327
T.Levitt yirik transmilliy korporatsiyalar ishlab chiqaradigan turli-tuman
mahsulot bozorlarining birlashuv jarayonlarini ―globallashuv‖ deb atagan
1
.
Globallashuvning ilmiy muammo sifatida oʻrganish jarayoni esa
Roland Robertson tomonidan 1985 yili uning jahonni yagona bir butun qilish
maqsadiga qaratilgan obyektiv jarayonlarning majmuasi sifatida aniqlangan
davridan boshlangan.
2
Bu tushunchaga ana shu paytdan boshlab to
hozirgacha turlicha qarashlar davom etib kelmoqda.
Globallashuv jarayoni
axborot inqilobi, ayniqsa, internetning rivojlanishi hamda moliyaviy
bozorlarning integratsiyalashuvi bilan uzviy bogʻliq. Bugungi kunda
globallashuv ata‘masi shunchalik mashhur boʻlib ketganganki,
uni XXI asr
mahsuli desak mubolagʻa boʻlmaydi. SHu oʻrinda, izohlash uchun xilma-xil
yondashuvlar, nazariyalar, paradigmalar ishlab chiqilgan boʻlib, ularning
hammasini sharhlab quyidagi xulosaga kelish mumkin: globallashuv xalqlar,
mamlakatlar transformatsiyasi, insoniyatning bir butunlikka integratsiyasini
keltirib chiqaradi. SHu ma‘noda, muayyan jamiyat oʻzidan
etuk deb
hisoblagan boshqa jamiyatning mafkura, qarashlar, ilmiy-texnikaviy,
madaniy yutuqlarni oʻzlashtirishi globallashuv ta‘siri ostida boʻladi. SHu
borada, kimdir buni jahonning yangi tarkibi shakllanishida xalqlarning
yaqinlashuviga, iqtisodiy farovonlikka ijobiy ta‘sir etadi, deb (K.Omae,
P.Draker, T.Piters, S.Reysmit, S.Xantington va b.)
hisoblasa, boshqalar
(Z.Bauman,
N.V.Zagladin,
F.Fukuyama,
G.P.Martin,
X.SHuman,
M.G.Delyagin, V.I.Dobrenkov va b.) globallashuv milliylikning yoʻqolishi,
bir mamlakatning boshqa yirik ilmiy sa‘lohiyatga ega boʻlgan davlatlarga
qaramligini oshiradi deb qaraydilar.
Shu asnoda nafaqat oddiy oʻquvchi, balki oʻz mustaqil mushohada-
mulohazasiga ega boʻlgan odamlarda ham globallashuv jarayoni ta‘sirida
jahonning yangi tarkibi yoki boʻlmasa millatlarning totuvligini ta‘minlovchi
madaniyati, ma‘naviyati qanday boʻlishi toʻgʻrisida gumon-shubhalar,
ikkilanishlar paydo boʻlishi tabiiy.
Bir necha yillik tadqiqotlari natijasida A.CHumakov ―Globallashuv
ijtimoiy
hayotning barcha sohalarning, ma‘naviy qadriyatlar, dunyoqarash
yoʻnalishlarini universallashuviga olib kelishi bilan birga, anʻanaviylik,
oʻziga xoslik va madaniy xilma-xillikni saqlashni istisno qilmaydi‖
3
, - degan
xulosaga keladi. Bunday davrda shaxs murakkab ijtimoiy muhit sharoitida
faoliyat koʻrsatishga majburdir.
Bundan tashqari, globallashuv masalasiga oid zamonaviy bahslar ushbu
muammoni yanada chigallashtirib yubormoqda hamda yangi muqobil gʻoya,
1
Умаров Б. Глобаллашув зиддиятлари. – Тошкент: Маънавият, 2006. – 8-б.
2
Гринин Л.Е.. Глобализация и национальний суверенитет. История и современность. -М.: №1, 2005. -С.
811.
3
Чумаков А.Н. Глобализация. Контуры целостного мира. М., Проспект.2005.С.259
328
nazariyalarning paydo boʻlishiga turtki bermoqda. Jumladan, ―Fransuz olimi
Jak Le Dyumgi quyidagi yondashuvlarni ishlab chiqadi:
1.
Liberal yondashuv. Globallashuv
faqatgina obyektiv
jarayon
emas,
foydali
fenomen
sifatida
iqtisodiy,
ijtimoiy
samaradorlikka olib keladi;
2.
Madaniy yondashuv. Milliy madaniyatlar inqirozi tarixiy
jamiyatlar toʻqnashuvi, ―chatishgan madaniyat‖ ning paydo boʻlishi‖
1
.
YUqoridagi yondashuvlardan farqli oʻlaroq Golland tadqiqotchisi
Ya.N.Piters globallashuvni izohlashda quyidagi paradigmalar tipologiyasini
taklif etadi.
1.
―Sivilizatsiyalar toʻqnashuvi. Turli madaniyatga mansub
jamiyat mamlakatlarining konfrontatsiyasi;
2.
―Makdonaldlashuv‖. Transmilliy
kompaniyalar amalga
oshirayotgan moderinizatsiya ostida (vesternizatsiya, evropeizatsiya,
amerikanizatsiya) madaniyatlari gegemonlashuvi.
3.
―Gibridlashuv‖. Xalqaro munosabatlar ostida umumiy,
aralash madaniyatning paydo boʻlishi‖
2
.
SHunday qilib, globallashuv koʻp qirrali jarayon boʻlganligi uchun uni
sharhlashda ancha muammolarga duch kelamiz. Buni bartaraf etish
maqsadida jahonda globallashuv ta‘siri ostida boʻlayotgan jarayonlarni toʻliq
va mukammal tahlil etib koʻrishga toʻgʻri keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: