O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim


Aholining tovarlar va xizmatlar iste’moli harajatlari



Download 1,74 Mb.
bet141/177
Sana27.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#413358
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   177
Bog'liq
ma\'ruza matni

4. Aholining tovarlar va xizmatlar iste’moli harajatlari.
Iste’mol ham iqtisodiy ham ijtimoiy ko‘rsatkichdir. Iqtisodiy ko‘rsatkich deyishimizga asos, iste’mol takror ishlab chiqarishning oxirgi bo‘g‘inidir. Iste’mol bir tomondan ishlab chiqarish va taqsimlash, ikkinchi tomondan aholi daromadiga bog‘liqdir.
Iste’mol ko‘rsatkichini, ijtimoiy deyishimizga asos iste’mol hayotni takrorlanishi uchun eng zaruriy shartdir. Jamiyat a’zolarining moddiy va ma’naviy ihtiyoji iste’mol natijasida qondiriladi.
Milliy daromad iste’mol va jamg‘arishga sarflanadi. Milliy daromadning iste’mol qismi: uy xo‘jaligining (aholining) pirovard iste’moli; davlat muassasalarining pirovard iste’moli (ma’orif, madaniyat, sog’liqni saqlash internat) va uy xo‘jaligiga xizmat qiluvchi tashkilotlarining pirovard iste’molidan tashkil topadi. (Kasaba uyushma, diniy tashkilotlar, siyosiy partiya turli fondlarning aholiga harajatlari).
Uy xo‘jaligining pirovard iste’moliga tovarlar sotib olish va xizmatlar haqqini to‘lash uchun ketgan harajatlar: oziq-ovqat, kiyim-kechak sotib olish; uy-joy, kommunal xizmatlar haqqini to‘lash; transport, kino-teatr, aloqa xizmatlari haqqi; majburiy va ko‘ngilli to‘lovlar: soliqlar, ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasiga, kasaba uyushma badali: tibbiy xizmatlar kiradi.
Aholi iste’moliga natura shaklida berilgan iste’mol mahsulotlari, o‘z tomarqa xo‘jaligida etishtirib, iste’mol qilingan mahsulotlar ham kiritiladi.
Uy xo‘jaligi harajatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar uch xil manbalar orqali olinadi.

  1. Maxsus oila bydjetini tanlab kuzatish natijasida.

  2. Aholining daromadlari va harajatlari balansini tuzish orqali.

  3. Maxsus hisob-kitoblar bo‘yicha.

Maxsus tanlab kuzatish yo‘li bilan va sotilgan mahsulotlar hajmi asosida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol miqdorini aholining o‘rtacha soniga bo‘lib, jon boshiga to‘g‘ri kelgan iste’mol miqdori aniqlanadi. Maxsus ilmiy muassasalar tomonidan aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlarini bir yilda iste’mol qilish miqdorining fiziologik me’yorlari hisoblangan. Aholining haqqiqiy iste’moli bu me’yorlar bilan taqqoslanib o‘rganiladi.
Inson eng avvalo, oziq-ovqat mahsulotlari iste’mol qilib, o‘zining fiziologik ehtiyojini qondiradi. Inson ehtiyojlarini turli toifaga mansub minglab aholi orqali o‘rgangan olim Maslou insonning birinchi navbatda qorni to‘q bo‘lishi lozim, degan xulosa kelgan. Olimlar insonlarning o‘z kuchlarini tiklashi uchun barcha zarur bo‘lgan elementlarini yetarli darajada ta’minlaydigan oziq-ovqat tovarlari iste’molining meyorlarini hisoblab chiqqan.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda, respublika aholisi non va non mahsulotlarini, o‘simlik yog‘i kabi mahsulotlarni belgilangan me’yorlardan ko‘p iste’mol qilar ekan, lekin ular iste’molini dinamik o‘rganish kamayish tendensiyasini ko‘rsatayotgan bo‘lsa, ham. Shu bilan bir vaqtda aholi sut va sut mahsulotlarini, tuxumni, mevalarni, ayniqsa baliq va baliq mahsulotlarini belgilangan me’yorlardan ancha kam iste’mol qilar ekan.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’molini statistik o‘rganish, shunday mahsulotlarning Respublikada ishlab chiqarish miqdorining o‘zgarishi bilan birgalikda olib boriladi. Ma’lumki, hukumatimizning aholini non va non mahsulotlari bilan mustaqil ta’minlash maqsadida qilayotgan harakatlari natijasida (ekiladigan yer maydonini ko‘paytirish, navlarini yaxshilash bilan hosildorlikni va sifatni oshirish) bug‘doy yetishtirish ko‘paymoqda.
Aholi daromadlari ko‘paygan sari sifatli va qimmatliroq oziq-ovqat mahsulotlarini harid qila boshlaydi. O'zbekiston aholi soni 1991-2011 yillarda 38,2 %ga ko‘payib, hozir 30 million kishiga yetib qoldi, lekin aholi soniga nisbatan aholi daromadlari yuqori sur’atlar bilan ko‘payganligi sababli, ularning go‘sht va go‘sht mahsulotlari, sut mahsulotlari, mevalar iste’moliga qilgan harajatlari ko‘payib bormoqda.
2.5-jadval
O‘zbekiston Respublikasida asosiy oziq-ovqat mahsulotlarining iste’mol qilinishi (aholi jon boshiga, kilogramm hisobida)

Ko‘rsatkichlar

Yillar

2011 yilda 1991 yilga nisbatan foizda

1990

2000

2010

2011

Non va non mahsulotlari

170

167

160

158

92,9

Go‘sht va go‘sht mahsulotlari

31

34

38

39

125,8

Sut mahsulotlari

183

162

239

242

132,2

Tuxum (dona)

97

47

138

140

144,3

Sabzavot va poliz ekinlari

107

128

238

241

225,2

Kartoshka

29

36

45

47

162,0

O‘simlik yog‘i va boshqa moylar

12

12

13

13

108,3

Shakar

12

16

17

18

150,0

Meva, jumladan, uzum

23

42

83

85

369,5

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, aholining jon boshiga o‘rtacha iste’molida go‘sht va go‘sht mahsulotlari 2011 yilda 39 kg bo‘lib , 1990 yilgi 31 kilogramdan 26 % ko‘pdir. Xuddi shunday ushbu yillarda aholi jon boshiga sut mahsulotlari iste’moli bo‘yicha 132 , 2 %ga tuxum – 144,3 %ga sabzavot va poliz ekinlari mahsulotlari – 225,2 %ga mevalar iste’moli esa – 369,5 %ga ko‘paygan. Shu bilan bir vaqtda non va non mahsulotlari iste’moli 1990 yilgi 170 kg dan, 2011 yilga kelib 158 kg gacha kamayib, fiziologik me’yorga yaqinlashib bormoqda.
Aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari iste’molining ko‘payishida qishloq xo‘jaligining rivojlanishining muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligiga katta e’tibor berilib fermerlik faoliyatini rivojlantirish uchun davlat tomonidan katta imtiyozlar berildi. Fermer xo‘jaliklariga yer maydonlari 50 yil muddatga ijaraga berildi. Ular yangi texnika va texnologiyalar bilan ta’minlash uchun banklardan imtiyozli kreditlar berish va lizing yo‘lga qo‘yildi. G‘alla maydonlari kengaytirildi. Yerlarning melirativ holatini yaxshilash ularning unumdorligini oshirish bo‘yicha bydjetdan mablag‘lar ajratildi.
Agarda, 2008 yilda yerlarning melirativ holatini yaxshilashga davlat bydjetdan 90,3 milliard so‘m ajratilgan bo‘lsa, 2011 yilga kelib bu maqsadlar uchun 178,6 milliard so‘m mablag‘ ajratildi. Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning yangi tezpishar, hosildor navlari yaratildi. Natijada qishloq xo‘jalik mahsulotlarni yetishtirish ko‘paydi.
2.6-jadval
Qishloq xo‘jalik mahsulotlarning asosiy turlarini yetishtirish dinamikasi



Mahsulot
turlari.

O‘lchov
birligi

1990

2000

2010

2011

2011 yil
1990 yilga nisbatan

Don

ming tn.

2038,2

4101,4

7504,3

7140,1

350,3

Kartoshka

ming tn.

336,4

731,1

1694,8

1862,4

553,6

Sabzavot

ming tn.

2842,5

2644,7

6346,5

6993,7

246,0

Poliz ekinlari

ming tn.

1000,0

451,4

1182,4

1294,7

129,5

Meva

ming tn.

660,4

790,9

1710,3

1871,1

283,3

Uzum

ming tn.

744,7

624,2

987,3

1090,2

146,4

Go‘sht
(tirik vaznda )

ming tn.

789,1

841,8

1461,4

1564,2

198,2

Sut

ming tn.

3034,2

3632,5

6169,0

6766,2

223,0

Tuxum

ming tn.

1231,8

1254,4

3061,2

3441,7

279,4

Jadval malumotlaridan ko‘rinib turibdiki, mustaqillik yillarida qishloq xo‘jalik mahsulotlarini yetishtirish barcha turlari bo‘yicha kamida 1,5 barobar ko‘paygan. Ayniqsa don ekin maydonning ko‘payishi va hosildorligining ortishi natijasida don mahsulotlari yetishtirish 2011 – yilda 1990 yilga nisbatan 3,5 barobarga ko‘paygan. Shuningdek, ushbu davrda kartoshka yetishtirish 5,5 barobarga, meva va sabzavot yetishtirish 2,5 barobardan ko‘proqga, tuxum tayyorlash 2,8 barobarga, go‘sht va sut tayyorlash esa qariyb 2 barobarga ko‘paygan . 2012 yilda qishloq xo‘jalik mahsulotlaridan yuqori hosil olingan bo‘lib, 7 million 500 ming tonna g‘alla, 2 million tonnadan ziyod kartoshka, 9 million tonnadan ortiq sabzavot va poliz mahsulotlari tayyorlangan.
Qishloq xo‘jaligida ilg‘or agrotexnologiyalarni qo‘llash natijasida 2015-yilgacha go‘sht va sut mahsulotlarini tayyorlashni 1,3 barobar, meva – sabzavot mahsulotlari tayyorlashni – 1,5 barobar, kartoshka yetishtirishni – 1,4 barobar, poliz va uzum yetishtirishni 1,3 barobarga ko‘paytirish rejalashtirilgan.
Aholining oziq-ovqat mahsulotlari iste’moli bilan bir vaqtda, nooziq-ovqat mahsulotlari iste’moli ham o‘rganiladi. Ayniqsa, bunda aholining madaniy – maishiy ehtiyojini qondiradigan tovarlar miqdori ko‘payib borsa, turmush tarzining yaxshilanib borayotganligini bildiradi. Shuning uchun har bir oilaga yoki 1000 kishi hisobiga to‘g‘ri keladigan televizorlar, muzlatkichlar, yengil mashinalar, kir yuvush mashinalari kabi tovarlarning to‘g‘ri kelishi aniqlanadi. Bu ko‘rsatkichning o‘zgarishi aholining turmush darajasini ifodalaydi.
Shuni alohida ta’kidlash lozimki, mustaqillikning dastlabki yillarida O‘zbekiston iqtisodiyoti bir tomonlama, faqat paxta xom ashyosini qisman qayta ishlashga mo‘ljallangan bo‘lib, xalq ehtiyoji uchun tayyor mahsulotlarning ko‘p qismi chetdan keltirilar edi. O‘sha davrda O‘zbekistonda iste’mol qilinayotgan kiyim – kechaklarning 25 % , trikotaj buyumlari va ip gazlamaning 30 %dan ko‘prog‘i, poyafzalning deyarli 50 % chetdan keltirilar edi .1
Shuning uchun ham Prezidentimiz o‘z faoliyati boshidanoq respublikamizning xalq iste’moli mollari jihatidan bunday qaramligini tugatish uchun sharoitlarni yaratishga katta e’tibor qaratdi. Natijada O‘zbekiston mustaqillik yillarida ( 1990-2010 yillar ) yengil sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 3,8 marta ko‘paydi. Hozirgi paytda to‘qimachilik sanoati korxonalari soni 2200 tadan ko‘proq bo‘lib, ular zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan. “ O‘zpaxtasanoat ” uyushmasiga qarashli 98 ta paxta tozalash zavodlari mustaqillik yillarida texnik va texnologik jihatdan to‘liq modernizatsiya qilingan bo‘lib, bir kunda 180 tonna paxta xomashyoni qayta ishlash quvvatiga ega. Mamlakat xududlarida 22 ta ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminali samarali faoliyat yuritmoqda. Birgina “Toshkent – tola” terminalida kuniga 500 tonna tolani qabul qilish va 900 tonnadan ortiq tolani eksport qilish imkoniyati mavjud. Bu terminalda paxta tolasi “Sifat” sertifikatlash markazining labaratoriyasi , bojxona , davlat karantin nazorati punkti joylashgan bo‘lib, eksport hujjatlar bir joyda, tezda rasmiylashtiriladi.
O‘zbekiston yengil sanoat mahsulotlari Braziliya, Indoneziya, Peru, Chili, Fransiya, Marokash kabi 40 dan ortiq mamlakatlarga eksport qilinadi. Mustaqillikning dastlabki yillariga nisbatan eksport hajmi 110 barobar oshdi. Toshkentda 2012 yil 17-18 oktyabrlarda bo‘lib o‘tgan VIII Xalqaro O‘zbekiston paxta va to‘qimachilik yarmarkasida 40 tadan ko‘proq davlatdan tashrif buyurgan kompaniyalar 670 ming tonna paxta tolasi, hamda umumiy qiymati 600 million AQSH dollaridan ziyod to‘qimachilik mahsulotlarini sotib olish bo’yicha shartnomalar imzolangan2. Faqat Xorazm viloyatida zamonaviy dastgoxlar bilan jihozlangan 458 ta yengil sanoat korhonalari 2012-yil 325 milliard so‘mlik to‘qimachilik mahsulotlari tayyorlagan. Bu mahsulotlarning katta qismi “Urganch baxmal”, “Xorazm ipagi”, “Koboteks ”, “Darital tekstil” kabi korxonalar hissasiga to‘g‘ri keladi , Shovot tumanida “ Uztex Shovot ” qo‘shma korxonasi 33 million AQSH dollari sarflanib 2012- yilda ishga tushirilgan bu korxona yiliga 5000 tonna sifatli kalava ip tayyorlaydi.
Iqtisodiyotning rivolanishi natijasida yengil sanoat mahsulotlarining aholi jon boshiga iste’mol qilinishi yildan yilga ortib bormoqda.
2.7-jadval
Asosiy yengil sanoat mahsulotlarining aholi tomonidan iste’mol qilinishi, aholi jon boshiga (yil boshiga nisbatan)

Ko‘rsatkichlar

1991 y.

2001 y.

2010 y.

2011 y.

2011 y
1990 y.ga nisbatan

Matolar, jami (metr)
shu jumladan:

7,1

5,6

9,7

10,0

140,8

Paxta tolasidan tayyorlangan gazlamalar (metr)

2,2

2,2

2,9

3,0

136,4

Jun gazlama (metr)

0,3

0,3

0,7

0,8

266,7

Zig‘ir tolasidan to‘qilgan matolar, shoyi, ipak gazlamalar (metr)

1,8

3,2

4,6

4,7

261,0

Aralash matolar

0,7

-

1,5

1,5

214,3

Ustki kiyimbop trikotaj (dona)

0,6

1,1

2,5

2,6

433,3

Ichki kiyimbop trikotaj (dona)

0,9

1,6

3,5

3,6

400,0

Charm poyafzal (juft)

1,6

3,2

3,4

3,5

218,7

Paypoq mahsulotlari (juft)

3,7

6,0

6,7

6,7

181,1

Jadval ma’lumotlari aholining yengil sanoat mahsulotlaridan foydalanishni mustaqillik yillari davomida 1,5 barobardan ziyod ko‘paytirganliklarini ko‘rsatib turibdi. Ayniqsa ichki va ustki kiyimbob trikotaj tovarlardan foydalanish ushbu davrda 4 barobardan ko‘proqga oshgan .


O‘zbekiston sanoati mustaqillik yillarida mutlaqo yangi mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirdi. Bunday mahsulotlarga raqamli televizorlar, mobil telefonlar, DVD pleyerlar, kompyuterlar, elektron texnikalar, avtomashinalarni kiritish mumkin.
Hozirgi vaqtda mamlakatimiz sanoati aholining sifatli mebel, gilam mahsulotlari, yengil aftomobillarga bo‘lgan yehtiyojini to‘liq ta’minlab ularni chetga eksport ham qilmoqda. Mamlakatimizda televizorlar, muzlatkichlar, konditsionerlar va shu kabi tovarlar ishlab chiqarish hajmi yildan – yilga oshib bormoqda. Shu bilan bir vaqtda aholi daromadlarining oshib borishi ularning uzoq muddat ishlatiladigan madaniy – maishiy tovarlarni ko‘proq Harid qilishida namoyon bo‘lmoqda.
2.8-jadval
Aholining uzoq muddatli foydalaniladigan tovarlar bilan ta’minlanishi
(har 100 xonadonga to‘g‘ri keladigan tovarlar soni)

Ko‘rsatkichlar

1990 y

2000 y

2010 y

2011 y

2011 y 1990 yilga nisbatan

Televizorlar

90

88

132

133

147,8

Muzlatgich va muzxonalar

80

86

99

101

126,3

Konditsionerlar

9

11

18,5

19,1

212,2

Elektro changyutgichlar

29

30

37

38

131,0

Shaxsiy kompyuterlar

-

0,2

12

14

7 marta (2000y)

Fotoapparat va videokameralar

21

21

24

25

119,0

Videomagnitofon, videopleyer va DVD pleyerlar

-

31

64

66

213,0
(2000 y)

Kir yuvish mashinalari

67

69

75

76

113,0

Mobil aloqa vositalari

-

18

145

149

8 marta (2000 y)

O‘rtacha har 1000 nafar aholiga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, birlikda

21,9



38,9

51,5

51,7

236,0

Har 100 ta xonadonga to‘g‘ri keladigan avtomobillar soni, birlikda

11,9

20,1

27,1

27,2

228,0

Jadval ma’lumotlaridan Respublika aholisining uzoq muddatli madaniy – maishiy tovarlarni Harid qilishi ko‘payib , mustaqillik yillarida xonadonlarning bunday tovarlar bilan ta’minlanishi ortgan.Ayniqsa mustaqillikgacha bo‘lmagan shaxsiy kompyuterlar , mobil aloqa vositalari , video magnitafonlar kabi tovarlarning aholi tomonidan harid qilinishi jadal sur’atlar bilan ko‘paygan. Natijada bunday tovarlar bilan xonadonlarning ta’minlanishi keyingi 10 yilda ( 2000 yildan – 2011 yilgacha) 7-8 marotaba ko‘paygan.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish