Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet77/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

torsion maydonlar
(aylanish maydonlari) 
boʻlishi mumkin. Ular ekstrasensor oʻzaro ta‘sirlarda qayd etiladi va ularda 
hal qiluvchi rol oʻynaydi. 
Torsion maydonlar oʻng va chap aylanishga ega 
boʻlib, bu «oʻng» va «soʻl» dunyolar mavjudligini taxmin qilish imkonini 
beradi.
Tabiiy muhitlar orqali oʻtishda torsion nurlanishlarning zaiflashuvi 
mavjud boʻlmaydi. Olimlar taxminiga koʻra, torsion maydon kvantlari 
sifatida past energetik reliktli neytrinolar amal qiladi, torsion nurlanishlarning 
oʻta oʻtuvchanligi esa tabiiy xususiyat sifatida qaraladi.
Torsion toʻlqinlarning gruppaviy tezligi kamida 10
9
s (Yorugʻlik 
tezligi)ga teng deb baholanadi. Ammo bunday misli koʻrilmagan Yorugʻlik 
tezliklari fizika uchun yangi va favqulodda bir hol emas. Torsion maydonlar 
oʻz-oʻzidan hosil boʻlishi mumkin deb hisoblanadi. Ular fizik vakuumning 
ta‘sirlanishi natijasi sifatida vujudga kelishi mumkin. Har qanday shakl, hatto 
uning massasi juda oz boʻlsa ham, vakuumni ta‘sirlantirishi va uni qurshagan 
muhitda torsion maydon sifatida namoyon boʻluvchi qutblashishni vujudga 
keltirishi mumkin. Bundan tashqari, vakuumning elektrostatik yoki 
elektromagnit maydoni mavjud boʻlgan qismida doim ushbu maydon 
yaratadigan torsion komponentlar mavjud boʻladi. Birlamchi torsion 
maydonlar birdan-bir tavsifi axborotni tashiydigan va oʻzaro ta‘sirga kirishish 
chogʻida energiya almashmaydigan uyurmalar mavjudligi hisoblanuvchi 
materiya shakli sifatida qaraladi. Ikkilik signallarni torsion aloqa kanali orqali 
birinchi uzatish 1986 yilda amalga oshirilgan
1
.
Tadqiqotchilar torsion maydonlarning effektlarini oʻrganar ekanlar, 
shuni qayd etadilarki, «vakuum fluktuatsiyasi magnit maydonining muayyan 
ana‘logiga olib keladi. Bunda ushbu maydon torsion tuzilmalar tarzida 
shakllanadi. Torsion maydonlarning oʻzi vakuumning axborot tashuvchi 
birlamchi bioenergetik qoʻzgʻalishlari sifatida qaraladi. Ular vakkumdan 
materiya‘ning tugʻilishini, uning rivojlanishi va oʻzaro ta‘sirlarini 
boshqaradi»
2
. G.Sxilov torsion maydonlar informatsion maydondagi moddiy 
obyektning oʻrni va ahamiyatini aks ettiruvchi barqaror maydon tuzilmalari – 
fikr shakllaridan iborat, degan xulosaga keladi
3
. Barcha moddiy obyektlar oʻz 
atrofida torsion maydonlarni yaratsa, ong ular bilan oʻzaro ta‘sirga kirishish 
xususiyatini aniqlaydi. Torsion maydon tashqi torsion maydon ta‘siri 
yoʻqolganidan keyin saqlanib qoladigan qutblashuvni induksiyalaydi. Bu 
holda koʻz tegishi, issitish va sovutish kabi parailmiy fenomenlarni, 
shuningdek «suv xotirasi» hodisasini tushuntirish uchun imkoniyat yaratiladi. 
V.Yarsev insonning oʻz tanasi hujayralarini energiya va axborot bilan yagona 
1
Қаранг: Акимов А.Е., Шилов Г.И. Сознание, физика торсионных полей и торсионные технологиии // 
Сознание и физическая реальность. – М., 1996. №1-2. – 70-б. 
2
Панов В.Ф., Тестов Б.В., Клюев А.В. Влияние торсионного поля на лабораторных мышей // Сознание и 
физическая реальность. – М., 1998. №4. – 48-49-б. 
3
Қаранг: Шилов Г.И. Теория физического вакуума. – М., 1993. – 192-б. 


187 
bioenergetik organizmga birlashtirish xossasini kashf etdi. Bunda hujayralar 
birikuvining faollik darajasi va yoʻnalishi inson ongi va uning elementlari 
(aql, sezgilar, iroda) bilan belgilanadi. Umuman olganda inson organizmi 
oʻzining umumiy torsion maydonini yaratadi. Axborotni saqlash va uzatishda 
organizmdagi suv strukturasi ulkan ahamiyat kasb etadi. Bundan tashqari, 
torsion maydonlar oʻz-oʻzidan hosil boʻlishi mumkin.
Torsion maydonlar nazariyasi – hozirgi zamon fanining eng soʻnggi 
yutuqlaridan biri va shu bilan bir vaqtda ezoterikaning koʻpgina hodisalarini 
tushuntirish uchun sababiy asos. Torsion maydon tushunchasi sinergetika 
tamoyillarini, xususan attraktorlar harakatiga doir qoidalarni chuqurlashtiradi. 
Elektromagnit nurlanish ham doim torsion elementga ega boʻladi. Katta 
tezlikda aylanayotgan jism gravitatsiya kuchini kamaytiradi. Fikr shakli 
torsion maydonlar yordamida uzatilganida telekinez fizikasini abstrakt holda 
tasavvur qilish mumkin.
Torsion maydon individual xotira substrati hisoblanadi, degan faraz 
ham mavjud. Professor A.Stepanov chiqargan xulosaga koʻra, sirtdan 
keluvchi axborot miya‘ning turli zonalarida kodlanadi va ikki parallel oqimga 
ajraladi. Bir oqimdan kiruv parametrlarining ichki holat matritsalari bilan 
ayniyligini solishtirish uchun foydalaniladi. U organizmning adaptatsion-
kompensator faoliyati uchun javob beradi. Ikkinchi oqim yangi holatni qayd 
etadi va kelgan axborotning torsion maydonlarini induksiyalaydi
1
. Bunday 
xulosalar Stanislav Grof ilgari surgan xolotrop konsepsiyasiga ham mos 
keladi. Ongni xolotrop (yunon. holes – yaxlit) tushunish ong maydoni 
miya‘ning individual faoliyati bilan bilvosita belgilanishini va Koinot 
evolyusiyasining rang-barang tajribasini oʻz ichiga olishini qayd etadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish