Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim vaziri mirzo ulugʻbek nomidagi oʻzbekiston milliy universiteti


-2021 yillardagi Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish boʻyicha



Download 4,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet163/344
Sana22.04.2022
Hajmi4,6 Mb.
#573899
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   344
Bog'liq
2 5323548415055892818

2017-2021 yillardagi Oʻzbekistonni yanada rivojlantirish boʻyicha 
Harakatlar strategiyasida global muammolarning tavsifi. 
Globallashuv 
sharoitida tashqi aloqalar, xalqaro iqtisodiy munosabatlar rivojlanib, har bir 
shaxsning ma‘naviyati va intellektual sa‘lohiyatiga yangicha talablar 
qoʻymoqda. 
Oʻz 
navbatida, 
Oʻzbekiston 
Respublikasi 
xalqaro 


335 
munosabatlarning toʻlaqonli a‘zosi va uning ajralmas qismi hisoblanadi. 
Shuning uchun ham bugungi kunda mamlakatimizda yuksak ma‘naviyatli, 
yuqori bilimli va xalqaro talablarga mos keladigan mutaxassislarni 
tayyorlashga 
alohida 
e‘tibor berilmoqda. Mamlakatimizda bunday 
mutaxassislarga boʻlgan talab kelajakda ham oshib boradi. SHu bois yuksak 
ma‘naviyatli shaxsni tarbiyalash, ularni xalqaro mezonlar asosida tayyorlash 
ustuvor vazifalardan biriga aylanib bormoqda. Globallashuv bu butun jahon 
iqtisodiy siyosiy, madaniy integratsiya va unifikatsiya (bir-birga yaqinlashuv) 
jarayonidir. Asosiy xususiyatlari xalqaro mehnat taqsimoti, kapital, ishchi 
kuchi va ishlab chiqarish resurslarining erkin harakati, qonunchilik, iqtisodiy 
va 
texnologik 
jarayonlarni 
standartlashtirish, 
shuningdek, 
turli 
mamlakatlarning madaniyatining qoʻsxilish va yaqinlashuvidir. Bu obyektiv 
jarayon boʻlib jamiyatning barcha sohalarini qamrab oluvchi tizimli 
xususiyatga ega.
Hozirgi davrning asosiy global muammolarining tasnifi.
Global 
muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar uygʻunligi. Global 
muammolarning oʻziga xos xususiyatlari: jami insoniyat manfaati va 
taqdiriga ta‘sir koʻrsatish; iqtisodiy va ijtimoiy sohada inqirozlarga sabab 
boʻluvchi, chuqurlashgan taqdirda esa jahon sivilizatsiyasining mavjudligiga 
xavf soluvchi; yechimini topishga umumsa‘yyoraviy miqyosdagi 
hamkorlikni va birgalikda harakat qilishni talab qiluvchi muammolardir. 
Global muammolarning eng muhimlari quyidagilar: 

rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish; 

tinchlik va qurolsizlanish; 

ekologik muammolar; 

energetik muammolar; 

xom ashyo muammosi; 

gumanitar muammolar; 

oziq -ovqat va b.qlar alohida ajralib turadi. 
Rivojlanayotgan mamlakatlarni qoloqlikdan chiqarish muammosi 
hozirgi kunda jahonda mavjud barcha mamlakatlarning 30 foiziga yaqini 
qoloq hisoblanadi. SHularning 75 foizi Afrikada, 1 tasi Evropada, 4tasi 
Janubiy Amerikada va 11 tasi Osiyoda joylashgan. Iqtisodiy qoloqlik mazkur 
mamlakatlarda siyosiy barqarorlik hamda ijtimoiy tengsizlik, irqiy va diniy 
ziddiyatlarni keltirib chiqarmoqda.
―Dunyoning rivojlangan Ettiligi hamda Gʻarbiy Evropaning rivojlangan 
24 mamlakatida dunyo axolisining 23 foizi yashaydi. Ammo shu axoli jahon 
ishlab chiqarilayotgan energiya‘ning 75 foizini, yoqilgʻini 79 foizini, oʻrmon 
mahsulotlarining 95 foizini iste‘mol qiladi. Eng qizigʻi bu ashyolarning 
asosiy qismi uchinchi dunyo davlatlaridan olinadi‖
1

1
Исаджанов.А.А. Жаҳон иқтисодиѐтининг глобаллашуви. Ўқув қўлланма. –Т.: ЖДИУ, 2008., 9б. 


336 
Tinchlik va qurolsizlanish muammosi, insoniyatning shu paytgacha 
orttirgan harbiy sa‘lohiyati erdagi barcha tiriklikni bir necha marta yoʻq qilish 
imkonini beradi. SHu sababli bunday holatlarda javobgarlik va ma‘suliyat 
hukumat rahbarlariga tegishlidir. 
Ekologik 
muammolar. 
Ekologik 
tizimning 
degradatsiyalanishi 
toʻgʻrisidagi jarayonlarni qamrab olgan boʻlib, ularni shartli ravishda 
quyidagi qismlarga ajratish mumkin: ilmiy asoslanmagan, betartib tarzda 
tabiatdan foydalanish oqibatida atrof -muhitning degradatsiyalanishi; atrof- 
muhitning inson faoliyati chiqindilari asosida ifloslanishi; atrof- muhitning 
ushbu chiqindilar bilan zaharlanishi. 
Energetik muammolar. 1973 yilda yuz bergan energetika inqirozining 
oqibatlari hozirgacha sezilmoqda. Jahon va milliy tabiiy zaxiralarning 
kamayib borishi, atrof -muhitning ifloslanishi, neft -gaz qazib chiqarishning 
globallashuvi, sanoati rivojlangan davlatlar uglevodorod xom ashyo bilan 
ta‘minlanganligining pasa‘yishi, neft va gaz narxlarining oʻsib borishi 
oqibatida toʻlash qobilyatiga ega yirik iste‘molchilarning paydo boʻlishi 
energetik muammolarning kelib chiqishiga olib kelmoqda
1

Energetika muammosi xomashyo va uni saqlash, toʻgʻri taqsimlash, 
oqilona foydalanish, resurslarni saqlash zaruratini koʻrsatadi. CHunki buning 
ortidan ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy muammolar yuzaga kelib, ularni bartaraf 
etish yoʻli atrof -muhit bilan birgalikda hal etish lozimligi bilan belgilanadi. 
Gumanitar muammolar jiddiy masalaga aylanmoqda. Hozirgi paytda 
bir milliard axoli oʻta qashshoq va ochlikda, 4,8 milliard axoli tibbiy 
xizmatdan mahrumligi, bir yarim milliard axoli yashash sharoitiga ega 
emasligi juda achinarli hol. 
Oziq- ovqat muammosi insonning bir kunlik normasi 2400- 2500 
kkal.dan past boʻlmasligi lozim, toʻyib ovqat emaslik holati 1800 kkal.dan 
tushgan paytda sezila boshlaydi. Ocharchilik esa 1000 kkal.dan kam 
boʻlganda kuzatiladi. Bu jarayonlarni bartaraf etishning yagona yoʻli 
sivilizatsiya‘ni qayta tiklash va atrof- muhitni ifloslantiruvchi insonlar ongini,
e‘tiqodini, ruhiy tarbiyasini yangilash zaruriyati asnosida mavjudlikning 
tabiiyligini saqlab qolishdan iborat. Umid qilish mumkinki, insoniyat bu 
imkoniyatni topa oladi. 
Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvi; umumiy 
va xususiy manfaatlari. Globallashuv jarayoni kundalik hayotimiz 
umuminsoniy ahamiyatga ega boʻlgan muammolarni tobora koʻproq oʻz 
ichiga qamrab olmoqda: birinchidan, muayyan hodisa va jarayonlarning 
barcha mintaqalar, davlatlar va butun Yer yuzasini qamrab olganini, 
ikkinchidan esa insoniyat taqdiriga daxldor ekanligini anglatadi. XX asrning 
60 yillariga kelib, global muammolar miqyos va ahamiyatiga koʻra keng 
1
Сергеев П.А. Проблемы мировой энергетической безопасности // Мировая экономика и международные 
экономические отношения.2007.№ 12. с.24. 


337 
doirada namoyon boʻla boshladi. Bu muammolarni oʻrganish boʻyicha 
italiyalik Aurelio Pechchei tomonidan tashkil etilgan xalqaro nohukumat 
tashkiloti Rim klubining rolini alohida qayd etish joiz. SHu klub a‘zolarining 
sa‘y harakatlari natijasida muammoni bartaraf etishning turli yoʻllari 
yoritildi: dastlabki ishlardan biri umumjahon rivojlanishini matematik 
modelga qoʻyish edi. Ushbu model rivojlanishining asosiy parametrlari 
boʻlgan axoli, kapital qoʻyilma, qayta tiklanmaydigan resurslar sarflanishi, 
atrof -muhitning ifloslanishi, iste‘mol mollari ishlab chiqarishni e‘tiborga 
olgan edi. ―Dunyo-1,2‖ deb nom olgan modellarning asoschisi kibernetika va 
matematika fanlari professori Djey Forrestor edi. Bu modelga asosan, 
kelajakda insoniyat oldida global muammolar yuzaga kelishi bashorat qilindi. 
Keyinchalik ―Dunyo -3‖ modeli yuzaga keldi. Uning asoschisi dinamika 
tizimi sohasidagi mutaxasis Denis Medouz boʻlib, ―Oʻsish chegarasi‖ nomli 
ma‘ruzasida 75 yildan soʻng sa‘yyoraning xom ashyo manba‘lari tugaydi, 
iste‘mol mollarining etishmasligi global inqirozga olib keladi deyilgan edi. 
SHu narsani alohida ta‘kidlash jozki, ushbu matematik modellar tanqid ostiga 
olindi. Ularning asosiy kamchiligi, hozirgi kundagi jarayonlarning 
murakkabligi bois, ularni bitta modelga joylashtirish ishonchli natija 
bermaydi, hamda har qanday jarayon ham matematik miqdorlarda oʻz aksini 
topmaydi.

Download 4,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   159   160   161   162   163   164   165   166   ...   344




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish