Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

reductio
– ortga surish) 
degan nom olgan, harakat ijtimoiy shakllarini biologik shakllar darajasigacha 
soddalashtirish biologizatorlik konsepsiyalarida mavjud.
Dunyo, uning kelib chiqishi va rivojlanishi haqidagi hozirgi tasavvurlar 
nuqtayi nazaridan koʻrsatilgan shakllar harakatning mavjud va taxmin 
qilingan usullarining butun rang-barangligini aks ettirmaydi. Xususan, 
elementar zarralarning oʻzgarish jarayonlari, XIX asrda noma‘lum boʻlgan 
mikro va makrodunyo darajasidagi boshqa oʻzgarishlar materiya harakati 
mexanik, fizik va kimyoviy shakllarining oʻzaro nisbatiga doir masalani 
yangidan qoʻymoqda. Bu erda mexanik shakl endi barcha fizik jarayonlar 
negizi sifatida qaralmaydi. Endilikda biologik harakat ham boshqacha 
tushunilmoqda: uning elementar zarralari, ilgari taxmin qilinganidek, oqsilli 
molekulalar emas, balki XX asrda kashf etilgan DNK va RNK hisoblanadi. 
Ayrim olimlar Yer poʻsti hamda Yer ostida yuz berayotgan jarayonlar 
haqidagi hozirgi tasavvurlarga asoslanib harakatning geologik shaklini 
farqlamoqdalar. 
Materiya harakatining geologik shakli mavjudligi haqidagi taxminni 
qabul qilsak, materiya‘ning mazkur shakli mexanik, fizik va kimyoviy oʻzaro 
ta‘sirlarni oʻz ichiga olgan dastlabki sintez sifatida amal qiladi.
Bu qadimgi 
―xaos‖ kategoriyasida oʻz aksini topadi. Mazkur kategoriya nafaqat tartibga 
solinmaganlik va tartibsizlik dalili sifatida, balki stixiyali shakllanish 
tamoyili sifatida ham talqin qilinadi. Bu holda organik dunyo vujudga 
kelishidan oldingi tabiat mexanik, fizik va kimyoviy jarayonlarning olgʻa 
qarab rivojlanishidan emas, balki ularning umumiy, differensialanmagan 
oʻzaro ta‘siridan tashkil topadi. aynii paytda bunda geologik va geografik 
omillar Erda hayot vujudga kelishi uchun tarixiy shart-sharoit yaratgan, deb 
ta‘kidlash lozim. 
Zilzilalar Erning qattiq qobigʻida katta siljish, sinish yoki oʻpirilishlar 
yuzaga kelishi va ta‘sir energiyasining tez tarqalishi natijasida roʻy berishi 
haqidagi tadqiqotlar materiya harakatining geologik shakli mavjudligining 
dalili hisoblanadi. SHved olimlarining fikricha, Yer qobigʻi muttasil 
harakatdagi plitalar bloklaridan tashkil topadi. Ular bir-birining ustiga chiqib, 
sunami va zilzilaga oʻxshash tabiiy anomaliyalarni vujudga keltiradi. 
Masalan, Shveysariya ikki plita – Afrika va Evropa plitalari tutashgan erda 
joylashgan. Afrika plitasi yiliga 6-11 mm. tezlikda siljib, Shveysariya‘ning 
hududiy yoʻqotishlari «sababchisi» boʻlmoqda. Qadimgi Ural ham har yili 3-
5 sm. tezlikda Gʻarbiy Evropaga yaqinlashmoqda.
Qadimgi olimlar Yer qobigʻining harakatini ustki suvlar va Yer ostidagi 
issiqlik faoliyati bilan tushuntirganlar. Dunyoviy moddaning harakati kosmik 
sabablar ta‘sirida ham yuz bergan, jumladan, olis oʻtmishda Yer vujudga 
kelganidan keyin uning yuzasi ulkan asteroidlar urilishidan larzaga kelgan, 


196 
suvning 1,5 km. gacha balandlikka koʻtarilishi esa relefni buzgan, degan 
fikrlar ham bor. 
Ba‘zan «materiya harakatining geologik shakli» tushunchasi boshqa 
sa‘yyoralarga nisbatan tatbiq etilgan. Bunday taxmin harakatning 
universalligini namoyish etgan, ammo bu aynan Yer sa‘yyorasini 
koʻrsatuvchi va unda zarur komponentlar: suv, kislorod, moʻtadil harorat 
rejimi mavjudligini nazarda tutuvchi «geo» ata‘masiga zid boʻlgan. 
Ushbukomponentlar majmui boshqa sa‘yyoralarda uchramasligi mazkur 
fikrning isboti sifatida talqin qilish imkonini beradi.
Materiya harakatining asosiy, xususiy va kompleks shakllari ham 
mavjud. 
Materiya harakatining xususiy shakllari asosiy shakllar tarkibiga 
kiradi
. Masalan, fizik materiya boʻshliq, maydonlar, elementar zarralar, 
yadrolar, atomlar, molekulalar, makrojismlar, yulduzlar, galaktikalar, 
metagallaktikani oʻz ichiga oladi.
Materiya 
harakatining 
kompleks 
shakllariga 
astronomik 
(metagalaktika – galaktika – yulduzlar – sa‘yyoralar), geologik (planetar 
jism sharoitidagi materiya harakatining fizik va kimyoviy shakllaridan 
iborat), geografik (litosfera, gidrosfera va atmosfera doirasidagi materiya 
harakatining fizik, kimyoviy, biologik va ijtimoiy shakllarini oʻz ichiga oladi) 
shakllar kiradi.
Materiya harakati kompleks shakllarining
muhim xususiyatlaridan biri 
shundan iboratki, ularda pirovard natijada materiya‘ning quyi shakli – fizik 
materiya etakchilik qiladi; geologik jarayonlar fizik kuchlar, chunonchi, 
gravitatsiya, bosim, issiqlik bilan tavsiflanadi. Geografik qonunlar fizik va 
kimyoviy shartlar hamda Yer yuqori qatlamlarining oʻzaro nisbatlari bilan 
belgilanadi.
Hozirgi zamon metodologiyasi nuqtayi nazaridan materiya harakat 
shakllarining oddiy chiziqli joylashuvi toʻgʻri emas. U har bir boʻgʻinda hech 
boʻlmasa ikkiga – rivojlanishning asosiy va ikkinchi darajali tarmoqlariga 
boʻlinishi zarur. 
Birinchi – asosiy tarmoq rivojlanish jarayonini kelajakda 
mazkur sifat bosqichi doirasidan tashqariga olib chiquvchi shakllar vujudga 
kelishidan da‘lolat beradi. Ikkinchi tarmoq mavjud harakat shaklining 
rivojlanish imkoniyatlarini koʻrsatadi. Masalan, kimyoviy birikmalar organik 
va noorganik birikmalarga ajrala boshlaydi. Mazkur divergensiyada (ikkiga 
boʻlinishda) birinchi – organik shakl imkoniyatli shakl sifatida rivojlanish 
jarayonini materiya harakatining yangi shakli – biologik shaklga olib keladi, 
imkoniyatsiz tarmoq hisoblangan ikkinchi shakl biz yashayotgan zamin, 
uning qobigʻ va yuzasini tavsiflaydi. Materiya harakatining biologik shakli 
darajasida oʻsimliklarning quyidan oliyga rivojlanishi imkoniyatsiz tarmoq 
sifatida qaralishi mumkin, chunki bu rivojlanish jarayoni oʻz tabiati 
chegaralaridan chetga chiqishigacha olib kelmaydi. Hayvonlarning 
rivojlanishi sifat jihatidan yangi obyekt – inson paydo boʻlgungacha davom 


197 
etadi. Bu materiya harakatining sifat jihatidan boshqa shakli vujudga 
kelganidan da‘lolat beradi. Materiya harakatining har bir shaklida makro va 
mikrodarajalarni 
farqlash, 
shuningdek, 
umumiy 
hamda 
xususiy 
qonuniyatlarni bilib olishmaqsadga muvofiqdir.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish