O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


Ba’ zi moddalarning solihtirma  og



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/32
Sana31.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#134372
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili

Ba’ zi moddalarning solihtirma  og 

irliklari 

 

1. Oltin  



2. Simob  

3. Kumuh  

4. Qurg’oshin  

5. Mis  


6. Temir  

                 

 

 

2.1.1-rasm Beruniy idishi 



U  gidrostatik  tortish  usuli  bilan  50  dan  ortiq  moddalarning  solishtirma 

og’irligini  aniqlagan.  Jadvalda  bir  necha  moddalarning  Beruniy  tomonidan 

o’lchangan  va  hozirda  ma’lum  bo’lgan  solishtirma  og’irliklari  keltirilgan.  Ushbu 

jadvaldan  ko’rinadiki,  natijalar  orasidagi  farq  unchalik  katta  emas.  Bu  narsa 

Beruniy  juda  mukammal  tajriba  usulidan  foydalanganligidan  guvohlik  beradi. 

Beruniy  o’zining  «Minerologiya»  nomli  asarida  ta’kidlashicha,  u  juda  ko’p 

izlanishlar  va  urinishlar  natijasida  gidrostatik  tortish  ishlari  uchun  maxsus  idish 

ixtiro  etganligini  yozadi.  Ushbu  idishning  ostki  qismi  konus  shaklida,  bo’yin 

tomoni  silindrsimion  bo’lib,  uning  o’rtasidan  teshik  ochilib  ingichka  naycha 

ulangan.  Idishga  suv  to’ldiriladi  va  unga  solishtirma  og’irligi  aniqlanishi  lozim 

bo’lgan  jismlar  tushirilganda,  ushbu  naychadan  ma’lum  miqdorda  suv  tarozi 

pallasiga  oqib  tushadi.  Oqib  tushgan  suv  og’irligi  tarozida  tortilib  va  u  namuna 

siqib  chiqargan  suv  og’irligi  bilan  taqqoslanib,  jismlarning  solishtirma  og’irligi 

aniqlanadi.  

Beruniy  erishgan  ilmiy  natijalar  va  uning  Minerologiya  asaridan  Sharqning 

buyuk olimlaridan Umar Xayyom,  Nosiriddin at- Tusiylar o’z ilmiy izlanishlarida 

keng foydalanishgan.  

Al Beruniy «Minerologiya» asarida oltin, kumush, simob, temir, mis, qalay, 

qo’rg’oshinlarning  xossalarini,  ularning  klassifakasiyasini,  qazilish  joylarini  va 

ularni  qayta  ishlash  haqida  ma’lumot  beradi.  Ushbu  asarida  Al  Beruniy 

«Marvarid»  toshining  optik  va  fizikaviy  xossalari,  uning  turli  tillarda  (arab,  fors, 

       Beruniy              hozirda 

19,810~Н/м   19,3.10~Н/м'  

13,55                     14,19  

10,42                     10,5  

11,47                     11,34 

8,71                      8,89   

7,98                       7,83  

 



 

 

yunon,  suriyon)  atalishi,  qaysi  dengizlardan  olinishi,  olinish  usullari  va      uni 



baholash haqida hikoya qiladi. 

Beruniy  «Mas’ud  jadvali»  asarini  1030  yilda  yozib  tamomlagan,  u  II 

bo’limdan iborat: uning  I bo’limida kun, oy,  yil  va o’sha vaqtda ma’lum bo’lgan  

kalendarlarga  izoh  beriladi.  II  bo’limda  turli  xalqlardagi  yil  sanalari  haqida, 

keyingi  bo’limlarda  astronomiya  masalalari  yoritiladi.  Beruniy  turli  xil  yulduzlar 

haqida  ulardan  ko’zga  ko’rinadigan  1017  tasi  to’g’risida  ma’lumotlar  beradi  va 

ularni yorqinligi bo’yicha 6 turga bo’ladi.  

Al  Beruniyning  «Hindiston»  nomli  asarining  1159  yilda  ko’chirilgan 

qo’lyozmasi nusxasi hozirda London kutubxonasida saqlanmoqda. Asar 1031 yilda 

yozib  tugallangan.  Ushbu  asarida  Beruniy  hindlarning  astronomik  va  matematik 

bilimlariga ularning xatolari va xulosalariga baho beradi.  

Beruniy  birinchi  marta  artezian  quduqlarni  qazishni  izohlab  bergan  edi. 

Vaholanki,  Yevropada  1126  yilda  Lils  tomonidan  artezian  qudug’i  ixtiro  qilinadi 

va  uning  nomi  bilan  bog’lanadi.  Demak  Beruniy  artezian  quduqlar  nazariyasi  va 

amaliyotini Yevropa olimlaridan 100 yillar oldin izohlab bergan ekan.  

Mirzo Ulug’bek - Amir Temurning nabirasi Mirzo Shohruhning o’g’li 1394 

yilning mart oyida Eronning Sultoniya shahrida tug’ilgan. Uning ismi Muhammad 

Tarag’ay bo’lib, yoshligidan Ulug’bek deb atala boshlangan va keyinchalik uning 

asosiy  ismi  bo’lib  qolgan.  1411  yil  Mirzo  Shohruh  o’g’li  Ulug’bekni 

Movorounnahr  va  Turkiston  hokimi  etib  tayinlaydi.  Bu  paytda  Ulug’bek  endi  17 

yoshga  to’lgan  edi.  Ulug’bek  ota  va  bobolaridan  farq  qilib,  harbiy  yurishlarga 

qiziqmas, ko’proq ilm va fanga moyil edi.  

Ulug’bek  o’zining  uztozi  deb  Qozizoda  Rumiyni  hisoblaydi.  U  Mavlono 

Ahmad va Qozizoda Rumiylar kabi astronom va matematiklar ta’sirida ulg’ayadi. 

Ulug’bekning  safdoshi  G’iyosiddin  Jamshid  Koshiyning  guvohlik  berishicha, 

Ulug’bek Qur’oni Karimni aksariyat qismini yoddan bilgan, fiqh, mantiq ilmlarini 

mukammal  egallaganUlug’bekning  astronomik  maktabi  mahsuli  sifatida  uning 

«Ziji Ulug’bek», «Ziji jadidiy», «Yangi zij» ham deb nomlanadigan mashhur asari 

hisoblanadi. Ulug’bekning matematikaga doir «Bir daraja sinusini aniqlash haqida 



 

 

risola»,  «Risolai  Ulug’bek»;    astronomiya  va  tarixga  doir  «Tarixi  arba’  ulus»  



(To’rt ulus tarixi) asarlari bizgacha yetib kelgan.  

Ulug’bekning  «Zij»  asari  to’g’risida.  Bu  asar  ikki  qismdan,  ya’ni  keng 

muqaddima  (nazariy)  va  amaliy  qismdan,  ya’ni  1018  ta  sobit  yulduzning  o’rni  va 

holati  aniqlab  berilgan  jadvaldan  iborat.  Muqaddimaning  boshida  Qur’oni 

Karimdan  yulduzlar  va  sayyoralarga  taalluqli  oyatlar  keltirilgan.  Masalan: 

«Quyosh,  Oy  va  yulduzlarning  barchalari  falakda  suzib  yurur»  (Yosun  surasi,  40 

oyat, 322 bet). «Darhaqiqat, biz eng yaqin osmonni yulduzlar bilan ziynatladik. Va 

uni  har  bir  itoatsiz  shaytondan,  jindan  saqladik».  (Vassofot  surasi,  6,7  oyat,  325 

bet).[16]  Ulug’bek  bu  bilan  astronomik  kuzatishlarning  zarurligini  g’oyaviy 

asoslamoqchi  bo’ladi.  Ammo  shunga  qaramasdan  Qur’oni  Karimning  mohiyatiga 

tushuna olmagan din peshvolari va aqidaparastlar uni g’ayridinlikda ayblab  ig’vo 

tarqatishib,  o’z  o’g’li  Abdullatif  tomonidan  o’ldirtiriladi.  Ulug’bek  «Zij»  ning 

muqaddimasida o’zining ustozi Qozizoda Rumiyning ushbu asarni yaratishda unga 

rahbarlik  qilganligini  yozadi.  O’zining  shogirdlari  orasidan  Ali  Qushchini 

«Farzandi  arjumand»  (ya’ni  farzandim)  deb,  «Zij»  ning  amaliy  qismini  uning 

ittifoqligida yozganligini ta’kidlaydi.  

1449  yili  Ulug’bekning  fojiali  halokatidan  so’ng  Samarqand  olimlari  asta-

sekin  yaqin  va  O’rta  Sharq  mamlakatlari  bo’ylab  tarqalib  ketadilar.  Ular  o’zlari 

bilan  Samarqand  astronomiya  maktabi  asarlarining  nusxalarini  olib  ketadilar  va 

uning  Ovrupoga  tarqalishiga  xizmat  qiladilar.  Ayniqsa,  uning  sodiq    shogirdi  Ali 

Qushchi  1473  yili  Istambulga  borib,  u  yerdagi  rasadxonada  Ulug’bek  ishlarini 

davom  ettiradi.  Shu  tariqa  Ulug’bekning  «Ziji»  Turkiya  va  undan  Ovrupo  orqali 

butun duyoga tarqaladi. Ma’lumotlarga qaraganda «Zij» ning hozirgi kunda 100 ga 

yaqin  forsiy  nusxasi  va  15  dan  ortiq  arab  tilidagi  nusxalari  dunyoning  turli 

kutubxonalarida saqlanmoqda.  

Endi  Ulug’bekning  fizika  faniga  qo’shgan  hissasi  to’g’risida  to’xtalaylik. 

Fizikanning  asosiy  fundamental  qonunlaridan  biri-butun  olam  tortishish  qonuni 

1680  yilda  ingliz  olimi  Isaak  Nyuton  tomonidan  ochilgan.  Ammo  Nyutongacha, 

Ptolemey,  Ulug’bek  va  boshqa  astronomlar  tomonidan  Oy,  Quyosh  va  boshqa 



 

 

sayyoralarning harakat trayektoriyasi o’rganilgan. Bu to’plangan ilmiy natijalarga 



asoslanib, Iogan Kepler planetalarning harakat qonunlarini ochdi. Nyuton bu ilmiy 

izlanishlarni    umumlashtirib,  Butun  olam  tortilish  qonunini  kashf  etdi.  Demak, 

Butun  olam  tortishish  qonuni  ochilishida  vatandoshimiz  Ulug’bek  va  uning 

astronomiya maktabining ham ulushi bor.  

 


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish