O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim


Suvda chiniqishni me`yorlashtirish



Download 1,7 Mb.
bet250/261
Sana06.09.2021
Hajmi1,7 Mb.
#166904
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261
Bog'liq
jismoniy tarbiya gigienasi va sportning tibbiy-fiziologik asoslari

Suvda chiniqishni me`yorlashtirish


Ho`l sochiq bilan artinish, dushga tushish, ustidan suv quyish, suvda suzib cho`milish suvda chiniqishning turlaridir. SHulardan organizmga hammadan ko`proq intensiv ta’sir ko`rsatadigan cho`milish, eng kam ta’sir etadigan ho`l sochiq bilan artinishdir.

Suvda chiniqish ho`l sochiq bilan artinishdan boshlanadi. Suvning dastlabki harorati +28 -300 bo`lganida, odatda, kishi o`zini noxush his etmaydi. Harorat har kuni 10 dan pasaytirib boriladi va +15 -170 gacha etkaziladi. Artinishni yumshoq rezina-gubka bilan kaft bilan yoki ho`l sochiq bilan bajariladi. So`ngra terini quruq sochiq bilan badanda yoqimli iliqlik paydo bo`lguncha tez-tez artiladi. Artinishni

30 daqiqadan boshlab, to 2-3 daqiqaga qadar etkaziladi. Avval qo`llar, keyin bo`yin, ko`krak: qorin, bel va oyoqlar birin-ketin artib chiqiladi. Suvga tuz (1 l, suvga 3 osh qoshiqda), araq yoki adekolon (1 l, suvga choy qoshiqda) qo`shish tavsiya etiladi, bu teri retseptorlarining qo`zg’alishni kuchaytiradi.

Ustidan suv quyish ayrim a’zolarga (qo`llarga, bo`yinga, belga, ko`krakka , oyoqqa) taaluqli bo`lishi ham, umumiy bo`lishi ham mumkin. Umumiy suv quyishda idishdagi (leyka, choynak, chelak, ko`za) dagi suvni gavdadan 5-8 sm, masofadan turib boshdan va elkalardan quyiladi. Suv ko`yishni +34 - 35 0 haroratdan boshlanadi va har 3-5 kunda haroratni 10 ga pasaytirib boriladi, uni +15

-180 gacha tushiriladi. Agar ayrim a’zolarga suv quygach, undan umumiy suv ko`yishga o`tiladigan bo`lsa, u holda yana boshqatdan +34 -35 0 haroratdagi indifferent haroratdan boshlanadi. Muolaja 30 daqiqadan boshlanib, 2-3 daqiqaga qadar davom etadi. Harorat 10 ga pasaytirilgan kuni muolajaning ham muddati qisqaradi va yana keyin uzaytiriladi.

Shuni hisobga olish kerakki, qo`l va yuz terisi gavdaning kiyim bilan to`silgan boshqa qismlaridagi teriga qaraganda past havoga ancha chidamli bo`ladi. Oyoqning ostki qismi, tovonlar chiniqishga gavdaning terisiga qaraganda tezroq moslashadi. Chiniqmagan kishilarda oyoqning +10 -150 gacha sovitilishi reflekslar orqali shamollashning avj olishiga sabab bo`ladi. Uch haftalik chiniqish (oyoqlarga suv quyish) dan keyin oyoqlar sovitilganda bu xildagi reaktsiya paydo bo`lmaydi. Bu sovuq qo`zg’atuvchilarga nisbatan moslashish rivojlanganligini ko`rsatuvchi dalil bo`ladi, buning natijasida kishining organizmi har xil kasalliklarga, jumladan, yuqori nafas olish yo`llarining shamollashi va infektsion kasalliklarga chidamli bo`lib qoladi.

Dush ho`l sochiq bilan artinish va ustidan suv quyib chiniqishga qaraganda organizmga ko`proq intesivlik ta’sir o`rsatadi. Bu gavdaga tushib kelayotgan suvning harakat bilan bog’liqdir. Harorat bo`yicha olganda dushlar qaynoq- +39 - 420, iliq- +36 -370, indifferent_+34 -350, sovuqroq dush- +200 dan past bo`ladi; har xil haroratdagi suvning bir-biri bilan almashtirib turilishi-kontrast dush deyiladi, suvning gavdaga oqib tushish kuchi va harakteri bo`yicha dushlar yomg’irsimon dush, pog’onali dush, aylanma dush, sharko dushi, suv osti dushi deb bir necha turga bo`linadi. SHulardan eng ko`p tarqalgan terini tozalash, ish qobiliyatini tiklash va chiniqtirish maqsadida qo`llaniladigan yomg’irsimon dushlar.

Iliq suv bilan undan ko`ra sal kamroq iliq bo`lgan suvni bir-biri bilan almashtirib quyiladigan kontrast dush qo`llanilgan vaqtda chiniqishning eng yaxshi effektiga erishiladi. Iliq suv ta’siri ostida tomirlar kengayadi, undan ko`ra kamroq darajada iliq bo`lgan suvda esa tomirlar torayadi, ya’ni bunda tomirlarning, ayniqsa teridagi tomirlarning o`ziga xos gimnastikasi sodir bo`ladi. Bu esa tomirlardagi qon oqimini oshirishga, to`qimalarni qon bilan oziqlantirishning yaxshilanishiga yordam beradi, buning natijasida ular sovuq ta’siriga hamda infektsion omillarga ancha chidamli bo`lib qoladi.

Kontrast dush mayda arterial tomirlar-arterial tonusini normallashtirib, qon tomirlar spazmasini tuzatadi va uning oldini oladi. Bu esa tomir nevrozlari (vegetativ-tomir distoniyalari), gipertonik kasalliklarning oldini olishda va davolashda muhim rol o`ynaydi. Konstrast dush nerv tizimining funktsional holatini normallashtiradi, aqliy ish qobiliyatini oshiradi, qulay va yoqimli emitsional holatni vujudga keltiradi. U sovuqroq yoki sovuq dushga qaraganda havfsizroqdir. Chunki sovuq dush shamollash kasalliklarini keltirib chiqarishi mumkin. Sovuq ta’sirning iliq suv ta’siri bilan almashinib turishi tufayli konstrast dushda bunday shamollab qolish havfi bo`lmaydi. Shuning uchun ham uni sog’lomlashtiruvchi jismoniy tarbiya bilan shug’ullanayotgan kishilarga ham sportchilarga ham tavsiya etiladi.

Pog’ona dushni balandlikdan tushayotgan suvda (shovva, sharsharalarda) qabul qilinadi. U intensiv ravishda refleks ta’siri ko`rsatadi hamda a’zolarni massaj qiladi, suvning qattiq urilib, sochilishi natijasida hosil bo`layotgan ionlashtirilgan havodan nafas olishga yaxshi yordam beradi.

Sharko dushi- bu katta bosim ostida suv oqimini navbatma-navbat gavdaning turli a’zolari (bel, ko`krak, qorin, qo`llar, oyoqlar) ga qaratilgan

cho`milishdir, bunday dush organizmga chiniqtiruvchi, massaj qiluvchi va tonusni oshiruvchi ta’sir ko`rsatadi.

Suv osti dushi- bu ham o`ziga xos massaj bo`lib, organizmga ta’sir etishi jihatdan Sharko dushga yaqin turadi: bunda bosim ostida otilib chiqayotgan suv oqimi yordamida vanna massaj qilinadi. Bunday dush sportchilar kuch-quvvatini tiklashda yaxshi samara beradi.

Gavda a’zolariga suv muolajalari qilish, jumladan, oyoqlarni vannaga solib o`tirish ho`l sochiq bilan oyoqlarni artishga nisbatan ancha intensiv tadbir bo`lib, organizmga chiniqtiruvchi ta’sir ko`rsatadi. Bu tadbirni tog’ora yoki chelakka suv to`ldirib ham o`tkazish mumkin. Bunda suvning miqdori oyoq boldirlarini ko`mib turadigan bo`lsin. Oyoq vannasi qabul qilishni +24 -280 haroratdan boshlanadi va 10 daqiqa davom ettiriladi. So`ngra haroratni asta-sekin pasaytirib, +15 -180 ga tushiriladida, mana shu darajani doimiy ravishda saqlab turishga harakat qilinadi. SHuningdek, kontrast oyoq vannalari ham qabul qilinadi, bunda bitta tog’oradagi suvning harorati +40 -420, ikkinchi tog’oradagining harorati esa- +18 -200 bo`ladi. Oyoqlarni navbatma-navbat goh u tog’oraga, goh bu tog’oraga 5-6 martadan solib o`tiriladi, oyoqlar dastlab issiq suvga solinadi. Oyoqlar issiq suvda bir minut, sovuq suvda esa 15-20 sekund turishi kerak. Kontrast vannalar, xuddi kontrast dushlar singari, organizmga faqat chiniqtiruvchi ta’sir ko`rsatibgina qolmay, shu bilan birga, tomirlarni gimnastika qildiradi, qon aylanishini yaxshilaydi hamda asab tizimining tonusini oshiradi.

Suzish bilan cho`milish eng intensiv suv muolajasi hisoblanadi. Suvda bo`lishning o`ziyoq energiya safini ko`paytiradi, chunki suvning issiqlik o`tkazuvchanligi katta bo`lganligi tufayli issiqlik uzatilishi ortadi. Shunday qilib,

+20° haroratli suvda 15 minut harakatsiz bo`lishi 100 kkal issiqlikning yo`qalishiga olib keladi. Suvda harakat qilganda uning qarshiligi engiladi, shuning uchun u massaj qiluvchi ta’sirga ega bo`ladi. Sho`r (mineral) suv (dengiz, suvi sho`r ko`llar, mineral suvli basseynlar)da cho`milishi chuchuk suvga nisbatan organizmga kuchli ta’sir ko`rsatadi, sho`r suvningsh issiqlik o`tkazuvchanligi kattaroq va uning kimyoviy tarkibi teri retseptorlariga qo`shimcha qo`zg’atuvchi ta’sir ko`rsatadi.

Ochiq suv havzalarida cho`milishning suvning harorati +18-22° va havoning harorati +20-22° bo`lganda boshlash mumkin. Bo`lganda boshlash mumkin. Cho`milish muddati (boshlang’ich) -2-5 daqiqa, asta-sekin ko`paytira borib, 10-20 daqiqa etkaziladi va undan ham oshiriladi. Cho`milish uchun eng qulay vaqt-yoz, ertalabki mashg’ulotlardan so`ng, ertalab va soat 17-18 larda. Kun davomida qayta cho`milish uning organizmga bo`lgan ta’sirini ancha oshiradi. Har biri 2 daqiqadan bo`lgan uch mahal cho`milishda yo`qotilgan issiqlik bir marta 6 daqiqa cho`milgandagidan uch marta ko`pdir (Yu.N.Chusov).

Yopiq va ochiq basseynlarda suvni ilitib cho`milish va suzishning afzalligi shundaki, bu mashg’ulotlarni mavsumdan va ob-havo sharoitidan qat’i nazar butun yil davomida muntazam o`tkazib borish imkonini beradi.

Qishda cho`milish (morj bo`lish) favqulotda intensiv qo`zg’atuvchi bo`lib, u butun organizmda g’oyat o`tkir reaktsiyaga (hayajonga) sabab bo`ladi, u birinchi navbatda, neyroendokrin tizimi (gipotalamus, gipofiza, buyrak ustki bezlari) ga

ta’sir qiladi. Termoregulyatsiya tizimlariga keskin ravishda o`zgargan katta yuklama tushadi. Shuning uchun ham qishki cho`milish qat’iy miqdorlangan bo`lmog’i, shifokor nazorati ostida o`tkazilmog’i kerak, unga doimiy va muntazam ravishda tayyorgarlik ko`rish lozim. Dastlabki mavsumda cho`milish muddati 20 soniyadan, ikkinchi mavsumda 40-50 soniyadan, uchinchi mavsumda 60-70 soniyadan oshmasligi kerak. Cho`milishdan oldin iliq xonada razminka o`tkazish tavsiya etiladi, shu erdan mashg’ulot kastyumida cho`milish joyiga o`tiladi. Nagruzkadan keyin organizm qizib turgan paytda suvga tushmaslik kerak. Suvga tushgach, intensiv harakatlar qilish lozim. Suvdan chiqqach badan artiladi, ishqalanadi, sport kastyumi kiyiladi hamda razvedkalarga o`tib, u erda to`qimalardagi qon aylanishini tiklab olish uchun jismoniy mashqlar bajariladi. Qishki cho`milishni kunora o`tkazish tavsiya etiladi.

Ratsional ravishda o`tkazilgan qishki cho`milish salomatlikka yaxshi ta’sir ko`rsatadi, biroq uni chiniqishning ommaviy formasi sifatida tavsiya etib bo`lmaydi. Chunki qishda cho`milish uchun kishining salomatligi nihoyatda yaxshi bo`lishi kerak. Mashq o`tkazadigan kishi uchun chiniqishning eng oddiy vositalari bilan oldindan tayyorgarlik ko`rish talab qilinadi, buning uchun unga cho`miladigan tegishli joy va shart-sharoitlar, muntazam vrach nazorati zarur bo`ladi. Qishki cho`milishni yakka-yolg’iz holda o`tkazmaslik kerak, chunki og’ir vaziyatlar (tomir tortishishi, hushdan ketish, holdan toyish) yuz berishi mumkin. Bunday vaqtlarda tegishli yordam ko`rsatilmasa, kishining hayoti xavf ostida qolishi mumkin.


Download 1,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   261




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish