Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Texnogen sivilizatsiyada til va kommunikatsiya dialektikasi



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet177/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Texnogen sivilizatsiyada til va kommunikatsiya dialektikasi.
Inson 
ehtiyojini qondirishda lison (til), ma‘naviyat, tafakkur, qanchalik kerak 
boʻlsa, texnika ham shu qadar zaruriy ehtiyojga aylanib bormoqda. Biroq 
texnikaning yuksak imkoniyatlari turli mamlakat va xalqlar ijtimoiy-madaniy 
hayotida turlicha namoyon boʻlmoqda. Ya‘ni u ba‘zi mamlakatlarda turli 
sohalarni rivojlanishiga ijobiy ta‘sir koʻrsatayotgan boʻlsa boshqa bir oʻrinda 
u turli ijtimoiy-siyosiy maqsadlarni vositasiga aylanib bormoqda. SHu 
ma‘noda texnogen sivilizatsiya muammosi Sharq va Gʻarb faylasuf olimlari 
tomonidan murakkab fenomen sifatida talqin qilinmoqda. Bunda olimlar 
texnogen sivilizatsiya‘ning asosiy tushunchalari hisoblangan texnomuhit, 
texnika va texnologiyaga asosiy e‘tiborni qaratmoqdalar. 
Ijtimoiy hayot axborotsiz, muloqotsiz va kommunikatsiyalarsiz mavjud 
boʻla olmaydi. Axborot ijtimoiy va texnik taraqqiyotning harakatlantiruvchi 
kuchi hisoblanadi, bilishning tugun punkti hisoblanadi, haqiqat bilan aniq va 
koʻpqirrali aloqalarni belgilab beradi. Bilish subyektidan mustaqil ravishda 
mavjud boʻlib, axborot bilish jarayonida namoyon boʻladi. Olamning 
axborotlashgan surati kelajakka qaratilgan, moddani keyingi rivojini oʻzga 
sa‘yyora sivilizatsiyalari bilan muloqot orqali rivojlantirish istiqbollariga 
qaratilgandir. XX asrda ilm-fan va texnikani yutuqlari (masalan, raketa-
kosmik texnikda, radioaloqalarda, EHM) bunday aloqalarni amalga oshirish 
uchun zamin boʻlib xizmat qiladi.
Bugungi 
kunda 
ommaviy 
kommunikatsiya 
va 
informatsiya 
vositalarining insonning shaxsiy hayotiga aralashishi, bunda matbuot, radio, 
televideniedan foydalanib inson ongiga koʻrsatiladigan ta‘sir hokimiyatning 
insonlarning hayoti ustidan har tomonlama na‘zorati odamlar hayotining eng 
yaxshi ideallarini amalga oshishi haqidagi orzu-umidlarini shubhaga solib 
qoʻydi. SHu narsa Aniqlandiki, uchinchi ming yillik boshlarida jahon 
hamjamiyatining asosiy resurslari sanoat industrial va qishloq xoʻjalik ishlab 
1
Беляев М.И.Концепция руссого национальноо государства. Москва:2006 http://www.milogiya2007.ru
 


357 
chiqarishining imkoniyatlari bilan emas, balki informatsion-kommunikatsiya 
texnologiyalar potensialida boʻlib qoldi. Informatsion texnologiyalar 
tomonidan ta‘minlanadigan portlashning xavfi sa‘yyora axolisining ortib 
ketishi yoki ifloslanishidan kam emas. Bugungi kunda informatsion resurslar 
ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotda etakchi rol oʻynay boshladi. 
Informatsiya va bilim iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy ma‘nolarda umum insoniy 
kapitalga aylandi. Informatsion texnologiyalar – hisoblash mashinalari va 
raqamli informatsiya‘ni telekommunikatsiya tarmoqlari boʻylab uzatish 
usullarining sintezidir. Har qanday informatsion texnologiyalar asosida matn, 
tovush va vidual tasvirni Raqamli shaklda namoyon qilish imkoniyati yotadi.
Hozirgi informatsiya asri jamiyat hayotining turli sohalarida bevosita 
oʻz ta‘sirini namoyon qilmoqda. Informatsion texnologiyalarning iqtisodga 
ta‘siri ishlab chiqarii va xizmat koʻrsati sferalarini mukammallashtirishda aks 
etmoqda. Informatsion texnologiyalar marifda, bilimlar yaratishda, ilmiy 
tatqiqotlar 
imkoniyatlarini 
kengaytirishda, 
modellashtirishda, 
tajriba 
ma‘lumotlarini tahlil qilishda va yangi bilim hosil qilishda foydali tarzda 
xizmat qilmoqda. Tez ishlovchi kompyuterlar va sun‘iy intellekt alohida 
ahamiyat kasb etmoqda. Global kommunikatsiyalar tarmogʻi eng muhim 
omil boʻlmoqda. Uqlar Erning sun‘iy yoʻldoshlari, telefon kabellarining 
kontinentlararo va kontinentlar ichida tarmoqlangani, yangi elektron 
aloqalarining paydo boʻlishi yagona Xalqaro informatsiya tarmogʻi 
sistemasini shakllantirdi. Har qanday informatsiya‘ni Yer sharining istalgan 
nuqtasiga Yorugʻlik tezligida uzatish mumkin boʻlgan vaqt keldi. 
Informatsion-kommunikatsion texnologiyalarning intensiv taraqqiy 
qilishi, globallashuvi va nomarkazlashuvi – bularning hammasi kelajakdagi 
yuqori texnologiyali jamiyatning belgilaridir. 2000 yilning yanvar oyini 
olganda Jahonda internet tarmogʻidan foydalanuvchilar soni 300 mingdan 
ortiq edi, hozirgi kunda esa oʻnlab, yuzlab millionlarga etdi. Internet (va 
shunga oʻxshash tarmoqlar) ning informatsiya‘ning sa‘yyoraviy manba‘lariga 
aylanib borishi bilan odamlar orasida Interaktiv muloqotining umumiy 
muhitini yaratish imkoni tugʻiladi. Biz doimiy oʻzgarib turuvchi dunyoda 
yashay boshladik. Informatsion-kommunikatsiya texnologiyalarni tashuvchisi 
boʻlgan sohiblar hozirgi zamon hayotining qaynoq markazidagina boʻlib 
qolmasdan, ayni shu bilan barcha oʻzlarining hayot tarzlarini ham, oʻz xulq-
atvori va tafakkur tarzini ham oʻzgartirmoqdalar. Odamlar oʻz tafakkuri va 
xulq-atvorini qay darajada oʻzgartirsalar, ularning kasbiy tajribalari ham shu 
darajada boyib, samarali mahsuldir xossalarga ega boʻlib bormoqda. Hozirgi 
zamon kommunikatsiyalar fa‘zosida etarlicha tezkor moslashish va harakat 
qilish zarurgina boʻlib qolmay, ayni shu jamiyatning informatsion-
kommunikatsiya texnologiyalarining global taraqqiyotini bilgan holda, 
oʻzining xulq-atvorini namoyish qilish muhitini his qilishi va shu muhitda 
qanday harakat qildishini bilishi ham kerak boʻladi. Informatsion paradigma 


358 
nihoyatda yuksak darajada konkretlikda va ishonch bilan kelajakka 
eshiklarini ochib bermoqda. Informatsion paradigmaning eng muhim 
jihatlarini koʻrsatib oʻtish maqsadga muvofiq boʻlur edi. Avvvllari 
informatsiya industrial jamiyatning texnologik va texnik amaliyotiga ta‘sir 
qilish mumkin boʻlgan xomashyo deb qaralgan boʻlsa, bugungi kunda 
informatsiyaga ta‘sir qilish uchun informatsion texnologiyalar yaratilgan (bu 
narsada jamiyat hayotining turli-tuman maqsadlari hisobga olinadi). 
Informatsiya insonning har qanday faoliyatining integral omili boʻlgani 
sababli buning individual va kollektiv hayotimizning barcha jarayonlari 
bevosita yangi informatsion texnologiyalar bilan shakllanadi. Informatsion 
tarmoqlar barcha turli-tuman ijtimoiy oʻzaro ta‘sirlari va jamiyat 
taraqqiyotidagi noaniqliklarga toʻl boʻlgan va tobora ortib borayotgan 
murakkabliklarga yaxshi moslashadi. Informatsion tarmoqlar nihoyatda 
sezgir, harakatchan va yangiliklar kiritish uchun ochiqdir. Informatsion 
jarayonlar faqat qaytar jarayonlargina emas; ijtimoiy tashkilotlar va 
institutlarni modifikatsiya qilish va ularning komponentlarini qayta 
guruppalash yoʻli bilan fundamental oʻzgartirib yuborish mumkin. Yangi 
informatsion – texnologiya paradigmasi konfiguratsiyasi shundayki, u oʻz 
konfiguratsiyasini qayta tuzishi, rekonfiguratsiyalanishi mumkin – bu hozirgi 
kunda doimiy oʻzgarib turuvchi va tashkiliy jihatdan qotib qolmagan 
jamiyatda harakterli jihatidir. 
Jamiyat taraqqiyoti informatsion paradigmasining istiqboli konkret 
texnologiyalarning yuksak integrallashgan sistemaga konvergentsiyasi 
anʻanalari bilan bogʻlangan boʻlib, bu sistemada eski, izolyasiyalangan 
texnologik traektoriyalar deyarli bir – biridan farqlanmay, ajralmay qoladi. 
Masalan, mikroelektronika, telekommunikatsiya, optik elektronika va 
kompyuterlar endi informatsion sistemada mujassamlashgan. Biznesda, 
masalan, hozircha chiplarni ishlab chiqaruvchilar va programmistlar orasida 
farq bor va hozircha bu farq bir muncha muddat saqlanib qoladi.
Bizga ma‘lumki, texnogen sivilizatsiya asosini tashkil qiluvchi 
texnomuhit deganda texnika va texnologik jarayonlarning yigʻindisi 
tushuniladi. 
Bugungi 
kunda 
jamiyat 
postindisturial 
jamiyat 
yoki 
axborotlashgan jamiyat deb atalishidan qat‘iy nazar, insoniyatning bugungi 
kuni va ayniqsa kelajagini texnika va texnologiyalarni tasavvur qilib 
boʻlmaydi. Darhaqiqat, shu kungacha ba‘zi olimlar hozirgi davr jamiyatida 
anʻanaviy tarzda sodir boʻluvchi ijtimoiy inqiloblar ta‘sirida ulkan 
oʻzgarishlar roʻy beradi, degan fikrga oʻrganib qolganlar.
Bizning nazarimizda masalaga bunday yondashuv doimo toʻgʻri 
boʻlmaydi. Chunki aynan sanoat va uni rivojlantiruvchi ilmiy-texnikaviy 
taraqqiyot jamiyat hayotida yangicha tafakkur, munosabat, voqelik, hodisa va 
oʻzgarishlarni hosil qilmoqda. Toʻgʼri ilmiy-texnikaviy taraqqiyot 
insoniyatga farovon turmush tarzini yaratib berish bilan bir qatorda bir 


359 
qancha muammolarni hal etishni koʻndalang qilib qoʻymoqda. CHunki 
biomuhit hozirgi davrga oʻxshab shiddat bilan emirilib, ekotizimlar yoʻqolib 
boraveradigan boʻlsa, demak bu kelajak avlod tomonidan insonning ongsiz 
ravishda yoʻl qoʻygan hatti-harakatlari bilan bogʻliqligi natijasida yuz bergan 
deb sanaladi va ularning ajdodlari oxir-oqibatda tabiatni qanday ayanchli 
ahvolga solib qoʻyganligi toʻgʻrisida fikr-mulohaza yuritishlariga asos 
boʻladi. Bunday muammolarni oldini olish uchun dunyo hamjamiyatini ezgu 
maqsadlarda birlashtiruvchi iqtisodiy, siyosiy, madaniy, kommunikatsion 
aloqalarning tezkorligini oshiruvchi yondashuvlar kerak boʻladi. Bu 
yondashuvlar yuzaga kelayotgan muammolarni bartaraf etishga katta yordam 
beradi. Zero bunday munosabat orqali turli mamlakatlar va mintaqalarning 
oʻzaro bogʻliqligi ortadi.
Toʻgʻri, global texnogen sivilizatsiya bir sektorda inqirozli holatni 
yuzaga keltirsa, boshqa sektorda barqarorlikka tahdidni tugʻdirishi ham 
mumkin. aynii paytda oʻzaro globallashgan texnogen munosabatlar shaxs va 
jamiyat ehtiyojini birmuncha samarali qondirish uchun qabul qilingan 
iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy hayotdagi oʻziga xos munosabatlar, bilim va 
qadriyatlarni tezkorlik bilan butun sa‘yyoramiz uzra keng yoyilishga imkon 
yaratadi. Biroq, bularning barchasi yoppasiga bir xillashtirish deganini 
anglatmaydi.
Birinchidan, texnogen sivilizatsiya yutuqlarini insonlar oʻz iqtisodiy va 
madaniy imkoniyatlari doirasida oʻzlashtira oladilar va bunda har bir jamiyat 
yoki ijtimoiy guruhda umuminsoniy tajriba ustuvor ahamiyat kasb etadi.
Ikkinchidan, texnogen sivilizatsiya rivojiga turli jamoalarning ayniqsa 
madaniyat, milliy va diniy tafakkurda kuchli namoyon boʻluvchi shaxsiy 
identiklikni saqlab qolishga boʻlgan instinktiv intilish aks ta‘sir koʻrsatadi. 
Natijada zamonaviy global texnogen sivilizatsiya yaxlit-tizimli tus olibgina 
qolmay, balki ichki plyuralistik tasnifga ham ega boʻladi. Chunki bunday 
sivilizatsiyada iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy shakllarning gomogenlashuvi 
kuchayib, ayrim turdagi madaniy ehtiyoj va rang-baranglik oʻzaro 
uygʻunlashadi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish