Dunyoning birligi va rang-barangligi
. Dunyo Cheksiz yaxlitlik
sifatida oʻzgarmas va ayni vaqtda oʻzining ayrim qismlari va koʻrinishlarida
oʻzgaruvchan boʻlib, oʻzini muttasil shakllanish va oʻzgarish jarayonlarida
namoyon etadi. U nafaqat shakllanish va oʻz tuzilmasini murakkablashtirish
yoʻlida, balki aksincha – buzilish va tanazzul yoʻlida ham harakatlanadi va
rivojlanadiki, bu uning sifat va miqdor koʻrsatkichlari muttasil oʻzgarishida
aks etadi.
SHunday qilib, dunyo, bir tomondan, oʻz rang-barangligida bir jinsli
emas, boshqa tomondan esa, oʻzining barcha tarkibiy qismlarining uzviy
birligini tashkil etib, muayyan universal yaxlitlik hisoblanadi.
Ruh (Xudo, oʻlmas gʻoyalar, ong va sh.k.) moddiy va koʻlamli
tabiatdan tashqa‘ridagi asos deb hisoblaydigan faylasuflar dunyoning birligi
muammosiga boqiy,yaratilmagan va turli atributlarga ega boʻlgan
materiya‘ni butun borliqning asosi sifatida e‘tirof etadigan faylasuflarga
qaraganda butunlay boshqacha yondashadilar.
Birinchi holda
idealistlar
toʻgʻrisida soʻz yuritiladi. Ularning qarshisida
butun dunyo ikki koʻrinishda namoyon boʻladi: birinchisi –
ideal
(chin)
dunyo, ikkinchisi –
moddiy, ashyoviy
(oʻtkinchi) dunyo. Bu erda dunyoning
birligini tasdiqlovchi nuqtayi nazarlar ham, mazkur birlikni rad etuvchi
nuqtayi nazarlar ham boʻlishi mumkin.
Bunday qarashlarga zid oʻlaroq, materiya‘ni birdan-bir substansiya
sifatida e‘tirof etuvchi
materialistik monizm
tarafdorlari dunyoning birligini
uning oʻzidan kelib chiqib tushuntirishga harakat qiladilar. Bunda ular
dunyoga oʻz borligʻini saqlash uchun hech kim va hech narsaga muhtoj
boʻlmagan, borliqning butun rang-barangligini oʻzidan yaratuvchi deb
qaraydilar. aynii holda echishga toʻgʻri keladigan eng ogʻir vazifa bugungi
kunda (balki umuman) oʻrganilgan mikrodunyo va anglab etilgan Koinotning
muttasil surilib borayotgan chegaralari ortiga nazar tashlash imkoniyatiga ega
boʻlmagan holda dunyoning Cheksiz ligi (yoki chekliligi)ga shak-shubhasiz
dalillar keltirishdan iboratdir.
Mazkur yondashuvning hech narsaga ishonmaydigan tarafdorlari bu va
boshqa shunga oʻxshash savollarga oʻz javoblarida faqat oqilona asoslash va
unga muvofiq boʻlgan tajribani dalil sifatida tan oladilar va bunda
umuminsoniy amaliyotga va fanga tayanadilar.
Dunyoning moddiy jihatdan yagonaligini tabiatshunoslikning quyidagi
muhim ma‘lumotlari tasdiqlaydi:
a) energiya‘ning saqlanish va oʻzgarish qonuni;
b) Mendeleevning davriy qonuni;
с) Darvinning evolyusiya haqidagi ta‘limoti;
190
d) hujayra haqidagi ta‘limot;
e) fizika (kvant mexanikasi, relyativistik fizika va sh.k.), biologiya
(genetika qonunlari, fotosintez hodisalari, inson fiziologiyasi haqidagi
ma‘lumotlar va sh.k.), kosmos haqidagi fan sohasida erisxilgan hozirgi ilmiy
yutuqlar.
Inson organizmini, tabiat va jamiyatning oʻzaro aloqalarini, ularning
rivojlanishini oʻrganishga nisbatan yaxlit yondashuv ham dunyoning moddiy
jihatdan yagonaligini namoyon etadi.
Dunyo birligi haqidagi fan dalillari, xususan, sa‘yyoralar dastlabki
«tumanlik»dan tabiiy kelib chiqqanini tushuntiruvchi Kant – Laplas
nazariyasi Quyosh sistemasi kosmik jismlarining birligi toʻgʻrisida soʻz
yuritishga asos boʻldi; energiya‘ning saqlanish va oʻzgarish qonuni tabiatda
amal qiluvchi barcha kuchlar universal harakat namoyon boʻlishining turli
shakllari ekanligini namoyish etdi; jonli organizmlar hujayrali tuzilishga ega
ekanligi haqidagi nazariya butun tiriklikni strukturaviy birlashtirish imkonini
beradi; D.I.Mendeleevning davriy qonuni barcha kimyoviy elementlarni
birlashtirdi, Ch.Darvinning hayvon va oʻsimlik turlarining kelib chiqishi
haqidagi nazariyasi esa nafaqat butun tiriklikning birligini tushuntirib berdi,
balki ideal ong tabiatini jonli modda bilan uzviy bogʻliq deb tushunish uchun
imkoniyat yaratdi. Mazkur nazariya ayrim narsalarni oʻrganishdan jarayonlar
va holatlarni oʻrganishga, tabiatni qismlarga ajratishdan uni yagona tizimga
birlashtirishga oʻtish bilan tavsiflanadiki, bu keyinchalik inson va uning ongi
genezisini yaxshiroq tushunish, ularning dunyodagi haqiqiy oʻrnini belgilash,
pirovard natijada inson va tabiatning birligini koʻrsatish imkonini berdi.
XX asrda nisbiylik nazariyasi va kvant mexanikasining yaratilishi
dunyo yagona va hamma narsa bir-biri bilan oʻzaro bogʻliq ekanligi haqidagi
tasavvurlarni sezilarli darajada kengaytirdi va mustahkamladi. XX asrning
ikkinchi yarmida qudratli teleskoplar va tezlatgichlar paydo boʻlishi bilan
hozirgi zamon fani makro- va mikrodunyolarni oʻrganishda yanada koʻproq
olgʻa siljidi. U koinot kengliklariga kirib, dunyoning fundamental asoslari
haqidagi tasavvurlarimizni boyitdi. Hozirgi zamon fani maydon va
moddaning, korpuskulyar va toʻlqinli moddiy obyektlarning birligini isbotlab
berdi, materiya, harakat, makon va vaqtning uzviy birligini asosladi.
Dunyoning birligi gʻoyasi tabiiy-ilmiy dalillardan tashqari tarixiy
asoslashni ham taqozo etadi. Bunday asoslashni falsafasiz amalga oshirish
mumkin emas, chunki u butun dunyoga yaxlit tizim sifatida yondashib, rang-
baranglikda birlikni va birlikda rang-baranglikni koʻradi. Dunyoning rang-
barangligi va birligi muammosining qoʻyilishi va uning ilmiy asoslangan
yechimi borliqni bilish va izchil oʻzgartirish uchun juda muhimdir. Mazkur
muammoni falsafiy anglab etish ham juda alohida ahamiyat kasb etadi. Zero,
hozirgi davr sharoitida dunyoviy oʻzaro aloqalarning universalligini nafaqat
191
nazariy darajada tushunib etish, balki tabiatning birligi umumiy tamoyilini
amaliy faoliyatda ham hisobga olish talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |