Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

Internet va ijtimoiy tarmoqlardagi virtual muloqotning ijobiy va 
salbiy jihatlari. 
―Virtual‖ (lotincha virtualis - imkoniyat) real koʻrinishga 
ega emas, lekin ma‘lum shartlar qoʻyishi mumkin deganidir. Virtual suzi IV 
asrda qadimgi Vizantiya falsafasida qoʻllanilgan. Hozirgi kunga kelib, virtual 
soʻzi reallik koʻrinishiga etib keldi. Kompyuter xuddi magnit metallni 
tortgani 
kabi, 
kishilarni 
undan 
kuchli 
oʻziga 
tortmoqda. 
Kompyuter oʻyinlari oqibatida yoshlarning miya faoliyatida oʻzgarishlar 
kuzatilgan. Ya‘ni, katta yoshli kishining miya faoliyati yosh bolaniki kabi 
uzgarib qolishi, bolaning miya faoliyati esa aksincha ancha katta 
yoshdagilarnikiga oʻxshab oʻzgarishi kuzatilgan. Virtual olamda bolalar ruhiy 
holati hamda kompyuter qarshisida kattalar kabi oʻzini tutishi namoyon 
boʻlgan. Ming afsuski, bolalar oʻzlarining begʻubor va takrorlanmas bolalik 
degan bebaho dunyosini virtual olamga almashtirib kemoqdalar. Koʻplab 
olimlar kompyuter oʻyinlari zararli ekani va hatto ha‘lokatga olib kelishini 


351 
ta‘kidlashgan. MISOL: 2005 yilning oktyabr oyida Xitoylik qiz bir necha kun 
tinimsiz kompyuterdagi "World of Warcraft" oʻyinini uynashi natijasida 
vafot etgan. Xuddi ichkilikbozlik, giyoxvandlik illatlari kabi kompyuter va 
virtual oʻyinlar ham uz nogʻorasiga uynatish xususiyatiga ega. Katta 
yoshdagi kishilar real hayotda ham uzlarini bolalardek tutib, ma‘suliyatsiz 
boʻlib qoladi. Bir bolaning aytishicha, otasi shu qadar internetdagi oʻyinlar 
ummoniga shungʻib ketganki, natijada oilaviy ziddiyatlar kelib chiqqan. 
Germaniya‘ning Charite universiteti ilmiy xodimlarining 20 kishidan iborat 
guruh ichida oʻtkazgan tajribasida shu narsa namoyon boʻldiki, 
ishtirokchilarga mashhur oʻyinlardan olingan suratlar namoyish qilinganda, 
ularda xuddi ichkilik, giyoxvandlikka ruju quyganlar kabi patologik 
oʻzgarishlar roʻy bergan. 
―Notingem trend‖ universiteti ilmiy xodimlari¬ning 7000 kishilik 
kuzatuv tajriba guruhida olib borgan tatqiqotlari natijasida guruhdagilarning 
12 
foizida 
kompyuter 
oʻyinlariga 
tobelik 
aniqlangan. 
Oʻyinga tobe boʻlganlar har doim ruhshunos maslaxatiga muhtoj boʻlib 
qoladi. Uzlarini shaxsiy hayotlari oʻzgarib borayotganini, qilayotgan 
ishlaridan 
qoniqish 
sezmayotganini, 
oddiy 
insoniylikni 
yoʻqotib 
quyayotganini, kayfiyati tushkun boʻlishi, faollik yoʻqolishi, jizzakiligidan 
shikoyat qiladi. Olimlar kompyuterga tobelikni 4 bosqichga boʻlishadi: 
birinchi moslashish, undan keyin tezda kirishish, insonning shaxsiy 
omillariga ta‘siri, soʻngi bosqichda insonlar kompyuter oʻyinlarini hayotining 
ajralmas bir boʻlagi sifatida koʻradilar. MISOL: Yoshlar qiziqib oʻynaydigan 
GTA (GTA) oʻyiniga nazar solsak, birinchi qiladigan ishi shuki, zoʻravonlik 
bilan shahar ichidagi avtoulov haydovchining yoʻlini toʻsib, avtoulovni olib 
qoʻyadi. Keyingi ish politsiyadan qochish bilan bir qatorda yoʻlida uchragan 
kishilarni vahshiylarcha urish, tepish, hattoki oʻldirishgacha boradi. SHu 
yoʻsinda oxiri yoʻq bosqichlardan oʻtib, olgʻa yuraveradi.
Kompyuter oʻyinlari-birmuncha ziddiyatli hodisa. Uyda, oʻqish va 
hatto ish joyida ham berilib kompyuter oʻynaydiganlar koʻpchilikni tashkil 
etadi. Kompyuter oʻyinlarini soatlab oʻynash, ularga mukkasidan ketish aslo 
yaramaydi. Chunki virtual olam ajoyibotlarini haqiqiy hayotning quvonch va 
tashvishlaridan ustun bilish alal-oqibat shaxsning insoniylik qiyofasi 
yoʻqotilishiga olib keladi. Gʻarb davlatlarida yoshlar oʻrtasida kompyuter 
oʻyinlarining zararini kamaytirish maqsadida bir qancha ishlar amalga 
oshirila boshlandi. Fransiyada kompyuter oʻyinlarida toʻkiladigan qonning 
qizil rangda emas, yasxil rangda boʻlishi joriy etilgani, Belgiyada kompyuter 
klublarida pornografik oʻyinlarni targʻib qilish qamoq, ja‘zosi bilan 
ja‘zolanishi ana shu islohotlarning bir koʻrinishidir. 
"Virtual Image Productions" kompaniyasining direktori: "Kompyuter 
oʻyinlari oddiy oʻyinchoq, boʻlmay qoldi. Ular jaholatni oʻrgatish vositasiga 
aylanib ketdi va biz bolalarimizni tepkini bosib rohatlanishga oʻrgatyapmiz. 


352 
Ammo biz real hyotda buning oqibati qanday boʻlishini oʻrgatmayapmiz". 
Xoʻsh, nega ular gʻimirlab qolishdi, nega boshida oʻzlari bu oʻyinlarni targʻib 
qilishdi-yu, endi paytavalariga qurt tushib qoldi? Chunki ular asl haqiqatni 
anglab etishdi. Bola ongi buzilsa, kelajak ham buzilishini biroz kech 
anglashdi. Virtual olam insonni manipulyasiya (fikriy qaramlik orqali oʻziga 
boʻysundirish) qilmokda. Hozir bolalar yoki oʻsmirlarning internet-kafeni 
―ikkinchi uyi‖ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni 
koʻrsatadiki, onlayn oʻyinlarini oʻynovchilar ham, asosan, oʻsmirlar. 
Oʻsmirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi oʻziga xos davr 
hisoblanadi. Agar shu davrda oʻgʻil yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn 
oʻyinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi turgan gap. 

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish