Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Global muammolarning turli darajalari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Global muammolarning turli darajalari. 
Davlatning bugungi va 
istiqbolidagi barqaror iqtisodiy oʻsishini ta‘minlovchi omillar aynan ta‘limi 
sohasi rivojlanishiga bevosita bogʻliq. SHu sababli mustaqillikning ilk 
yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida ta‘limi sohasida 
jahonda munosib oʻrinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz ta‘limi tizimini 
yaratish va rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida 
ahamiyat kasb etadigan siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, 
xalqlar va mintaqalar oʻrtasidagi siyosiy aloqalarning kengayishini, oʻzaro 
bogʻliqligini ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning unifikatsiyalashuviga olib 
keladi. Bunda oʻziga xos siyosiy munosabatlar koʻlamiga koʻra global va 
barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu 
jarayonda milliy davlatchilik suverenitetiga xavf tugʻdirishi mumkin boʻlgan 
bir qancha holatlar mavjud. Ular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy korporatsiyalar, nodavlat 
hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy 
subyektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning anʻanaviy subyekti — milliy 
davlatchilik suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab 
boʻlmoqda. Ikkinchidan, globallashuv xalqaro huquq asoslariga sezilarli 
ravishda ta‘sir etyapti. Bu esa davlatlarning oʻz hududida huquqiy 


332 
suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy 
davlatlarning nafaqat tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish 
imkoniyatlari chegaralanmoqda. Ma‘lum bir davlatning ichki siyosatini 
tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, sa‘ylov jarayonlari va 
boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa 
davlatlarning manfaatlariga ham daxldor boʻlib qolmoqda. Uchinchidan, 
kishilar ongida davlatchilik suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil 
globallashuv samarasi oʻlaroq, oʻzining anʻanaviy ahamiyatini yoʻqotmoqda 
va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur etmoqda. 
Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib, "yuvilib" 
ketmoqda. Toʻrtinchidan, butun dunyo boʻylab bir qator gʻarb davlatlari 
rahnamoligida "demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning 
natijasida ayrim davlatlarning oʻziga xos demokratik taraqqiyotiga chetdan 
kuchli ta‘sir oʻtkazilyapti. Ya‘ni, bu jarayondan oʻz manfaatlari yoʻlida 
foydalanishga 
urinayotgan 
globalizm 
gʻoyasi asoschilari boshqa 
mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini oʻz qoʻllariga olishga 
urinmoqdalar. Misol uchun, MDHga a‘zo bir qator davlatlarda 2005 yilda 
yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv mahsuli boʻlib, ushbu jarayon 
asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu voqealar 
shundan da‘lolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa 
davlatlarning suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini 
pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda siyosiy globallashuv jarayonining 
yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va nufuzidan tashkiliy 
niqob sifatida foydalanish dunyo boʻylab keng tarqalmoqda. aynii shu 
ma‘noda A.V.Buzgalin ―Globallashuv siyosatga ta‘siri kuchli boʻlib, 
xavfsizlik va iqtisod sohasida davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytirib, 
har birining jahon sahnasidagi ustuvor jihatlarining chuqur oʻzgarishiga olib 
keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha nuqtayi nazardan 
qarashga majbur qilib, jahon siyosati kun tartibining tadrijiylashish 
jarayonining tezlashib ketishiga olib keladi‖
1
, - deb yozadi. 
Globallashuv zamonaviy jamiyatga koʻplab ijobiy jihatlar olib kirish 
bilan birga, insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani oʻzida aks ettirayotirki, 
endilikda dunyo xalqlari vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolgʻiz 
kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilishi mumkin,xolos. Bugungi kunda 
globallashuv oʻz ta‘sirini oʻtkazmagan soha qolmadi. Dastlab u mamlakatlar 
iqtisodiy hayotidan boshlangan boʻlsa, soʻngra siyosat, axloq, milliy 
ma‘naviy hayot, insonlarning kundalik turmush kechirishigacha boʻlgan 
barcha jarayonlarni oʻz ichiga qamrab oladi. Globallashuv jarayoni insoniyat 
taraqqiyotining ma‘lum bosqichida yuzaga kelgan obyektiv jarayon boʻlib, u 
biror-bir shaxs yoki davlatning xohish-irodasi bilan paydo boʻlgani yoʻq. 
