O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Download 1,17 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/32
Sana31.07.2021
Hajmi1,17 Mb.
#134372
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32
Bog'liq
fizikafani rivojlanishida tarixiylik tamoyili

3. Aristotel – Arastu, sharqda «birinchi muallim» nomi bilan mashhur. U 384 

yilda  (eramizdan  avval)  tug’ilgan,  Platonning  shogirdi.  Platon  vafotidan  keyin  u 

Afinadan  safarga  chiqib,  343-340  yillarda  Yunoniston  podshohi  Filipp 

Makedonskiy  saroyida  yosh  Aleksandr  Makedonskiy  (Iskandar  Zulqarnayn)ning 

tarbiyasi bilan shug’ullanadi. 335 yilda Afina  shahrida maktab «Likey» ochadi va 

uni  12  yil  boshqaradi.  Aleksandr  Makedonskiy  vafotidan  keyin,  u  Afinani  tark 

etishga majbur bo’ladi. 322 yilda 63 yoshida Xalkida vafot etadi. Uning quyidagi 

asarlari bizgacha  yetib kelgan:  «Fizika»,  «Osmon to’g’risida»,  «Paydo bo’lish  va 




 

 

yo’qolish»,  «Metrologiya»,  «Muammolar»,  «Mexanika».  Aristotel,  Platon  va 



Pifagorlarning    mantiqiy  bilish  nazariyasini  tanqid,  qilib,  fizikani  kuzatishlar  va 

mantiq asosida yaratishga intildi.  

 

Aristotelning  ilmiy  merosi  orasida  biz  uchun  qiziqarlisi  uning  dinamikaga 



doir  ilmiy  qarashlari  bo’lib,  undan  Galileyga  qadar  Ovrupoda  darslik  sifatida 

foydalanib kelindi. Aristotel fikricha tabiatda hamma narsa harakatda,  u harakatni 

tabiiy va majburiy harakatlarga bo’ladi. U olamni ham ikkiga bo’ladi: Oy ostidagi 

o’zgaruvchan,  yuzaga  keluvchan,    yo’qoluvchan  hodisalar  va  narsalar  hamda 

abadiy  qoluvchi  oydan  yuqoriga  joylashgan  yulduz  va  fazoviy  jismlar. 

Aristotelning  ushbu  fikr  va  mulohazalari  kundalik  kuzatuvlar  va  mantiqqa 

asoslangan.  U  Yerni  olam  markazi,  ya’ni  barcha  samoviy  jismlar  Yer  atrofida 

aylanadi, deydi. Kundalik hayotda og’irroq jismlar Yer markazi tomon, yengilroq 

jismlar  (havo,  olov)  yuqoriga  olam  shariga  intiladi,  deb  izohlaydi.  Aristotel 

mexanik  harakatning  sababchisi  unga  qo’yilgan  birinchi  turtki,  deb  qaraydi. 

Gorizontga  otilgan  jismlar  harakatini  tushuntirishda  Aristotel  quyidagicha  fikr 

yuritadi:  Otilgan  jismlar  harakatining  sababchisini  muhit,  ya’ni  havo  bo’lib,  jism 

siljiganda  u  egallagan  joyda  bo’shliq  (vakuum)  vujudga  keladi.  Bo’shliqni 

to’ldirish uchun havo jismga turtki beradi va harakat shu zaylda davom etadi, deb 

tushuntiradi.  

Ushbu  nazariyaga  asosan  jismlar  havosiz  bo’shliqda  cheksiz  katta  tezlik 

bilan harakatlanishi lozim edi, ammo kundalik kuzatishlar buning aksini ko’rsatadi. 

Shu sababli, Aristotel atom tuzilishi tarafdorlari fikriga qarama-qarshi (ya’ni olam 

atom  va bo’shliqdan tashkil  topgan degan fikrga) bo’shliq  yo’q, deb fikr  yuritadi 

va bu fikr Torichelli tajribasigacha o’zgarishsiz qoladi.  Keyinchalik, Aristotelning 

bu fikri fizikaga «Efir» tushunchasini kiritishga ham sabab bo’ladi.  

Aristotelning  dinamikaga  doir  ilmiy  qarashlarining  ikkinchisi  jismlarning 

erkin tushish tezligi uning og’irligiga to’g’ri proporsional deb qarashi hisoblanadi. 

Bu  xulosa  kundalik  kuzatishlarga  to’g’ri  keladi,  masalan;  olma,  olma  bargiga 

nisbatan yerga kattaroq tezlik bilan tushadi. Buning sababini Aristotel quyidagicha 

talqin etadi. Jismlar Yer sirtiga yaqinlashgan sari og’irligi orta boradi va unga mos 




 

 

holda  tezligi  ham  ortadi  deb  tushuntiradi.  Ushbu  fikrning  Galiley  tomonidan 



keyinchalik noto’g’ri ekanligi isbotlanadi.  

Aristotelning  kinematikaga  doir  o’zaro  perpendikulyar  ko’chishlarni 

qo’shishi  hozirgi  qoidaga  to’g’ri  keladi.  Ya’ni,  u  gorizontga  otilgan  jismlar 

harakatini  ikkita  gorizontal  va  vertikal  tashkil  etuvchilarga  ajratadi  va  natijaviy 

harakat egri chiziqli (parabola) bo’lishini ko’rsatadi.  

Aristotelning  statikaga  doir  fikrlari  hozirgi  fikrlarga  mos  keladi.  Aristotel 

richaklarning  (pishang)  muvozanatlilik  shartini,  tarozi  va  bloklar  nazariyasini 

to’g’ri tushuntirib beradi.  

Aristotel  o’zininng  «Muammolar»  asarida  musiqa,  metrologiya,  amaliy 

mexanika, kinetik energiya tushunchasiga yaqin fikrni, osmotik bosim, tovushning 

havoda  tarqalishi,  yorug’likning  qaytish  qonuni  va  yorug’likning  tarqalish  tezligi 

borasida to’g’ri fikrlarni olg’a suradi. 

 Aristotelning  fizikaga  doir  ishlari,  albatta,  fizika  fani  rivojiga  ulkan  hissa 

qo’shdi.  Ilk  bor  Aristotel  o’zining  «Fizika»  nomli  kitobida  fizika  fanining 

shug’ullanish  sohasini  aniqlab  bergan  edi.  Fizika  fani  tabiat  va  undagi 

hodisalarning  sababini  o’rganishini  ta’kidlab  o’tgan.  Uning  ushbu  tushunchasi 

fizika fanining zamonaviy predmetiga mos keladi.  

Aristotel fizik hodisalarni izohlashda matematikadan foydalanmaydi. Uning 

asosiy  ilmiy-izlanish  usuli  kuzatish,  mantiq,  va  dialektika  bo’lgan.  Aristotel 

Demokritni  va  uning  tarafdorlari  Anaksagor,  Levkipplarning  olamda  atom  va 

bo’shliqdan boshqa narsa yo’q degan fikrlariga qarshi chiqib, bo’shliq (vakuum) va 

vaznsizlik holati bo’lishi mumkin emas deydi. Aristotel olamni cheksiz deb e’tirof 

etib, Yerni olamning markazi deb hisoblaydi va geosentrik nazariyani olg’a suradi. 

Aristotel va uning shogirdlarining kamchiligi shunda ediki, ular tajriba natijalariga 

tanqidiy  yondoshmaganlar  va  shoshma-shosharlik  bilan  xulosa  chiqarishgan. 

Shunga  qaramasdan,  Aristotelning  ilmiy  merosi  fizika  fanining  keyingi 

taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shdi.  



 

 

Aleksandr  Makedonskiy  vafotidan  keyin  Aristotel  Afinadan  qochishga 



majbur  bo’ladi.  Fanning  taraqqiyoti  Afinadan  Misrning  Aleksandriya  shahriga 

ko’chadi. Aristotelning shogirdi Demetriy Falerskiy tomonidan (miloddan avvalgi 

III  asr)  «Aleksandriya  muzeyi»  tashkil  etiladi.  Ushbu  muzey  Aristotel  va  boshqa 

ko’pgina  olimlar  asarlarini  to’plash  va  nashr  etish  bilan  shug’ullanadi  va 

milodgacha  47  yilda  700000  tomlik  boy  kutubxona  yuzaga  keladi.  Dunyoning 

hamma  tomonidan  olimlar  to’planib,  fan  va  madaniyatni  rivojlantirishdi. 

Aleksandriya  kutubxonasi  miloddan  avvalgi  47  yilda  qisman  rimliklar  tomonidan 

yondirib  yuborildi,  qolgan  qismi  eramizning  391  yili  va  qoldiqlari  esa  VII-VIII 

asrlarda  yo’qolib  ketadi.  Ushbu  ilm  dargohida  yunonistonlik  olim  Arximed  ham 

ta’lim olgan.  

Arximed miloddan avvalgi  287 yilda Sirakuz (Sisiliya yarim oroli) shahrida 

astronom  olim  Fidey  oilasida  dunyoga  keladi.  U  asosiy  bilimni  Aleksandriya 

muzeyida  oladi.  U  dastlab  Misrning  Nil  daryosida  ko’priklar,  dambalar  quradi, 

Arximed vinti degan suv ko’targich, 40 ga yaqin mexanizmlar ixtiro qiladi.  

 

Arximed  statika  va  gidrostatika  asoschisi.  U  jismlarning  og’irlik  markazi, 



richaklar nazariyasini  yaratdi. Richakning muvozanatlilik sharti: teng  og’irlikdagi 

yuklar  teng  yelkalarda  muvozanatda  bo’ladi.  U  gidrostatikaning  asosiy  qonunini 

ochadi: "gaz va suyuqliklarga botirilgan jismga shu jism siqib chiqargan gaz yoki 

suyuqlik  og’irligiga  teng  pastdan  yuqoriga  yo’nalgan  itaruvchi  kuch  ta’sir  etadi". 

Arximed  tomonidan  ushbu  qonunning  ochilishi  haqida  qiziqarli  rivoyat  mavjud. 

Aytilishicha,  Sirakuz  podshosi  Giyeron  sof  oltindan  toj  yasashni  zargarga 

buyuradi.  Toj  tayyor  bo’lgandan  so’ng  Giyeron  toj  sof  oltindan  yasalganligiga 

shubha  qiladi.  Bu  masalani  oydinlashtirishni  u  Arximedga  buyuradi.  Arximed 

zamonida  turli  xil  metallarning  solishtirma  og’irligi  ma’lum  bo’lgan,  ya’ni; 

v

p

d

 munosabat orqali  aniqlangan. U toj og’irligini tarozida tortib oladi, ammo 



uning hajmini qanday aniqlashni bilmaydi. Chunki   Arximed  zamonida 

muntazam  geometrik  shakldagi  jismlar  silindr,  shar,  kub  kabilarning  hajmini 

aniqlashni  bilar  edilar.  Ammo  u  murakkab  shakldagi  toj  hajmini  o’lchashning 

yo’lini  topa  olmay  qiynalib  yurar  edi.  Kunlardan  bir  kun  u  suv  to’la  vannaga 




 

 

tushadi,  qarasa  suv  vannadan  toshib  to’kiladi.  Shunda  yo’lini  topdim  (evrika)  deb 



ayyuhannos  soladi  va  quyidagicha  mulohaza  yuritadi:  Suyuqlikka  botirilgan  jism 

o’z hajmiga teng suyuqlikni siqib chiqaradi, degan xulosaga keladi. Shu usul bilan 

u  tojning  hajmini  o’lchab,  uning  solishtirma  og’irligini  aniqlaydi,  tojning 

solishtirma  og’irligi  oltinning  solishtirma  og’irligidan  kichik  chiqadi.  Shunday 

qilib, toj uchun berilgan oltinning bir qismi zargar tomonidan olib qolinib, o’rniga 

kumush  qo’shilganligi  ayon  bo’ladi.  Shoh  Giyeron  zargarni  jazolaydi.  Shunday 

qilib, hayotiy zarurat buyuk kashfiyotning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi.  


Download 1,17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish