O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta ′ lim vazirligi


Sportchilarning oqilona ovqatlanishi



Download 3,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/173
Sana16.03.2022
Hajmi3,72 Mb.
#494449
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173
Bog'liq
ovqat hazm qilish va ovqatlanish fiziologiyasi

Sportchilarning oqilona ovqatlanishi 
Olib borilgan ilmiy tadqiqotlar sportchi vujudi ovqatlanish 
jarayonlarining bir qator o‘ziga xos xususiyatlari mavjudligini 
ko‘rsatadi. Ayniqsa, katta sportda yuqori natijalarga erishish uchun 
muntazam shug‘ullanish va musobaqalar davomida sportchi vujudiga 
tushadigan kuchli yuklamalar moddalar va energiya almashinuvining 
dastlabki va muhim bosqichlariga katta e'tibor berish kerakligini taqozo 
qiladi. Bu borada yig‘ilgan ma'lumotlar tahlili sportchi ovqatlanishida 
quyidagi asosiy beshta qoidaga amal qilish zarurligini ko‘rsatadi: 
1.
Sportchi vujudining tegishli quvvat bilan ta'minlanishi u 
sarflagan umumiy quvvatga mos kelishi. 
2.
Ovqatlanishda oziq moddalar, suv, vitaminlar va mineral 
moddalar umumiy miqdorining va bir-biriga nisbatini sport turi, 
bajariladigan jismoniy zo‘riqish tezligi, davomiyligi va ko‘lamiga 
qarab belgilash. 
3.
Musobaqaga tayyorlanish, musobaqa davri va musobaqadan 
keyingi davrlar aynan o‘ziga xos holda ovqatlanishni (oziq 
moddalarining muvozanatlantirish miqdori, tartibini) talab qiladi. 
4.
Mushak massasi va kuchini oshirib borishda unga mos 
keladigan kunlik ovqatni belgilab olish. 


345 
5.
Muvofiq ovqatlanishni belgilashda sportchi vujudining 
fiziologik, biokimyoviy xususiyatlari, milliy an'analar hamda iqlim 
sharoitlarini hisobga olish. 
Bajariladigan har qanday jismoniy ish uning hajmi, tezligi va 
ko‘lamiga ko‘ra tegishli miqdorda oziq moddalar talab qiladi. 
Vujudning bunday ovqatga bo‘lgan umumiy ehtiyoji yana uning jinsi, 
ob-havo sharoitlari, asab-ruhiy kechinmalariga qarab ham turlicha 
bo‘ladi. Ovqat bilan ehtiyojni qoplash uchun qabul qilinadigan quvvat 
esa asosiy oziq moddalaridan qancha va qanday holda iste'mol 
qilinishiga bog‘liq. Iste'mol qilinadigan taomlar tarkibida bu moddalar 
turli xil nisbatda masalan, go‘shtli ovqatlarda oqsil, yog‘li ovqatlarda 
lipidlar, xamir, o‘simlik mahsulotlaridan tayyorlangan ovqatlarda esa 
uglevodlar ko‘p bo‘ladi. Kunlik ovqatning umumiy energetik qiymati 
esa uning tarkibidagi oqsil, yog‘, uglevodlar miqdori bilan aniqlanadi. 
Bu moddalar ichida uglevodlar asosiy quvvat manbai hisoblanib, sport 
mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanilganida dastavval aynan ular ishga 
tushadi. Yog‘ va oqsillar bu borada ikkinchi va uchinchi darajalidir, 
ularning quvvat hosil bo‘lishi uchun sarflanishi ko‘pincha favqulodda 
holat tug‘ilganidagina sodir bo‘ladi.
Bulardan tashqari, jismoniy faoliyat uchun quvvat bermasada, 
me'yoriy fiziologik va biokimyoviy jarayonlarning borishi uchun 
vitaminlar hamda mineral moddalar ham kerak. Bu moddalarga 
bo‘lgan talab doim bir xil bo‘lmasdan bajariladigan ishning 
xususiyatlariga qarab o‘zgarib turadi. Shunday ekan, turli sport turlari 
bilan shug‘ullanishda iste'mol qilinadigan ovqatning hajmi, tarkibida 
ular bilan qabul qilingan quvvat miqdorini bilish muhim amaliy va 
nazariy ahamiyatga ega masaladir. 35-37-jadvallarda har xil sport turlari 


346 
bilan shug‘ullanganda iste'mol qilinadigan me'yoriy ovqatning 
energetik qiymati va ba'zi vitaminlarga talab miqdori keltirilgan: 
37-jadval 

Download 3,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   173




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish