Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

BMT Kodeksida korrupsiyaga munosabat. 
Xorijiy mamlakatlardagi 
kriminologiyaga doir adabiyotlarda "korrupsiya", "huquqiy hujjatlarning 
antikorrupsiyaviy 
ekspertizasi", "antikorrupsiyaviy 
monitoring", 
"antikorrupsiyaviy standart" tushunchalarining mazmuni etarlicha ochib 
berilgan. Keyingi paytlarda bunday ata‘malar MDH davlatlari qonunchiligiga 
ham faol ravishda kiritilmoqda. Bunday jarayonlar ortida davlat va 
jamiyatning korrupsiyaga qarshi kurashga boʻlgan irodasi yotadi. Ilgarilari bu 
davlatlarda korrupsiyaga uncha muhim ahamiyatga ega boʻlmagan jinoiy 
voqelik sifatida qaralgan boʻlsa, hozir u jamiyat tomonidan qattiq tanqid 
qilinib, davlat siyosati darajasida qoralanmoqda. CHunki korrupsiya jamiyat 
va mamlakat iqtisodiyoti rivojiga salbiy ta‘sir etadigan illatdir. 
Korrupsiya‘ning boshqa jinoyatchilik turlari, ayniqsa, uyushgan va iqtisodiy 
jinoyatchilik bilan aloqalari uzviylik kasb etib borishi butun ijtimoiy 
munosabatlar uchun yanada xatarlidir. Xorijiy mamlakatlar tajribasi shuni 
koʻrsatadiki, yirik korrupsiyalashgan guruhlar sekin-asta davlat hokimiyati 


345 
idoralariga kirib borib, hokimiyat tizimini ham oʻziga ishlashga majbur etishi 
mumkin. 
Xalqaro miqyosda ham korrupsiya xavfsizlikka tahdid sifatida 
baholanadi. SHu sababdan XX asrning 90-yillari boshidan xalqaro va 
mintaqa doirasida korrupsiyaga qarshi qaratilgan shartnomalar qabul qilina 
boshlandi. Bularga misol qilib quyidagi xalqaro hujjatlarni koʻrsatish 
mumkin: 
– Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 1997 yil 21 
noyabrda qabul qilingan Xalqaro tijorat bitimlarida xorijiy davlatlar 
mansabdor shaxslarini sotib olishga qarshi kurash toʻgʻrisidagi konvensiya; 
– Evropa Kengashi Vazirlar Qoʻmitasi tomonidan 1999 yil 27 yanvarda 
qabul qilingan Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik; 
– Fuqarolik-huquqiy javobgarlik toʻgʻrisidagi konvensiyalar; 
– Afrika Ittifoqining korrupsiya‘ning oldini olish va unga qarshi kurash 
toʻgʻrisidagi 2003 yil 12 iyuldagi konvensiyasi; 
– Birlashgan Millatlar Tashkilotining Transmilliy uyushgan 
jinoyatchilikka hamda korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi (Nyu-York, 
2003 yil 31 oktyabr). 
BMT korrupsiyaga qarshi kurashish davlatning majburiyati va uni 
samarali bajarish uchun keng qamrovli choralar qoʻllanilishi lozim, deb 
hisoblaydi. MDH doirasida esa, unga a‘zo davlatlar Parlamentlararo 
assambleyasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik 
asoslari toʻgʻrisidagi model qonun qabul qilingan (2003 yil 15 noyabrdagi 
22-15-qaror). 
Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar tashkilotining 
Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga 2008 yil 7 iyuldagi OʻRQ-158-sonli 
Qonuni bilan qoʻsxilgan boʻlib, ushbu Qonunga muvofiq Oʻzbekiston 
Respublikasining Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik 
xizmati va Adliya vazirligi korrupsiya‘ning oldini olish boʻyicha aniq chora-
tadbirlar ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-
davlatlarga yordam koʻrsatishi mumkin boʻlgan organlar sifatida belgilab 
qoʻyilgan. Ushbu Konvensiyada nazarda tutilgan va korrupsiya sifatida 
e‘tirof etilishi mumkin boʻlgan qilmishlar Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat 
Kodeksining bir qator moddalari bilan jinoiy qilmish sifatida tatbiq qilinadi. 
Oʻzbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkilotining 
Korrupsiyaga qarshi 
konvensiyasiga 
(Nyu-York, 2003 yil 31 oktyabr) 
quyidagi bildirishlar, bayonotlar va shartlar bilan qoʻsxilgan:
1) Konvensiya 6-moddasining 3-bandi boʻyicha: «Oʻzbekiston 
Respublikasi shuni bildiradiki, Oʻzbekiston Respublikasining Bosh 
prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati va Adliya 
vazirligi korrupsiya‘ning oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar ishlab 


346 
chiqish va ularni amalga oshirishda boshqa Ishtirokchi-davlatlarga yordam 
koʻrsatishi mumkin boʻlgan organlar sifatida belgilangan»; 
2) Konvensiya 42-moddasining 1 va 3-bandlari boʻyicha: «Oʻzbekiston 
Respublikasi shuni bayon qiladiki, 15—19, 21, 22-moddalarda, 23-
moddaning 1-bandida, 24, 25, 27-moddalarda nazarda tutilgan qilmishlar 
milliy qonunchilikka muvofiq jinoiy ja‘zolanadigan qilmishlardir va ularga 
nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining yurisdiksiyasi tatbiq etiladi»
1

3) Konvensiya 44-moddasining 6-bandi boʻyicha: «Oʻzbekiston 
Respublikasi Konvensiya 44-moddasi 6-bandining «a» kichik bandiga 
muvofiq shuni bildiradiki, u ushbu Konvensiyadan korrupsiya jinoyatlari 
sodir etgan shaxslarni tutib topshirish masalalarida ushbu Konvensiya‘ning 
boshqa Ishtirokchi-davlatlari bilan oʻzarolik asosida hamkorlik qilish uchun 
huquqiy asos sifatida foydalanadi»; 
4) Konvensiya‘ning 46-moddasi boʻyicha: 
a) 13-band. «Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, Oʻzbekiston 
Respublikasining Bosh prokuraturasi oʻzaro huquqiy yordam koʻrsatish 
toʻgʻrisidagi iltimoslarni olish va bajarish yoki bunday iltimoslarni bajarish 
uchun Oʻzbekiston Respublikasining boshqa vakolatli organlariga yuborishga 
javobgar boʻlgan markaziy organdir»; 
b) 14-band. «Oʻzbekiston Respublikasi shuni bildiradiki, oʻzaro 
huquqiy yordam toʻgʻrisidagi iltimoslarni yuborishda oʻzbek, rus va ingliz 
tillari maqbul tillar sifatida belgilangan»; 
5) Konvensiya‘ning 66-moddasi boʻyicha: «Oʻzbekiston Respublikasi 
Konvensiya 66-moddasining 3-bandiga muvofiq shuni bayon qiladiki, u 
oʻzini Konvensiya 66-moddasi 2-bandining qoidalariga bogʻliq deb 
hisoblamaydi»
2


Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish