O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Kvalimetriya va ob’ektlarni amaliyotga qo‘llash nazariyasi



Download 1,78 Mb.
bet81/106
Sana01.01.2022
Hajmi1,78 Mb.
#287448
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106
Bog'liq
KL-Pedagogik-kvalimetriya — копия

Kvalimetriya va ob’ektlarni amaliyotga qo‘llash nazariyasi.


Mazkur tarmoq yaratilgan ob’ektning foydali tomonlariini tajriba yo‘li bilan maksimal darajada o‘rganishga tayanadi. Ob’ektning yutug‘i va kamchiliklarni bartaraf etish yo‘llarini belgilaydi. Ob’ektning foydali ish koeffistentini o‘rganish ba’zi hollarda konstruktiv natijalarni beradi. Bu jarayonda ob’ektning foydali ish koeffistentini aniqlash mezonlarining to‘g‘ri, haqqoniy belgilanganligini asoslash, alternativ mahsulotlar bilan qiyoslash, ba’zan tavakkalchilik asosida qarorlar qabul qilish ko‘zga tashlanadi.

Kvalimetriyaning metodologiyasi va metodlarini qo‘llash mazkur ob’ekt va jarayonlarning miqdor va sifat ko‘rsatkichlari asosida baholash va qarorlar qabul qilishga imkon yaratadi.

Bu jarayon uchta bosqichda amalga oshiriladi.

Dastlabki bosqich. Amalda qo‘llanilayotgan ishlab chiqarish mahsulotlarining foydali tomonlarini aniqlashda kvalimetriya metodlarini qo‘llash kutilgan samarani beradi.

Ba’zi ko‘pgina amaliy muammolarni hal etishda nafaqat tartib shkalasidan, balki keng miqyosdagi umumiy maqsadlarni e’tiborga olish va kvalimetriya metodlaridan foydalanish juda qo‘l keladi.

Ikkinchi bosqich. Ko‘p hollarda ishlab chiqarilgan mahsulotlarning ahamiyatini belgilashda iste’molchilar va buyurtmachilar tomonidan bildirilgan taklif, talab va shartlari ustuvor sanaladi. Bu yondashuv asosida bozor iqtisodiyoti davrida mazkur taklif, talab va shartlarni to‘liq amalga oshirib bo‘lmaydi. Bu erda mijozlarning taklif, talab va shartlari asosida bozorga chiargandan keyin emas, balki avval ekspertiza yo‘li bilan aniqlash lozim bo‘ladi.

Kvalimetriya bu muammoni ekspertiza metodi yordamida osongina hal

etadi.

Uchinchi bosqich. Ko‘pchilik hollarda ob’ektning foydali tomonlari bitta

ko‘rsatkich bilan aniqlanadi, aslida uning foydali tomonlarini aniqlashda bir

nechta ko‘rsatkichlarni majmua holda qo‘llash orqali aniqlash tavsiya etiladi.

Bu jarayonda kvalimetriyaning metodologiyasini qo‘llash, ob’ektning miqdor va sifat ko‘rsatkichlarini yaxlitlikda aniqlash lozim bo‘ladi.

Kvalimetriya va aksiologiya.


Aksiologiya jamiyatdagi qadriyatlar tizimi, baholanayotgan g‘oya yoki qadriyatning inson hayotida tutgan o‘rni, moddiy va ma’naviy qadriyatlarni kvalimetrik metodlar bilan o‘rganib, baholab uni ommalashtiradi.

Bu erda g‘oyaviy (axloqiy, estetik, ma’naviy) qadriyatlar va moddiy (tabiiy, iqtisodiy) qadriyatlar nazarda tutilmoqda.

Qadriyatlar nazariyasi mazkur qadriyatlarni baholashni shu kunga qadar mantiqiy ko‘rsatmalar asosida baholashni amalga oshirmoqda. Qadriyatlarning mazmuni va mohiyati, tushunchalari hali tadqiq etilmaganligi bois, miqdoriy baholash kam qo‘llaniladi.

Qadriyatlarni sifat jihatdan baholash nuqtai nazaridan kvalimetriyaning miqdoriy baholashi qo‘llanilganda, mazkur jarayonni aksiologiyaning bir bo‘limining ob’ekti sifatida qarash mumkin.

Aksiologiyaning kvalimetriyaga va aksincha, kvalimetriyaning aksiologiyaga ta’sirini iqtisodiyotning iqtisodga, biologiyaning biometriyaga, sostiologiyaning jamiyatga qanday ta’sir ko‘rsatishini nazarda tutgan holda tushunish lozim. Bu ikki fan tarmog‘i bar-biri bilan uzviy aloqada bo‘ladi.

Kvalimetriya va samaradorlik nazariyasi.


Ko‘pchilik hollarda samaradorlik nazariyasi, masalan, ob’ektning iqtisodiy samaradorligi juda ko‘p mezonlar asosida aniqlanadi va ularning umumiy tomonlari, ob’ektning foydali tomonlari o‘lchash asosida, ya’ni sarflangan mablag‘, vaqt, xomashyo bilan uning qiymati (narxi) o‘rtasidagi bog‘lanish belgilanadi. Bu jarayonda qiymati (narxi) pul birliklarda (kamdan kam hollarda ishchi kuchi va unga sarflangan vaqti e’tiborga olinadi) belgilanadi.

Ob’ektdan olinadigan foyda pul-kredit birligida tonna, metr va h.k. shakllarda aniqlanadi.

Samaradorlik nazariyasida samaradorlikni aniqlash mezonlarini muayyan shakl va fizik birliklar tashkil etadi.

Shunday qilib, kvalimetriya ob’ektning samaradorligi va maqsadga muvofiqligini aniqlashda asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.

Kvalimetriya va ta’lim tizimini baholash.


Ta’limni boshqarish tizimining asosiy tarkibiy qismlaridan biri uning sifatini nazorat qilish va baholash jarayoni sanaladi.

Ta’lim-tarbiya jarayonini nazorat qilish va baholashda nafaqat iqtisodiy foyda, balki ijtimoiy samaradorlik ham e’tiborga olinadi.

Kvalimetriya metodlari vositasida ta’lim tizimi orqali jamiyatda vujudga keltiriladigan ijtimoiy samaradorlikni aniqlash mumkin.

Bundan tashqari kvalimetriya samaradorlikni aniqlashda alternativ jarayonlarni sifat jihatdan qiyoslash, ular o‘rtasidagi umumiy tomonlar va farqlarni aniqlaydigan o‘zgarmas ko‘rsatmalar mavjudligi bilan xarakterlanadi.

Xulosa qilib aytganda kvalimetriya metodlaridan barcha fundamental fanlar, amaliy ishlab chiqarish va jamiyatdagi jarayonlarni o‘rganishda qo‘llaniladi.

TINGLOVChILAR UChUN O‘QUV TOPShIRIQLARI





O‘FE

Modullar bo‘yicha o‘quv topshiriqlari

Metodik

ko‘rsatma

ball

1.

Maqsad: Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatining diagnostikasini o‘rganish

1-modul bo‘yicha berilgan materiallarni diqqat bilan o‘qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping.

  1. Ma’ruza mashg‘ulotini kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni tahlil qiling. Siz yana qanday kvalimetrik ko‘rsatkichlarni kiritishni tavsiya etasiz?

  2. Amaliy mashg‘ulotni kuzatish, tahlil

qilish va samaradorlik koeffistentini

Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang


1-ball





aniqlash bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni tahlil qiling. Siz yana qanday kvalimetrik ko‘rsatkichlarni kiritishni tavsiya etasiz?

  1. Laboratoriya mashg‘ulotini kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni tahlil qiling. Siz yana qanday kvalimetrik ko‘rsatkichlarni kiritishni tavsiya etasiz?

  2. Seminar mashg‘ulotini kuzatish, tahlil qilish va samaradorlik koeffistentini aniqlash bo‘yicha berilgan ma’lumotlarni tahlil qiling. Siz yana qanday kvalimetrik

ko‘rsatkichlarni kiritishni tavsiya etasiz?







2.

Maqsad: Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatini so‘rovnoma vositasida tahlil qilish bo‘yicha berilgan namunalarni o‘rganish.

2-modul bo‘yicha berilgan materiallarni diqqat bilan o‘qib chiqing va quyidagi savollarga javob toping.

  1. Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatini so‘rovnoma vositasida tahlil qilish bo‘yicha berilgan namunalarni o‘rganib chiqing.

  2. Professor-o‘qituvchining pedagogik faoliyatini so‘rovnoma vositasida o‘rganish

bo‘yicha fikringizni bildiring.

Kichik guruh a’zolari bilan hamkorlikda ishlang

2-ball


3.

Modul dasturini yakunlash.

Maqsad: O‘z faoliyatini tahlil qilish, o‘z- o‘zini baholash.



  1. Modul dasturining didaktik maqsadini o‘qib chiqing. Ko‘zlangan maqsadga qay darajada erishdingiz?

  2. O‘quv topshirig‘idagi modullardan ko‘zda tutilgan didaktik maqsadlarni takrorlang. Ularni bajarishda qanday qiyinchiliklarni engishga erishdingiz?

  3. Ushbu modul dasturi sizning pedagogik

faoliyatingizda qanday o‘zgarishlar

To‘plagan ballaringiz- ni jamlang va keyingi qatorga yozing









bo‘lishiga zamin tayyorlaydi deb o‘ylaysiz?

  1. Mustaqil ishlash jarayonidagi faoliyatingizni 5 ball bilan baholang.

  2. Mashg‘ulot davomidagi o‘z faoliyatingizdan qoniqish hosil qilmagan bo‘lsangiz matn va modul dasturi ustida

takroran ishlang.










Tinglovchining mashg‘ulot davomida to‘plagan

ballari


jami

ball


TEST TOPShIRIQLARNING TURLARI VA ULARNING TAVSIFI

Amaliy mashg‘ulotning maqsadi: Tinglovchilarni test topshiriqlarning turlari va ularning tavsifi bilan tanishtirish. Tinglovchilarda standart va nostandart test topshiriqlarini tuzish va ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish uchun zarur bo‘ladigan metodik bilim, ko‘nikma va malakalarni tarkib toptirish.
Adabiyotlar tahlili pedagogik testlar standart (bitta javobli) va nostandart (ko‘p javobli)larga ajratilishini ko‘rsatdi.

Standart testlar amaliyotga joriy etilayotganligi sababli unga ta’rif va tavsif berilishning zarurati yo‘q.

Standart testlar mazmuni bo‘yicha reproduktiv va produktiv darajada, tarkibi jihatidan test topshirig‘i savoli va to‘g‘ri va noto‘g‘ri javoblardan iborat bo‘lsa, nostandart testlar o‘zining mazmuni, tuzilishi va qo‘llanish maqsadiga ko‘ra muayyan darajada farq qiladi.

Nostandart testlar mazmuni va mohiyatiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratiladi:



  1. Integrativ testlar;

  2. Adaptiv testlar;

  3. Mezonli-mo‘ljal olish testlari.

Integrativ testlar integral mazmun, shakl, qiyinchilik darajasi bo‘yicha o‘sib boruvchi, ta’lim muassasasining bitiruvchisining tayyorgarlik darajasi haqida umumlashgan yakuniy xulosa chiqarishga imkon beradigan test topshiriqlari sanaladi.

Adaptiv testlar avtomatlashtirilgan, tahsil oluvchilarga nisbatan individual yondoshish imkonini beradigan, topshiriq mazmuni, bajarish tartibi, qoidasi, shu topshiriqni bajarish natijasida tahsil oluvchining egallashi mumkin bo‘lgan bali va test natijalarini umumlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalardan iborat bo‘ladi.

Adaptiv testlarning asosiy guruhini piramidali adaptiv testlar tashkil etib, qo‘llanish maqsadiga ko‘ra: o‘rtacha og‘irlikdagi, tahsil oluvchining tanlashiga ko‘ra aralash, topshiriqlar bankidan faqat qiyin darajali bo‘lishi mumkin.

Adaptiv testlar ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishning modul-kredit paradigmasida muvaffaqiyatli qo‘llanishi mumkin. Buning uchun pedagog bitta mavzu, bob, bo‘lim, kurs mazmuni bo‘yicha turli qiyinchilik darajadagi bir necha variantli test topshiriqlarini tuzish va amalda qo‘llash mahoratiga ega bo‘lishi lozim.

Mezonli-mo‘ljal olish testlari tahsil oluvchilarning umumiy tayyorgarlik darajasi, mazkur kursning o‘qitilish sifati, pedagogning pedagogik mahorati, ta’lim-tarbiya jarayoni samaradorligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi.

Mazkur test topshiriqlarini tuzish uchun avvalo o‘quv kursi mazmuni DTS asosida tahlil etiladi, bilim, ko‘nikma va malakalar aniqlanadi, ularni aniqlash uchun topshiriqlar majmuasi tuziladi, mazkur topshiriqlar test topshiriqlariga aylantiriladi va sinov o‘tkaziladi, pirovar natijada tahsil oluvchilarning shu kursni o‘zlashtirish darajasi yuzasidan xulosa tayyorlanadi.

Mezonli-mo‘ljal olish test sinovlari orqali tahsil oluvchilarning bilimlaridagi bo‘shliqlar aniqlanadi va ularni bartaraf etish yo‘llari aniqlanadi.

Yuqorida qayd etilgan nostandart test topshiriqlarini ta’lim-tarbiya jarayonida maqsadga muvofiq foydalanish jarayoni tahsil oluvchilarning o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini haqqoniy va odilona nazorat qilish va baholash imkonini beradi.

Nostandart test topshiriqlarini tayyorlashda mazmun va shakl asosiy o‘rinni egallaydi.


Download 1,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   106




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish