Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet171/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Texnika va texnologiya tushunchalarining mohiyati. 
Texnika va 
texnologiya masalasi barcha davrlarda insoniyatning diqqat markazida 
boʻlib kelgan. CHunki inson ijodiy faolyatining amaliy natijasi boʻlgan bu 


348 
omillar bevosita jamiyat ravnaqi va uning istiqbollari belgilab kelgan. 
Jamiyat oʻzining industrial bosqichiga etgunga qadar texnika va texnologiya 
hunarmandchilik koʻrinishida yakka tartibdagi faoliyati sifatida anamoyon 
boʻlgan.
XX-XXI asrda ishlab chiqarishning ilgʻor texnika va texnologiya 
asoslanishi, ularni na‘zorat qiluvchi maxsus injener-muhandislar faoliyatini 
shakllantirib, ular nafaqat texnik tuzilmalarning normal ishlash jarayonini 
ta‘minlash, balki uning yangi loyihalarini tuzish, ixtirolar qilish texnik va 
texnologik qurilmalarni yaratmoqdalar. Bunda muxandis tafakkurining oʻziga 
xos jihatlari: ilmiy-ratsionallikka asoslanish, ijodiy faollik va hamma uchun 
tushunarli yangilikni shakllantirish, standartlashtirish kabilarda namoyon 
boʻlmoqda. Bu nazariy bilimlar amaliyotda sinalib, tajribadan oʻtib, ishlab 
chiqarishga joriy etilib, iqtisodiyotni rentabellashtiradi va natijada inson 
hayotida koʻplab qulayliklarni joriy etadi. Har qanday texnik qurilmani 
yaratish jarayonida muhandis ongida uch unsur birligi amalga oshadi: 
miyada yaratiladigan texnikaning obrazi va uning maqsadi belgilanadi; 
texnikaning loyihasi aniq hisob-kitob asosida ishlab chiqiladi; gavdalangan 
obraz hamda loyiha birlashib yaxlit texnik qurilma yoki texnologiya 
yaratiladi. Bu esa bugungi ishlab chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish 
vositalari, ularning doimiy takomillashib borishi davomida, inson tafakkuri 
va faoliyatining ixtisoslashib borishini ham taqozo etadi. 
Texnologik taraqqiyotning istiqbollari. 
Fan va texnologik taraqqiyot 
hozirda insoniyat oldiga juda muhim muammolarni maydonga tashladi. Bular 
jumlasiga atrof-muhitning ifloslanishi, tabiiy resurslarning kamayib ketishi, 
yadro urushlarining xavfi, geosiyosiy manfaatlarni toʻqnashuvi, gegemonlik 
siyosati va boshqa shu kabi masalalarni keltirishimiz mumkin. Aynan 
shunday muammolarni bartaraf qilish yoki oldini olishda ijtimoiy-tarixiy 
taraqqiyot 
davomida 
shakllanib, 
takomillashib 
kelgan 
gumanizm 
gʻoyalaridan samarali foydalanish, ya‘ni ularni amaliy hayotga tez va aniq 
suratda tadbiq etish hozirda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Professor Nik Bostrom ta‘kidlaganidek ―Texnologik progressning 
tezlashuvi tufayli insoniyat hozir oʻz rivojida keskin burilish nuqtasiga katta 
tezlik bilan yaqinlashib qolgani ehtimoli katta. Insoniyatga ancha tanish 
boʻlib qolgan yadroviy xavf-xatar yoniga endilikda kerak.‖
1
Texnikani 
oʻylamasdan rivojlantirish jahon miqyosida murakkab ijtimoiy-iqtisodiy 
muammolarni tugʻdirmoqda. Masalan, aslida inson ogʻirini engil qilishga 
qaratilgan texnika ishsizlikni yuzaga keltirmoqda, ish bilan ta‘minlash ham 
yanada murakkablashib bormoqda. Xususiy transportlarning koʻpayishi, bir 
tomondan insonlarga qulayliklarni tugʻdirgan boʻlsa, ikkinchi tomondan esa 
asosan shaharlarni ekologik holatiga salbiy ta‘sir koʻrsatibgina qolmasdan 
1
Каххарова Ш. Глобал маънавият – глобаллашувнинг гоявий асоси.-Т.:Тафаккур, 2009,- 14 бет 


349 
insonlarni sa‘lomatligiga ham ayniqsa ularning asab faoliyatining buzilishiga 
ta‘sir etmoqda. Shuning uchun ham bu sohada ilmiy-tadqiqotlar olib 
borayotgan olim va faylasuflarning fikricha ―XXI asr boʻsagʻasida insoniyat 
oldida texnikaga oid juda katta muammolarni hal qilish masalasi turib‖di.
Hozirda texnokratik sivilizatsiya‘ni tanqid qiluvchilar falsafaning 
kuchiga katta umid bogʻlamoqdalar. Ularning fikricha falsafa oʻzining 
insoniyligi, oʻzining ma‘naviy axloqiy qoidalari va dunyoga boʻlgan ezgu 
munosabati bilan texnikaning Cheksiz ligi hamda hukmronligiga, uning 
kelajagiga toʻgʻri qarash orqali insonlarni ishontirish mumkin, deb 
hisoblashmoqda. Texnokratik sivilizatsiyada inson nafaqat dunyoni, 
insoniyatni rejalashtiradi, balki insonning oʻzi rejalashtirish obyektiga 
aylanib qoladi. Agar insoniyat mavjud muammolarga befarq qaraydigan 
boʻlsa dunyo sivilizatsiyasi ha‘lokatga uchrashi muqarrar shu ma‘noda 
insonparvarlashuvning mohiyati, uning taraqqiyot tendensiyasi ilmiy-falsafiy 
jihatdan talqin qilinmasa yuqorida aytilgan fojialarning oldini olish juda qiyin 
boʻladi. Buning uchun fan, texnika va texnologik taraqqiyotni samarasiz 
jihatlarini falsafiy-tanqidiy talqin qilish, insonning keyingi amaliy faoliyatiga 
toʻgʻri baho berish, uning kelajagi va istiqboldagi oʻzgarishlarga 
ehtiyotkorona maqsadli yondoshish talab qilinadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   167   168   169   170   171   172   173   174   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish