O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim



Download 132 Kb.
bet8/9
Sana21.04.2022
Hajmi132 Kb.
#571231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xurshid Davron she’riyatida qôshimcha affikslarning qo’llanilishi

Birinchidan poetik obrazning kuchi, jozibasi, shoir ifodalamoqchi bo‘lgan fikr, his-tuyg‘u va kechinmani ma’no jihatidan tovlantirib berishi o‘rganildi.
Ikkinchidan shoir X.Davron poetik obrazlar orqali o‘ziga xos she’riyat yaratganligiga hamda shoir yaratgan obrazlar muxlislar qalbida yangidan inkishof etilganligiga amin bo‘ldik.
Uchinchidan X.Davron she’riyatida poetik obraz o‘z-o‘zicha yashamasligi balki badiiy g‘oya va badiiy detallar bilan birgalikda muayyan uzilmas xalqani tashkil etilganligi o‘rganildi.
To‘rtinchidan Xurshid Davron she’rlarida qushlar, bulutlar, mayus daraxtlar, quyosh, bog‘lar, daraxt barglari, dalalar, qish, qirov, kuz kabi ramziy-majoziy poetik timsollarda shoirning tuyg‘ulari o‘zgacha lavha, o‘zgacha manzara kasb etishligi tahlil qilindi.
Beshinchidan Xurshid Davron tabiatni rassomlarday o‘ziga xos tarzda ko‘ra olishligi, xuddi rassom kabi ko‘rganini o‘zi his qilganiday tasvirlashga qodir ijodkor ekanligi she’rlari misolida o‘rganildi.
Oltinchidan lirik qahramonning namoyon bo‘lishi, asosan, uning «men» i vosita ekanligi, bu I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi she’riy nutqda bevosita yo‘sinda ko‘proq, bavosita yo‘sinda esa kamroq faoliyat ko‘rsatishini tahlil qilishga o‘rindik.
Yetinchidan Xurshid Davronnning aksar she’rlari ko‘pincha tabiat tasviridan tashkil topuvchi tiniq va bokira obrazlar bilan uyg‘unlashishini
o‘rgandik.
Xurshid Davron yuqorida ijodi jamiyat va inson munosabatlari, bu munosabatlarning qay yo‘sinda shakllanishida muhim o‘rin tutgan ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy muammolar yuzasidan millat taqdiri, kelajagi uchun olib borilyotgan va olib borilajak kurashlarga ma’naviy zamin tayyorladi. Uning lirik qahramoni ruhiy olamida aks etgan davr, ijtimoiy tuzum, jamiyat, siyosat mohiyatining adabiy-badiiy manzaralari o‘quvchining qalb ko‘zini ochishga xizmat qiladi
Xullas, Xurshid Davron lirik shoir, nosir, tarjimon, tarixchi sifatida XX asr o‘zbek she’riyaida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Uning she’rlarida hurfikrlilik, oshkoralik nafasi ufurib turadi. Shoir ko‘zi bilan hayotga, olamga nigoh tashlasangiz,go‘yo hayratlar girdobiga tushasiz,dunyo sirga, sehrga to‘ladi, har bir narsa, hodisa o‘ziga xos ma’no kasb etadi, mavhum tushunchalar moddiy tusga kiradi, ona tabiatga o‘zingizni jondan his etasiz, jimjitlik suronini eshitib turasiz,yalpizlar hidini tuyasiz,yaproqni xuddi kitobday o‘qiysiz,qalbingizda bulbullar charx urganday bo‘ladi, oyga qarab ko‘zingiz yoshlanadi, nazaringizda daryoda suv emas xotiralar oqadi, tun kechalar uzoq bolaligingiz, yoshligingiz,daryo oqimi bosib o‘tgan yo‘l esa umr yo‘lingiz bo‘lib ko‘rinadi, qushlarning chug‘ur-chug‘urida olis bolalingizni ko‘rasiz, orzular qanotida oppoq bulutlardan-da balandroq parvoz qilasiz. Bu kabi go‘zal, sirli-sehrli manzaralar tasvirini Xurshid Davron bisotida istagancha topish mumkin.
Xurshid Davron she’rlarida romantik parvoz naqadar baland,xayollar, o‘ylar benihoya cheksiz bo‘lmasin,poetik maqsad,fikr-xulosa juda aniq, konkretdir; tabiat, olam sirlari haqidagi har qanday cheksiz o‘y-xayollar ham oqibat–natijada zamin tashvishlariga, jamiyat masalalariga, kundalik turmush muammolariga kelib taqaladi.
Bevosita inson tabiati,odam umrining mohiyati ustida so‘z borganda ijimoiy tahlil, inson xatti-harakatini ma’naviy-ahloqiy jihatdan baholash xiyla keskinlashadi. Shoirning lirik qahramoni ona yurtiga chin farzand ekanidan faxrlanadigan,el-yurt ichidagi o‘z o‘rnini,qadrini yaxshi anglaydigan, tevarak-atrofda yuz berayotgan barcha hodisalarga, yaxshi va yomon ishlarga o‘zini daxldor deb biladigan, har qadamda vijdoni oldida hisob berib turadigan, ma’naviy jihatdan yuksak, mustahkam e’tiqodli bir shaxs. Shoirning poetik obrazlari orom bilmaydigan,doimo izlanuvchi,masalaning mohiyatiga yetishga intiluvchi qalb egasi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish