O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim


- Mavzu. AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI



Download 1,74 Mb.
bet139/177
Sana27.01.2022
Hajmi1,74 Mb.
#413358
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177
Bog'liq
ma\'ruza matni

21 - Mavzu. AHOLI TURMUSH DARAJASI STATISTIKASI.
Reja: 4 soat

  1. Aholi turmush darajasi ko‘rsatkichlari va ular statistikasining vazifalari.

  2. Aholi daromadlari statistikasi

  3. Aholi harajatlari statistikasi.

  4. Aholining tovarlar va xizmatlar iste’moli harajatlari

  5. Aholi daromadlarini (budjetini) boshqarish

  6. Aholining uy-joy bilan ta’minlanganligi ko‘rsatkichlari.

  7. Aholining madaniy ma’rifiy darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar

  8. Daromad tengsizligi va kambag‘allik chegarasi.

1. Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar va ular statistikasining vazifalari.
Aholining turmush darajasini insonlarning moddiy, manaviy ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish jarayonlarini ifodalovchi ko‘p qirrali, murakkab ijtimoiy-iqtisodiy kategoriyadir.
Turmush darajasi aholi daromadlari, harajatlari, iste’mol darajasi va uning tarkibi, uy-joy bilan ta’minlanganligi va shu kabilarni qamrab oladi. Shuning uchun ham iqtisodiy adabiyotlarda aholi turmush darajasini turli ko‘rsatkichlar tizimi bilan ifodalab, ularni turli belgilar bo‘yicha guruhlarga ajratganlar.
Professor Yo.Abdullayev aholi turmush darajasi bitta ko‘rsatkich bilan emas, aholi daromadi va turmushining turli qirralarini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tizimi bilan ifodalanishi lozim, deb yozadi. Bu tizim quyidagi asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
-umumlashtiruvchi sintetik ko‘rsatkichlar;
-aholining moddiy ehtiyojlarini qondirish darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
- aholining ma’rifiy - ma’naviy darajasini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar;
-aholining sotsial sharoitini tavsiflovchi ko‘rsatkichlar3.
Iqtisodchi olim K.Xaqberdiyev “Aholi turmushi tushuncha sifatida keng manodagi 4 yo‘nalishdagi ko‘rsatkichlarni qamrab oladi: aholining sifat ko‘rsatkichlarni, aholining turmush darajasi, ijtimoiy xavfsizlik, atrof-muxitning sifati” deb ko‘rsatib, birinchi yo‘nalish ko‘rsatkichlariga: demografiya, aholini takror ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari, oilalarni shakllantirish qobiliyatlari, ta’lim va kasbiy ma horat darajalarini kiritadi4.
Sherstneva.G.S. o‘zining “Sotsialnaya statistika” kitobida Rossiya Federatsiyasi hukumati va butun Rossiya birlashgan kasaba uyushmalari 2004-yil 29-dekabrda kelishib tuzilgan shartnomada aholi turmush darajasini ifodalash uchun 35 ta ko‘rsatkich olinganligini yozadi5 Bu ko‘rsatkichlar ichida mamlakatning iqtisodiyotini ifodalovchi yalpi ichki mahsulot, asosiy kapitalga investitsiya, bydjetning ijtimoiy sohaga harajatlari, doimiy aholi soni kabi ko‘rsatkichlar bilan bir vaqtda, aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan juda ko‘p o‘rtacha iqtisodiy ko‘rsatkichlar ham keltirilgan. Albatta bu ko‘rsatkichlar aholining turli qatlamlarini turmush darajasini to‘liqroq ifodalaydi. Lekin bu ko‘rsatkichlarning ayrimlari mohiyati jihatidan bir-biriga juda yaqin yoki ular bir-biriga qarama-qarshidir. Shuning uchun ham bunday ko‘rsatkichlarning birini aniqlasa ikkinchi ko‘rsatkichni aniqlash qiyin bo‘lmaydi.
BMT turli mamlakatlarda qo‘llanilayotgan turmush darajasi ko‘rsatkichlarini o‘rganib, uning darajasini ifodalovchi quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni tavsiya etgan:

  • Tug’ulish , vafot etish va boshqa aholini xarakterlaydigan ko‘rsatkichlar;

  • turmushning sanitariya-gigiyena sharoitlari;

  • oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish;

  • turar joy sharoitlari;

  • ta’lim va san’at;

  • mehnat sharoiti va bandlik;

  • aholi daromadlari va harajatlari;

  • yashash qiymati va iste’mol baholari;

  • transport vositalari;

  • dam olishni tashkil etish;

  • ijtimoiy ta’minot;

  • insonning erkinligi.

Demak, yuqoridagilardan shunday xulosa chiqarish kerakki, aholi turmush darajasi juda murakkab, ularning yashashi va faoliyat yuritishining turli tomonlarini ifodalovchi kategoriya (tushuncha) bo‘lib, faqat juda ko‘p ko‘rsatkichlar bilan to‘liq ifodalash mumkin. Bu ko‘rsatkichlarni turli belgilari bo‘yicha guruhlarga ajratish mumkin.


Aholi turmush darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlarni mohiyatiga qarab quyidagicha guruhlash mumkin:

  1. Aholining ijtimoiy-demografik ko‘rsatkichlari: bularga aholi soni, jinsi, yoki, tug‘ulish, vafot etish kabi ko‘rsatkichlar kiradi.

  2. Aholining moddiy iste’molini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Ularga aholining oziq-ovqat va nooziq-ovqat bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.

  3. Aholining ta’limi, manaviy-madaniy salohiyatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar: Ularga maktablar, kasb-hunar kollejlari, oliy o‘quv yurtlari bilan qamrab olinganligi, teatr, kino, kitoblar va shu kabilar bilan ta’minlanganligini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.

  4. Aholining sog‘lig‘i va sanitariya-gigiyena holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar. Bularga shifoxonalar, vrachlar, dam olish uylari, kasalxonalar bilan ta’minlanganligini ifodalovchi, aholining sog‘lik darajasini ifodalovchi ko‘rsatkichlar kiradi.

Bu ko‘rsatkichlarni mamlakatning barcha aholisi bo‘yicha, aholining ayrim guruhlari (ishchi, xizmatchi, dehqon va shu kabi) bo‘yicha hududlar, hamda tarmoqlar bo‘yicha aniqlash lozim bo‘ladi.
Aholining turmush darajasini ifodalovchi umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarga professor Yo.Abdullayev quyidagilarni kiritgan:
-jon boshiga to‘g‘ri kelgan sof milliy daromad;
-nominal va real daromad indekslari;
-turmush qiymati indeksi;
-inson barkamolligi indeksi;
-qashshoqlik indeksi;
-aholi pul daromadlari va harajatlari balansi;
-yashash minimum va boshqalar6.
Iqtisodiy adabiyotlarda aholi turmush darajasini ifodalovchi umumiy aniq bitta integral ko‘rsatkich tavsiya etilmagan. Lekin BMT mamlakatlarining iqtisodiy taraqqiyot darajasini aniqlash uchun mamlakat aholisi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot (yoki YAMM) hajmini (taqqoslama bo‘lishi uchun AQSH dollarida hisoblangan) tavsiya etgan. Bu ko‘rsatkichga ko‘ra dunyodagi barcha mamlakatlar 3-guruhga:
1.Iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar:
2.Iqtisodiyoti rivojlanayotgan mamlakatlar:
3.Iqtisodiyoti qoloq mamalakatlarga bo‘linadi.
Albatta o‘rtacha olganda, iqtisodiyoti rivojlangan mamlaktlarda aholi turmush darajasi iqtisodi qoloq bo‘lgan mamlakatlar aholi turmushidan yaxshiroqdir.



Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   177




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish