2.2.Klassik fizika rivojlanishi davri
Fizika taraqqiyoti davrida klassik fizika nomini olgan fan tabiatdagi juda
ko’p hodisalarning asl fizik mohiyatini ochib berishga olib keldi. Bu davr
fizikasi nafaqat nazariy, balki amaliy jihatdan ham insoniyatga xizmat qilish
darajasiga ko’tarildi. Klassik fizikaning shakllanishi va rivojlanishida I.
Nyuton, L. Eyler, J.Dalamber, J. Lagranj, P. Laplas va boshqa olimlarning
olamshumul xizmatlari mujassamdir. Bu davr fizikasining taraqqiyot tarixiga
faktlar asosida to’xtalamiz. Quyida klassik fizika taraqqiyot tarixiga poydevor
qo’ygan buyuk fizik I. Nyutonning hayot yo’li va kashfiyotlarining mohiyatiga
nazar tashlaymiz.
Isaak Nyuton eng atoqli fizik, matematik va astronomlardan biridir. U
klassik mexanikaning asosiy qonunlarini, butun olam tortishish qonunini
ta’riflab berdi, optikaning muhim qonunlarini aniqladi, cheksiz kichik
miqdorlarni hisoblash yo’lini topdi va hokozo. U o’zining deyarli butun ongli
hayotini fanga bag’ishladi.
Nyuton 1642- yil 25 dekabrda (yangi yil hisobi bo’yicha 1643 yil 5
yanvarda) Angliyaning Vulstorp shahrida tug’ildi. Uning otasi o’rta hol fermer
bo’lib Isaak tug’ulishiga yaqin o’lib ketgan. Isaakning bolalik vaqtidayoq
uning onasi boshqa erga tegadi va o’z bolasini Vulstorpda buvisi tarbiyasida
qoldirib, o’zi keyingi erining yurtiga ketadi. Isaak 12 yoshga kirganda uni
Grentemdagi pansion maktabga o’qishga beradilar. Boshida u yaxshi
o’qimaydi va sinfdagi eng qoloq o’quvchilardan hisoblanadi. Aytishlaricha, u
bir kun o’rtoqlaridan biri bilan olishib qolib, yengilgan, shundan so’ng
o’qishga bo’lgan munosabati keskin o’zgargan. Isaak juda zaif bola bo’lgan va
o’zining baquvvat maktabdoshlaridan himoya qila olmagan. Shuning uchun u
maktabda kuch bilan emas, balki fanlarni yaxshi bilish bilan obro’ qozonishga
ahd qiladi. Tezda u o’z obro’siga erishib, maktabda eng yaxshi o’quvchi bo’lib
oladi.
Nyuton bolalik chog’laridanoq mexanik apparat va qo’g’irchoqlar
yasash bilan shug’ullanadi. U yasagan modellar orasida shamol tegirmon, yuk
tashuvchi samokat, suv bilan yuradigan soat va boshqalar bor edi. Bu
o’yinchoqlarning ba’zilari ko’rgan odamlarni hayratda qoldirgan: u suv
tegirmonning modeliga sichqonni tegirmonchi qilib o’tqizgan, sichqon esa
mexanizmlarni ishga solib, tortilgan unni o’zi yeb o’tirgan, varvarakka esa
yonib turgan fonar bog’lab uchirgan, odamlar buni kometa deb o’ylaganlar.
Nyuton optika masalalari ustida ham ko’p ishlaydi. 24 yoshida u birinchi
bo’lib yorug’likning dispersiya hodisasini tajribada tekshiradi, har xil
ranglarning kelib chiqishini aniqlaydi va birinchi ko’zguli teleskop quradi.
Ko’zguli teleskopni ixtiro qilinishi Qirol jamiyatining (Angliya Fanlar
akademiyasining) e’tiborini jalb etadi, shundan so’ng bu jamiyat Nyutonni
1672 yilning boshida o’ziga a’zo qilib saylaydi. Bir oy o’tgach, Nyuton
jamiyatga o’zining “Yorug’lik va ranglar to’g’risidagi yangi nazariya”
(yorug’likning dispersiyasi haqida) degan yangi ishi yuzasidan doklad qiladi.
Nyuton optika sohasidagi tekshirishlarni davom ettiradi, yorug’lik
interferensiyasiga oid tajribalar o’tkazadi va yorug’lik mayda zarrachalardan-
korpuskullardan iborat degan gipotezasini bayon qiladi.
1679 yildan boshlab u osmon mexanikasi masalalari bilan, shu jumladan,
tortishish masalalari bilan sistemali ravishda shug’ullanadi. Tortishish
to’g’risidagi fikr Nyutonda 1666 yili daraxtdan olmani tushuvini kuzatish
paytida paydo bo’lgan deyishadi.
Ulug’ olimning do’stlaridan biri-Stekeley Nyuton huzurida bo’lgani
to’g’risida bunday deb yozadi: “tushki ovqatdan so’ng kun issiq bo’lgani
uchun, biz boqqa chiqib, olma daraxtlari soyasida choy ichishga o’tirdik;
ikkimizdan boshqa hech kim yo’q edi. Ser Isaak tortishish to’g’risidagi fikr
unga birinchi marta xuddi shu sharoitda kelganini aytib berdi. Nyuton chuqur
xayol ichida o’tirganda to’p etib tushgan olma tortishish to’g’risidagi fikrni
tug’dirgan ekan. U nima uchun olma hamma vaqt yerga tik tushadi, nima
uchun qiyalab tushmay, Yer markaziga qarab tushadi, deb muhokama
yurgizgan. Modomiki bir materiya boshqa materiyani shu ravishda tortar ekan,
materiyalar miqdori bilan tortishish o’rtasida proporsionallik bo’lishi kerak.
Shuning uchun Yer olmani tortgani kabi olma ham Yerni tortishi kerak.
Demak, butun koinotda ta’sir qiladigan, biz og’irlik deb ataydigan kuchga
o’xshash kuch mavjud bo’lishi kerak”.
Nyuton Yer bilan Oy orasidagi tortishish kuchi ular o’rtasidagi
masofaning kvadratiga teskari proportsional ravishda kamayishini aniqladi.
So’ngrara olim Yer bilan Oyga nisbatan chiqarilgan qonuniyatlarning quyosh
sistemasidagi hamma planetalar uchun ham to’g’ri ekanligini ko’rsatdi.
Keyinchalik u butun olam tortishish qonunini ta’riflab berdi. Turli mamlakatlar
olimlarining eksperimental tekshirishlari butun olam tortishishi to’g’risidagi
gipotezaning to’g’riligini butunlay tasdiqlab berdi.
Nyutonning 1687 yilda bosilib chiqqan «Natural falsafaning matematik
asoslari» kitobi uning ilmiy ijodiyotining cho’qqisi bo’ldi. Bu kitob o’sha
davrdagi
fizika-
matematika
sohasidagi
bilimlarinng
chinakkam
ensiklopediyasi edi. Bu kitobda olim birinchi bo’lib harakatning mashhur
qonunlarini ta’riflab berdi.
“I qonun. Tinch holatda yoki to’g’ri chiziqli tekis harakatda bo’lgan har
qanday jism to ta’sir etuvchi kuchlar uni bu holatdan chiqarmaguncha shu
holatini saqlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |