O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Quyosh nurida chiniqishning fiziologik asoslari



Download 1,7 Mb.
bet252/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Quyosh nurida chiniqishning fiziologik asoslari


Quyosh ta’siri ostida chiniqish (quyoshda qorayish) keng tarqalgan tadbirlardan biridir. Bunda quyosh nuridan foydalanish hajmi va intensivligi, ushbu omilga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo`lishga qaratilgan ancha kuchli sanitariya propagandasi olib borilishiga qaramasdan, odatda, undan foydalanishning maqsadga muvofiq va xavfsiz chegaralaridan ancha chetga chiqib ketiladi. Quyoshda qorayish jarayonining jismoniy urinishni talab qilmaydigan qulay tashqi sharoitlarda o`tkazilishi ham muhim sababga bog’liq bo`ladi. SHunday bir fikr mavjudki, kuchli darajada quyoshda qorayish sihat-salomatlik uchun foydali bo`lib, estetik jihatdan maroqlidir. Biroq «qorayish» tushunchasi xiyla jiddiy tadbirlardan bo`lib, u ko`pchilik kishilar o`ylagancha oddiy narsa emas. Ushbu sog’lomlashtirish omilidan foydalanuvchi kishilar bundan voqif bo`lishlari kerak.

Odam quyosh ultrabinafsha nurining muayyan dozasiga muhtoj bo`ladi. Organizm tomonidan ultrabinafsha nurlarning iste’mol qilinishi etarli darajada D vitaminni hosil bo`lishini qiyinlashtiradi hamda bolalarda D gipovitaminozni avj olishiga sabab bo`ladi -teri oqarib ketadi, unda qon aylanishi yomonlashadi, himoya xususiyatlari pasayib, immun mexanizmlar zaiflashib ketadi. SHuning uchun ham shimol sharoitida yashaydigan, er ostida ishlaydigan, yopiq xonalarda trenirovka qiladigan sportchilarga muntazam ravishda sun’iy ultra-binafsha nur (kvarts) qabul qilish tavsiya etiladi.

Quyosh radiatsiyasining sihat - salomatlik uchun foydali bo`lgan dozasi diapazoni nisbatan unchalik katta emas. Organizm uchun etishmay turgan miqdorni to`ydirishga etadigan miqdorini uning minimumi sifatida belgilanadi, quyosh nurining optimum va maksimum darajalari organizmning ana shu nurga nisbatan bo`ladigan reaktsiyasiga qarab yoki qabul qilinadigan issiqlik qaloriyasi miqdoriga qarab dozalashtiriladi. Bir biologik dozaga muvofiq keladigan quyosh nuri qabul qilingan vaqtda kishilarda yoqimli reaktsiya kuzatiladi. Bunday reaktsiya fiziologik funktsiyalarning tejamkorligida va faollashganligida namoyon bo`ladi. Quyosh nuridan intensiv ravishda va uzoq muddat foydalanish dermada birlashtiruvchi (kollagen) to`qima tolalari shakllanishining buzilishiga olib keladi. Bunday hol terining elastikligini yo`qotadi va muddatidan oldin ajin tushishiga sabab bo`ladi.Terining oziqlanishi buziladi, u nozik va quruq bo`lib qoladi. Unda atrofiya va qarish jarayoni avj oladi.

Ultrabinafsha nurlar dezoksribonuklein kislotasi DNK tolalarini ya`ni, Hujayralarning genetik substratini parchalaydi. DNKning uzilgan tolalari tasodifiy ravishda ulanib, birlashib qolishi yomon sifatli hujayralar vujudga kelishiga sabab bo`lishi mumkin. Amerikalik tadqiqotchilarning fikricha, ko`pchilik teri raklarining paydo bo`lishiga kishining quyosh ostida haddan tashqari ko`p vaqt turishi sabab bo`lgan ekan.

Ultrabinafsha nurlarning katta dozalari immun tizimi funktsiyasini buzadi. Bu esa xatar kasalliklarning avj olishi uchun sharoit yaratadi. Hayvonlar ustida o`tkazilgan tajribalar orqali shu narsa tasdiqlanganki, ultrabinafsha nurlar kichik dozalarda qabul qilinganida limfotsitlar funktsiyasi buziladi. Bu esa

transplantatsiya qilingan (ko`chirib o`rnatilgan) rak o`simtalarning ajralib chiqishiga to`sqinlik qiladi.

O`z holicha olganda teri qorayishning salomatlik uchun foydali funktsiyasi mavjud emas, lekin u organizmni ultrabinafsha nuridan himoya qilish vositasida xizmat qiladi. Boshga quyosh nurining ta’siri hayot uchun havfli oqibatlarga-oftob urishiga olib kelishi mumkin. Oftob urishining mexanizmi miya po`stlog’i shikastlanishi hamda miya to`qimalarida qon aylanishining buzilishi bilan bog’liq bo`ladi.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   248   249   250   251   252   253   254   255   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish