Mavzuning dolzarbligi: Talab va taklif narxni shakallantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif o’rtasidagi nisbatni aniqlab beradi. Bundan ko’rinib turibdiki, isqtisodiyotda, marketing sohasida talab va taklifning o’rni beqiyos. Hattoki, asosi ham deyishimiz mumkin. Sababi, hozirgi kunda deyali barcha mahsulot va mahsulotlarning xom-ashyolari ham aynan o’zimizning mamlakatimizda ishlab chiqarilapti. Buning natijasida, mahalliy mahsulotlarimizga talab ortib bormoqda, chunki chetdan import qilingan mahsulotlarning narxi tabiiyki narxi oshgan holda bozorlarimizga kirib keladi. Mustaqilligimizdan so’ng esa olib borilgan to’g’ri va izchil iqtisodiy siyosat orqali ahamiyatli ijobiy natijalar qo’lga kiritildi. Jumladan, O’zbekistonimizda talab va taklifning o’zaro mutanosibligi negizida milliy xo’jaligimiz iqtisodiy jihatdan mustahkamlanib iqtisodiy inqiroz holatidan chiqarildi; iqtisodiyotning barqaror o’sishi ta’minlandi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorolik mustahkamlandi, iqtisodiyot va uning ayrim sohalaridagi mutanosiblik kuchaydi; bozor mexanizmining tarkibiy qismlari tashkil topdi va uning infratuzilmalari vujudga keltirilib, rivojlantirildi. Bularning bari mazkur talab va taklifning mutanosibligi va nazariyalari negizida yuzaga kelgani va to’g’ri tadbiq qilinganligini aniq ravshan ifodasidir.
Kurs ishining predmeti: Talab, taklif va ularning qonunlarini o’rganish. Talab va taklif –bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari.
Talab (Tovar va xizmatlarga talab) – xaridor, iste’molchining bozorda muayyan tovarlarni, ne’matlarni sotib olish istagi; bozozrga chiqqan va pul imkoniyatlari bilan ta’minlangan ehtiyojlari. Ehtiyoj pul va narx vositasida talabga aylanadi. Rasman olganda talab iste’mol kattaligi miqdoridir.
Taklif – muayyan vaqtda va muayyan narxlar bilan bozorga chiqarilgan va chiqarilishi mumkin bo’lgan tovarlar va xizmatlar miqdori bilan ifoda etiladi; taklif ishlab chiqaruvchilarning o’z tovarlarini sotishga (bozorga) taklif etish istagi.
Kurs ishining obyekti: Talab va taklif qonunini nazariy tomonidan yoritish va NL kompaniyasi misolida ularni amaliyotda tahlil qilish.
Talab va taklifni kompaniya misolida nazariy tomondan yoritadigan bo’lsak, bunda mazkur kompaniyaga nisbatan bozordagi talab va taklifni o’rganishimizning o’zi kifoya qiladi. Misol uchun, NL kompaniyasi hozirgi kunda tarmoqli marketing sohasi bo’yicha talab katta bo’lgan kompaniyalar sirasiga kiradi desak mubolag’a bo’lmaydi. Bu kompaniya asosan sog’lom ovqatlanish, organizmga parvarish qilishimiz uchun yokida uy- ro’zg’orda bizga kerak bo’lgan tovarlari ishlab chiqaradi. Uning eng katta yutug’i bu kompaniyaning qalbaki mahsulotlarini hozirgacha ishlab chiqara olishmagan va albatta, mahsulotlari barcha tadqiqot va tekshiruvlardan o’tkazilganda inson organizmiga nojo’ya ta’siri yo’qligi aniqlangan. Shu sababdan ham bu mahsulotlarga talab katta. Demak bundan ko’rinib turibdiki, talab bu bizning ehtiyojlarimizning qondirilishi, albatta, sifat va narx oldingi asosiy o’rinlarda.
Kurs ishining maqsadi: Kurs ishining maqsadi shundan iboratki, hozirgi kunda jamiyatimizda iqtisodiy o’sishni, talab va taklifning ortib borayotganini, jamiyatimiz bozor iqtisodiyotiga ildam qadamlar bilan kirib kelayotganligini kengroq yoritib berish.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo’yildi:
-Talab tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar va uning qonuni
-Taklif tushunchasi, unga ta’sir etuvchi omillar va uning qonuni
-NL kompaniyasi va uning narxlar tahlili
-NL kompaniyasining mahsulotlariga bo’lgan talab
Mazkur vazifalar orqali talab va taklifning hozirgi hayotimizda o’rni qanchalik yuqori ekanini va bozor iqtisodiyotiga o’tishda talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarni tahlil qilishdagi amaliy va nazariy tushunchalarni yoritish.
Men bu kurs ishi mavzusini tanlaganimga sabab, hozirgi kunda har qadamimiz, har bir harakatimizda iqtisodiy muomalaga kirishayotganimizni ko’rishimiz mumkin. Bunda e’tibor bermasakda, shunday. Va har kuni ehtiyojlarimizni har kuni talabga aylantiryapmiz. Ammo, bu bugungi kunda qamchalik dolzarb mavzu ekanini ko’rsatish maqsadida, shu mavzuni, iqtisodiyot qonunlari hamda bir kompaniya misolida ko’rsatib berish uchun aynan shu mavzuni tanladim.
9. Герасименко В.В. Ценообразование. Учебное пособие. М.Инфра-М. 2005.
10.Слепнева Т.А., Яркин Е.В. Цены и ценообразование: Учебное пособие. – М.:ИНФРА- М, 2001. – 238 с.
11.Слепов В.А., Николаева Т.Е., Ценообразование: Учебное пособие. 2-е изд., М.: ИД ФБК–ПРЕСС, 2001. – 152 с.
12.Navro’zzoda B.N. Narxni shakllantirish: o’quv-metodik qo’llanma.-Buxoro: BuxDU nashriyoti, 2004. 220 b.
13.Navro’zzoda B.N., Mo’minov X.I. Iqtisodiy fanlarni "vaziyatli o’rganish" usulida o’qitish. "Pedagogik mahorat", 2005, 1-son, 51-55b.
14.Navro’zzoda B.N. Praysing: bozor tizimida natxni shakllantirish konsepsiyasi. BuxDU Ilmiy axboroti, 2007, 1- son. 37-43 b.
15.Наврўззода Б.Н. Пути формирования стратегии рыночного ценообразования (тезис). Устойчивое развитие экономики на рубеже XXI века/тезисы докл. Международной научно-прак-тической конференции.-М.:Рос.экон.акад. 2000. 69-71 б.
Do'stlaringiz bilan baham: |