6. Kredit mohiyati, manbalari va turlari.
Kredit bo‘sh turgan pul mablag‘larini ssuda fondi shaklida to‘plash va ularni ma’lum maqsad uchun pulga muhtojlarga ma’lum muddatga foizi bilan qaytarish sharti bilan qarzga berishdir. Kreditning mavjudligi takror ishlab chiqarish jaryonida pul mablag‘larining (kapitalning) aylanishi bilan bog‘liq. Takror ishlab chiqarish jaryonining biror joyida vaqtincha bo‘shab qolgan mablag‘lar, takror ishlab chiqarishning boshqa biror joyida kerak bo‘lib,turganda, bo‘sh mablag‘lar kredit manbai sifatida paydo bo‘ladi. Bozor munosabatlarining boshlang‘ich davrlarida mablag‘larga talab ko‘payadi. Shuning uchun ham hozir kredit xalq xo‘jaligi tarmoq korxonalarini rivojlantirishda, umuman pul aylanmasini tashkil etishda ahamiyati katta.
Kredit resurslarining asosiy manbalari:
korxona, tashkilotlarning bankdagi amartizatsiya ajratmalari;
takror aylanish jarayonida korxonalarning bo‘sh turgan pul mablag‘lari;
korxonalarning fan va texnikani rivojlantirish fondlari, moddiy rag‘batlantirish va boshqa fondlar mablag‘lari;
aholining bankdagi omonatda saqalanayotgan mablag‘lari;
Bydjet muassasalari, kasaba uyushmalari va boshqa nodavlat tashkilotlarining banklardagi pul mablag‘lari.
Kreditni tijorat banklari, korxona va tashkilotlar, kredit uyushmalari, investitsiya jamg‘armalari, davlat, firmalar, sug‘urta kompaniyalari berishi mumkin.
Statistikada kreditlar bir necha belgilari bo‘yicha guruhlanishi mumkin: Kreditning maqsadi bo‘yicha: iste’mol krediti,sanoat, savdo, qishloq xo‘jaligi, kommunal kredit va boshqalar.
Kredit miqdori bo‘yicha kreditlar: mayda, o‘rta va yirik (katta) hajmdagi kreditlar bo‘linadi. Katta hajmdagi kreditlar ko‘pincha asosiy vositalarni modernizatsiya qilishga, kapital qo‘yilmalarga beriladi. Ta’minot darajasi bo‘yicha kreditlar: ta’minlangan va ta’minlanmagan kreditlarga bo‘linadi. Ta’minlangan kreditlar aniq bir moddiy yoki nomoddiy boyliklar bilan garovga qo‘yilib yoki sug‘urta qilinib qaytarilishi garantiyalangan bo‘ladi.
Kredit statistikasida kredit hajmi asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. Kredit hajmi ma’lum davrga berilgan kredit summalaridan (barcha mijozlarga berilgan) qaytarilgan kredit summasini ayirib tashlanganiga teng. Kreditlar qo‘yilmalari hajmi banklar, mijozlar bo‘yicha qisqa va uzoq muddatga berilgan kredit hajmi va hissalari aniqlanib o‘rganiladi.
Kreditning o‘rtacha hajmi vaznli arifmetik o‘rtacha bilan aniqlanishi mumkin. Bunda kredit summalari (Pi) kredit muddatlariga (ti) ko‘paytirilib, kredit muddatlari yig‘indisiga bo‘linadi.
; bu yerda = kreditning o‘rtacha hajmi.
Kreditdan foydalanish o‘rtacha muddati – bu barcha kreditlarning o‘rtacha necha kunda bir marta qaytarilganligini bildiradi. Bu quyidagicha aniqlanadi:
Kredit summasining bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligini bilish uchun har bir ssuda bo‘yicha kredit hajmi va aylanishini kredit hajmlari yig‘indisiga bo‘lib topiladi.
yoki ;
Bu yerda - kreditning bir yilda o‘rtacha necha marta aylanganligi D – bir yildagi yoki ma’lum davrdagi kunlar soni.
Pul muomalasi ko’rsatkichlari statistikasi .
Iqtisodiy nazariya fanida pulning paydo bo‘lish tarixi va uning funksiyalari: qiymat o‘lchov, muomala vositasi, to‘lov vositasi, jamg‘arma vositasi vazifalari o‘rganilgan. Pul muomalasi statistikasi ob’ekti bo‘lib pul muomalasi bilan bog‘liq ko‘plab hodisalarning miqdori jihatlarini iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida baholash va ularning o‘zgarish tendensiyalarini o‘rganishdir.
Ma’lumki, pulning yuqoridagi o‘z vazifalarini bajarishdagi to‘xtovsiz harkati pul muomalasini tashkil etadi. Pul muomalasi naqd va naqdsiz mablag‘lari harakatida nomoyon bo‘ladi. Demak, tayyor mahsulotlar, tovarlar sotish, xizmat ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonlaridagi pullarning naqd va naqd pulsiz hisoblar orqali bo‘ladigan harakatlari pul muomalasini tashkil etadi.
Statistikada pul massasi, uning darajasi, davr mobaynida dinamik o‘zgarish, tarkibi va boshqa shu kabi ko‘rsatkichlar yordamida pul muomalasi o‘rganiladi. Bu ko‘rsatkichlarni ifodalovchi miqdorlar o‘rganilib, pul muomalasini tavsiflovchi sifat o‘zgarishlarni aniqlaymiz.
Pul muomalasi bozor iqtisodiyotining moliyaviy asoslaridan biri bo‘lib, uning barqarorligi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishning kengayishi aholining bandligini ta’minlovchi, narxning keskin tebranishga yo‘l qo‘ymaydigan quroldir.
Shuning uchun ham pul muomalasi statistikasining asosiy vazifasi muomaladagi pul massasining miqdorini va uning o‘zgarishini o‘rganishdir.
Pul muomalasi va kredit statistikasining asosiy vazifalari:
pul massasi miqdori va uning tarkibini o‘rganish;
pulning aylanishini izohlash va pulning qadrsizlanishga sabab bo‘lgan omillarni o‘rganish;
Barcha xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, aholi tovarlarni sotish, xizmatlar ko‘rsatish va turli xil to‘lovlarni amalga oshirish jarayonida naqd pul yoki naqd pulsiz hisob-kitoblarni bajaradi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar (bundan keyin korxonalar) faoliyatlarini yuritish uchun kerakli mehnat predmetlarini sotib olishi; xodimlarni ishlatib, ularga ish haqqi to‘lashlari, bydjetga soliqlarni o‘tkazishlari va shu kabi to‘lovlarni amalga oshirish lozim. Aholi o‘z ehtiyojlari uchun oziq-ovqat tovarlarini sotib olishi; transport, kommunal xizmatlar uchun (gaz, svet, suv va shu kabilar) to‘lovlarni amalga oshirishi lozim. Bu operatsiyalarni amalga oshirishlari uchun korxonalarga ham, aholiga ham yetarli miqdorda pul mablag‘lari kerak.
Xalqaro valyuta fondi (XVF) tasdiqlangan standartlarga asoslangan holda umumiy pul miqdori quyidagicha aniqlanadi.
M0 – naqd pullar;
M1 M0 + talab qilib olinguncha depozitdagi pullar: ya’ni bydjet mablag‘lari, jamoa va boshqa tashkilotlarning hisob-kitob schetlaridagi pul mablag‘larining qoldig‘i;
M2 M1 + banklardagi muddatli va jamg‘armali omonatlar (depozitlar).
M3 M2 + chiqarilayotgan sertifikatlar + zayom obligatsiyalari + hazina majburiyatlari.
O‘zbekisitonda ham bu pul massasi agregatlaridan foydalanilmoqda va u quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
M0 – naqd pullar;
M1 – M0 + hisob varaqlardagi pul qoldig‘i + mahalliy bydjet mablag‘lari + jamoa va boshqa tashkilot mablag‘lari;
M3 – M2 + sertifikatlar + maqsadli zayom obligatsiyalari + Xazina majburiyatlari.
Ma’lum davrda muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori quyidagicha aniqlanadi.
Pm =
Bu yerda Pm = muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdori;
ΣTX – sotilish lozim tovarlar va ko‘rsatilgan xizmatlar summasi;
ΣKT – Kreditga sotilgan tovarlar summasi.
ΣMKTX – to‘lov muddati kelgan, qarzga sotilgan tovarlar va xizmatlar.
P.A.T. – pulning aylanish tezligi.
Agarda keditga sotiladigan tovarlarning hozirgi paytda yo‘qligini yoki (- KT va ΣMKTX) o‘zaro teng bo‘lishini inobatga olsak, asosan
Pm = ; Bu yerda PMx P.A.T. = ΣTX yoki Σqp:
Amerikalik iqtisodchi olim I. Fisher pulning miqdoriy nazariyasini quyidagi «almashuv tengligi» bilan ifodalagan:
MU = QP
Bu yerda: M – muomaladagi pullar miqdori;
U – pulning aylanish tezligi;
Q - tovarlar fizik hajmi;
P – narxlarning o‘rtacha darajasi.
Demak yuqoridagi formulalardan ko‘rinib turibdiki, baho (narx) darajasi pul massasi va uning aylanish tezligiga to‘g‘ri, tovar hajmi bilan esa teskari bog‘lanishda.
P = yoki ;
Shuning uchun ham narxning (bahoning) ko‘paytirilib ketmasligi ishlab chiqarilayotgan tovar-mahsulot hajmiga bog‘liq ekan.
O‘zbekistonda 1995 yilda nominal pul massasi M2 bo‘yicha pul massasining 1994 yildagi o‘sish darajasidan 1,5 baravar (marta) kam bo‘lgan. Respublika Markaziy banki tomonidan inflyatsiyaga qarshi olib borilayotgan chora-tadbirlar natijasida muomaladagi pul massasining o‘sish sur’atlari qisqarib bormoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |