O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus, kasb-hunar ta`limi markazi, buxoro viloyat o`rta maxsus ta`lim boshqarmasi buxoro davlat universiteti qoshidagi 4-son akademik litsey



Download 1,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/78
Sana19.05.2023
Hajmi1,06 Mb.
#940695
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78
Bog'liq
Test

 
 
 
 
Chala dominatlik 
Chala dominantlikda dominant gen retsessiv gen bilan birga kelganda o`z belgisini to`liq yuzaga chiqara 
olmaydi. Shuning uchun geterezigota organizmda har ikkala gen yuzaga chiqaradigan belgilarning 
oraliq formasi hosil bo`ladi. Masalan: namozshomgulning oq va qizil rangdagi formalarini 
chatishtirilganda pushti rangli namozshomgul hosil bo`ladi. Odamlarda jingalak sochli va silliq sochli 
insonlar turmush qurishsa, to`lqinsimon sochli avlod yuzaga kelishi kuzatiladi. 
Mustaqil yeching 
1.Shoxli qoramolning juni qora bo`lishi oq bo`lishidan to`liqsiz dominantlik qiladi. Geterezigotali formalar 
kulrang junli hisoblanadi. Kulrang junli qoramollar o`zaro chatishtirilganda naslning necha foizini qora, oq, 
kulrang hayvonlar tashkil etadi? 
2.Ko`z oralig`I yaqin, ko`z oralig`I uzoq bo`lgan erkak va ayoldan ko`z oralig`I o`rtacha bo`lgan farzand 
tug`ildi. Ota-ona va farzandning genotipini aniqlang 
3.Odamlarda jingalak sochli JJ, to`lqinsimon sochli Jj, tekis sochli jj bo`lishi mumkin. Quyidagi genotipli 
odamlar va ularning farzandlarning genotipini aniqlang? 


40 
a)Jj x Jj b)Jj x jj c)JJ x JJ 
4.Odamda sochning jingalak bo`lishi (A) silliq(a) ustidan chala dominantlik qiladi. Shuning uchun 
geterozigotalilarning sochi to`lqinsimon bo`ladi. Onasi jingalak sochli, otasi esa silliq sochli oilada tug`ilgan 
farzandlarning fenotipini va genotipini aniqlang? 
5. Odamda sochning jingalak bo`lishi (A) silliq(a) ustidan chala dominantlik qiladi. Shuning uchun 
geterozigotalilarning sochi to`lqinsimon bo`ladi. Onasi to`lqinsimon sochli, otasi esa jingalak sochli oilada 
tug`ilgan farzandlarning fenotipini va genotipini aniqlang? 
6. Odamda sochning jingalak bo`lishi (A) silliq(a) ustidan chala dominantlik qiladi. Shuning uchun 
geterozigotalilarning sochi to`lqinsimon bo`ladi. Onasi to`lqinsimon sochli, otasi esa silliq sochli oilada 
tug`ilgan farzandlarning fenotipini va genotipini aniqlang? 
7.Patlari kulrang tovuq va xo`roz o`zaro chatishtirilganda quyidagi nasl olingan: 3ta qora, 7 ta kulrang, 2ta 
oq jo`ja. Ota-onaning genotipini aniqlang? 
8. Oq yungli it bilan malla yungli it chatishtirilgan edi. Uning naslida 50% oq yungli, 25% qora yungli, 
25 % malla yungli itlar paydo bo`ldi. Chatishtirishda qatnashgan urg`ochi va erkak itlar genotipini 
aniqlang
9.Sariqdonli geterozigotali no`xat bilan yashil rangli no`xat chatishtirilganda olingan avlod urug`lari 
ekilgan maydonga jami 4280 ta o`simlik mavjud. Bu maydonda jami o`simliklarda sariq rangni 
belgilovchi genlar sonini toping? J:2100
10.Sariqdonli geterozigotali no`xat bilan yashil rangli no`xat chatishtirilganda olingan avlod urug`lari 
ekilgan maydonga jami 4280 ta o`simlik mavjud. Bu maydonda jami o`simliklarda yashil rangni 
belgilovchi genlar sonini toping? J:4200
11.G'o'zada tolasining qo'ng'ir rangi gomozigota holatdagi dominant gen bilan ifodalanadi. Ushbu 
genning ressessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvot 
rangda bo'ladi. Qo'ng'ir tolali bilan oq totali g'oza navlari chatishtirilganda Flda 1800 ta o'simlik 
olingan.Bundan nechtasining tolasi novvot rangda bo'ladi? 1800 
12.Ikki xil irsiy formaga ega bo`lgan o`simliklar o`zaro chatishtirilganda bir belgi ikkinchi belgi ustidan 
to`liqsiz holda dominantlik qilsa, u holda F
2
da xilma-xillik qanday nisbatda bo`ladi? J:3:1 
13. G'o'zada tolasining qo'ng'ir rangi gomozigota holatdagi dominant gen bilan ifodalanadi. Ushbu 
genning ressessiv alleli oq rangni yuzaga keltiradi. Geterozigota holdagi individlarda tolasi novvot 
rangda bo'ladi. Qo'ng'ir tolali bilan oq tolali g'oza navlari chatishtirilganda F2 dagi duragaylarning 580 
tasining tolasi novvot rangli bo'lgan. Duragaylar orasida nechtasi qo'ng'ir rangli tolaga ega? 290 
14.Shoxli qoramolning junining qora bo`lishi oq bo`lishidan to`liqsiz dominantlik qiladi. Geterezigotali 
formalar kulrang junli hisoblanadi. Kulrang junli va qora junli qoramollar o`zaro chatishtirilganda naslning 
necha foizini qora, oq, kulrang hayvonlar tashkil etadi? 
15.Andalus tovug`ining tanasini tanasini patli bo`lishi patsizlik ustidan, boshida tojning bo`lishi 
patsizlik ustidan, boshida tojning tojsizlik ustidan to`liq dominantlik qiladi. Patning qizil rangda bo`lishi 
oq rangga nisbatan chala dominantlik qilib, geterozigotalarda pushti rang namoyon qiladi. Barcha 
genlari bo`yicha geterozigota tovuq va xo`rozlarning avlodida necha xil fenotipik guruh hosil bo`ladi?
J:12
16.Andalus tovuq zotlarining patining rangi qora, oq va havo rangli bo`ladi. Tashkil qilingan yangi 
tovuqchilik fermasiga havorangli tovuq va xo`rozlar olib kelindi. Ularni chatishtirish natijasida olingan 
15400 ta jo`jalarnin patining rangi: oq, qora va havorangli bo`lib chiqdi. Olingan jo`jalardan nechtasining 
patining rangi ota- onasining pati rangiga o`xshaydi?


41 
17.Pomidor o'simligida shoxlarning uzunligi bilan mevasining shaklini ifodalovchi genlar bittaa xromosomada 
joylashgan bo'lib to' liq birikkan holda irsilanadi. Seleksioner uzun poyali (H) va yumaloq mevali (I)) 
gomozigota pomidor bilan kalla poyali (h) va noksimon mevali(d) pomidorni chaiishtirib. Fl da 1 1 0 t a ,
F 2 1200 ta o'simlik yetishtirgan . a.) F2 da uzun poyali va yumaloq mevasi qancha? b) Fl da olingan duragay 
nechla xil gameta hosil qiladi? a-900ta; b-2 xil 
18.Oq rangli, yelkasida, ya`ni orqa tomonida qora butsimon blgiga ega bo`lgan norkalar, oq rangli va 
qoramtir rangli norkalarni chatishtirish natijada olinadi. Oq rangli, yelkasida qora butsomin belgi mavjud 
bo`lgan norkalar o`zaro chatishtirilganda 36 ta oq rangli, 38 ta qoramtir rangli va 75 ta ota-onasi fenotipiga 
o`xshash bo`lgan norkalar olindi. Olingan avlodnng qanchasi gomozigotali? 
19.Leykotsitlar yadrosi bilan kuzatiladigan anomaliyalardan biri to`liq bo`lmagan dominant tipda 
autosomalar orqali nasldan naslga o`tadi. Bu belgi bo`yicha gomozigota organizmlarda yadroning 
bo`g`imlarga bo`linishi to`liq bo`lmaydi. Geterezigotali organizmlarda ular g`ayritabiiy bo`ladi. Yadrosi 
bo`g`imlarga bo`linmagan erkak bilan normal eritrotsitlarga ega bo`lgan ayol nikoidan qanday farzandlar 
tug`ilishi ehtimolini toping? 
20. Pushti rangli qulupnaylarni o`zaro chatishtirilganda olingan avlodlar orasida 1500 o`simlik qizil rangli 
chiqli. Duragaylar orasida taxminan nechtasi pushti rangli bo`ladi? 
21.Kulrang rangli shotgorn zotli sigir va buzoqlarni chatishtirish natijasida 270 ta buzoqchalar olindi. 
Ulardan 136 tasi ota-ona rangiga o`xshaydi. Qolgan buzoqchalarning genotipini, fenotipini va miqdorini 
aniqlang 
22.G`o`zada poyasining uzun bo`lishi uzun bo`lishi kalta poya ustidan to`liq dominantlik qiladi
tolasining malla rangi oq rang ustidan chala dominantlik qiladi, tolaning novvot rangda bo`lishi oraliq 
xarakterga ega. Digeterozigota g`o`zalar o`zaro chatishtirilganda avlodda 640 ta o`simlik olingan bo`lsa, 
uzun poyali g`o`zlarning genotipik sinflari soni nechta?J:6 
23.Odamlarda sariq va tekis soch retessiv belgi hisoblanadi. Sochi sariq va to`lqinsimon bo`lgan ayol 
sochi qora va to`lqinsimon bo`lgan erkakka turmushga chiqqan. Bu oila farzandlarining necha foizi qora 
va jingalak sochli bo`lishi ehtiomolini toping?J:12,5 
24.G`o`za tolasining qo`ng`ir rangi gomozigota holatdagi dominant gen bilan ifodalanadi. Ushbu genning 
retsessiv alleli oq rangni yuzaga chiqaradi. Geterezigota holdagi individlar tolasi novvot rangda bo`ladi. 
Qo`ng`ir tolali va oq tolali g`o`za navlari chatishtirilganda F

da 1800 ta o`simlik olindi. Bundan 
nechtasining tolasi novvot rangli bo`ladi? 
25.Qorako`l qo`ylarning uzunquloqligi bo`lishi to`liqsiz dominant holda nasldan-naslga o`tadi. 
Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishib, 28 ta nal olindi. Olingan 
qo`zichoqlarning 25% I kalta quloqli bo`lgan. Avlodlardan nechtasining quloq uzunligi o`rtacha bo`lishi 
mumkin. J:14 
26.Qorako`l qo`ylarning uzunquloqligi bo`lishi to`liqsiz dominant holda nasldan-naslga o`tadi. 
Tajribada geterozigotali organizmlar bir necha marta chatishib, 60 ta nasl olindi. Olingan 
qo`zichoqlarning 25% I kalta quloqli bo`lgan. Avloddagi uzun quloqli qo`ylar sonini va fozini
aniqlang.J:7 ta va 25 %

Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish