuterlar, mulohazalar va fizikaning
qonunlari haqida"
1
nomli kitoblari ayni shu muammoga bagʻishlangan va
Angliya‘ning Nensi Kartrayt, Abnerom Shimon shuningdek, mashhur
nazariyotchi-fizik Stiven Xoking tomonidan yozilgan boblarni ham oʻz
ichiga olgani bilan ham diqqatga sa‘zovor.
SIni
yaratish,
ya‘ni tafakkur
jarayonini
modellashtirish
muammosini yoritish uchun Penrouz juda keng doiradagi hodisalarni va
ilmiy bilimlarni qamrab olgan: matematikaviy tafakkurni algoritmlash,
Tyuring modellovchi mashinalari, murakkablik nazariyasi, Gyodel teoremasi,
materiya‘ni teleportatsiyasi masalasi, kvantlar fizikasining paradokslari,
entropiya hodisalari, Olamning (Kosmosning, Koinotning) vujudga kelishi
(shakllanishi) masalasi, qora tuynuklar, inson miyasining tuzilishi va boshqa
1
Пенроуз Р. "Новый ум короля. О компьютерах, мышлении и законах физики".// Қаранг:.
http://polbu.ru/penrosemindshadows/
4.
08.2003 19:11
Do'stlaringiz bilan baham: |