1
Қаранг: Бузгалин А.В. Альтерглобализм: к теории феномена// Наука. Общество.Человек. - М., 2004. 


333 
Lekin mana shu obyektiv jarayonni insoniyatning umumfoydasiga oʻz 
davlatining iqtisodiy, siyosiy qudratini yanada yuksaltirishga, bu yoʻlda 
boshqa davlatlarning manfaatlari-yu kelajak taqdiri bilan hisoblashmaslik 
globallashuv jarayonini koʻproq salbiy jarayonga aylantirib, insoniyatning 
unga boʻlgan umid va ishonchini yoʻqqa chiqarmoqda. Boshqacha aytganda, 
bunday obyektiv hodisadan ayrim davlatlar katta manfaat koʻrayotganini, 
dunyo davlatlarining aksariyati esa hali beri bu jarayonlarning mevalaridan 
bahramand boʻla olmasligini hayotning oʻzi koʻrsatmoqda. Fikrimizning 
isboti sifatida quyidagi ma‘lumotni koʻrsatib oʻta‘miz. Fransuz tadqiqotchisi 
T.Fabrning ma‘lumotlariga koʻra, XX asrning oxirida 20 % eng boy 
davlatlarning ulushiga jahon miqyosida ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki 
mahsulotning 86, eksportning 82, invetsiyalarning 68 % toʻgʻri kelgan boʻlsa, 
20 % eng qashshoq mamlakatlarda har uch koʻrsatkich bir foizdan toʻgʻri 
kelgan. BMTning ma‘lumotlariga qaraganda, sa‘yyoramizdagi eng boy uch 
kishining sarmoyasi qariyb 600 million kishi istiqomat qilayotgan 48 eng 
qashshoq mamlakatlar yalpi mahsulotidan ham koʻproq ekani dunyo 
jamoatchiligining tashvishlantirmasligi mumkin emas. Bunday ayanchli 
vaziyatni oʻnglash, turli mamlakatlarning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda 
madaniy aloqalarning adolat tamoyillari asosida qaror topishi koʻp jihatdan 
―katta ettilik‖ ya‘ni eng rivojlangan mamlakatlar yuritilayotgan siyosatiga 
bogʻliq. Qolaversa, ayrim rivojlangan davlatlarning kichik davlatlarga 
madaniy ekspansiyasi oqibatida chet eldan kirib kelayotgan ommaviy 
madaniyat ta‘siri ba‘zi mamlakatlarda asriy madaniyat asoslari yoʻq boʻlib 
ketayotganini 
ayrim 
tadqiqotchilar 
―madaniy 
CHernobl‖ 
deb 
baholayotganlari ham bejiz emas. Bu esa har doim ham oʻzini globallashuv 
jarayoning teng huquqli hamkor deb emas, balki oʻz qudrati, iqtisodiy 
imkoniyatlarini yanada oshirish uchun xom ashyo manbai sifatida 
qaralayotganligini ham koʻrsatib qoʻymoqda.
Internet – inson tafakkuri, aqli va bilimi qudratining mahsuli boʻlib, 
bugungi kunda butun dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmogʻidir. 
Internet tarmogʻining tezkorligi, arzon keng qamrovli aloqa, hamkorlik 
ishlardagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi dastur hamda 
ma‘lumotlarning noyob bazasi ekanligi oʻziga tortmoqda. Global tarmoq 
afzalliklarini inkor etmagan holda, uning yoshlar ma‘naviyatiga ta‘siri, xavf-
xatarlarini ham e‘tiborga olmoq darkor. Jahonning bir necha mamlakatida 
uyushgan terrorchi guruhlar va tashkilotlarning sa‘ytlari mavjud boʻlib, ular 
orqali yoshlarning ongiga, turmush tarziga toʻgʻri kelmaydigan yot gʻoyalar 
targʻib qilinmoqda. Shuningdek, pornografik mazmunga ega boʻlgan 
sahifalar yosh avlodning tarbiyasiga, xulq-odobiga zarar etkazmoqda. 
Bugungi kunda yoshlar internetga asosan yangiliklarni izlash, yangi doʻstlar 
orttirish va muloqot qilish, musiqa koʻchirib olish, oʻzlariga kerakli 
ma‘lumotni olish uchun kiradilar. YOshlar internetdan umummilliy 


334 
manfaatga xizmat qiladigan va uning taraqqiyotiga yordam beradigan 
axborotlarni tanlab tahlil qilib foydalansalar, ularning ma‘naviyat va 
tafakkuri oʻsib, axborot iste‘moli madaniyatga ega yoshlar salbiy va noxolis 
ta‘sirga tushib qolmaydilar.
Globallashuv natijasida migratsiya jarayonlarining faollashayotganligi 
ham sezilmoqda. Bu jarayon keltirib chiqarayotgan ayrim salbiy oqibatlar 
jumladan, transmilliy jinoyatlar (xalqaro terrorizm, diniy ekstremizm, xalqaro 
narkobiznes, odam savdosi va boshqalar) ning koʻpayishi kuzatilmoqda. 
Xalqaro globallashuv insoniyat, mamlakat hayotining borgan sari yangi-
yangi sohalarni egallab, uning natijasida hozirgi davrga qadar boʻlgan 
xalqaro tartibot, madaniyatlar, qadriyatlar yangi ma‘no va mazmun bilan 
toʻlib bormoqda. ayniiqsa, inson qadriga ham oʻz ta‘sirini kuchli 
oʻtkazmoqda. Noqonuniy migratsiya oqibati sifatida mavjud boʻlayotgan 
―odam savdosi‖dek holat dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Jahon amaliyoti koʻrsatib turganidek, xalqaro globallashuv oʻtish 
davrida turgan davlatlardagi demokratiyalashuv jarayonlariga birdek ijobiy 
ta‘sir koʻrsatmayapti. Aksincha, globallashuv ayrim jamiyatlarda 
demokratiyalashuv jarayonlirini murakkablashtirmoqda. Bundan tashqari, har 
bir jamiyat amaliyotidagi demokratiyalashuv jarayonlariga ta‘sir qiluvchi 
tashqi omillar soni ham tobora ortayapti. Demokratiyalashuv jarayonlarining 
milliy mamlakat doirasidagi barqarorligi ichki omillar bilan bir qatorda tashqi 
omillarga ham bogʻliq boʻlib, koʻpgina mamlakatlarda kuzatilganidek, 
jamiyat a‘zolarining ma‘sullik hissi pasa‘ymoqda. Chunki globallashuv 
tufayli roʻy beruvchi oʻta kuchli integratsiya jarayonlari: iqtisodiy hamda 
axborot almashish sohlalardagi chuqur integratsiyalashuv ma‘lum darajada 
va obyektiv ravishda milliy davlatlar rolini chegaralab qoʻyadi. Buni 
integratsiyalashuv natijasida vujudga keluvchi xalqaro tashkilotlarning ba‘zi 
hollarda milliy davlatlar taraqqiyotining yoʻnalishlariga ta‘sir oʻtkazishga 
harakat 
qilayotganliklaridan 
koʻrish 
mumkin. 
Qadriyatlar 
tizimiga 
globallashuvning ta‘sir etish muammosiga nazar soladigan boʻlsak, bunga 
asosiy sabab, jadal oʻzgarib borayotgan fan va texnologiya, san‘at, axloq, 
turmush tarzi ekanligini sezamiz. Bunday oʻzgarishlar kishilarning 
qulaylikka, moda va zamonaviylikka intilishida, uning oqibatida esa kundalik 
turmush tarzining transformatsiyasida yaqqol koʻzga tashlanadi. Koʻplab 
tadqiqotchilarning fikriga koʻra, globallashuv jarayonlari tufayli kelib 
chiqayotgan muammolar koʻpchiligi rivojlangan mamlakatlardagi manfaatli 
intilishlar bilan bogʻliq. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish