Oʻzbekiston respublikasi oliy va oʻrta maxsus ta’lim



Download 245,53 Kb.
bet7/8
Sana28.03.2022
Hajmi245,53 Kb.
#513950
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tursimetova M.R.-конвертирован

Ijtimoiy soliq


Soliq stavkasi budjet tashkilotlari uchun 25 foiz, boshqa soliq to‘lovchilar uchun 12 foiz miqdorida saqlab qolinadi.




Aylanmadan olinadigan soliq


Aylanmadan olinadigan soliqning bazaviy stavkalari 2021 yil darajasida (4 foiz) saqlab qolinadi.


2021 yilga mo‘ljallangan O‘zbekiston byudjetining yig‘ma parametrlari
va 2022−2023 yillarga mo‘ljallangan byudjet maqsadlari, milliard so‘mda


    1. Budjet jarayonini takomillashtirish


2020 — 2024-yillarda o‘zbekiston respublikasi davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida, Davlat moliyasini boshqarish tizimini yangi bosqichga olib chiqish va budjet intizomini yanada mustahkamlash, soliq-budjet tizimining shaffofligini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘laridan foydalanish samaradorligi va natijadorligini oshirish, Davlat budjetini o‘rta muddatli davr uchun rejalashtirishning zamonaviy usullarini joriy etish hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining “2020-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 30-dekabrdagi PQ-4555-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, Vazirlar Mahkamasi 24.08.2020 yildagi 506-son qaror qabul qilgan. Unga asosan:

    • soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;

    • makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;

    • budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

    • fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;

    • budjet hisobi standartlarini unifikatsiya qilish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

    • budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;

    • budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish belgilab qo’yilgan.

Ushbu qarorning strategiyasida Davlat budjeti to‘g‘risidagi ma’lumotlarning ochiqligi va shaffofligini hamda fuqarolarning budjet jarayonidagi ishtirokini ta’minlashga qaratilgan bir qator tadbirlar amalga oshirilayotganligi, shu jumladan Davlat budjeti Parlament tomonidan tasdiqlanishi, “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashri chop etilishi, Openbudget.uz axborot portali ishga tushirilishi, Davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi ma’lumotlar milliy hamda Xalqaro valyuta jamg‘armasining Davlat moliyaviy statistikasi (GFS) standartlariga muvofiq e’lon qilinishiga qaramasdan, Davlat moliyasini boshqarishni yanada takomillashtirishni talab etadigan bir qator yo‘nalishlari mavjud.
Jumladan:



    • davlat moliyasini boshqarish tizimida davlatning o‘rta va uzoq muddatli maqsadlariga erishish borasida strategik o‘rta muddatli istiqbollarini belgilash;

    • budjet tashkilotlari va muassasalari hamda davlat ulushi mavjud bo‘lgan korxonalarning hisobini alohida yuritish, shuningdek, vazirlik va idoralarning budjetdan tashqari mablag‘larini konsolidatsiyalashgan budjetda aks ettirish;

    • mahalliy budjetlarni mustaqil ravishda belgilash imkonini beradigan budjetlararo transfertlarni hisoblashning shaffof uslubiyatini ishlab chiqish;

    • davlat xaridlari va investitsiyalarini boshqarish samaradorligini oshirish, davlat qarzini boshqarish strategiyasini ishlab chiqish, davlat aktivlari va majburiyatlarini boshqarish uchun mavjud tavakkalchiliklarni baholashning samarali tizimini joriy etish.

Shu munosabat bilan Xalqaro valyuta jamg‘armasi va boshqa xalqaro moliya institutlari ko‘magida aniq maqsadlar, vazifalar va asosiy yo‘nalishlarni belgilovchi 2020 — 2024-yillarda O‘zbekiston Respublikasining davlat moliyasini boshqarish tizimini takomillashtirish strategiyasi ishlab chiqildi.
Strategiyada davlat moliyasi to‘g‘risida jamoatchilikka keng qamrovli ma’lumotlar berish va shaffoflikni ta’minlash, samaradorlik va natijadorlikka bosqichma-bosqich erishishga qaratilgan soliq-budjet siyosatiga o‘tish uchun
strategik yondashuvlarni ishlab chiqish hamda budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyati va javobgarligini oshirish kabi yo‘nalishlar ham belgilanmoqda. Strategiyani ishlab chiqishda nafaqat iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar, balki moliyaviy-iqtisodiy jihatidan tuzilmasi o‘xshash davlatlar tajribasi ham o‘rganib chiqildi.
Davlatni uzoq muddatli rivojlantirish konsepsiyalari hamda ustuvor davlat dasturlari, xususan, 2017 — 2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar strategiyasi mazkur Strategiyani ishlab chiqish uchun asos bo‘lib xizmat qildi.
Strategiyani amalga oshirish davri 2024-yilgacha mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi muhim maqsadlarni o‘z ichiga oladi:

      • soliq-budjet siyosatiga strategik yondashuvni tatbiq etish maqsadida o‘rta muddatli budjet asoslarini ishlab chiqish hamda yillik budjetni shakllantirishning yangi “natijaga yo‘naltirilgan budjet” tizimini joriy etish;

      • makrofiskal prognozlar ishonchliligini ta’minlash bo‘yicha institutsional salohiyatni va budjet jarayoni ishtirokchilarining mas’uliyatini oshirish;

      • budjet mablag‘larini taqsimlovchilar va mahalliy davlat hokimiyati organlarining budjet sohasidagi vakolatlarini va hisobdorligini oshirish hamda ularning mas’uliyatini kuchaytirish;

      • fiskal tavakkalchiliklarni baholash, moliyaviy aktivlar va majburiyatlar hisobini yuritish hamda ularni samarali boshqarish tizimini joriy etish;

      • budjet hisobi standartlarini birxillashtirish, ichki nazorat va audit tizimini takomillashtirish orqali moliyaviy intizomni mustahkamlash;

      • budjet ma’lumotlarining ochiqligi, to‘liqligi va xalqaro standartlarga mosligini ta’minlash;

      • budjet jarayoni ustidan parlament va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish.

Strategiya maqsadlariga erishish uchun quyidagi asosiy vazifalarni amalga oshirish zarur:

      • uzoq muddatli davlat moliyaviy barqarorligini ta’minlashga qaratilgan strategik o‘rta muddatga mo‘ljallangan soliq-budjet siyosatini yuritish;

      • makroiqtisodiy cheklovlar va vazifalarni nazarda tutuvchi budjetlashtirishning “yuqoridan pastga” yondashuvini joriy etish yo‘li bilan soliq- budjet nazoratini kuchaytirish va barcha budjet jarayoni ishtirokchilarining javobgarligi va hisobdorligini oshirish;

      • budjet mablag‘lari taqsimlovchilari uchun ajratiladigan budjet mablag‘larini dasturlar kesimida tasdiqlash va natijadorligini baholash tizimiga bosqichma-bosqich o‘tish;

      • fiskal tavakkalchiliklarini baholash hamda zamonaviy makroprognozlashtirish modullarini qo‘llashni joriy etish;

      • budjet jarayonining shaffofligi va budjet ma’lumotlarining ochiqligini oshirib borish, jumladan davlat budjeti ijrosi to‘g‘risidagi hisobotni Parlamentga taqdim etish jarayonini takomillashtirish va shaffofligini oshirish;

      • budjetlararo munosabatlarni isloh qilish, mahalliy boshqaruv organlarining mustaqilligini va javobgarligini oshirish hamda budjetlararo transfertlar taqdim etish qoidalari asosida ularni ajratishning shaffof mexanizmini joriy etish.

Mazkur Strategiyani amalga oshirish uchun Strategiyada belgilangan maqsadlarga bosqichma-bosqich erishishni nazarda tutuvchi harakatlar rejasi ishlab chiqilgan. Davlat korxonalarining islohoti, soliq islohoti, soliq-budjet shaffofligini ta’minlash bo‘yicha yo‘l xaritalari, davlat xaridlari tizimi islohotlari Strategiya bilan bir qatorda amalga oshiriladi. Strategiya muvofiqlashtiruvchi vosita bo‘lib, kelgusida ham individual islohotlar ishlab chiqilib, ular harakatlar rejasiga muvofiq amalga oshiriladi. To‘laqonli o‘rta muddatli budjetli rejalashtirishga o‘tish maqsadida soliq-budjet siyosatining asosiy yo‘nalishlarini va Davlat budjetini o‘rta muddatli davrga tayyorlash tamoyillarini, aniq maqsadlar va ularga erishish
muddatlarini belgilovchi hamda fiskal tavakkalchiliklar tahlili hisobga olingan holda o‘rta muddatli davr uchun fiskal strategiyani ishlab chiqish va uning ijrosini ta’minlash mexanizmini amalga oshirish choralarini ko‘rish zarur. Shu bilan birga, soliq-budjet prognozlarini tayyorlashda davlat organlari tomonidan foydalaniladigan o‘rta muddatli makroiqtisodiy prognozlar ishonchliligini oshirish choralarini ko‘rish va bu ma’lumotlarni hisobot davri yakunlari bo‘yicha haqiqiy ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash orqali baholab borish lozim. Budjet jarayoni bosqichlari (O‘zbekiston Respublikasi budjet tizimi budjetlarini tayyorlash, ko‘rib chiqish, qabul qilish va tasdiqlash) budjetni o‘rta muddatli rejalashtirishga o‘tilishi, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining nazorat funksiyalari, Moliya vazirligi hamda boshqa vazirlik va idoralarning (budjet mablag‘larini taqsimlovchilar) roli va funksional vazifalari qayta taqsimlanishi munosabati bilan qayta ko‘rib chiqiladi. Bunda, birinchi darajali budjet mablag‘larini taqsimlovchilarga dastlabki budjetdan ajratiladigan mablag‘larning chegaralangan miqdorlarini Vazirlar Mahkamasi tomonidan yetkazish orqali mazkur ajratilayotgan mablag‘larning Hukumat tomonidan belgilangan ustuvor yo‘nalishlarga muvofiqligi hamda taqdim etiladigan budjet so‘rovlarining sifat darajasining oshishiga erishish ko‘zda tutilmoqda.
Davlat moliyasi ustidan tashqi nazoratni kuchaytirish uchun soliq-budjet sohasidagi shaffoflikni, nazoratni va budjet hisobi sifatini oshirish uchun tashqi auditdan o‘tkazish funsiyalarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish, shuningdek, budjet mablag‘larini aniq vazirlik va idoralar kesimida tasdiqlash orqali parlament nazoratini kuchaytirish lozim. Soliq xizmatlarini ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida soliq ma’murchiligini va qoidalarini takomillashtirish orqali yashirin iqtisodiyotni ulushini qisqartirish hamda budjet daromadlarini oshirish. Soliq turlari bazasini takomillashtirish, resurs soliqlarini samaradorligini oshirish. Soliq imtiyozlarini maqbullashtirish jarayonini yakunlash orqali faoliyatning barcha ishtirokchilariga bir xil sharoit yaratish va raqobatni rivojlantirish. Davlat xaridlari tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari samarali elektron xaridlar tizimini yangilash va ishga tushirishni nazarda tutadi.
Barcha davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshiriladigan davlat xaridlarining shaffofligi va maqsadliligini ta’minlash maqsadida buyurtmachilarning xaridlarini bosqichma-bosqich g‘aznachilik ijrosi bilan qamrab olish bo‘yicha choralar ko‘riladi.
Soliq-budjet hisobotlarining keng qamrovliligini, solishtiriluvchanligini va yaxlitligini yaxshilash maqsadida:

    • Makro va mikro darajada soliq-budjet siyosatni boshqarish uchun juda muhim bo‘lgan soliq-budjet hisobotlari sifatini oshirish choralari ko‘riladi.

    • Soliq-budjet hisobotlarini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish Hukumatning joriy moliyaviy holatdan xabardorligini oshirish va xalqaro taqqoslash imkonini beradi.

    • Shu bilan birga, tegishli soliq-budjet siyosatini shakllantirishda, soliq- budjet prognozlashtirishni yaxshilashda va uzoq muddatli barqarorlikni ta’minlashda yordam beradi.

    • Soliq-budjet hisobotini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish davlat moliyasining barqarorligi hamda daromadlarni prognoz qilish imkoniyatlarini oshiradi va ishonchli baholash uchun soliq-budjet ma’lumotlarining solishtiriluvchanligini va muvofiqligini ta’minlaydi.

Davlat soliq-budjet siyosati mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kengaytirish chora tadbirlarida Davlat moliyasi to‘g‘risidagi ma’lumotlarning to‘liqligi, ishonchliligi va solishtiriluvchanligini oshirish maqsadida budjet hisobotlarini tuzishda asos bo‘ladigan iqtisodiy hamda vazifa jihatdan budjet tasniflari xalqaro standartlarga yanada muvofiqlashtirilishi lozim.
Bundan tashqari, davlat qarzining umumiy miqdoridagi o‘zgarishlarni sof moliyalashtirish hajmi va boshqa oqimlar bilan solishtirish to‘g‘risidagi ma’lumotlarning oshkor etilishi davlat qarzining shakllanishiga olib keladigan asosiy moliyaviy oqimlarni ajratish va tafovutlar yoki ma’lumotlarning yaxlitligini aniqlash imkonini beradi.
Shu bilan birga, alohida korxonalar va iqtisodiyot tarmoqlariga berilgan soliq imtiyozlari va preferensiyalar miqdori to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilish lozim. Soliq imtiyozlari va preferensiyalar berish natijasida Davlat budjeti daromadlarining kamaygan qismi to‘g‘risidagi ma’lumotlar amaldagi soliq-budjet siyosati va davlat sektori faoliyatini to‘liqroq baholash imkonini beradi. Soliq xizmatlarini rivojlantirish va soliq ma’murchiligiga raqamli texnologiyalarni kiritish kerak. Bunda soliq xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha mobil ilovalar sonini ko‘paytirish, onlayn nazorat-kassa apparati va virtual kassa tizimini qo‘llashni ta’minlash bo‘yicha choralar ko‘rish, birlamchi hisob-kitob hujjatlarini (elektron hisob-fakturalar tizimini to‘liq joriy etish) raqamlashtirish va birxillashtirish kabi choralar ko‘riladi.

Xulosa


Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, respublikamizda soliq siyosati davlatning maxsus vakolatli organlari tomonidan ishlab chiqiladi va amalga oshiriladi. Soliqlar bo`yicha har bir hokimiyat organi maxsus vakolatlarga ega bo`lib, ularning har biri o`z faoliyatlarini samarali olib borishda ushbu vakolatlardan foydalanadi. Bunda vakolatli organlar sifatida barcha hokimiyat organlari, jumladan, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari birgalikda faoliyat ko`rsatadi va unda Davlat soliq qo`mitasi soliq siyosatini amaliyotga joriy etishda muhim ahamiyatga ega bo`lgan vazifalarni bajaradi. Byudjet daromadlarini shakllantirishda yana bir muammo soliqlarni to’g’ri hisoblanmasligidir. Bu muammolarni hal etishda soliq nazorati va xorij tajribasidan foydalangan holda amaliyotga tatbiq etilayotgan soliq maslahatining ahamiyatini kuchaytirish lozim. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida davlat byudjeti nafaqat xarajatlari orqali, balki daromadlarini shakllantirish jaryonida ham iqtisodiyotni boshqaradi va tartibga soladi. Bunday holat birinchidan, soliq yukini kamaytirish orqali yuridik va jismoniy shaxslarga iqtisodiyotni rivojlantirishga o`z hissalarini qo`shishlariga imkoniyatlar berishdan iborat bo`lsa, ikkinchidan soliq stavkalarini kamaytirish orqali soliq to`lovchilar va soliq ob`ektlarini ko`paytirishni yuzaga keltiradi, uchinichdan esa soliqdan imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotga investitsiyalarni jalb etish, davlat ahamiyatiga ega bo`lgan sohalarni rivojlantirishga sabab bo`ladi.



Download 245,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish