O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

A
SOSIY ATAMALAR
 ....................................................................................... 378
 
ADABIYOTLAR ......................................................................................... 420
 



 
SO‘Z BOSHI
 
O‘zbekiston Rrespublikasi Davlat ta‘lim standartlari hamda
yangi tuzib chiqilgan fanning o‘quv dasturiga mos ravishda
yozilgan «Hazm va oziqlanish fiziologiyasi» Odam va hayvonlar 
fiziologiyasi faninig tarkibiga kiruvchi tegishli boblarni o‘z ichiga 
olib, 5А140101 “Biologiya”
magistratura yo‘nalishi tinglovchilari 
uchun darslik sifatida mo‘ljallangan. 
Ushbu tanlov fani inson va hayvonlar organizmida oziq 
moddalarni qabul qilish, qayta ishlab o‘zlashtirish, hamda bevosita
ovqatlanish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarga bag‘ishlangan
nazariy va amaliy masalalarni yoritishga qaratilgan.
Ushbu masalalarni to‘g‘ri qo‘yilishi, optimal echimi oziq-ovqat 
mahsulotlaridan unumli foydalanish, turli xil ekologik holatlarda
kishilik jamiyatida vaqti-vaqti bilan kuzatilib turadigan iqtisodiy 
inqirozlarning oldini olish, har xil yuqumli va surunkali xastaliklardan
himoyalanishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Darslik ikki qismdan iborat bo`lib, birinchisi hazm a`zolarining
funksional xususiyatlariga bag‘ishlangan. Unda og‘iz bo‘shlig‘i, 
me‘da, ichak barcha hazm bezlarining ovqat moddalarning fizikaviy 
hamda dastlabki kimyoviy o‘zgarishlarga uchrashida qatnashishi
fanning zamonaviy yutuqlariga tayanib izohlangan. 
Ovqat hazim bo`lishi va ovqatlanish fiziologiyasini dastavval
I.P.Pavlov tomonidan yaratilgan mumtoz ilmiy tushunchalardan
tashqari keуingi 50-60 yil ichida fanning turli soxalari bo‘yicha
qo‘lga kiritilgan metodologik yondashuvlar (elektrofiziologik, 



immunologik, sitokimyoviy, biokimyoviy va boshqalar) yordamida
yangiliklar ochilib membranada ovqat hazm bo‘lishi, filogenez va
ontogenezda 
oshqozon-ichak tizimining morfofunksional
xususiyatlari, aholi turli guruhlarida ratsional ovqatlanish normativlari va 
boshqalar), bu hol hazm tizimining nafaqat odam va hayvonlarda
iste‘mol taomlaridan kerakli energiya va plastik materiallarni
o‘zlashtirib oluvchi masalalarda faol qatnashuvchi a‘zolar 
majmuasi sifatida qarashni taqozo etmoqda. 
Me‘da hazm funksiyasini bayon etishda gastroenterologiyadagi
keyingi yutuqlar, jumladan undan ajratilgan shiraning barcha
biokimyobiy ko‘rsatkichlarini tekshirish ob‘ektiga hech bir zarar 
etkazmasdan sof tabiiy holda qayd qilish yo‘li bilan oligan 
natijalardan. 
Shuningdek, jigarning ovqat hazm bo‘lish jarayonidagi
ishtiroki gepatologiyadagi yangi tekshirish usullari bois qayd qilingan
ma‘limotlar bilan boyitilgan. 
Ingichka ichakdagi ichki uyzasidagi epiteliotsitlarda ishlab 
chiqariladigan haqiqiy ichak fermentlari u yerda sodir bo‘ladigan 
so‘rish 
jarayonlarida 
transport 
funksiyasini 
bajaruvchi 
komplekslarning ishlash mexanizmlari bayon qilingan. 
Shu bilan bir qatorda oshqozon-ichak tizimining endokrin
funtksiyasi akademik A.M.Ugolev va bu sohada ish olib borgan 
boshqa olimlarning tadqiqotlari asosida tushuntirib borilgan. Ushbu 
qismda yo‘g‘on ichakning ingichka ichakda fermentativ 
parchalanishga uchramagan qismlarining mikroorganizmlar tomonidan
gidrolizlanishi va bu jarayoning qanday kechishi, ijobiy va salbiy 
tomonlari ko‘rsatib o‘tilgan. Oshqozon –ichak yo‘lining harakat



funktsiyasi ham hazm jarayonida muhim ahamiyat o‘ynashi, uni
amalga oshishda davriylik mexanizmlari batafsil gapirilgan. 
Ushbu qismda yana ovqat hazm qilish a‘zolari funksiyasining 
boshqarilishi, bu jarayonda nerv va gumoral omillar ishtiroki bayon
qilingan. 
Darslikning ikkinchi qismi bevosita ovqatlanish bilan bog`liq 
bo`lgan jarayonlarga bag‘ishlangan bo‘lib, unda asosiy oziq 
moddalari ya‘ni, makronutrientlar (oqsillar, yog‘lar va uglevodlar)
hamda mikronutrientlarning (vitaminlar, mineral moddalar) fiziologik
va biokimyoviy xususiyatlari nutritsiologiyada keyingi yillarda qo‘lga 
kiritilgan yutuqlar asosida bayon qilingan. 
Ushbu qismda asosiy va qo‘shimcha oziq moddalarning
O‘zbekistom Respublikasi sharoitida asosiy manba‘lari, turli guruh 
vakillarining ularga bo‘lgan ehtiyojlari va ularni qondirish
masalalariga alohida e‘tibor berilgan. 
Nafaqat Respublikamizda balki butun dunyo aholisi orasida
uchrab turadigan oqsil va oqsil energetik taqchillikning kelib chiqish 
sabablari, ularni oldini olishda mahaliy mahsulotlardan unumli 
foydalanish yo‘llari bayon qilingan. Yana bu qismda organizmda
energiya almashinuvining ovqatlanish jarayoniga bog‘liq masalalari,
ehtiyojdan ko‘p va ehtiyojdan kam oziqlanish olib keladigan
oqibatlar haqida fikr yuritilgan bundan tashqari oqilona ovqatlanish
pritsplari (miqdor, sifat, tartib) izohlanib ovqatlanish nazariyalari ustida
to‘xtalgan. 
Aholi turli guruhlarining jumladan aqliy mehnat qiluchilar,
ishchilar, qishloq mehnatkashlari, o‘quvchi yoshlar, talabalar, 



sportchilar, homilador va sut emizdiruvchi ayollar. Keksalar va 
qariyalarning ratsional ovqatlanishi asoslari keltirilgan. 
Darslik “ Odam va hayvonlar fiziologiyasi” ixtisosligi boyicha
tayyorlanadigan magistrlarga ovqat hazm bo‘lishi va ovqatlanish
masalalarining nazariy va amaliy jihatlarini keng ko‘lamda
tushuntirishga, bu sohada egallagan bilimlarni ta‘lim-tarbiya 
ishlarida qo‘llashga moslashtirilgan. Shi bilan bir qatorda u
bo‘lajak magistrlar “Odam va hayvonlar fiziologiyasi“ ning aynan
shu sohasi bo‘yicha mustaqil ilmiy tadqiqotchilar bo‘lib faoliyat
yuritishlari uchun ilmiy asos hamda metodologik yo‘nalish
berishga mo‘ljallangan. 
Darslikda o‘quv materiallarni tushinishga yordam beradigan
rasmlar va jadvallar hamda atamalar lug‘ati keltirilgan. Har bir 
qismning yakunida savollar va muammoli masalalar talabalarni o‘z-
o‘zini tekshirish tavsiya etilgan.
Zamonaviy interfaol axborot uzatish, aqliy hujum, klaster va bosqa 
pedagogik texnologiyalar o‘qituvchi darsni qanday tashkil qilinishiga 
bog’liq ravishda o‘tkazilishi lozim. 


10 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish