Umr yо‘ldoshni tanlash nazaryalari. Jinsiy tafovutlar va oilaviy munosabatlar



Download 52,5 Kb.
bet1/3
Sana21.06.2022
Hajmi52,5 Kb.
#689437
  1   2   3
Bog'liq
1426044203 60335


Umr yо‘ldoshni tanlash nazaryalari. Jinsiy tafovutlar va oilaviy munosabatlar
Reja:
1.Umr yо‘ldoshni tanlish nazaryalari.
2. Jinsiy tafovutlar va oilaviy munosabatlar.

Nikox oldi omillari u yoki bu nikoxning yuzaga kelishiga asos bо‘lgan kо‘plab ijtimoiy, iqtisodiy, biologik, fiziologik, ma’naviy, axloqiy va bugungi kunimiz uchun eng muxim xisoblangan psixologik omillarni о‘zida mujasamlashtirgan, kо‘p qirrali omillar kompleksidan iborat bо‘lib, oila qurayotgan yoshlarning о‘zlari qurayotgan birgalikdagi turmushga qay darajada “yetilgan”liklarini bnlgilab beradi. Bu yerda eng muximi shu yoshlarning oilaviy xayotga, er-xotin bо‘lib yashash talablariga qay darajada javob bera olishligi nazarda tutiladi.


Nikox oldi omillari qatoriga shu oila qurayotgan yoshlarning: oilaviy xayotga yetukligi: ularning oila qurish motivalari: ularning oila qurishguniga qadar bir-birlarini tanishlik muddati (qancha vaqt bir-birini yaxshi bilish) shartlari va sharoitlari: ularni о‘zlarining bо‘lg‘usi oilaviy xayotlari haqidagi tasavvurlari kabilarni kiritish mumkin. Albatta, bu omillarning xar biri turli yoshlarda turlicha xarakterda bо‘lishi mumkin, shu bilan birga ularning xar biri о‘z navbatida yana bir necha turlarga farqlanadi.
Nikoxga yetuklik tushunchasi о‘ta murakkab va nisbiy tushunchadir. Chunki odam doimo rivojlanib, takomillashib boruvchi, kasb-xunar faoliyatida yoki ma’naviy va axloqiy rivojlanishida muntazam yangidan-yangi chо‘qqilarga erishib boruvchi mavjudotdir. Agar insonni u yoki bu faoliyatiga “tо‘la yetuklik” xususida gapiradigan bо‘linsa, demak bu uning ma’lum bir chegaraga erishgani va undan ortiq rivojlanish mumkin emasligini bildirdi. Shuning uchun xam odamning nikoxga yoki biron-bir faoliyatiga yetukligi haqida gapirilganda “yetuklik” tushunchasi tom ma’noda о‘rinli bо‘la olmaydi. Shuning uchun xam kishining “yetukligi”, ayniqsa, nikoxga, oilaviy xayotga “yetukligi”masalasida fikr yuritilganda bu tushunchadan ma’lum bir umumqabul qilingan andoza, о‘rtacha meyor, ma’lum bir shartli “о‘lchov birligi”, kо‘rsatkichlar va shu kabilar sifatidagina foydalaniladi.
Masalan,barcha о‘quv yurtlari (maktab, litsey, kollej, institutlar) uchun bitirish imtixonlari (davlat imtixonlari tizimi, diplom ishlari ximoyasi tizimlari kabilar) mavjud bо‘ladi va ular yordamida bitiruvchilar tomonidan о‘zlashtirilgan о‘rtacha bilimlar va ular yordamida malaka yig‘indisini aniqlash mumkin. Bu esa ularga keyinchalik yana о‘qishni davom etirish yoki ma’lum bir mutaxasislik bо‘yicha ishlashi mumkinligi borasida ma’lum bir huquq beradi. Shu nuqtai- nazardan olinganda “yetuklik”-rivojlanishning ma’lum bir bosqichi, fazasi, chegarasiga yetilganlikning sifatiy va miqdoriy xarakteristikasini ma’lum bir aniqlikda belgilab beruvchi kо‘rsatkich bо‘lib xizmat bо‘lish. Odamning nikoxga, oilaviy xayotga yetukligi masalasi esa о‘ta murakkab biron- bir qat’iy myor bilan о‘lchab bо‘linmaydigan indivudal xarakterga ega bо‘lgan kо‘rsatkichdir.
Masalan, nikoxga yetuklik deyilganda oila quruvchi yoshlarning: jimoniy (fizologik), jinsiy, huquqiy, iqtisodiy, ma’naviy-axloqiy, psixologik kabi yetuklik jixatlarini farqlash mumkin. Bularning orasida huquqiy, jinsiy yetuklik kо‘rsatkichlari yetarlicha aniq alomatlarga, belgilarga ega bо‘lgan va bular haqida tngishli huquqiy, tibiiy, psixologik adabiyotlarda kо‘plab malumotlar berilgan jixatlar bо‘lsa, iqtisodiy , ma’naviy-axloqiy, psixologik jixatlar biroz murakkabroq, qa’tiy bir kо‘rsatkich, bir chegaraga ega emasligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, odamning jinsiy yetukligi о‘ziga xos omillarga ega. Klinik kuzatishda olingan ma’lumotlarga kо‘ra, xozirgi zamon qizlarida jinsiy yetuklik (balog‘atga yetish) 12-14 yoshgacha, о‘g‘il bolalarda esa 14-16 yoshga tо‘g‘ri keladi. Albatta, bu yetuklik ba’zi bir bolalarda ertaroq, boshqa birlarida kechroq rо‘y berishi mumkin. Bu kо‘rsatkichlar 2 yoshga farq qilishi extimoldan xoli emas. Ayrim tibbiyot olimlari bolalarni tо‘la jinsiy yetilishlari uchun yana 2-3 yil kerak bо‘ladi, deb xisoblashadi.
Jinsiy yetilish qa’tiy jinsiy extiyojlarining shakllanishiga olib keladi. Bu davrga kelib bolalarda ikkilamchi jinsiy alomatlar namoyon bо‘la boshlaydi. Jinsiy sekretsiya bezlarining faolligi ortadi. +iz bolalarda oylik sikllari (menstruatsiya), о‘g‘il bolalarda pollyusiyalar rо‘y bnra boshlanadi. Boshqacha qilib aytganda, ularda pubnrtat davr boshlanadi. Demak, bu davrga kelib bolalarning moddiy va ma’naviy qiziqishlari о‘sib borishi bilan bir qatorda, jinsiy extiyojlar shaxs vaolligining kuchli manbalaridan xisoblanib, u turli psixologik va ijtimoiy shakllarda namoyon bо‘la boshlaydi.
Jinsiy maylning,jinsiy extiyojning yuzaga kelishi odamni biologik rivojlana boshlanishing о‘ziga xos bosqichidir. Ular bola ruxiyatining rivojlanishiga, uning shaxs sifatida shakllanishiga,xayot faoliyatining boshqa jixatlariga katta ta’sir kо‘rsatadi.
Shaxsning psixologik yetukligi deyilganda,dastavval, uning turli xayotiy vaziyatlar va sharoitlarni xushyor baxolay olish nazarda tutiladi. Bu xushyorlik amaliylik, voqelikni tо‘g‘ri baxolay olish, shaxsda о‘zining yutuq va kamchiliklarni, bilim, malaka va qobiliyatlarini yetarlicha obyektiv baxolay olishda xam namoyon bо‘lishi kerak. Afsuski, kо‘pincha yoshlar о‘z qobiliyatlarini ortichqa baxolab, oldilariga erishib bо‘lmaydigan maqsadlarni qо‘yib olish xollariga duch kelinadi. Ayniqsa, oilaviy xayotni tasavvur qilish, unda о‘z о‘rnini baxolash masalasida yoshlarimiz kо‘proq xatoga, о‘zlarini ortirib baxolashga, oilaviy xayotdan mumkin bо‘lganidan kо‘proq narsani kutish xollari kо‘proq kuzatiladi. Natijada mufavvaqiyatsizlik, pushymon bо‘lishlar, asab buzilishlar yuzaga keladi. Psixologik yetuk shaxs esa aksincha, о‘z oldiga erishishi muqarrar bо‘lgan, bunga imkrniyatlari yetarli bо‘lgan maqsadlarni qо‘yadi, о‘z xayot yо‘lini va unga erishish vositalari xamda usullarning tо‘g‘ri belgilaydi. Bunday shaxs о‘z xissiyoti, kechinmalarini yetarlicha nazorat qilib bilishligi, ya’ni ichki intizomning yuqori rivojlanganligi bilan xarakterlanib turadi. Psixologik yetuklik о‘zga shaxslarning xoxish , istaklari, kechinmalarini tushunish bilan ma’lum darajada bog‘liq. Bu о‘z navbatida muloqatning, xamkorlikning yaxshi yо‘lga qо‘yilishiga, oilada, turli guruxlarda gormonik munosabatlarning о‘rnatilishiga imkon beradi. Turli yoshdagi, mansab, lavozim, toifadagi odamlar bilan, qiziqishi, odatim, ta’bi, turmush tarzi mutloqa boshqacha bо‘lgan odamlar bilan erkin va mantiqlimunosabatda bо‘la olish- shaxs psixologik yetuklikning asosiy xususiyatlaridan biridir.
Yoshlar oila qurayotganlarida bu xususiyatlar xal qiluvchi bо‘lib xisoblanadi.Albatta, bunday qobiliyatlar bir kunda shakllanmaydi. Ular oldingi xayot davomida unga berilgan tarbiya ta’sirida asta-sekinlik bilan shakllanadi. Psixologik yetuklik, shaxs xulqini turli yashash sharoitlariga moslashuvchanligida ifodalanadi. Psixologik yetuklik shaxsningboshqalarga nisbatan bо‘lgan ijobiy munosabatlari: xamdardlik, xamfikrlik, g‘am-tashvishga sherik bо‘la olish, о‘zaro yordam kabilar tarzida namoyon bо‘la oladigan ma’naviy sifatlarning tarkibiy jixatlarini о‘zida biriktiradi. Psixologik yetuklikning muxim mezonlarida biri-shaxsda oilaviy muammolarni adolatli xal etishga xizmat qiluvchi о‘z yо‘q fikri, qarashi, pozitsiyasini bо‘lishi, zarur bо‘lganda oila manfaatida о‘z qarashlarini ota-onalari oldida ximoya qila olishidir. Bir qarashda erkaklarning sevimli ishlari bu o’zlarining obro’ — martabalari yuqori bo’lishi haqida tinmay o’ylash, oila va naslni davom ettirishni hayollariga ham keltirmayotgandek tuyulishi mumkin. Lekin umr davomida bir bora bo’lsa ham, erkak kishining hayoliga umr yo’ldoshni qanday tanlash kerak degan savol keladi. Bu ishga mas’uliyat bilan yondashish kerakligini anglab yetadilar.
Bir ayol bilan turmush qurishdan avval uni yaxshilab kuzatish va o’rganish lozim. Asosiy ahamiyatni nimaga qaratish kerak? Bugun Saytimiz‘da shu haqda ma’lumot beramiz.

Download 52,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish