O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim


I.2 SHOIR SHE’RIYATIDA RANG – TASVIR POETIKASI



Download 132 Kb.
bet5/9
Sana21.04.2022
Hajmi132 Kb.
#571231
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xurshid Davron she’riyatida qôshimcha affikslarning qo’llanilishi

I.2 SHOIR SHE’RIYATIDA RANG – TASVIR POETIKASI.
Aslida, san’at ijodkor qalb-u ongida kechgan his-tuyg‘u va g‘oyaning badiiy ifodasi o‘laroq yaxlit hodisa esa-da, biz uni turlarga ajratishga odatlanganmiz. Albatta, san’atni turlarga ajratib tasniflash madaniy hayotimizda judayam zarur. Ammo na ijodkor va na talabgor (o‘quvchi, tomoshabin, tinglovchi va hokazo) san’at turlarining yaxlit hamda uyg‘un hodisa ekanini unutishga haqli. Zero, chin asarning hassos yaratuvchisi olamni barcha sezgilari bilan idrok etadi. U ijod onlarida asariga musavvirning nigohlarini, shoirning tuyg‘ularini va musiqachining ohanglarini singdirib yuborishi mumkin.
Ba’zida, she’r deb tutganimizning asl jozibasi ana shunday uyg‘unlik sababidan ekanini “ang”lamaymiz, parvo qilmaymiz. Lekin she’r o‘qib ufqdan og‘ayotgan quyoshning bir to‘plam olov sochlarini ilib qolayotgan o‘rmonni (Oybek), bezavol maysaning bosh silkitishini (A.Oripov) yoki qorlariga qorishgan osmonning nurli changni elayotganini (R.Parfi) o‘z ko‘zimiz bilan ko‘rganday zavqlanishni, unda ajib bir hislarni tuyishni kanda qilmaymiz. Bu zavq esa biz nazarda tutgan uyg`unlikning mevasi, asli.
She’riyat va rangtasvir – egiz san’atlar. Shuning uchun bo‘lsa kerak, qadimgi yunon shoiri Simonid she’riyatga zabonli rangtasvir, rangtasvirga esa soqov she’riyat deya ta’rif beradi. Bobomiz Abu Nasr Forobiy musavvir bilan shoirning san’atdagi moddasi ham, maqsadi ham o‘xshash ekanini aytib o‘tgan. Demak, ba’zan shoir musavvirning “mo‘yqalam”ini yoki, aksincha, musavvir shoirning “qalam”ini tutishga urinadi. Bunga ilhom pallasi ijodkor o‘zi his qilganini ko‘nglidagiday ifoda etolmasligi, “qalam”i ojiz qolayotganini his etishi sabab bo‘lishi mumkin:
Deymanki: “Boshqalar bilmay qoladir –
Shunday go‘zallikni! Attang, agar men
Rassom bo‘lsam edi, chizib berardim,
O‘xshash nusxa bilan, yozib berardim,
Shu ojiz holimda, shoirmanmi men?..”
Cho‘lpon San’atkorning barcha harakatlari “o‘quvchi”ga ko‘rganini, o‘ylaganini va his etganini huddi o‘zi tuyganiday yetkazishga qaratilgan. Balki uning boshqa san’at turlariga murojaat etishining bosh omili ham shundandir? Chunki, har doim ham ko‘rilganni so‘z bilan, aytilgani bo‘yoq bilan ifodalashning imkoni yo‘q. Masalan, shoir shunday “chigal” vaziyatda rangtasvirga xos ifoda unsurlarini she’riyatga ko‘chiradi. U olamni shoir bo‘lib emas, musavvir bo‘lib tasvirlashga kirishib ketadi.
Keling, yuqoridagi mulohazalarimizni bir misol vositasi tahlil qilib, tasvirning badiiy ifodadagi ahamiyatini yanada teranroq tasavvur qilib olamiz:
Yer ustida nurlar soyasi…
Oydin tun bu!
Go‘yo jodugar
Shahar uzra harir oq doka
Tashlab qo‘yib tomosha qilar.
Shoir Xurshid Davronning 1980-yilda yozilgan “Samarqandda oydin tun” nomli she’rida yaxlit manzara tasvirlanadi. Ya’ni, she’rni o‘qirkansiz ko‘hna Samarqandning tungi – oydin manzaralari ko‘z o‘ngingizda jonlana boshlaydi: Samarqand shahri… Tun… To‘lin oy shuqadar yorqinki, ko‘chada bino va daraxtlar soya tashlagan… Ammo shoirning maqsadi faqatgina go‘zal manzarani tasvirlashdan iborat emas. U o‘zi “chizayotgan” manzara qa’riga katta ijtimoiy dardni yashirgan. Qarang, she’rning ikkinchi bandida ijodkorning bu maqsadi yanada oydinlashadi:
Oy nuridan ilingan umid
Yuragimni qilar bezovta.
Ko‘ksaroyning soqchisi – ko‘r it
Egasini izlar mohtobda.
Aslida shoir manzarani tasvirlashda davom etsa-da, banddagi oy nurlarining tasviri lirik qahramon qalbidagi umid tuyg‘usini uyg‘otish vositasi bo‘lib kelmoqda. Ya’ni manzaraga lirik subyekt kechinmalari ta’sir etib, undagi ramziylikni oshirmoqda.
Osmon gulxan cho‘g‘lari tushib
Milt-milt etib yonayotgan shol.
Arvohlarning bezovta tushi –
Chinorlarni silkitgan shamol.
Osmondagi yulduzlar go‘zal istiora bilan cho‘qqa, osmonning o‘zi esa sekin-asta yonishni boshlagan sholga (bo‘yinga osib yoki teshigidan kiygizib qo‘yiladigan jazo taxtasi) o‘xshatiladi. Bu o‘rinda shoir mustabidning sekin-asta yemirilib, tugab borayotgan istibdodiga ishora etayotganini ko‘rishimiz mumkin. Be­zovta ruhlar esa ulug‘ ajdodlarimiz, buyuk o‘tmishimizga ishora. Lekin shoir bu ikki badiiy tashbehnida muayyan tasvir asosida beradiki, siz she’rni o‘qib ramzlar tili bilan tasvirni emas, tasvir vositasida ramzlar tiliga kirib borasiz.
Boshqacha aytganda, deylik, Abdulla Oripov va Shavkat Rahmon she’rida manzara lirik qahramon ko‘zi bilan ko‘rilgan tabiat tasviri bo‘lsa, Xurshid Davron she’rida ko‘rib-kuzatilgan voqelik tasvirini boricha berish bilan birga, undan olingan taassurotlar, his-kechinmalar ifodalanadi. Xurshid Davronda tasvir ramzga aylanmay turiboq estetik qimmat kasb etadi, o‘quvchida xuddi ko‘rib turgandek taassurot uyg‘otadi va bu taassurot tasviriy san’at asarini tomosha qilganda tug‘iladigan kechinmalardan kam bo‘lmaydi:
Mudroq nigoh ila boqaman,
Moziy yodi meni qilar mast.
Go‘yo daryo aro oqaman –
Manzilimni hech kim bilmas…
“Samarqandda oydin tun” she’rida o‘tgan asrning 80-yillarida xalqimiz ziyo­lilari ichida yanada olovlangan istiqlol orzusining taftini his etish mumkin. Zero, shoir tasvirlayotgan manzaraning har bir detali istiqlol tuyg‘usiga ishora etadi. Ammo, bu she’rda bizning e’tiborimizni tortgan eng muhim jihat asar ortidagi subyektning shoirga o‘xshamasligi, u ko‘proq o‘z hislarini tasvir asosida yetkazishga urinayotgan “musavvir” ekanligi bo‘ldi. Zero, musavvir o‘z tomoshabiniga nutqi vositasida so‘zlamaydi. Musavvir tasvir, bo‘yoqlar tilida so‘zlaydi.
Xurshid Davroning biz yuqorida misol qilib olgan she’rida va yana boshqa ko‘plab asarlarida ana shunday musavvirona ifodani ko‘rishimiz mumkin. Albatta, shoir bu o‘rinda bo‘yoq o‘rniga so‘zdan foydalanadi. U manzarani tavsiflamaydi, balki eng kichik unsurlari bilan tavsirlaydi. Shoir xuddi rassomday oldin tasvirni ko‘rsatib, keyin “dardi”ni so‘zlaydi.
Shoirning rangtasvir san’atiga xos ifoda shakllaridan foydalanishi she’r­ning jozibasini yanada oshiradi, badiiy g‘oyaning o‘quvchiga ta’siri kuchayadi. Zero, odamlarda ko‘z vositasida informatsiya qabul qilish boshqa sezgi a’zolariga nisbatan ortiqroq bo‘lmasa, ulardagi rivojlanish ham so‘nadi.
San’atlar o‘rtasidagi badiiy sintez masalasini o‘rganish adabiyotshunosligimizdagi dolzarb muammodir. Aytish mumkinki, o‘zbek adabiyotshunosligi badiiy sintezni o‘rganish borasida bir-ikki kichik tadqiqotlar bilan cheklanib qolgan. Badiiy sintezning judayam keng tarmoqli va muhim hodisa ekanligi e’ti­boridan mazkur kichik izlanishlarni dengizdan bir tomchiga qiyoslash mumkin.
Jahon madaniyati tarixida she’riyat va tasviriy san’atning o‘zaro uyg‘unligi masalasi haqida ko‘plab asarlar yozilgan. Bizning faoliyatimiz davomida yig‘ilgan ma’lumotlarga ko‘ra, hozirga qadar rus adabiyotshunos va san’atshunosligida badiiy sintezning birgina tarmog‘i hisoblangan she’riyat va rangtasvir o‘rtasidagi uyg‘unlik masalasida ellikdan ortiq kitob yozilgan.
Aytmoqchi bo‘layotganim, badiiy sintez masalasini o‘zbek adabiyotshunosigida ham ahamiyatli hodisa sifatida o‘rganishga ehtiyoj katta.
She’riyat va rangtasvir o‘rtasidagi badiiy sintezni tadqiq etish, avvalo, badiiy obrazning serqirra ifodaviy imkoniyati haqidagi tasavvurni kengaytiradi. Zero, obraz tabiatini tushunishimizda badiiy sintezning ahamiyati beqiyos. Ayniqsa, zamonaviy san’atlarni tushunishni badiiy sintezdan ayro qo‘yib bo‘lmaydi. Chunki, globallashuv davrida nafaqat madaniyatlar, balki kayfiyatlar ham qorishib ijodkor tobora qurama shakllarni yaratishga intilmoqda.
Bunga she’riyat, rangtasvir va musiqadagi modern yo‘nalishlarni misol qilib ko‘rsatish mumkin. Masalan, Bahrom Ro‘zimuhammadning “Tonggi manzara”, Faxriyorning “Giometrik bahor” kabi she’rlari mashhur modernist musavvirlar Pablo Pikasso va Salvador Dali chizgan suratlarni yodga soladi. Bahrom Ro‘zimuhammad o‘zining “Cho‘lpon – tong yulduzi demak” nomli kitobida san’atlarning o‘zaro yakdillikda talqin qilinishi, his etilishi, hozirgi davr modern she’riyatining tushunilishida asosiy kalit ekanligini aytib o‘tadi.
Demak, o‘zbek modern she’riyatini badiiy sintez tamoyillari asosida tahlil qilish, yangicha badiiylikni tushunish uchun katta ko‘mak beradi. Ayniqsa, vizual, turli shakl va figuralar bilan boyitilgan asarlarni tushunishda, badiiy obrazning o‘ziga xos qirralarini ko‘rishda, his qilishda uning amaliy ahamiyati yuqori.
Odatda ifodaviylik va tasviriylik san’at turlarini farqlovchi xususiyatlar sifatida tilga olinadi. Ya’ni tasviriy san’at turlarida (rangtasvir, arxitektura, haykaltaroshlik) badiiy obraz yaratishda tasvir yetakchilik qilsa, ifodaviy san’at turlarida voqelikni tasvirlashdan ko‘ra insonning ana shu voqelikdan olgan taassurotlari ifodasi birinchi planga chiqadi. Bu jihatdan badiiy adabiyot tasvirlash va ifodalash imkoniyatiga birdek ega ekani bilan boshqa san’at turlaridan ajralib turadi. Maxsus adabiyotlarda noplastik obraz yaratish lirikaning spetsifik xususiyati ekani aytiladi. Ya’ni lirikada epik turga mansub asarlardagi kabi tasviriylik emas, ifodaviylik kuchliroq. Bu xususiyati bilan u musiqaga yaqin turadi. Ammo ayni xususiyat undagi tasviriylik imkoniyatlarini chegaralamaydi.
Tasviriylik asosida obraz yaratishga intilish, albatta, lirikaning inson his-kechinmalarini ifodalash maqsadiga xizmat qiladi. Hozirgi zamon she’riyati lirikaga ko‘rish orqali idrok etiladigan, tasviriy san’atga xos usullarni ham olib kirdi. Bu jihatdan shoir Xurshid Davron she’rlari e’tiborimizni tortadi.



Download 132 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish