O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


II.BOB. X. DAVRON SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON TALQINI



Download 132 Kb.
bet6/9
Sana21.04.2022
Hajmi132 Kb.
#571231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xurshid Davron she’riyatida qôshimcha affikslarning qo’llanilishi

II.BOB. X. DAVRON SHE’RIYATIDA LIRIK QAHRAMON TALQINI.
II.1. LIRIK QAHRAMON VA SHOIR “MEN”INING POETIKLIGI.

Lirik qahramon» deyilganda mavjud she’riyatining kuzatilishidan tasavvur va tafakkur qilinadigan shoir siymosi-siyrati nazarda tutiladi. Shoirning borliq hamda inson mohiyatini, voqea hamda ruhiyatni idroklash tarzi, uslubiy xosliklari, yangicha fikrlari, bularni taqdim etishdagi joziba darajasi singari zaruriy tamoyillar shu tushunchaning ma’no qamroviga kiradi.


Lirik qahramonning namoyon bo‘lishi, asosan, uning «men» i vositasidadir. Bu I shaxs birlikdagi kishilik olmoshi she’riy nutqda bevosita yo‘sinda ko‘proq, bavosita yo‘sinda esa kamroq faoliyat ko‘rsatadi. Bevosita ko‘rinishdagi «men» ifodasini oshkor, bavosita hislanadigan «men»ni yashirin adabiy hodisalar sifatida tushunilsa, xato bo‘lmaydi. Har holati ayricha-ayricha emas, yaxlitdir va lirik qahramonnikidir. «Men» olmoshi —ko‘p ma’noli. Turlicha xislatlariga qarab «biz», «siz», «sen», «u» kabi boshqa olmoshlar hissiyotini bera oladi.
Shoir she’r syujeti talqinini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z shaxsi nomidan, o‘z tilidan ro‘yobga chiqarsa, bundagi «men»ning mavqei, albatta, yaqqol, ochiq-oydin idroklanib turadi. Ammo o‘zga inson, o‘zga predmet, o‘zga yaratiq va xilqat tili va nuqtai nazaridan bitilgan yoki shular va boshqa qandaydir hodisayu kechinmalar xususida «betaraf» yozilgan tasvirlarda «men» o‘zining ijoddagi mavqeini aslo yo‘qotmaydi. «Men» o‘zini o‘quvchiga hamisha hislatib turadi. Uning kuchi, salohiyati, ta’sirchanligi, quvvati esa boshqa masala.
Umuman olganda, poetik qoida-qonuniyatlarning, she’riyat masalalarining lirik qahramon «men»iga aloqador bo‘lmaydigani topilmaydi. Ma’lum bir she’riyatning istalgan jihati tadqiqi ham «men»ni sinchkov kuzatish, o‘rganish bilan bo‘ladi. «Men»ga doir hukm-xulosalar — lirik qahramonga, demakki, shu she’riyat, uning ijodchisiga baho. «Men» bilan, uning bayon etish manerasi bilan tanishuv va «muloqot», shuningdek, uni ilmiy-nazariy tadqiq etish adabiyot ilmida doimo dolzarb, ahamiyatli ish sanalgan.
Ayrim olimlarning ba’zi-ba’zida aytgan: «lirik qahramon shoirning o‘zi emas» qabilidagi fikrlari o‘ta nisbiyligi bois she’riyat muxlislari va ilmi adab ahlini hech ishontira olmagan. Keskin e’tirozlar paydo qilgan. To‘g‘ri, she’r «men»ini hamisha muallif «men»i, she’rdagi boshqa obraz hislari hamda qarashlarini, qiliq va qilg‘iliqlarini shoirning shaxsiy belgilari deb bo‘lavermaydi. Biroq bunday vaziyatlarda ham asar uslubi, pafosi, avtor pozitsiyasi orqali botiniy namoyon bo‘luvchi, hislanuvchi bavosita «men»ning mavjudligini rad etib qo‘ymaslik zarur.
Adabiy tur yoki janr o‘z qahramonini, qahramon o‘z adabiy tur yoki janrini tanlaydi degan naql bejiz emas. «Men»ning lirika olamida o‘z hukmron mavqei bilan muntazam sobit qolishiga, uning uslubga qarab rango-rang xosliklar bilan ko‘zga tashlanishiga, eng muhimi, «men» adabiy turning o‘z qonuniy taqozosi ekanligiga shubha yo‘q.
Shuning uchun har qanday adabiy tur ta’rifida uning «men» iga, har qanday «men» ta’rifida u mansub adabiy turga xos xususiyatlar hamohang, uyg‘unlikda bayon etiladi.
Ya’ni: Har bir tashqi hodisadan avval tilak, orzu, niyat, xullas — fikr tug‘iladi; har bir tashqi hodisa ichki, yashirin kuchlarning faoliyati natijasidir: poeziya voqeaning mana shu ikkkinchi, ichki tomoniga, bu kuchlarning tub negiziga kirib boradi, tashqi reallik, voqea va xatti-harakat ana shu kuchlardan o‘sib chiqadi... Bu-subyektivlik saltanati, bu ichki dunyo, o‘z ichida qoluvchi va tashqariga chiqmaydigan tashabbuslar dunyosidir. Bunda poeziya ichki elementda, tuyg‘u va ong doirasida qoladi; bunda ruh tashqi reallikdan o‘tib yashirinadi, tashqi olamni o‘zida aks etdirgan ichki hayotning mislsiz jilvalarini poeziyaga hadya qiladi. Bunda shoirning shaxsiyati birinchi o‘rinda turadi, biz hamma narsani faqat u orqaligina qabul qilamiz va anglaymiz. Bu lirik poeziyadir.
Badiiy adabiyotning boshqa turlarida ham ijodkor «men»i bor. Odatda nasriy asar muallifining «men»i adabiyotshunoslikda aynan she’riyatdagidek kuzatilmaydi. Masalaga boshqa tarafdan murojaat qilinadi. Bunga bir jihatdan ayni adabiy turning tabiati, xarakter-kayfiyati sababdir.
«Poeziya ideyaning ma’nosini tashqi ko‘rinishda ifodalaydi va ma’naviy olamni butunlay aniq, plastik obrazlarda uyushtiradi. Bunda hamma ichki ma’no yuzaga chiqadi va bu ikki tomon —ichki va tashqi tomonlar —bir-biridan ayrim holda ko‘rinmaydi, biroq bevosita jam holda olganda ular aniq reallikni — voqeani gavdalantiradi. Bu yerda shoir ko‘rinmaydi; plastik —muayyan dunyo o‘z-o‘zidan taraqqiy etadi, shoir esa o‘z-o‘zidan vujudga kelgan hodisaning faqat hikoyachisi bo‘lib qoladi. Bu epik poezidir» Turlar ta’riflari bilan mualliflar «men»larining tushuntirilishlarida o‘zaro muvofiqlik, munosiblik va taqozoviylikdan chetlab o‘tib bo‘lmasligini dramatik adabiy turga nisbatan ham bemalol aytish joizdir.
Alhosil, lirik «men» o‘z adabiy turining tabiati talablariga ko‘ra aksariyat hollarda roviy iuqtai iazari, g‘oyalari, asar pafosi orqali botiniy qiyofalanib, aksariyat holda bevosita idroklanadi; dramatik «men», dramaturgning voqealarda ishtiroki va ularga munosabat bildirishi yanada (deyarli batamom) cheklanishi bois, xuddi nasrdagidek asar qa’rida yashirinib turadi, taassurotlardan anglashiladi; nasrdagi «men» hayotni badiiy aks etgirish tamoyillarining tadrijiga barobar o‘zligini tanitib boradi; epik «men» va dramatik «men»lar yanada chuqur va o‘ziga xos logik idroklarni talab etadi.
«Ilmda «men»lar muammosini fundamental, davomli kuzatish uchun masalalarni yana liro-epik «men», har xil «men»lar mohiyatining muqoyasasi, turli «men»larning bir ijodda zuhur bo‘lishi tariqasida qo‘yib tadqiq etish, bizningcha qiziq, maroqli, foydalidir.
Nasr ijodkorining tasvir aro, syujet mobaynida «men» sifatida qiyofalanishi ham bavositalik hamda bevositalik yo‘sinlarida yuzaga chiqadi. Albatta, nasriy asarlarda tashqi olam voqea-hodisoti, turfa qahramonlarning o‘zaro munosabati aniq timsollar harakati vositasida hikoyalanayotgani sababli yozuvchi «men»i ko‘pincha zimdan anglashiladi. Bevosita «men»ga esa, she’riyatdagidan farqli o‘laroq, kamdan-kam namunalarda duch kelamiz. Nasriy asar agarda bosh yoxud asosiy biror qahramon (ehtimol, muallifining o‘z kechmishi) tilidan hikoyalangan bo‘lsa, bevosita tuyulgan bu «men» bavosita «men» bo‘lib chiqishi mumkin. Ammo mantiqan razm solinsa, bunday usulda yozilgan hikoya, qissa, romanlarda ham men» mavjud bo‘ladi.
O‘z «men»ini kashf etmoqchi bo‘lgan she’riyat yo‘llarining zahmati, riyozati ko‘p va mushkul. Yo‘llarning barchasi ham mashaqqatgalab so‘qmoqlardir. Yo‘lini adashmay topolgan «men» ezgulik taraqqiysiga nechog‘lik ulush qo‘shadi? Ovozi qay hududlar qadar etib boradi, qanchalik e’tirof etiladi? Millat nomidan jaranglay oladimi? Umuminsoniyat madaniyatining tarixiy karvoni uni o‘z safiga qabul qiladimi?
«Biz yangi avtorning badiiy asarini o‘qiyotgan yoki mushohada qilayotganimizda qalbimizda paydo bo‘luvchi asosiy savol hamisha shunday: Qani, sen qanaqa odamsan? Va men biladigan barcha odamlardan nimang bilan ajralib turasan hamda hayotga qanday qarash kerakligi haqida menga qanaqa yangi gap ayta olasan? Agarda u bizga avvaldan tanish yozuvchi bo‘lsa, endi sen qanaqa odamsan deb surishtirib o‘tirmay, boshqacharoq tarzda:
Qani, menga sen yana qanaqa yangi gap aytasan? Hayotni sen menga qaysi tomondan ochib berasan? deymiz» (L.N. Tolstoy).
Adabiyotshunoslik ilmida lirik qahramon muammosi, aytish mumkinki, diqqat-e’tibordan hech qachon tushmagan. Bir paytlar mumtoz adabiyot namoyandalari lirik qahramonlarini tahlil etish majburiy mafkura buyrug‘iga ko‘ra yolg‘onga yoki bir yoqlamalikka, ko‘z bo‘yamachilikka yoki xaspo‘slashga, tushunmaslik yoki tan olmaslikka boshlagan bo‘lsa, masalaga chindan yondoshmoq zamoni kelib, munosabatlar o‘zgardi.
«Men» lirik qahramondagina baralla, namoyishkorona sarbonlik qiladi. Bor mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Har qanday his, taassurot, falsafa va joziba u orqali o‘tadi. Undan fikrchanlik, topqirlik, ehtiros, mahorat kutiladi. SHe’riyatning yutug‘i ham, yutqizig‘i ham uning sha’nigadir. Epik «men» mas’ullik va javobgarlikda garchand lirika «men»idan farqlanmasa-da, tasvirot jarayoni mobaynida o‘zini tez tanitmay turmog‘i mumkin. Tugal tanishuv sabrni, vaqtni, mutolaa nihoyasini talab etadi. «Men» epik talqinda hamma ishni o‘zi bajartib tursa-da, sahifalar qa’ridan pinhona boqadi. O‘zi sodir etayotgan voqealarga, o‘zi harakatlantirayotgan qahramonlarga sizda munosabat shakllantirib boradi.


Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish