Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet81/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Harakat tiplari.
Fanda obyektiv borliq narsalari va hodisalari 
harakatining ikki asosiy tipi farqlanadi. 
Orqaga qaytmaslik va muayyan 
yoʻnalishga egalik ham xos boʻlgan mazkur harakat tipi rivojlanish deb 
ataladi.
Bunda narsa yoki hodisa strukturasining murakkablashuvi, ular 
tashkil topish darajasining yuksalishi yuz berishi mumkin boʻlib, bu odatda 
taraqqiyot (progress) sifatida tavsiflanadi. 
Agar harakat teskari yoʻnalishda – 


192 
barkamolroq 
va 
rivojlanganroq 
shakllardan 
uncha 
rivojlanmagan 
shakllarga, murakkabdan oddiyga qarab yuz berayotgan boʻlsa, bu holda 
regress toʻgʻrisida soʻz yuritish odat tusini olgan.
Ammo progress va 
regressning koʻrsatilgan xususiyatlarini mutlaqlashtirish yaramasligini 
e‘tiborga olish lozim. Xususan, boshqaruv apparati tuzilmasining 
murakkablashuvi va byurokratiya‘ning oʻsishi doim ham progressni 
anglatavermaydi, nisbatan soddaroq va ayni vaqtda samaraliroq va 
ishonchliroq mashinalar, asboblar va mexanizmlar yaratilishining regressga 
hech qanday aloqasi boʻlmaydi va koʻproq buning aksidan da‘lolat beradi.
Jonsiz tabiatda 
rivojlanish
ga yulduzlarda sodir berayotgan evolyusiya 
jarayonlari; jonli tabiatda – turli organizmlarning oʻsishi; jamiyatda – fan, 
texnika, sanoat ishlab chiqarishining oʻsishi, ijtimoiy munosabatlarning 
oʻzgarishi va shu kabilar misol boʻlib xizmat qilishi mumkin
. «Rivojlanish» 
tushunchasi nafaqat moddiy, balki ideal dunyoga, xususan, inson tafakkuriga 
nisbatan, masalan, umuman ongning yoki ayrim fikr, gʻoya, nazariya‘ning 
rivojlanishi toʻgʻrisida soʻz yuritilgan holda, qoʻllanilishi mumkin
. Fikrning 
rivojlanishi uning «pishib etilishi»ni, ya‘ni murakkablashuvi, takomillashuvi, 
yanada aniqroq ma‘no kasb etishi va shu kabilarni anglatadi. Biroq, shuni 
ta‘kidlash lozimki, narsalar va hodisalarning obyektiv dunyosidan farqli 
oʻlaroq, subyektiv konstruksiyalar (tafakkur, gʻoyalar, nazariyalar) harakati 
va rivojlanishiga nisbatan koʻlam koʻrsatkichlari tatbiq etilishi mumkin emas. 
aynii vaqtda ideal narsalar va hodisalar darajasida rivojlanish jarayonlari, 
xuddi moddiy narsalar dunyosidagi kabi, 
vaqtda
kechadi.
Oʻz-oʻzidan harakat yo butun tabiatga, yo uning yuksak darajada 
uyushgan tarkibiy qismi – tirik organizm va jamiyatga xos xususiyatdir. 
Qotib qolgan materiyaga mansub ayrim narsa yoki obyektga nisbatan oʻz-
oʻzidan harakat, oʻz-oʻzidan rivojlanish holati xos deb aytish oʻrinli emas. 
Chunki, ushbu obyektni muayyan element sifatida oʻz ichiga olgan tabiat oʻz-
oʻzidan rivojlanuvchi yaxlit tizim hisoblanadi.
Harakatlanish shu joyda boʻlishni va ayni vaqtda, unda boʻlmaslikni 
anglatadi; bu makon va vaqtning uzluksizligidir, aynan u harakatni yuzaga 
keltiradi. Harakatning uzluksizligi uning umumiyligini namoyon etadi, 
uzluksizlik uning alohida jihatini koʻrsatadi. Harakatdagi umumiylik uning 
mohiyatini aks ettiradi, binobarin, harakatni tushunish va ta‘riflash, uning 
mohiyatini anglab etish uchun harakatning uzluksizligini tushunmoq darkor.
Vaqtinchalik barqarorlik va muvozanat holati sifatida tushuniluvchi 
nisbiy harakatsizlik materiya‘ning har qanday muayyan holatiga xos. U 
materiya‘ning sifatini namoyon etadi. Nisbiy tinchlik tufayli narsalarning 
chegaralari mavjud boʻladi, dunyo sifat va miqdor oʻzgarishlarining rang-
barangligi sifatida namoyon boʻladi. Materiya harakati Shuning uchun ham 
mutlaqki, u sirtdan hech narsaga bogʻliq emas. SHu ma‘noda «Dunyoda 


193 
abadiy harakatdagi materiyadan boshqa hech narsa yoʻq» tarzidagi fikrlar 
oʻrinli va asoslidir. 
«
Materiya harakatining shakli» tushunchasi tabiat rivojlanishining 
muayyan bosqichiga xos boʻlgan alohida qonuniyatlarni qayd etishga xizmat 
qiladi. 
Harakat shakli sifat jihatidan oʻxshash moddiy obyektlar 
oʻzgarishlarining oʻziga xos tiplarini va ularning oʻzaro ta‘siri 
xususiyatlarini aks ettiradi
.
Ba‘zan materiya harakatining muayyan shakli 
oʻzaro ta‘sirga kirishayotgan elementlar oʻrtasidagi bogʻlanishlarning oʻziga 
xos tizimi sifatida yoki muayyan qonunlarga boʻysunish belgisiga koʻra 
birlashtirilgan oʻzgarishlar guruhi sifatida ta‘riflanadi.
Materiya 
harakatining 
shakllari 
bilan 
insoniyat 
oʻz tarixi 
boʻsagʻasidayoq tanishgan, xususan qadimda ishqalanish kuchi yordamida oʻt 
yoqish mexanik harakatni issiqlikka aylantirgan. Bugʻ mashinasining ixtiro 
qilinishi teskari jarayondan – issiqlik energiyasi mexanik harakatga 
aylanishidan da‘lolat bergan.
Uzoq vaqt hukm surgan dunyoni idrok etishning mexanistik 
konsepsiyasi doirasida materiya harakatining barcha shakllari bir-biridan 
miqdor jihatidangina farq etishi taxmin qilingan. 
 
Materiya‘ning harakat shakllarini tasniflash 
tamoyillari: 
- materiya harakatining har bir shakli muayyan moddiy tashuvchi bilan 
bogʻliq boʻlishi lozim; 
- materiya‘ning harakat shakllari sifat jihatidan turlicha va oʻzaro 
bogʻlanmaydi; 
- tegishli shart-sharoitlarda ular bir-biriga aylanadi; 
- materiya‘ning harakat shakllari murakkablik darajasiga koʻra farq 
qiladi, oliy shakl quyi shakllar sintezi sifatida tushuniladi. Bunda oliy 
shakllarning quyi shakllardan uzoqlashishiga ham, oliy shakllarning quyi 
shakllarga mexanik bogʻlanishiga ham yoʻl qoʻymaslik muhimdir; 
- moddiy tizimlarning har bir turida bosh, oliy va ikkinchi darajali, quyi 
shakllar farqlanishi lozim; 
- materiya harakat shakllarining tasnifi fanlar tasnifining negizi 
hisoblanadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish