O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Bolalar va o‘smirlarning oqilona ovqatlanishi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

 Bolalar va o‘smirlarning oqilona ovqatlanishi 
Ma'lumki, bolalar va o‘smirlar vujudi kattalarnikiga farq qilib, 
birinchidan, ularda ko‘pgina tizim va a'zolar rivojlanishda bo‘ladi. 
Ikkinchidan, ular asab tizimida qo‘zg‘alish jarayoni tormozlanishdan 
ustun turadi, o‘zlari ancha serharakat bo‘lishadi. Uchinchidan, 
noqulay muhit omillari (zaharli moddalar, issiq yoki sovuq harorat, past 


330 
yoki yuqori bosim, ochlik, uyqusizlik, ruhiy hissiy qo‘zg‘alishlar va h) 
kuchli darajada ta'sir qiladi. To‘rtinchidan, ular shirinliklarni juda 
xo‘sh ko‘rganidan boshqa asosiy oziq moddalarni yemaslikka harakat 
qiladi, sanab o‘tilgan jarayonlarning bola vujudi shakllanishiga salbiy 
ta'sir etishining oldini olishda oqilona ovqatlanish qoidalariga rioya 
qilish muhim omil hisoblanadi. Bunday ovqatlanishga bolani o‘rgatish 
va uni tashkil qilish o‘ziga xos qiyinchiliklarga ega, binobarin, bu 
yoshdagilarning aksariyat qismi ovqatlanish va ovqat hazm qilish 
fiziologiyasi va biokimyosi borasida oddiy tushunchaga ham ega emas. 
Shuningdek, oziq moddalarga bo‘lgan ehtiyoj, ularni qabul qilish va 
hazm qilish, ovqatdagi asosiy oziq moddalarning bir-biriga nisbati, 
quvvat sarflash bo‘yicha turli yoshdagi bolalar bir-biridan keskin farq 
qiladi.
Kichik (1-3) yoshdagi bolalarni oqilona ovqatlantirish 
 
Bu yoshdagi bolalarni ovqatlantirishda ular vujudining fiziologik 
va boshqa o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqish kerak. Dastavval 
ovqat tez hazm bo‘ladigan, hajmi uncha ko‘p bo‘lmagan xilmaxil 
mahsulotlardan tayyorlanadi. Bolada 8-10 tishlar chiqishi bilanoq unga 
chaynovchi mushaklarning rivojlanishi
30-jadval 
Kichik yoshdagi bolalarning asosiy oziq moddalariga
bir kecha-kunduzlik talabi 
Oziqovqat 
mahsulotlari 
Miqdori
Eslatma


331 
Oqsillar, g 
Shundan hayvon oqsili, 

Yog‘lar, g 
Shundan 
o‘simlik 
yog‘i, g 
Uglevodlar, g 
Tiamin, ME (B
1
vit.) 
Riboflavin, mg (B
2
vit.) 
Piridoksin, mg (B
6
vit.) 
Sianokobalamin, 
mg 
(B
12
vit.) 
Falotsin, mkg (B
s
vit.) 
Nikotin kis. (PP vit) 
Askorbin kis., mg (C 
vit.) 
Retinol, mkg (A vit.) 
Tokoferol, mg (E vit.) 
Kalseferol, ME (D vit.) 
Kalsiy, mg 
Fosfor, mg 
Magniy, mg 
Temir, mg 
45 
34 
44 
510 
176 
0,8 
0,9 
0,9 

100 
10 
45 
450 

400 
800 
800 
150 
10 
Ushbu oziq 
moddalarining umumiy 
energetik
qiymati – 1540 kkal 
uchun qattiqroq non, suxari, olma, sabzavotlar bo‘lagi, suyakli go‘sht 
berilib borishi foydalidir. 3 yoshli bolalarda me'da hajmi bir oz 
kengayadi, shuning uchun ularga beriladigan ovqat miqdori ham 


332 
tegishli ravishda ko‘paytiriladi (300-400 ml). Ba'zan bolada ishtaha 
yaxshi bo‘lib, anchagina miqdorda ovqat yeyishga moyillik bo‘ladi, 
bunday paytlarda qancha hoxlasang, shuncha yeyaver deb qo‘yish 
noto‘g‘ri, chunki u yoshlikdan ehtiyojdan ko‘p ovqat iste'mol 
qilishga o‘rganib qoladi. Bu holat, birinchidan, me'da hajmini 
kengaytirib yuborsa, ikkinchidan, ortiqcha semirish va u bilan paydo 
bo‘ladigan salbiy asoratlarga olib keladi. 28-jadvalda kichik yoshdagi 
bolalar uchun mo‘ljallangan bir kecha-kunduzlik taxminiy asosiy oziq 
moddalari, vitaminlar va mineral moddalar haqida ma'lumotlar 
keltirilgan.
Yasli yoshidagi bolalarning kunlik ovqatiga mol, qo‘y, buzoq, 
parranda go‘shtlari, baliq, kallapocha, o‘simlik yog‘lari, yormalar, 
dukkaklilar, sabzavotlar (karam, sabzi, sholg‘om va b), meva-chevalar, 
yong‘oq, ko‘katlar tegishli miqdorda bo‘lishi kerak. Yana haftada 
birikki marta ular ovqatiga ozroq sarimsoq qo‘shib berish kerak (uning 
bakteritsidlik va yallig‘lanishga qarshilik ko‘rsatuvchi xususiyatlaridan 
kelib chiqqan holda).
Bolaning kunlik ovqatiga me'da ichak tizimi harakat faoliyatini 
kuchaytirish uchun oziq tolalariga boy mahsulotlardan (bu ko‘pincha 
qora non, po‘sti olinmagan olma, sabzi, karam, sholg‘om, 
ko‘katlarda mo‘l bo‘ladi) ham tegishli o‘rin berish kerak. Ular iloji 
boricha har kuni meva-chevalardan, qish kunlarida shu yoshdagi bolalar 
uchun mo‘ljallangan meva sharbatlaridan, konservalardan, tanovul 
qilib turishlari lozim. Bunday ovqatlanish ular vujudining kerakli 
vitaminlar, mineral moddalar hamda biologik faol moddalar bilan 
ta'minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish