Yevklid optikasi (miloddan avval 330 — 275 y.). U Optika faniga yangicha usul
bilan yondashadi, «Optika» va «Katoptrika» nomli asarlarini yozadi. U optika
hodisalarini geometriya asosida tushuntiradi. Uning birinchi postulati: «Ko’zdan
chiqqan nurlar to’g’ri chiziq bo’ylab tarqaladi».
Ikkinchi postulati: «Ko’zdan chiqqan nurlar hosil qilgan tasvir konus shaklida
bo’lib, konus balandligi ko’zda bo’lib, asosi esa jismlarda bo’ladi».
Yevklid o’ndan ortiq postulatlar yordamida jismlar tasviri, soya hosil
bo’lishini tushuntiradi. U «Katoptrika» asarida yassi va sferik ko’zgularda tasvir
hosil bo’lishini ko’rsatib beradi. «Kotoptrika» asarida Yevklid yorug’likning
sinishiga doir tajribani keltiradi. Agar biror idish tubiga kichikroq buyumni qo’yib,
u ko’rinmay qolguncha egilsak va idish suvga to’ldirilsa buyum yana ko’rinadi.
U «Botiq ko’zgu bilan quyosh nuri yordamida alanga hosil qilish
mumkinligi»ni aytadi. Shunday qilib Yevklid zamonaviy geometrik optika asosini
yaratadi hamda uning amaliy qo’llanilishini ko’rsatib beradi.
O’rta asrlar sharqida ilmiy izlanishlar:
Al-Xorazmiyning «Az-zij al-Xorazmiy», («Astronomik jadval») asari, o’zi
saqlanmagan bo’lsada, 1126 yildagi lotin tilidagi tarjimasi saqlangan, Nyut va
Gershellar davrigacha asosiy astronomik jadval sifatida foydalanilgan. U Yerning
1
0
ga to’g’ri keluvchi meridianini aniqlagan. Aniqlik darajasi 1% dan kichik;
111815 metr (hozirgi hisob bo’yicha 110938). Matematika va astronomiya tarixida
VII-XV asrlar orasida yuzga yaqin «Zij» yaratilganligi ma’lum. Shular orasida
Mas’udiy, Ulug’bekning «Ziji Ko’ragoniy»lari bo’lib, Xorazmiyning ziji O’rta asr
Sharqida eng qadimgi zij hisoblanadi.
Xalifa al-Ma’mun «Donishmandlar uyi» olimlariga osmon va Yerning
batafsil xaritasini tuzishni buyuradi. Bu muammo ustida ko’p olimlar ish olib
borishadi, Xorazmiy ularga rahbarlik qiladi. Natijada 840 yilda «Majmui al-
Ma’mun» (Dunyo xaritasi) nomli asar nihoyasiga yetkaziladi. Ushbu asarga doir
Xorazmiy «Surat al-arz» (Yer surati) nomli risola yozadi. Xorazmiyning ushbu
asari juda ko’plab sharqshunos olimlarni qiziqtirib kelgan. Shulardan biri chex
olimi Gans Mjik 1926 yilda ushbu asarni to’laligicha arab tilida nashr ettirgan.
Xorazmiyning ushbu asarida 537 joy nomlari, 203 ta tog’ nomlari, dengizlar
va orollarning nomlari va nihoyasida daryolarning nomlari berilgan.
Amerikalik sharqshunos olim D. Sarton «Xorazmiy barcha zamonlarning eng
ulug’ matematiklaridan biridir», — deb ta’kidlaydi. Xorazmiy buyuk olim,
murabbiy va ko’pgina tabiiy fanlarning asoschisi hamdir.
Al-Farg’oniy Farg’ona vodiysining Qubo (Quva) qishlog’ida tug’ilgan. 813
yilda arab xalifaligi taxtiga Xorun ar-Rashidning o’g’li Abdulloh (al- Ma’mun)
o’tiradi. Al-Farg’oniy Bog’doddagi «al-Ma’mun» akademiyasida (Baytul hikma)
faoliyat olib boradi. Bu akademiya ixtiyorida ikkita rasadxona faoliyat ko’rsatar
edi. Biri Bog’dod shahrining ash-Shammosiya mavzesida bo’lib, ikkinchisi
Damashq shahri yaqinidagi Kasiyun tepaligida edi. Al-Ma’mun akademiyasida
buyuk matematik va astronom, vatandoshimiz al- Xorazmiy faoliyat ko’rsatar edi.
Al-Farg’oniy ilm izlab Farg’onadan Bog’dodga borib, al-Xorazmiy bilan tanishadi
va uning rahbarligida Damashq shahridagi rasadxonada o’z ilmiy izlanishlarini
davom ettiradi. Vatandoshimiz Abu Rayhon Beruniyning guvohlik berishicha, al-
Farg’oniy Suriya shimolidagi Sinjor sahrosida 832-833 yillarda Tadmur va ar-
Raqqa oralig’ida yer meridianining bir darajasi uzunligini o’lchashda ishtirok
etganligini ta’kidlaydi. Al-Farg’oniyning asosiy astronomik asari «Samoviy
harakatlar va umumiy ilmi nujum haqida kitob» (Kitob al- harakat as-samoviya va
javomi’ ilm an-nujum) XII asrda Ovrupoda ikki marta lotin tiliga va XIII asrda
boshqa Ovrupo tillariga tarjima qilinadi. Natijada, uning lotinlashtirilgan nomi
«Alfraganus» shaklida G’arbda keng tarqaladi. Uning ushbu kitobi Ovrupa
universitetlarida astronomiyadan asosiy darslik vazifasini o’tagan.
Al-Farg’oniyning faqat ikkita asari o’rganilgan, qolganlarini o’rganish o’z
navbatini kutib yotibdi. Uning asarlari to’liq tahlil qilinsa, alloma bobomiz
ijodining yangi qirralari ochiladi va uni jahon fani va madaniyatiga qo’shgan ulkan
hissasi yanada yaqqolroq namoyon bo’ladi.
Al-Farg’oniy nafaqat nazariyotchi olim, balki asl amaliyotchi muhandis ham
bo’lgan. U o’z hayoti davomida rasadxona qurilishiga, astronomik asbob va
uskunalar yasashga boshchilik qilgan. U Nil daryosida suv sathini o’lchaydigan
asbob (nilometr) yaratib, uni ishlatish yo’llarini ko’rsatib bergan va o’zi ham
shaxsan ishtirok etgan. Chunki Nil daryosi yoqasida istiqomat qiluvchi aholining
dehqonchilik ishlarini boshlashi uchun qurg’oqchilik va suv toshqinlaridan
ogohlantirib turish o’sha paytlarda muhim ahamiyatga ega bo’lgan. Nilometr
asbobining ishlashi fizikadan hozirgi kunda ma’lum bo’lgan tutash idishlar
qonuniga asoslangan. Demak, tutash idishlar qonunini al-Farg’oniy amalda
qo’llagan. Ammo fizika tarixida tutash idishlar qonuni XVII asrda yashagan
Fransuz olimi Blez Paskal nomi bilan bog’lanadi. Ayon bo’ladiki, vatandoshimiz
Al-Farg’oniy tutash idishlar qonunini Ovrupa olimlaridan 800 yil avval amaliy
sohalarda qo’llagan.
Mustaqillik tufayli buyuk ajdodlarimizning bebaho ilmiy meroslaridan
bahramand bo’lish baxtiga erishdik. Mustaqillik tufayli ulug’ alloma vatani
Farg’onada uning nomiga ulkan bog’ va memorial haykali o’rnatilib, 1998 yilda
Al-Farg’oniyning 1200 yillik to’yi Respublika miqyosida keng nishonlandi.
Abu Nasr Muhammad ibn Muhammad ibn Uzlug’ Tarxon-Sirdaryo
yoqasidagi Forob (O’tror) degan joyda tug’ilgan. Sharq mamlakatlarida uning
nomi ulug’lanib, «Al-Muallim as-soniy», «Ikkinchi muallim» (Aristoteldan keyin)
yoki Sharq Aristoteli deb yuritilgan. U boshlang’ich ma’lumotini ona yurtida,
so’ngra Toshkent (Shosh), Buxoro, Samarqandda oladi. Keyinroq o’z ma’lumotini
oshirish maqsadida arab mamlakatlarining madaniyat markazi Bog’dodga keladi.
U 70 dan ortiq tilni bilgan, 941 yildan boshlab Damashqda yashagan. Shahar
chekasidagi bog’da qarovul bo’lib kamtarona hayot kechirgan. U 950 yilda
Damashqda vafot etadi va «Bob assag’ir» qabristonida dafn etiladi.
Forobiyning fizikaga va matematikaga doir asarlari — «Hajm va miqdor
haqida so’z» (Kalom fi-l xiyz va-l miqdor), «Fazo geometriyasiga kirish haqidagi
qisqartma kitob» (Kitob al-madhal ila-l handasat al-vaxmiyati muxtasarsan),
«Astrologiya qoidalari haqida mulohazalarni to’g’rilash usuli haqida maqola»
(Maqola fi-l jihat allayati yassehu alayho al qavl bi ahkom an-nujum), «Fizika
usullari haqida kitob» (Kitob fi usul ilm at-tabiat).
Forobiy «Yulduzlar haqidagi qoidalarda nima to’g’ri, nima noto’g’riligi
to’g’risida» risolasida osmon jismlari bilan Yerdagi hodisalar o’rtasidagi tabiiy
aloqalarni, xususan, bulutlar va yomg’irlar paydo bo’lishining Quyosh issiqligi
ta’sirida bug’lanishiga sababiy bog’liqligini yoki Oy tutilishini Yerning Quyosh
bilan Oy o’rtasiga tushib qolishi deb tushuntiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |