Bashoratning
turlari
va
metodlari.
Oʻzbekiston
Milliy
ensiklopediyasida bashorat (arab - xushxabar)- ilmiy bilishning bir shakli,
hali toʻla ma‘lum boʻlmagan imkoniyat tariqasidagi hodisalar, turli jarayonlar
toʻgʻrisida oldindan fikr aytish
1
deya ta‘rif beriladi. Bashoratning dastlabki
shakli sifatida sezgi, ishora, kundalik tajribaga asoslangan intuitiv bashorat
hisoblanadi. Masalan, koʻp asrlik hayotiy tajriba asosida odamlar u yoki bu
hodisalarni kundalik hayotda qonuniy takrorlanishini anglab etadilar, hamda
ularni bir-biriga taqqoslashni oʻrganadilar. Jumladan qaldirgʻochlar Yer
bagʻirlab uchsa, ob- havo tez orada yomonlashishini kutish ma‘lum. Oddiy
1
Ўзбекистон Миллий энциклопедияси.
340
odamlarning kuzatuvchanligi, ijodiy zehni kelajakni prognoz qilishning
oʻziga xos shakli – xalq a‘lomatlarida oʻz ifodasini topadi. Odamlar ob-
havodagi oʻzgarishlarni va ularning hosilga ta‘sirini asrlar osha kuzatib
keladilar, hayvonlar, qushlar, qurt-qumursqalarning ma‘lum xulq atvoriga,
kunchiqar va kunbotar mahallarda quyoshning tusiga,bulutlarning shakliga
qarab ob- havoni bashorat qilishga odatlangan. Diniy bashorat ―vahiy
kelishi‖, oldindan aytish shaklida nomoyon boʻladi. Islomda hamma narsa
oldindan belgilanganligi haqidagi aqida bashoratning muhim jihatlaridan
biridir. Muhammad alayhissa‘lom ta‘limotiga koʻra, dunyoda hech narsa
Olloh irodasidan tashqa‘rida mavjud boʻlmagan va mavjud boʻlishi mumkin
emas. ―Har bir jon Ollohning izmi bilan va aniq belgilab qoʻyilgan muddatda
oʻladi‖ (Qur‘oni karim. 3-145).
Ilmiy bashorat haqidagi mumtoz nazariya kelajak haqida aniq bilimga
ega boʻlish imtiyoziga da‘vogarlik qiladi. Shuning uchun ham unga qat‘iylik
va bir xil aniqlovchi parametrga ega chiziqli rivojlanish xos. Unga koʻra
hozirgi kun kelajakni qanday belgilasa, oʻtmish ham hozirgi kunni shunday
belgilaydi. Ya‘ni, dunyoning barcha holatlarini – oʻtmishdan to olis
kelajakkacha – hisoblab chiqish va bashorat qilish mumkin.
Ilmiy bashorat nomumtoz nazariyaga koʻra kelajakni tahlil qilishda
grafik modelli rivojlanishning bosh yoʻnalishini oʻz ichiga qamrab olgan
sinusoid obraziga suyanadi. Uni chiziqli jarayonga taqqoslaganda kelajakni
tahlil qilishda aniqlovchining nisbatan moslashuvchan sxemasi yuzaga keladi
va yangi omil – tasodifning roli alohida e‘tiborga olinadi. Kelajakdagi
oʻzgarishlarning tasodiflarga asoslanishi izchil tushuniladi. Kelajakni
aniqlashdagi taxminiy oʻzgarishlar ehtimollik va katta sonlar qonuniga
binoan amalga oshiriladi. Unga koʻra kelajakda oʻzgarish qancha katta
boʻlsa, uning ehtimolligi shuncha kam boʻladi, zero, har safar real hodisa
bosh yoʻnalish – «oʻrtacha kattalik qonuni»ga yaqinlashadi. SHuningdek,
kelajakni individual tasavvur qilish muhim metodologik qiymatga ega
boʻladi.
Ilmiy bashorat postmumtoz nazariyaga koʻra avvalboshdan va
zamonning istalgan davrida kelajak noma‘lumligicha qolaveradi. Bunda
kelajakdagi oʻzgarishlar va taraqqiyot bosqichlari bir necha yoʻnalishning
biridan borishi mumkin boʻlib, bu koʻpincha biron-bir ahamiyatsiz boʻlib
koʻringan omil bilan belgilanadi. Ya‘ni tizim oʻzini qayta qurib, yangi
tashkillashtirish darajasi vujudga kelishi uchun oz miqdorda energiya bilan
ta‘sir koʻrsatishining oʻzi kifoya boʻladi. Arzimagan va kuchsiz boʻlib
koʻringan kichik bir oʻzgarish nafaqat kelajak haqidagi tasavvurlarni balki
uning manzarasini ham tubdan oʻzgartirib yuborishi mumkin. ayniiqsa
muvozanatdan uzoq sharoitlarda bifurkatsiya mexanizmlari faoliyat koʻrsatib,
ular ikkilanish nuqtalarining mavjudligini hamda rivojlanish davomiyligining
xilma-xilligini namoyon etadi. Shuning uchun ham ularning faoliyati
341
natijalarini oldindan bashorat qilish qiyin hisoblanadi. Bu haqida fikr yuritib
I.Prigojin ―Bifurkatsiya jarayonlari tizimning murakkablashuvidan da‘lolat
beradi‖ degan boʻlsa, N.Moiseev esa, «ijtimoiy tizimning har bir holati
bifurkatsiya holatidir»
3
deb ta‘kidlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |