Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Kelajakni bashorat qilishning oʻziga xos xususiyatlari



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Kelajakni bashorat qilishning oʻziga xos xususiyatlari. 
Kelajakni 
bashorat qilishga falsafa tarixida ham, ijtimoiy tafakkurda ham turli 
koʻrinishlarda alohida e‘tibor qaratilgan. Tarixning oʻtish davrlarida, keskin 
ijtimoiy konfliktlar yuz bergan davrlarda bashoratning ahamiyati ayniqsa 
oshgan. Bu insoniyat hayotining barcha jabhalarida olamshumul oʻzgarishlar 
yuz berayotgan hozirgi davrga ham xos. YUzaga kelgan sharoitda ijtimoiy 
bashorat masalalari oʻta muhim nazariy va metodologik ahamiyat kasb 
etmoqda, ularni ishlab chiqish esa falsafiy tafakkurning dolzarb vazifalaridan 
biriga aylanmoqda. Darhaqiqat, kelajak bilan shugʻullanmagan falsafaning 
kelajagi yoʻq. Ushbu mavzuning maqsadi bashoratga umumiy tavsif berish, 
uning asosiy turlarini koʻrib chiqishdan; ijtimoiy prognoz nimaligini, uning 
metodlari va tiplarini aniqlashdan; davrimizning olamshumul muammolar 
bilan belgilangan asosiy futurologik konsepsiyalarini tahlil qilishdan iborat.
Bashorat oʻz gnoseologik tabiatiga koʻra gipotezani ilgari surishga 
yaqin turadi. Ammo gipoteza – oʻtmishni ham, hozirgi zamonni ham, 
kelajakni ham bilishga tatbiq etiladigan mantiqiy shakl, bashorat esa 
kelajakka yoki hali ma‘lum boʻlmagan hozirgi davrga qarab moʻljal oladi.
Hozirgi davrda ijtimoiy voqelikni tahlil qilinishida futurologik 
usullardan foydalanish yangi yondashuvlarga asos boʻldi. Tabiiy-ilmiy 
fanlarda dinamik xaos tushunchasining shakllanishi, shuni koʻrsatdiki tizimni 
boshlangʻich nuqtasida har qanday noaniqlik vaqt oʻtishi bilan koʻpaya 
boshlaydi va muayyan vaqt oʻtishi bilan biz bashorat etish qobiliyatidan 
mahrum boʻlamiz. Ushbu hol iqtisod, psixologiya, sotsiologiya‘ni 
oʻrganuvchi koʻpchilik obyektlarga xosdir. SHu nuqtayi-nazardan qaraganda, 
har qanday yangi yondashuv narsa, voqea va hodisalarni tahlilida, ularning 
oldingi usullari bilan ochilmagan tomonlari, oʻrganilaolinmagan tomonlari 
ochib beriladi. Fan va falsafa tarixida bunday misollarni koʻp kuzatish 
mumkin. Masalan, Aristotelning ta‘limotiga koʻra, fizikaning asosiy vazifasi 
jismlarning harakatining oʻzgarishini emas, balki jismlarning harakatini tahlil 
qilishdan iborat edi. Aristoteldan boshlab Galileygacha fizikaning asosiy 
vazifasi jismlarning harakatini oʻrganish edi. Bu gʻoya fizikani rivojlanishiga 
toʻsiq boʻldi. Aristotelning fikriga koʻra, fizika jismlarning tinch holatini 
oʻrganmoq lozim edi. Galiley esa jismlarning tinch holati harakatning 
alohida xususiy koʻrinishi, deb isbotlab berdi. Nyuton esa, ushbu yangi 
gʻoya‘ni oʻzining birinchi qonunida bayon etdi. SHunday qilib, harakatning 
3
Моисеев Н.Н. Человек и ноосфера. – М., 1990. – 78-б.


342 
oʻzgarishini tahlil qilish gʻoyasi klassik fan shakllanishining asosini tashkil 
etdi. 
Hozirgi kunda jahon falsafasi va fani oʻz e‘tiborini quyidagi 
muammolarning yechimini topishga qaratmoqda: krizis vaziyatlarining 
holatiga 
baho 
berish, 
mezonlarini 
hamda 
krizis 
vaziyatining 
yaqinlashayotganini bashorat qilish va murakkab sistemalarda krizisdan 
chiqish senariylari (usullari)ni ishlab chiqish. Masalan, fanning mazkur 
muammolari tahlili, tadqiqotchi olimlarning taxminicha, eksperimental 
tadqiqotlar bilan yaqin aloqada rivojlanadi. Bunda nochiziqli dinamika 
sohasining umumiy qoidalari va matematik natijalaridan turli krizis 
hodisalarini tavsiflashda foydalaniladi. SHunday qilib, nochiziqli sistemalar 
nazariyasining umumiy nazariy qoidalari murakkab ochiq sistemalardagi real 
jarayonlarni oʻrganishda oʻzining real ifodasini topadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish