Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet179/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Tafakkur shakli va tafakkur qonuni tushunchalari 
Aqliy mushohada, tafakkurni mantiqda tadqiq etish (uni boshqa fanlar, 
masalan psixologiya, kibernetika, falsafa kabilar ham oʻrganadi) uchun, 
avvalambor, 
tafakkurning 
mazmuni 
va 
shaklini 
farqlash 
zarur.
Tafakkur(
Fikr) mazmuni
deganda u aks ettirayotgan predmetning muhim 
belgilari (xossalari va munosabatlari) toʻgʻrisidagi axborotlar tushuniladi. 
Fikrning mantiqiy shakli
yoki 
tafakkur shakli
deganda esa, fikr mazmunini 
hosil qiluvchi elementlar (axborotlar)ning bogʻlanish usuli tushuniladi.
Tafakkur uch xil shaklda: tushuncha, mulohaza (hukm) va xulosa 
chiqarish shaklida mavjud. Ularni misollar yordamida koʻrib chiqamiz. 
Ma‘lumki, ayrim predmetlar, ularning sinfi (toʻplami) kishilar 
tafakkurida turli xil mazmunga ega boʻlgan tushunchalarda aks etali. 
Masalan, «davlat» tushunchasida oʻzining maydoniga, axolisiga, boshqaruv 
vositalariga ega boʻlgan siyosiy tashkilot aks ettiriladi. ―Milliy gʻoya‖ 
tushunchasida esa millatning, xalqning kelajak bilan bogʻliq orzu-umidlari, 
maqsadlari, tub manfaatlari ifoda etiladi. Mazmun jihatidan turli xil boʻlgan 
bu tushunchalar mantiqiy shakliga koʻra bir xildir: har ikkalasida predmet 
1
Абу Али ибн Сино туғилган кунининг 1000 йиллигига. Мақолалар тўплами. –Т.: Фан, 1980. –18-б. 


365 
uning muhim belgilari orqali fikr qilingan. Xususan, «oʻz maydoniga 
egaligi», «axolisiga egaligi,«hokimiyat tarzida mavjudligigi», «siyosiy 
tashkilotdan iboratligi» davlatning muhim xususiyatlari hisoblanadi. Xuddi 
shuningdek, «millatning orzu-umidlari, maqsadlari, tub manfatlarini aks 
ettirishi» mi lliy gʻoya‘ning muhim belgilaridir. Agar tushuncha aks 
ettirayotgan predmetni A bilan, unda fikr qilinayotgan muhim belgilarini, 
ya‘ni fikrlash elementlarini a, v, s,..., n bilan belgilasak, tushunchaning 
mantiqiy strukturasini A (a, v, s,..., n) shaklida simvolik tarzda ifodalash 
mumkin. 
Mulohazalarda predmet bilan uning xossasi, predmetlar oʻrtasidagi 
munosabatlar, predmetning mavjud boʻlish yoki boʻlmaslik fakti haqidagi 
fikrlar tasdiq yoki inkor shaklda ifoda etiladi. Masalan, «YUksak ma‘naviyat-
engilmas kuch» degan mulohazada predmet (yuksak ma‘naviyat) bilan uning 
xossasi (engilmas kuch) oʻrtasidagi munosabat qayd etilgan. «Axloq huquq 
bilan uzviy aloqada» degan mulohazada ikkita predmet (axloq va huquq) 
oʻrtasidagi munosabat qayd etilgan. Mazmun jihatdan turli xil boʻlgan bu 
mulohazalar mantiqiy tuzilishiga koʻra bir xildir: ularda predmet haqidagi 
tushuncha (S) bilan predmet belgisi haqidagi tushuncha (P) oʻrtasidagi 
munosabat qayd etilgan, ya‘ni R ning S ga xosligi tasdiqlangan. Umumiy 
holda mulohazaning mantiqiy strukturasini (shaklini) S—R formulasi 
yordamida ifoda etish mumkin. 
Xulosa chiqarishda ham yuqoridagiga oʻxshash hollarni kuzatish 
mumkin. Masalan, 
―Gul – oʻsimlik‖. 
―Binafsha – gul‖. 
Demak, ―Binafsha – oʻsimlik‖. 
yoki 
―Har bir kimyoviy element oʻz atom ogʻirligiga ega‖. 
―Mis – kimyoviy element‖. 
Demak, ―Mis oʻz atom ogʻirligiga ega‖ kabilar. 
Bu xulosa chiqarish hollari mazmuni boʻyicha turlicha boʻlishiga 
qaramasdan, bir xil mantiqiy strukturaga ega. Har ikkalasida xulosani tashkil 
etuvchi tushunchalar xulosa chiqarish uchun asos boʻlib xizmat qilayotgan 
Mulohazalarda uchinchi bir tushuncha (birinchi misolda – «daraxt», ikkinchi 
misolda – «kimyoviy element» tushunchasi) orqali bogʻlangan. 
YUqoridagi keltirilgan misollardan tafakkur shakli fikrning konkret 
mazmuni nisbatan mustaqil holda mavjud boʻlishi , demak, oʻziga xos 
qonuniyatlarga egaligi ma‘lum boʻldi. Shuning uchun ham mantiqda uni 
alohida oʻrganish predmeti sifatida olib qarash mumkin. 
Tushuncha, mulohaza(hukm) va xulosa chiqarish tafakkurning 
universal mantiqiy shakllari, uning asosiy strukturaviy elementlari 
hisoblanadi. Muhokama yuritish ana shular va ularning oʻzaro aloqalarga 


366 
kirishishi natijasida vujudga keladigan bilimlarning boshqa mantiqiy 
shakllari,strukturalari (masalan, muammo, gipoteza, gʻoya, nazariya va shu 
kabilar)da amalga oshadi. 
Muhokama yuritishda ishonchli natijalarga erishishning zaruriy 
shartlari qatoriga fikrning chin boʻlishi va formal jihatdan toʻgʻri qurilishi 
kiradi. CHin fikr oʻzi ifoda qilayotgan predmetga muvofiq keluvchi fikr 
hisoblanadi (masalan, «temir – metall»). Xato fikr predmetga mos 
kelmaydigan fikrdir (masalan, «temir – metall emas»). Fikrning chin yoki 
xato boʻlishi uning mazmuniga tegishli xususiyatlaridir. 
Fikrning chin boʻlishi mantiqiy fikr yuritishning zaruriy sharti boʻlsa-
da, oʻz xolicha etarli emas. Fikr muhokama yuritish jarayonida formal 
jihatdan toʻgʻri qurilgan ham boʻlishi kerak. Bu xususiyat fikrning shakliga 
taalluqli boʻlib, tafakkurda hosil boʻladigan turli xil mantiqiy strukturalarda 
sodir boʻladigan har xil mantiqiy amallarda oʻz aksini topadi. 
Fikrni toʻgʻri qurishga tafakkur qonunlari talablariga rioya qilgandagina 
erishish mumkin. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   175   176   177   178   179   180   181   182   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish