O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/32
Sana31.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#134372
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili

Umar Xayyom 

(1048-1131) 

 

 

 

 

 



 

 

G’iyosiddin Abdulfotih Umar Ibn al-Xayyom an-Nishopuriy 18 may 1048 yil 

Nishopur  shahrida  dunyoga  kelgan.  «Xayyom»  so’zi  -  chodir  degan  so’zdan 

olingan, ya’ni uning otasining  kasbi chodir yasaydigan usta bo’lgan. U 1131 yilda 

Nishopurda  vafot  etgan.  U  asosan  matematik  va  astronom  sifatida  mashhur 

bo’lgan.  

Ammo  uning  ruboiylari  ham  olamga  mashhurdir.  U  50  ga  yaqin  kitoblar 

yozgan, ammo bizgacha yetib kelmagan.  

U  binomial  teoremani  Nyutondan  550  yil  avval 

ixtiro  qilgan.  «Arifmetikaning  qiyin      savollari», 

«Algebra  va  al-muqobala  masalalarining  isboti 

to’g’risida»  asarlari  mashhurdir.  Navro’z  bayramining 

22  martda  nishonlanishini  va  u  33  yillik  sikl  bilan 

bo’lishini  ko’rsatgan.  33  yildan  25  yili  oddiy,  8  yili 

kabisa  yili  deb  ataladi.  U  Balx,  Buxoro,  Samarqand  va 

boshqa  shaharlarda  o’qib  ulg’ayadi,  1074  yildan 

boshlab Isfahon rasadxonasiga rahbarlik qiladi.  

Umar  Xayyom  kalendari  1079  yildan  boshlab  qo’llanila  boshlangan. 

Yevropaga  qabul  qilingan  Grigoryan  kalendaridan  500  yil  oldin  u  o’zining 

kalendarini ixtiro qilgan edi. Uning «Navro’znoma» asarida oy nomlari, bayramlar, 

turli  xil  afsonalar  keltiriladi.  Xayyom  bir  necha  asarlarida  Ibn  Sino  fikrlarini 

targ’ib etadi va o’zini uning shogirdi deb qaraydi. Umar Xayyomni biz ruboiylari 

bilan  shoir  sifatida  yaxshiroq  bilamiz.  Ammo  shoirlik  uning  asosiy  faoliyati 

bo’lmagan.  U  o’zining  matematika,  astronomiya  va  tabiiy  fanlar  sohasida  olib 

borgan  ilmiy  izlanishlarini  mohirlik  bilan  falsafiy  ruboiylar  (to’rtliklar)  tarzida 

ifodalangan. Ushbu to’rtliklarga e’tibor beraylik:                

Endi  Umar  Xayyomning  fizika  sohasida  olib  borgan  ilmiy  izlanishlariga 

to’xtalamiz.  U  Beruniyning  moddalarning  solishtirma  og’irligini  aniqlash  usulini 

takomillashtirib,  gidrostatik  tortish  usuli  yordamida  aralashmali  qotishmalar 

tarkibini  aniqlashning  tajriba  va  matematik  usullarini  yaratdi.  U  o’zining  «Aql 




 

 

tarozisi» asarida oltin va kumushdan tashkil topgan qotishmadagi oltin va kumush 



miqdorining proporsiya va algebraik usulini bayon qildi.  

Abu  Rayhon  Muhammad  ibn  Ahmad  Beruniyning  152  ta  asari  ma’lum, 

shundan 32 tasi bizgacha yetib kelgan. Jami asarlarining 70 tasi astronomiyaga, 20 

tasi matematikaga, 12 tasi geografiya va geodeziyaga, 4 tasi minerologiyaga, 1 tasi 

fizikaga, 1 tasi dorishunoslikka, 15 tasi tarix va etnografiyaga, 4 tasi falsafaga, 18 

tasi  adabiyotga  bag’ishlangan.  U  50  yoshida  eron,  fors,  arab,  yahudiy  va  yunon 

tillarini mukammal bilgan.  

 

Beruniy  astronomiyaga  doir  asarlari  bilan    geliosentrik  nazariyani  olg’a 



suradi.  Ekliptikaning  og’maligini  aniqlab,  bir  yilda  52  sekundga  kamayishini 

(hozirgi  natija  47  sek.)  aniqladi.  U  kvadrant  astralyabiga  o’xshash  asboblar  ixtiro 

qiladi. Yer aylanasi 40000 km ekanligini topadi. O’z asarlarida Yerni shar shaklida 

ekanligini e’tirof etib, Yer sharining bizga teskari tomonida ham materiklar mavjud 

ekanligini isbotlab, Kolumbdan bir necha yuz yil oldin Amerika qit’asini mantiqiy 

ravishda ochadi. 1048 yilda «Minerologiya» asarini yaratadi, bu asari ikki qismdan 

iborat  bo’lib,  1-  qism  36  bobni  o’z  ichiga  olib,  u  qimmatbaho  toshlarga 

bag’ishlangan. 2- qismi 12 bobdan iborat bo’lib, metallarga bag’ishlangan. Beruniy 

fizikaning  mexanika,  akustika,  issiqlik,  yorug’lik,  elektr  va  magnetizm 

masalalariga doir fikrlarni olg’a suradi. Materiya, o’lchov birliklari, tezlik, chiziqli 

va  burchak  tezlik,  og’irlik  va  solishtirma  og’irlik,  tutash  idishlar,  vodoprovod, 

buloqlar,  fontan,  artezian  quduqlari,  bo’shliq,  atmosfera  bosimi,  konveksiya, 

suyuqlik  zarrachalari  orasidagi  tortishish  kuchi,  inersiya,  erkin  tushish  hodisalari, 

oddiy  mexanizmlar  g’oyasini  boyitadi.  U  yorug’likni  moddiy  zarrachalar  dastasi 

deb  qaraydi.  Yorug’lik  tezligini  tovush  tezligi  bilan  taqqoslaydi.  Yorug’likning 

qaytishi va sinishi, ranglarga bo’linishini tushuntirishga urinadi. Elektron so’zining 

sharqda  atalishi  «kahrabo»  so’zining  ma’nosini  tushuntiradi.  «Kah»  —  somon, 

«rubo»  - o’g’irlamoq (tortib  olish)  degan ma’noni anglatadi,  ya’ni qahrabo junga 

ishqalanganda  yengil  (somon)  parchalarini  tortishi  sababli  shunday  deb 

nomlangan.  




 

 


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish